Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
5.6K subscribers
21.8K photos
1.62K videos
20 files
3.79K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
⚡️ҚАШҚАДАРЁЛИК ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА!

Ҳурматли Қашқадарёлик тадбиркорлар!

🔸Сизга, Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳрида ташкил этилган "Mawaride Group" компанияси томонидан тезкор қурилиши мумкин бўлган аркасимон ёпиқ қурилма-мосламаларини ўрнатиш юзасидан тижорий таклифларни тақдим этмоқдамиз!

🔸Ушбу аркасимон ёпиқ қурилмалар -50 даража совуқдан +70 даражагача бўлган иссиқликга чидамли бўлиб, ўрнатиш учун 1-3 ҳафтагача бўлган қисқа муддатни талаб этади.

🔸Сиз ушбу қурилмалардан, ишлаб чиқариш корхоналари, омбор, замонавий ҳарбий госпитал, иссиқхона, чорвачилик учун ферма сифатида фойдаланишингиз мумкин.

🔸Батафсил маълумот учун: www.mawaridegroup.com

👉🏻 Обуна бўлинг:
/FACEBOOK /TELEGRAM /INSTAGRAM
Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi: hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev Kasbi Suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejida tuman yoshlari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tuman yoshlarining ishga joylashish, yer maydoni va bank krediti olish, davolanish, kontrakt to'lovlari kabi mavzulardagi oʻnlab murojaat va takliflari tinglandi.

Endi tez-tez yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashib, muloqotda boʻlamiz. Ularning hech bir murojaati eʼtiborsiz qolmaydi, — dedi tuman rahbari.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Futbol boʻyicha DXX kubogining saralash bosqichiga start berildi

Kasbi tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabi stadionida tumandagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning mini – futbol va futbol turlari boʻyicha Kasbi tuman saralash bosqich bellashuvlariga start berildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida Kasbi tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga gʻoliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi.

Shundan soʻng ilk bellashuvlarga start berildi. Taʼkidlash joiz, mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, tumandagi 4ta sektor kesimida 42 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida hududlarga boʻlingan holda oʻzaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar shahar, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi