Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.82K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Fuqarolar murojaati doim e’tiborda

Bugun Kasbi tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev tuman hokimligida fuqarolarni qabul qildi. Qabul davomida fuqarolar uy-joy, sog‘liqni saqlash, ishsizlik masalalari bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qilishdi.

– Hech bir murojaat e’tiborimizdan chetda qolmaydi, – deydi tuman rahbari. – Murojaatlarni imkon qadar qonuniy, ijobiy hal etishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz, fuqarolarimizni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga, odamlarni hayotidan rozi bo‘lib yashashlariga ko‘maklashishdir.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takroriy ekin - dasturxon to‘kin

Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari R.Siddiqov takroriy ekin mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Kasbi tumanida bo'ldi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi

"Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

🔹 jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

🔹oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YATTlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

🔹xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.

Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

🗓 2024 yil 1 iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.

▶️ Fermer xo‘jaliklariga 2023 yil 1 iyun holatiga shakllangan suv solig‘idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.

2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;

issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
​​Mol achchig‘i – jon achchig‘i. Ammo sud qarori ijrosi ta’minlanishi shart

Bugungi kunda yerga egalikni tasdiqlovchi biror bir hujjatsiz qurilish qilish o‘zingizga zarardan boshqa narsa emas. J.Avazov o‘ziga tegishli yerdan uy-joy qurganu, ammo qo‘shimcha binolar qurilgan joy unga tegishli emas. Buni bilsa-da, qurilish ishlarini jadal davom ettirdi. Oxirini o‘ylamasdan qancha harajat va harakat bilan qurilish qilgan. Ammo qurilmalardan ko‘p vaqt foydalana olmadi. Kadastr agentligining Kasbi tuman bo‘limi fuqaroni sudga berdi.
Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasi sudining 14.02.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar J.Avazov hisobidan Kasbi tuman, Do‘stlik MFY, Guliston ko‘chasidagi 0,109 ga yer maydoni (110.55 kv.metr)da qurilgan molxona, tandir ayvon binosining bir qismi va hojatxona, 34,7 pog/m hovli devordan iborat noqonuniy qurilishlarni buzdirish haqidagi ijro hujjati chiqdi.

Ishbu ijro hujjati Byuroning Kasbi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va darhol ijro harakatlariga kirishildi. Qarzdor bir necha marotaba ogohlantirildi, ammo mol achchig‘i-jon achchig‘i emasmi, ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarishdan bosh tortib keldi.
Shu sababli, Byuroning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi va noqonuniy qurilgan qurilmalar javobgarning o‘z hisobidan majburiy tartibda buzdirildi.

Jo‘rabek Mamatqulov - MIB Kasbi tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠

"E-AUKSION" platformasidan dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga olish tartibi (yangi videoqo'llanma)

🔘dehqon xo'jaligi yerlari bilan tanishish
🔘tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish tartibi
🔘ijara shartnomasini imzolash tartibi
🔘normativ qiymat miqdori
🔘tanlovni o'tkazish tartibi
🔘qo'shimcha to'lovning 5 foizini to'lash tartibi
🔘bayonnomani yuklab olish tartibi

🫥: 107 mb
: 3 daqiqa 58 sekund

Kanalga ulaning

👉@kasbi_tuman_hokimligi
Forwarded from Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal (Not necessarily)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat zararkunandasining kirdikorlari fosh etildi

Telegram | Website |Facebook | Youtube
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Давлат ҳисобидан юридик ёрдам олувчи шахслар доираси белгиланди

“Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатиш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–848-сон, 16.06.2023 й.) Президент томонидан имзоланди

🔰Қонунга мувофиқ, қуйидаги жисмоний шахслар давлат ҳисобидан юридик ёрдам олиш ҳуқуқига эга:

1️⃣ кам таъминланган шахслар, агар улар:

