KONIMEXDA BUGUN | Rasmiy kanal🇺🇿
628 subscribers
95 photos
140 videos
53 links
Konimexda bugun -Tezkor Yangilik Xabarlar 🌐
⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар, энг сўнгги тезкор хабарлар ва долзарб янгиликлар бизда

Мурожаат ва реклама учун - @Konimexadmin

Реклама нархлари
@Konimexda_reklama
Download Telegram
#9_MAY_XOTIRA_VA_QADRLASH_KUNI

Bugun Konimex tumani markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami keng nishonlanmoqda.
👍1551
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_MAY_XOTIRA_VA_QADRLASH_KUNI

Bugun Konimex tumani markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami keng nishonlanmoqda.
👍189❤‍🔥11
Sizning brendingiz bor, lekin hali rivojlanmaganmi?
Mahsulotlaringiz juda zo‘r, lekin sotuv bo‘lmayaptimi?
Demak, sizga
brendingni rivojlantirish kerak!

Bugungi kunda sotuvlarning aksariyati
internet orqali amalga oshadi.
Brendingiz qanchalik kuchli bo‘lsa,
sotuvlar shunchalik oshadi!

Sizga kerak bo‘ladi:
– Professional foto va videolar
– Trendga mos kontent
– Yaxshi dizayn va vizual ko‘rinish

Bek Studio Production – sizning brendingizni rivojlantiradi!
Hozir esa:
KATTA MEGA SKIDKALAR!

Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bog‘lanish uchun telefon:
+998 95 393 63 39
7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI
“KONIMEXDA BUGUN”dan yurakdagi minnatdorchilik so‘zlari

Bugun – 9-may. Bu sana bizning yuragimizda alohida iz qoldirgan, chuqur ma’no kasb etgan muqaddas kun. Bu kun – xalqimizning jasorati, sabr-toqati va mardligini yodga oladigan, bugungi tinchligimiz, musaffo osmonimiz uchun kurashgan avlodlarimizni hurmat bilan xotirlaydigan Xotira va Qadrlash kuni.

Bu vatanni himoya qilgan, mardonavor kurash olib borgan, hayotini fido qilgan ajdodlarimiz oldida bosh egamiz. Ularning mashaqqatli yillarda qilgan fidoyiligi, bugungi avlodga meros bo‘lib qolgan buyuk jasorat namunasi sifatida har yili shu kuni qalblarimizda yangraydi.

Allohga shukr, bugun biz osuda yurtda, erkin hayotda yashayapmiz. Qon to‘kilgan, ko‘z yoshlar bilan sug‘orilgan tarix orqasidan bizga tinchlik meros bo‘lib qoldi. Shuning uchun har birimiz bu tinchlikni qadrlashimiz, uni asrashimiz, Vatanimizga sadoqatli bo‘lishimiz lozim.

Kuz tegmasin yurtimizga, xalqimizga, osmonimizga!
Ona Vatanimiz – O‘zbekiston tinch, farovon bo‘lsin!
Konimexda ham tinchlik, hamjihatlik hukm sursin!
Yurtimizda bunday muqaddas kunlar hech qachon unutilmasin, har bir oilada mehr-oqibat, sog‘lik va fayz-u baraka bo‘lsin!

Bugun chin dildan barcha faxriylarimizga, front orti fidoyilariga va ularning avlodlariga minnatdorchilik bildirgan holda aytamiz:
sizlarning jasoratingizni hech qachon unutmaymiz!

“Konimexda Bugun” jamoasi
yurt tinchligi, xalq birligi va tarixiy xotirani saqlash yo‘lida har doim siz bilan birga.
👍238❤‍🔥1🔥1
Aliment undiruvi samarali tashkil qilinmoqda!

Prezidentimizning 24.11.2020 yildagi PF-6118-sonli Farmoni asosida aliment undiruvlarni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha yangicha mexanizm joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, aliment undiruvlari samaradorligi oshdi, to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamayotgan shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi kuchaytirildi.


Xususan, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘ini oshirish, aliment qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlarining soni va summasini keskin qisqartirish, bu toifadagi ijro hujjatlarini qonuniy hal qilish orqali undiruvchilarning huquqini ishonchli himoya qilish maqsadida Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasida aliment undiruvi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Shtab (01.02.2025 yildan) tuzildi.

Joriy yilning 1-fevral kunidan hozirga qadar Byuroning Konimex tuman bo‘limi tomonidan qarzdor otalardan qariyb 393 mln. so‘mlik aliment pullari undirib berilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, aliment pullarini undirish maqsadida 74 nafar qarzdorlarning ish haqqilariga qaratildi.

Shu kabi aliment to‘lovlaridan qarzdorligi yuqori bo‘lgan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 2 ta avtotransport vositasi va 2 ta ko‘chmas mulki xatlanib, savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Voyaga yetmagan farzandlarning aliment to‘lovidan bo‘yin tovlagan
2 nafar shaxslarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal etildi.

Shu bilan birga, ijro harakatlari davomida mavjud muammolarga o‘zgacha yondashilib, 7 ta oilalar yarashtirildi. 

Hozirda bunday amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati
102❤‍🔥1🔥1
#KONIMEX_FAXRI

OXFORDDA TAHSIL OLAYOTGAN ILK KONIMEXLIK YOSH!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Kardiologiya” yo’nalishi 1-bosqich magistranti konimexlik Quanishbek Tursunovich Yerejepbayev ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida va dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri Oxford universitetida tibbiyot sohasida o’zining malakasini oshirib, yetuk bilimlarni olmoqda!

Quanishbek asli Konimex tumanining "Yangiqazg'an" OFY dan bo’lib, barcha o’zbekistonlik yoshlarimiz uchun o’rnak bo’ladigan yutuqlarga erishmoqdadir.

U bugunga qadar Malayziya, Rossiya, Turkiya kabi ilg’or davlatlarda malaka oshirgan.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati
👍3351❤‍🔥1🔥1
#TEZKOR
#XUSHXABAR

Konimex tumanidagi bitta maktabning 12 nafar bitiruvchisi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.


Konimex tumanida joylashgan 2-umumta’lim maktabining bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lib, muddatidan oldin talablikni naqd qildi.              

Ushbu bitiruvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati
👍2732❤‍🔥2🔥1