Juvajon - Jahon taomlari👩🏻‍🍳
137 subscribers
12 photos
257 links
Kanalga xush kelibsiz!

Juvajon – jahon taomlari retseptlari haqida Telegram kanal. Obuna bo'ling: @Juvajon

Kanalga reklama qo'yilmaydi.

Bog'lanish: @Juvajon_adminka

#pazandachilik #taomlar #pishiriqlar #retseptlar
Download Telegram
*Tovuqli bryani – hindcha taom*

Bu hindcha taom Hindistoning shimolida yashaydigan musulmon aholisi tomonidan uzoq yillardan beri tayyorlanib kelinadi. Hozirda tovuqli bryani dunyoning ko‘p joylarida jumladan Britaniya, AQSH, Pakiston va ko‘p arab mamlakatlarida tayyorlanadi. Juda mazali taom.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Limonli keks (lemon drizzle cake)*

Limonli keks Britaniyada paydo bo‘lgan keks bo‘lib, u birinchi marta 1967 yilda tayyorlangan. Hozirda limonli keks Britaniyaliklarning sevimli keksiga aylangan. Bu keksni tayyorlash juda oson, mazasi esa ajoyib, esda qoladigan bo‘ladi. Marhamat retsept bilan tanishing.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Lag‘mon uchun xamir tayyorlash*

Lag‘mon Or‘ta Osiyo mamlakatlari va Xitoyda tayyorlanadigan eng mazali taomlardan biridir. Bugun sizlarni lag‘mon uchun xamiri tayyorlash bilan tanishtiraman. Bu usulda tayyorlangan lag‘mon xamiri juda mazali va uzulmaydigan chiqadi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Olmali pirog – inglizcha usulda*

Olmali pirog turlari juda ko’p. Bugun uni inglizlar tayyorlaydigan turi bilan tanishtiraman. Bu usulda tayyorlangan olmali pirog juda mazali chiqadi. Bu olmali pirog Britaniyada eng ko’p yeyiladigan dessertlardan biridir.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Borsh (борщ)- sog‘lom taom*

Borshni hamma yaxshi taniydi. Borsh O‘zbekistonga sobiq sovet ittifoqi davrida kirib kelgan. Borshning vatani Ukrainadir. Borshni tayyorlash juda osonga o‘xshaydi, lekin uni maromiga yetkazib tayyorlashning bir necha sirlari bor. Bu retseptda shu sirlar bilan bo‘lishaman.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Budino – italiyancha dessert*

Budino bu italyancha dessert bo‘lib, u juda qadimdan tayyorlanib keladi. Zavarnoy krem va karamel sousining aralashmasi ajoyib ta’m yaratadi. Budino tayyorlash oson. Budino ko‘pchilikka yoqishiga ishonchim komil.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari*

Vanillekipferl Germaniya, Avstriya va Polsha va ularning atroflaridagi davlatlarda keng tayyorlanadigan pechenyedir. Ayniqsa uni bayramlar atrofida ko‘p pishirishadi. Juda oson retsept bo‘lganligi uchun bolalar bilan tayyorlash uchun ham ayni muddao. Marhamat retsept bilan tanishing.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)*

Bugun ko‘pchilikka tanish bo‘lgan o‘zbek va qozoq milliy taomi bo‘lgan norin tayyorlash bilan tanishtiraman. Ko‘pchilik norinning vatani Toshkent shahri deb biladi. Norin tayyorlash unchalik murakkab jarayon emas, lekin ko‘proq mehnat talab etadi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Kurka (индейка) – butun pishirish*

Kurka qushi (индейка) Shimoliy Amerikada qadimdan yashab kelgan qushdir. Shuning uchun kurka go‘shtini Shimoliy Amerikada ko‘p iste’mol qilinadi. Hozirda kurka Yevropada ayniqsa Buyuk Britaniyada ham ko‘p uchraydi. Kurkani “thanksgiving” va Rojdestvo bayram dasturxoniga ham tayyorlashadi. Kurkani go‘shtida oqsil miqdori juda baland, yog‘ miqdori esa oz. Shuning uchun uni sport bilan shug‘ullanadiganlar va parhezdagilar ham ko‘p iste’mol qiladi. Marhamat retsept bilan tanishing.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
Yangi yilingiz fayzli kelsin!
@Juvajon
*Schnitzel – Qo‘g‘irilgan go‘sht*

Schnitzel Germaniya va Avstriyaning milliy taomi bo‘ladi. U Yevropaning boshqa joylari va Shimoliy Amerikaga ham yetib borgan. Schnitzel tayyorlashga juda oson, tezda tayyor bo‘ladigan mazali taom. Katta va kichikka birdek yoqadi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom*

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va mazali taom vitaminlarga boy. Hozirda oshqovoqli karri Yevropa va Shimoliy Amerikada keng tarqalmoqda. Bu karrini tayyorlash juda oson.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Frittata – yoki Italiyancha omlet*

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki tushlik uchun juda qo‘l keladigan va oldindan tayyorlab qo‘yilsa, shoshilgan vaqtda xolodilnikda tayyor turadigan ovqat. Bundan tashqari, frittata sog‘lom ovqatlanishdagilar uchun eng yaxshi nonushta.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Afg‘oncha napoleon torti*

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi juda ajoyib. Bu tort nimaga Afg‘oncha napoleon deb atalishini bilmayman, lekin quyidagi retsept har doim o‘xshab chiqishin bilaman. Marhamat retsept bilan tanishing.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