▫️фуқаролик ишлари бўйича даъвогарлар ёки жавобгарлар;
▫️маъмурий ишлар бўйича аризачилар;
▫️маъмурий қамоқ тарзидаги маъмурий жазо назарда тутилган маъмурий ҳуқуқбузарликни содир этган шахслар;
▫️жиноят ишлари бўйича гумон қилинувчилар, айбланувчилар, судланувчилар, шунингдек маҳкумлар бўлса;

2️⃣ руҳий ҳолати бузилган жисмоний шахслар, уларга “Психиатрия ёрдами тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ психиатрия ёрдами кўрсатилаётганда;

3️⃣ ўз ҳуқуқлари бузилган, “Хотин-қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятлар кафолатлари тўғрисида”ги Қонунда назарда тутилган хотин-қизлар ва эркакларнинг тенг ҳуқуқлилиги бузилганлиги муносабати билан судга мурожаат қилган жисмоний шахслар;

4️⃣ Жиноят-процессуал кодексига мувофиқ жиноят иши бўйича адвокат иштирок этиши шарт бўлган тақдирда, гумон қилинувчи, айбланувчи ёки судланувчи.

📝 Давлат ҳисобидан юридик ёрдам олиш учун жисмоний шахслар экстерриториаллик принципи асосида махсус ваколатли давлат органига (Адлия вазирлигига) оғзаки, ёзма ёки электрон шаклда мурожаат қилади.

🗓 Ариза махсус ваколатли давлат органига келиб тушган кундан эътиборан 3 иш куни ичида кўриб чиқилади (Жиноят-процессуал кодексида назарда тутилган, жиноят ишлари бўйича адвокат иштирок этиши шарт бўлган ҳоллар ва муддатлар бундан мустасно).

⚖️ Давлат ҳисобидан юридик ёрдам фақат Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатувчи адвокатлар реестрига киритилган адвокатлар томонидан кўрсатилади.

Махсус ваколатли давлат органининг давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатиш ҳақидаги қарори ёки адвокат тайинлаш тўғрисидаги суриштирувчининг, терговчининг, прокурорнинг қарори ёхуд суднинг ажрими “Юридик ёрдам” ахборот тизимида рўйхатга олинганидан кейин тизим адвокатни автоматик равишда танлайди.

💰Адвокатга Ҳукумат томонидан белгиланадиган тартибда ва миқдорларда тўлов амалга оширилади.
📣 DIQQAT TANLOV BOSHLANDI

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati, Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
ishga taklif qiladi!

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

⚡️ Hurmatli pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
pedagogik oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham o'qituvchi sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
malaka toifalar haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar;
pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (agar mavjud boʻlsa).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

🤝 BO'SH ISH O'RINLARI HAQIDA MA'LUMOT:

📌 Lavozim nomi: Matematika fani o'qituvchisi
Shtat birligi: 2 (2 nafar o'qituvchi ishga olinadi)
Dars soati: 20
Oylik maoshi (oliy toifa): 6 159 264 so'm

📌 Lavozim nomi: Informatika fani o'qituvchisi
Shtat birligi: 1
Dars soati: 20
Oylik maoshi (oliy toifa): 5 318 516 so'm

📌 Lavozim nomi: Fizika fani o'qituvchisi
Shtat birligi: 1
Dars soati: 20
Oylik maoshi (oliy toifa): 6 078 304 so'm

📌
Lavozim nomi: Kimyo fani o'qituvchisi
Shtat birligi: 1
Dars soati: 20
Oylik maoshi (oliy toifa): 6 078 304 so'm

Ish sharoitlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba
Ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha

Tashkilot manzili: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Oqqamish MFY, Namuna ko'chasi, 1-uy

☎️ Murojaat uchun:
+998 90 7212125   ➡️  
@oybekchuliev
+998 99 7122125   ➡️  
@oybek2125

Kanalga ulaning

👉@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Эронга расмий ташрифи икки томонлама муносабатларни янги - кенг қамровли ҳамкорлик даражасига кўтариш сари муҳим қадам бўлди

Официальный визит Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева в Иран стал важным шагом к поднятию двусторонних отношений на новый уровень всеобъеюмлющего сотрудничества

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Rasmiy munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida "E’tiborga zor bemor" sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy murojaat yuzasidan Kasbi tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Kasbi tumani hokimligi mas’ullari, tuman Tibbiyot birlashmasi mutasaddilari bilan birgalikda Boydoqchi mahallasida istiqomad qilayotgan 1980-yilda tug‘ilgan B.I. xonadoniga borib o‘rganish o‘tkazildi.

