Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.73K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday manzillardan biri – Kasbi tumanidagi "Obod Neko'z" mahallasidir.

Mazkur mahallada Kasbi tumani sektor rahbarlari, mahallalardagi “beshlik”dan iborat tuman ishchi guruhi tomonidan 11-umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda uyma-uy yurib xatlov o‘tkazish, sharoiti o‘ta og‘ir bo‘lgan oilalarning turar joylarini joriy va kapital ta’mirlab berish, mahallada joylashgan ijtimoiy obyektlarni joriy ta'mirlash, ko'chalarni asfaltlash, shag'al yotqizish hamda mahalla go'zari barpo etish kabi masalalar xususida so'z bordi.

Ta'kidlanganidek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
“Fazli” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Kasbi tumanining “Fazli” mahallasida tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Nomozov tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi. Unda mahallada istiqomat qiluvchi 23 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Sayyor qabulda 10 nafar fuqarolarning maishiy va boshqa yoʼnalishdagi murojjatlari tinglandi. Murojaaatlarning 5 tasi joyida hal etilgan boʼlsa, 1 nafar fuqaroga huquqiy tushuncha berildi.

Shuningdek, mablagʼ va vaqt talab etadigan 4 ta murojaat nazoratga olinib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💼 Ta'tilda shumtaka Jasur yomon odatlarini tashlab, aqlli bolaga aylandi.

- Endi u uyda gugurt o‘ynamaydi, gaz plitasidan uzoqroq bo‘ladi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
SHAHRISABZ SHAHAR 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI QOSHIDAGI QURILISH SOHASI MALAKALI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH MARKAZI TAXSIL OLISH ISTAGIDAGI FUQAROLARNI TAKLIF ETADI

Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash maqsadida 18 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan fuqarolarni taklif etadi.

Sertefikat (QR code ga ega), mutaxassislik malaka 3-toifasi va xohishga koʻra-World skills serfikati berilib, Tashqi mehnat migratsiya agentligi orqali horijiy davlatlarga ishga joʻnatiladi.

Tahsil oluvchilar;

3 mahal issiq ovqat,

Shinam yotoqxona,

785 000 soʻm miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi.

KASB-HUNAR MAKTABI MANZILI SHAHRISABZ SHAHRI
T. BAXODIR KOʻCHASI № 28 UY


Moʻljal: ( Oqsaroy majmuasi yodgorligi orqa tomoni )

Murojaat uchun: 97-389-05-79
97-039-05-30, 90-608-01-95
88-136-95-98
, 90-885-95-05

Kanalga a'zo bo'ling ⬇️
kanalga o'tish

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
🌍 Web-sayt| 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев савдо ва хизматлар инфратузилмасини ривожлантириш, туризм ва маданият масканларини барпо этишга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о развитии инфраструктуры торговли и услуг, строительстве объектов туризма и культуры.

#Mirziyoyev #taqdimot #savdo #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ADLIYADAN_QULAYLIK

Kasbi tumani Davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazlari ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.

Yaqinda imkoniyat Kasbi tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.

Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Fuqarolar qabuli. Xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun tuman hokimligi faollar zalida tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyevning navbatdagi qabuli bo‘ldi.

Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqish va hal etish uchun tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolarning elektr ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlari o‘rganildi.

Bir qator murojaatlar qabul jarayonida o‘z yechimini topdi, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralari belgilandi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi