Josh*Developer
4.83K subscribers
462 photos
40 videos
13 files
714 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Google Developer Expert
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Josh*Developer
Axios qanday "hack" bo'ldi? Fireship shu haqida video chiqaribdi. Marhamat: https://www.youtube.com/watch?v=o7NYXvYohYk Siz axios ishlatarmidingiz? #axios #hack @JoshDeveloper
Shu oxirgi paytdagi "hack"lar React'chilar ko'p ishlatadigan narsalarda ko'payib ketdi-da. Duch kelgan narsani ishlatish oqibati.

Angular ancha yopiq freymvork bo'lgani sabab, bunaqa narsalardan uzoqroqda yuribdi.

Hazil post, vahima qilmang)

#riakt #angular

@JoshDeveloper
😁42🤣25👍32🌚2
Codex manga yoqdi.
Ancha aqlli va tez ekan. Kunlik ishlarni eplaydi.

#codex

@JoshDeveloper
👍42🤣4👨‍💻43👀2🫡1
Katta feature'larni AI orqali qanday samarali qilish mumkin?

Aslida har xil usuli bor, o'zim har doim ham bu qadamlarga amal qilmayman. Lekin, quyidagi qadamlar orqali o'zingizga yangicha usullarni bilib olsangiz bo'ladi.
Siz qanday usullardan foydalanishingizni izohda qoldiring.

1. Biznes va texnik talablarni juda aniq qilib yozib oling, yoki AI'ga yozdiring va review qiling.
2. Fayl ichiga E2E testlarga o'xshash, to'liq jarayonlarni yozsangiz ham bo'ladi. (Masalan, if user selects tree item, item gets selected, show loading until table fetches new data for this item)

2. Fayl tayyor bo'lgandan so'ng, "Feature chunk"larni yozdirib oling. Ya'ni, feature to'liq tugaguncha bo'lgan "building block"lar. Masalan, feature 3-4 ta asosiy qismlardan iborat bo'lsa, har biri alohida chunk.

3. Endi, har bir chunk uchun to'liq talablarni yozib, Prompt yozsangiz bo'ladi. Bir chunk'ni tugatmasdan keyingisiga o'tmang. Tugagan chunk'lar uchun kichik fayl ochib, keyingi chunk uchun kerakli ma'lumotlarni yozing va yangi "context" ochib keyingi chunk'ga o'ting.

#feature #coding #ai

@JoshDeveloper
11👍8🫡3🤨2
"Claude Architecture Certificate" olganlar bormi? Qanday bo'ldi savollar? Olmoqchi bo'lganlarga tavsiyalaringiz bo'lsa yozing.

Yana kim olmoqchi bo'lyapti?

#claudeArchitectureCertificate

@JoshDeveloper
113👍3👏1🫡1
Ana bo'lmasam, Saud aka 1 tonna kitob ehson qilmoqchi. Sharti ham oson.

"Agar shart bajarilsa 200 ta kitobni kanalimizdagilarga tarqatarmush" — deb yaxshi niyat qilyapman 😄

https://t.me/saudabdulwahed/4213

#kitob

@JoshDeveloper
1🔥34🤣114👍2👀1
Bo'shman. Savollaringiz bormi?

"Ask me anything" qilamiz, Xudo xohlasa.

Soat 21:00 da boshlaymiz. Savollaringizni shu post tagiga yozib qoldiring.

#askMeAnything

@JoshDeveloper
👍11🌚5🫡4
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
2026-04-15
Josh*Developer
Suhbatchamiz tugadi. Juda qiziqsangiz mana audiosi.

#askMeAnything

@JoshDeveloper
1🔥204
Ana bo’lmasam

Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁

Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅

#hazil

@JoshDeveloper
🤣109😁15👀92🤝2
Josh*Developer
Ana bo’lmasam Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁 Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅 #hazil @JoshDeveloper
Tepadagi postdagi mavzuga uylangan va farzandli odam sifatida fikrimni bildirsam.

Hozir ko'pchilik kuyovni ilmini, salohiyatini, dinini emas, birinchi oyligini so'raydi 💸
Tepadagi hazil post bo'lsa ham, shunday holatlar ko'p bo'lgani uchun uylanmaganlarga bu masalada maslahatim bor 👇

Hozirgi oyligingizga emas, sizni salohiyatingizga qiziqadigan qizlar ham bor. Siz "target"ni o'sha qizlarga yoqing.
Agar qizni qiziqishi daromad, qalin puli, dabdali to'y bo'lsa, hayotingiz uyga pul tashishdan ortmaydi.

Shu borada qizlar ham "filter"ni pul qilib qo'yib olishmasa yaxshi edi. O'zim to'yimni juda kichkina, 60-70 tacha erkak va 70-80 tacha ayol bilan o'tkazdim. Tepadagi akani mahrga beradigan pulini ustiga yana azgina qo'shsa butun to'yim o'tgan.

Sababi esa to'yni hech kimdan qarz olmasdan, faqat o'zim yig'ib, birovga og'irim tushmasdan qilishni xohladim. Xatto ayolim bilan kelishib mahr pulini ham to'ydan keyin pulim bo'lganda uzib yuborishga kelishganman. Alhamdulillah yaxshi yashayapmiz.

Eng boshidan bir-birini tushungan yoshlar umri davomida ham tushunadi, Xudo xohlasa.

#fikrim

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9030🔥17👍13❤‍🔥4💯4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁26👀13🫡3😢21
“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tayotgan ekan yaqinda. Qiziqqanlar boringlar.

Link: https://t.me/gdgtashkent/2024

#hackaton


@JoshDeveloper
👍92
Rasmga izoh sizdan!

Ulashing ✈️

#fikr

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣121😐24😢15🗿2💊21
Sun'iy intellektda katta ishlarni qildirishda hech qachon Context ayamang. Qanchalik ko'p ma'lumot berolsangiz, shuncha bering. Bo'lmasa vaqtdan yutqazganingiz qoladi.

#tavsiya

@JoshDeveloper
💯69👍236🤝4
Mobil reklama bilan ishlaganda eng asabiylashtiradigan narsalardan biri — SDK update hech qachon shunchaki “update” emasligi.

Har safar nima bo‘ladi:

• Versiyani oshirasiz
• Nimalar o‘zgarganini tekshirasiz
• Konfiguratsiyani qayta ko‘rib chiqasiz
• Platformaga xos mayda detallar o‘tib ketmaganini tekshirasiz

Aks holda, keyin attribution yoki kampaniya natijalariga sezilmay ta’sir qiladi.

Shu sabab Yandex Mobile Ads SDK 8 dagi quyidagi 2 ta narsa e’tiborimni tortdi:

1. LLM agentlar uchun tayyor skill

SDK o‘zgarsa — agentlaringiz projectni o‘zi moslashtira oladi.
Manual ishlar ancha kamayadi.

2. SKAdNetwork avtomatik yangilanadi

Info.plist’dagi ID’lar doim aktual bo‘ladi.
Kampaniyalar qo‘shimcha harakatsiz to‘liq ishlaydi.



Bu katta “wow” feature’lar emas.
Lekin aynan shunaqa ko‘rinmas, lekin muhim yaxshilanishlar update jarayonini ancha yengillashtiradi.

Batafsil — saytda.
Yangi relizlar haqida esa Yandex Ads Uzbekistan kanalida.

#reklama

@JoshDeveloper
👍175🤝54😁1