KVANT O‘QUV MARKAZI
2.3K subscribers
1.22K photos
313 videos
883 files
695 links
Kvant o‘quv markazi
Tabiiy fanlar bo'yicha yuqori darajadagi Biologiya Kimyo repititorlik markazi.

Manzil: Andijon shaxri Eski shahar O‘zbekiston ko‘chasi KVANT o‘quv markazi.

Admin: @Muslimbek1213
+998905292888
Download Telegram
❗️Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади. Яъни ўтган йили контрактлар қанча бўлса, жорий йил ҳам шунча бўлади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

Супер контракт нархлари-2022 👇
https://t.me/joinchat/QI7Gj5FKpXSnLdAh
Kanalga obuna bo'ling! 👈
#Xushxabar

⚡️ENDI TAʼLIM KREDITI BARCHAGA BERILADI

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, jumladan;

davlat oliygohlari;
nodavlat oliygohlar;
o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari;
O‘zbekistondagi xorijiy oliygoh, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari.

Shuningdek, kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan hamda o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Asos: Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 323-qarori

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @kimyo2
⚡️Ta’lim kreditlarini ajratish tartibi.

🔰 Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

🏦 Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

☑️ Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 ariza;
👉 toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
👉 krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
👉 bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

🗓 Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @kimyo2