B.I. shu joyning o‘zida malakali tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Fuqaro haqiqatda jigar portal sirrozi "B+D" virus etialogiyasi tashxisi bilan kasallanganligi aniqlandi. Fuqaroga tibbiy muolaja uchun barcha amaliy yordam ko‘rsatish hamda jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti uchun qonuniy tartibda moddiy ko‘mak berish belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
📊Kasbi tumanida bajarilgan qurilish ishlari

🏗 2023- yilning yanvar-may oylarida Kasbi tumanida jami 292,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 % ni tashkil etdi.

⬇️Shu jumladan:

🟠 Yirik qurilish tashkilotlari – 2,6 mlrd. so‘m;
🟠 Kichik korxona va mikrofirmalar – 155,6 mlrd. so‘m;
🟠 Norasmiy sektorlar – 134,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi mamlakatda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023 yil 28 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
📍 Qashqadaryo viloyati

“Jamoatchilik bilan hamkorlikni eng yaxshi tashkil etgan profilaktika inspektori” jamoatchilik so’rovida munosib nomzodlarga ovoz bering

Nomzodga 👈 ovoz berish
———

📍 Қашқадарё вилояти

“Жамоатчилик билан ҳамкорликни энг яхши ташкил этган профилактика инспектори” жамоатчилик сўровида муносиб номзодларга овоз беринг

Номзодга 👈 овоз бериш
#Эълон #Ишга_марҳамат

Хорижга давлат томонидан бориладиган ишлар бўйича эълонлар бериб борилмоқда

- Россия давлатида ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига.

Шу каби кўплаб бўш иш ўринлари эълонларини Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги Қашқадарё филиалининг расмий телеграм каналида кузатиб боринг. 👇

👉https://t.me/migrationkarshi 👈
"Men donorman" xayriya qon topshirish aksiyasi o'tkazildi

Yoshlar ishlari Kasbi tuman bo'limi tashabbusi bilan "Men donorman" xayriya qon topshirish aksiyasi o'tkazildi.
Aksiyada Yoshlar ishlari tuman bo'limi xodimlari, yoshlar yetakchilari hamda ko'ngilli yoshlar faol ishtirok etib, qon topshirishdi.

-"Biz topshirgan qon, qaysidir bemorning hayotini saqlab qolsa, biz oʻzimizni baxtiyor sezamiz", - deydi Yoshlar ishlari Kasbi tuman bo'limi boshlig'i Kamoliddin Sharipov.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Besh tashabbus olimpiadasi: G'oliblar aniqlandi!

"Besh tashabbus olimpiadasi"
musobaqalarini muntazam o'tkazib borish Prezidentimizning 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan yo'lga qo'yilgan edi.

Yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida madaniyat, san'at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarda ishtirok etishadi.

Joriy yilgi besh tashabbus olimpiadasining respublika bosqichida yengil atletika sport turining estafetali yugurish musobaqasida 27-30 yosh toifasida Kasbi tumani Qoratepa MFY yoshlari faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Sektor faoliyati turmush farovonligiga xizmat qilmoqda

Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilgan sektorlar faoliyati davlat organlarini aholi bilan yanada yaqinlashtirish, xalq bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda.

Kasbi tumanida ham 4-sektor rahbari Jasur Cho‘liyev tomonidan joriy yilning 20 iyun kuni sektor hududiga qarashli "Talishbe" MFYda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisi bilan mahalla hududida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi