Eng qaynoqlari biznes kanalda👍😍
4 subscribers
28 photos
61 videos
11 links
uyda qoling yurtdoshlarim karantenda aslo zerikmang
Download Telegram
Mayli mehring etmagin tortiq,
Mayli meni sevmagin ortiq.
Mayli so'zing bersa ham og'riq,
Rost so'zlagin aldama faqat.
Shirin orzularimni,
Armonlarga almashdim.
Hazon qildim baxtimni,
Seni sevib adashdim.
Tassavurim parchalar og'riq,
Tuyg'ularim tilkaladi so'z.
O'sayotgan baxtimni bo'g'ib,
Sen tomondan aytildi AFSUS.

Hammasiga ko'nardim balki,
Sen tomondan aytildi afsus.
Afsuslandim...afsus sababli,
Afsus bo'lib tug'ildi AFSUS.
​YIĜLAMA KÕNGLIM

Sen oy bõlding yetmadi qõlim, Dil torlaring chertmadi dilim, Ortingdan zor yiĝladim yetar, Sen yiĝlama yiĝlama kõnglim.

Yoĝar yomĝir dardlarim yuvmas, Armon kular lekin baxt kulmas, Menku mayli ammo sen emas, Sen yiĝlama yiĝlama kõnglim.

Bahor ketdi kelgan kuzni deb, Qaxr keldi mexrsizni deb, Kõzyosh tõkdim bitta qizni deb, Sen yiĝlama yiĝlama kõnglim.

Yolĝizlikda yupanch she'rlarim, Noming aytsam kuymoqda tilim, Bir kun kelar baxtli kunlarim, Sen yiĝlama yiĝlama kõnglim!
Yurak söraydi bir sani takror. 
Yuzlaring sog'indim gulim beg'ubor. 
Sani sözlaring qiladi xumor. 
Afsus yoningda endi yoring bor. 
Netaman endi taqdirimiz shu. 
Ayrildik birlar hayot ekan bu. 
Mani yuragim kuyib kettiku. 
Sani yoningda endi yoring bor. 
Orzular armon közlaringda yosh. 
Bariga endi beramiz bardosh. 
Hayot degani buncha bag'ri tosh. 
Afsus yoningda endi yoring bor. 
Yurakka kömaman sevgi dardini. 
Hech inson yozmasin armon xatini. 
Man buzolmayman umr shartini. 
Afsus quchog'ingda endi yoring bor..
​Siz bergan orzular tengsiz bebaho,
Qandayin ularning bahridan o'tay?
Mayli ketavering roziman, ammo,
Faqat aytib keting qanday unutay?

Muhabbat qalbimda ildiz otgan dard,
Yuragim tubida yonib yotgan dard,
Sizga nasib etsin eng chiroyli baxt,
Faqat aytib keting qanday unutay?

Begona qalblarning mehmoni bo'ling,
Tengsiz go'zallarning armoni bo'ling,
Kimningdir eng aziz insoni bo'ling,
Faqat aytib keting qanday unutay?
Qora qosh kiprigi o'q, Biri munis biri sho'x, Suluvdir o'xshashi yo'q, O'zbegimning qizlarin. Ozodadir har ishda, Saramjon ham sarishta, Yo malak yo farishta, O'zbegimning qizlarin. Kozlarida xayosi, So'zlarida ibosi, Go'zal qalbin dunyosi, O'zbegimning qizlarin. Belda qirqta tolasi, Yuzlari to'g lolasi, Poyida gul shodasi, O'zbegimning qizlarin. Egnida milliy atlas, Go'zalligi sir emas, Ko'rganlar qilar xavas, O'zbegimning qizlarin. Gullobar-u Ziyoda, Dildora-yu Durdona, O'xshashi yo'q dunyoda, O'zbegimning qizlarin. Asrab nomus orini, Topsin tengin yorini, Asra tangrim jonini
O'zbegimdi qizlarin
Bu tun sog'inchimdan ko'zim bo'ldi nam. 
Sherga buyurtmani yozayotgan dam. 
Shungacha men xudbin eslamabmana. 
Meni xayolidan qo'ymagan ONAM. 

Men shoir emas sharmandadurman. 
Dunyodagi eng xudbin bandadurman. 
Bu boshim tik yurishga aslo noloyiq. 
Asl joyim kundadadurman. 

Doim duodasiz, siz panoximsiz. 
Siz meni quvonchim chekkan ohimsiz. 
Sevganimga yolg'izim deganim yolg'on. 
Faqat o'zingiz sajdagoximsiz. 

Sizdan olisdaman, qismatim ekan. 
Dilim vayron- yashashim ko'rkam. 
Poyimda dunyolar to'lib yotsaxam. 
Qalbimda kemtiklik, boisi siz kam.... 

Tushimga raxmatli momom kiradi. 
"qadam tashla sen onang tomon." 
Onasizlar bo'zlar tunu-kun. 
Tirik ayriliq undanda yomon. 

Besh yil bo'ldi diydor be nasib. 
Sizni yozmabmana shuncha she'r yozib. 
Bugun tunda ming faryod bilan. 
Yig'ladim suratiz bag'rimga bosib. 

Qo'ng'iroq qilaman pul yubordim deb. 
So'raysiz xolimni sog'misan bolam? 
Qachon qaytasan yolg'iz o'g'lonim? 
Keginroq qo'ng'iroq qilarman onam. (tuuuut-tuuuuut) 

Va bo'ldi shu bilan tugaydi suxbat. 
Xayotdagi nomim , janob-beshavqat. 
Men o'ris qizlarga gap sotayotgan dam. 
Qo'ng'iroq kutasiz bechora onam. 

1- aprelda qo'ng'iroq qildim. 
"eshikni oching onam men keldim". 
Go'shakdan sezildi yig'layotganiz. 
Men axmoq aslo o'ylamabmana. 
Xar kun ko'cha boshida kutayotganiz. 

Lain ushlab olibdi juft bilagimdan 
Ushbu sherni yozdim chin yuragimdan. 
Yurtga qaytolmasam yetkazib qo'ying. 
Onamga tosh bag'ir o'g'li nomidan
​"Tushlarimga kirib tursang bas"
Qancha olis ketsang ham mayli
Xayolingdan o'chsam ham mayli
Telba ko'nglim xoxishi mayli
Tushlarimga kirib tursang bas
Bizlar sira ko'rishmasak ham
Yig'lab o'tay ko'zlarimda nam
Bu dunyoning doim biri kam
Tushlarimga kirib tursang bas
Xayolimda bo'ling hama vaqt
Mening uchun shuning o'zi baxt
O'tsam hamki dunyodan bevaxt
Tushlarimga kirib tursang bas
Ko'nglim uchun boraman dema
Mayli mening g'amimni yema
Tushlarimga kirib tursang bas
Orzuyim bo'lib qolding...

Vasling men uchun endi armon,
men yer bo'lsam,sen bo'lding osmon.
Xajringda kuydik-u bu yurak,
ketyapman gulim zulmat tomon.

Sevgimni o'yin deb bilding,
hurmatni qo'rqoqlika yo'yding.
Ismingni sen qalbimga yozib,
bu xasta yuragimni yulding.

Bedor tunlarim uyqu kelmas,
sening isming yurakdan o'chmas.
Sog'inch azobi qiynayverar,
seni o'ylamay kunim o'tmas.

Yetmaydi endi bardoshim ham,
bo'ldi,do'stim va sirdoshim g'am.
Seni so'rab yuragim tinmay,
qon bo'lib oqadi,yoshim ham.

Vasling men uchun endi armon,
men yer bo'lsam, sen bo'lding osmon.
Xajringda kuydik-u bu yurak,
ketyapman gulim zulmat tomon...!
Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin.
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin.
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.


Qarang go‘zalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.y
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il - qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.


Boshida oq tola dunyoning g‘ami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘ziday nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.


Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi....
Nomard erkaklardan marddir ayollar...


Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
Ba'zi erkaklardan erkak ayollar.
...Sevarmikan-a...

Bugun ham ezildim afsus uni deb;
Juda kop yiqildim esiz uni deb;
U ham yashadimi biroz meni deb;
Uni deb yashadim bilarmikan-a;
Men sevgandek meni sevarmikan-a;

Umid qildim axir yo'llaring kutib;
Axir yurgim keldi qo'llaring tutib;
Seni deya esla ko'p dartlar yutib;
Ko'p dartlar yutganim sezarmikan-a;
Oz bolsa ham meni sevarmikan-a;

Bilarding sen uchun bolardim fido;
Yiglasang yiglardim eslagin hatto;
Lekin vafo qilmading men qildim vafo;
Men vafo qilganim eslarmikan-a;
Vofodor yorini sevarmikan-a;

Ishon men sogindim qora ko'zingni;
Qalbimda yagona seni o'zingni;
Juda ham qo'msadim shirin so'zingni;
Meni ham qo'msab kelarmikan-a;
Men sevgandek meni sevarmikan-a
Menga umid bergan xam
Sening mavjudligindir
Mendan Olis bulsang xam
Sevar yorim kulib yur.

Shiringina armonim
Aftodaxolim korgin
Kormasamda bir bora
Bir bor tabassum qilgin

Kongil g'urg'urni kongil
Boshqasiga kongli yoq
Exx armonim ishongin
Xanuz unutganim yuq

Sozlarimdi eshitganda
Gozalingni eslab yur
Xech bolmasa qizingni
Yor bagringa bosib tur.

Falakdagi oqqushim
Mensiz Baxtli boldingmi
Menga aytgan sozlaring
Oh sevgim unitdingmi

Mayli birga bolmadik
Mayli mendan olis yur
Menga armon bulsangxam
Sevar yorim kulib yur

Baxt qasrini qurdigi
Xijron boldi korganim
Seni chindan Sevgandim
Ozing buyuk armonim

Ha yolgizman Ozim meni
Har on eslab tur
Mendan olis bulsang xam
Sevar yorim kulib yur ....
ÕZBEK QIZINI

Zilol suvdek tiniq qalbi bor uni, Sirli nigohida sehri bor uni, Sevdingmi ey yigit bilib ol shuni, Sevdim deb aldama õzbek qizini.

Mehr-u vafosidan taralar ziyo, Ibo xayosidan lol qolar dunyo, Kerak bõlsa joning qilgin sen fido, Sevdim deb aldama õzbek qizini.

Sevadi sevishin aytmay yursa ham, Kutadi doimo sen kutmasang ham, Seni deb kõzlari hech bõlmasin nam, Sevdim deb aldama õzbek qizini.

Mehringdan ortiqroq narsa kerakmas, Qadriga yeta bil har on har nafas, Mard yigit qizlarni zinxor aldamas, Sevdim deb aldama õzbek qizini!
Yuragimni egasi sizni sog'indim. Bu ayriliq yana qancha davom etadi? Sizni sevaman axir.... yoo mensiz baxtlimisiz?Bunchalik qiynamasdan jonimni olib quya qoling...
Shu kecha nogahon qo'rqdim sevgidan,
Yurak tomirlarga toshdi uchuqlar.
Omon qolmoq istab xijron jangidan,
Qalbni qalqon qildim, sanchildi o'qlar.

Va yana angladim, ishqni shu kecha,
Men dunyoga keldim, faqat sen uchun.
Bir og'riq qiynadi, subhi tonggacha,
Axir, meni tashlab ketishing mumkin.

Axir, o'ylamabman vafodan nari,
Alvido desangu keyin netaman.
Bildim, alvido deb sening singari,
O'zligimni o'zim tashlab ketaman.
NEGA SENI UNUTDIM?

Sen haqingda juda uzoq òyladim
Òyimga yetolmay qon bòlar bağrim
Sevgi shaxriga men yetolmay qoldim
Ayt Azizim Nega seni unutdim?

Yòlimga gullar sochding òsha kun
Bòynimga tumor taqding òsha tun
Senga zor kòzlarim bugun
Ayt Azizim seni nega unutdim?

Qalbimdan bahor ketib xazonda qoldim
Quyoshni yòlin tòsib olovda yondim
Azoblar tugarmikan bir kuni jonim
Ayt Azizim seni nega unutdim?

Mana tugar bòldi bahor fasli ham
Yuragimni esa toshdek bosar ğam
Qara jonim,qara kòzlarimda nam
Ayt Azizim seni nega unutdim?

Eslaysanmi òshal yoshlik choğlarni
Gòzal xiyobon -u adir boğlarni
Unutmadim qalbimdagi doğlarni
Ayt Azizim seni qanday unutdim?

Sohta oshiqlarga qoldimi kunim
Ajratolmay qoldim dòstim,dushman kim
Dilnoz aytar "Qani kechagi baxtim "
Ayt Azizim seni nega unutdim???
TABRIZ SOG‘INCHI

Ozod qushlar, sayyoh qushlar,
Tabrizga eltinglar mani.
O‘ngarilib solih tushlar,
Tabrizga eltinglar mani.

Qodir zamin, masih samo,
Jobir quyun, foram sabo,
Yopintirib juldur qabo,
Tabrizga eltinglar mani.

Haqdan o‘zga sevgoni yo‘q,
Mashrabmanam devoni yo‘q,
Vale mandek devona yo‘q,
Tabrizga eltinglar mani.

Yo‘l ko‘rsating safedorlar,
Shams Tabrizim, Shahriyorlar,
Duo qiling Choriyorlar,
Tabrizga eltinglar mani.

Man Atoman Havom qani?
G‘azalnavis a’vom qani?
Bundan ortiq da’vom qani?
Tabrizga eltinglar mani.

Ishq deganda dilim qonmas,
Tilim kuymas, tanim yonmas,
Alloh, Alloh, jovidonmas,
Tabrizga eltinglar mani.

Firavnga teng g‘ururi,
Poshsho edim kibor, po‘rim,
Gado bo‘ldim tushda ko‘-o‘rib,
Tabrizga eltinglar mani.

Shahrisabz baridan pesh,
Biroq ko‘ngil visolga esh,
Diydorlashsin ikki darvesh,
Tabrizga eltinglar mani.

Qazo topsin shabi anduh,
Kel, ey Duldul, Kemai Nuh,
Tark etmayin ko‘zani ruh,
Tabrizga eltinglar mani.

Tabrizga eltinglar mani.
Tabrizga eltinglar mani.
Yana yomg'ir yog'saydi, Ko'z yoshlarim yuvardi
Yana yomg'ir yog'saydi
U dardimni bilardi
Qani yomg'ir yog'saydi Uni quchib yig'lasam
Bor dardimni yuvib ketsayu
Keyin dard ne bilmasdim
Afsona bo'larmish ko'rganlarimiz,
Hammasi o'tkinchi dunyo ziynati.
Men sizga shundayin mehr berayki,
Hech qayerda bo'lmasin uning qiymati.
Odamlar soʻrasa mendan bir savol.!
Dunyoda sen uchun nima eng yomon.!
Oʻylamay aytardim albatta shu on!
Sogʻinish, Ajralish, Kutish va Armon