Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Ish va hayot o’rtasida balans ushlay olish uchun nimalar qilasiz?

#savol

@JoshDeveloper
👀17👍11👨‍💻2😢1
E’loncha bor edi.

Frontint.uz kursi narxlari qimmatladi.

Bo’ldi 😅

#eloncha

@JoshDeveloper
😁20👍5🗿4👏2😐1👀1😨1
Josh*Developer
E’loncha bor edi. Frontint.uz kursi narxlari qimmatladi. Bo’ldi 😅 #eloncha @JoshDeveloper
E’lonchani davomi:

Bo’lib berishga boshlang’ich 30-50% to’lab, bir oy muddatga sotib olsa bo’ladi kursni. Referral orqali pul ishlash imkoniyati ham bor. Bunisi kurs olganlar uchun amal qiladi.

Endi aniq bo’ldi 😅

#eloncha

@JoshDeveloper
🔥9👍8😁4🗿1
Bugun taksida, suhbatimiz tahminan shunday kechdi:

Haydovchi: Kasbingiz nima ?
Men: Dasturchiman. Dasturlar yasaymiz.

Oradan biroz vaqt o’tdi:
Haydovchi: Shu telegramimda ikkita akkount borda… Bittasidan ikkinchisiga narsa yuborish kerak. Lekin saxranit qilolmayman birinchi akkountni…
Men: ….. (Savolga tushunmadim)
Haydovchi: Telegramni bilmisizmi?

#joke

@JoshDeveloper
😁65🤣44👍5😐2🔥1😢1🌚1🤝1
Shu gap 😅️️️️️️

#joke

@JoshDeveloper
🤣103😁8👍3💊2🗿1
Josh*Developer
Bugun taksida, suhbatimiz tahminan shunday kechdi: Haydovchi: Kasbingiz nima ? Men: Dasturchiman. Dasturlar yasaymiz. Oradan biroz vaqt o’tdi: Haydovchi: Shu telegramimda ikkita akkount borda… Bittasidan ikkinchisiga narsa yuborish kerak. Lekin saxranit…
Bu post birovni ustidan kulish, behurmat qilish uchun yozilmadi.

Avvalo oddiy hazil. Ammo, umumiy ma’noda dasturchi kasbi hamma narsani tuzatib yuradigan kasb emasligiga urg’u berildi. Biz ham nimanidir bilmaymiz. Oddiy narsalarni ham bilmasligimiz mumkin. Bilmasligimizni aytsak esa, ko’pchilik xafa bo’ladi. Yordam berging yo’qmi, dasturchisanku, bilmaysanmi deya.

Xulosa shuki, dasturchiman deb, odamlarni behurmat qilish, biladigan narsangizni bilmayman deyish xato. Shu kabi, dasturchi ekan deb, har narsani biladi deb o’ylash ham xato.

@JoshDeveloper
👍332💯2
Telegram ham ayniyapti.

Stories qo’shilyapti ekan. Shaxsan menga yoqmadi bu g’oya. Telegramda chalg’ituvchi narsalar avval ancha kam edi. Bu ketishda bilmadim nima baloga aylanadi.

Bo’mapti ☹️.

@JoshDeveloper
🤷‍♂49👍40💯16💊5👀4🤣3🤝3🤔2🐳1😴1🗿1
“Guess the repo”

Qiziq o’yin ekan-a ? :)

Rasmdagi “PR”lardan, “repo” nomini toping.

#guessTheRepo

@JoshDeveloper
“Dasturlashni endi boshlaganimda qanday o’rgangan bo’lar edim?” nomli tadbirga bizni taklif qilishibdi.

Boramizmi? 😉

Borishga albatta harakat qilaman Xudo xohlasa. Sizlar ham kelarsizlar :)

@JoshDeveloper
👍41🔥75🗿2
Bugungi “dehqoncha” “PR”im 😅

#joke

@JoshDeveloper
😁16👍3
O'rtoqlar bir fikr kelib qoldi.

Dasturlashni o'rganinglar deb mana ancha bozorni to'ldirib oldik.

Endi AyTi korxona ochish, uni yurgizish, buyurtma olish yoki startuplar qilish haqida ham xuddi shu dasturlashga qilgandek bunga ham bosib reklama, targ'ibot qilish kerakmikin, yo'l-yo'riqlarini o'rgatish kerakmikin, nima deysiz?

"Treningchilar aytayotgan o'z biznesingizni yo'lga qo'ying va pul ishlang" ko'rinishida emas, chuqurroq va batafsil yo'l yo'riqlar.
👍121🫡10
Istalgan odam “Universitet ochsammi ?” deya oladigan zamonga ham keldik :’)

Endi qayerga kirishni yaxshilab o’ylab, “feedback”lar bilan tanishib, keyin kiring. Raqobat boshlandi. Bu yaxshi. Ammo, raqobatga hamma ham loiq bo’lib kirishmagan. Loiq emaslar ham ko’p.

E, “Josh*University” deb ochvoraymi a ? 😅️️️️️️ (hazil)

#maslahat

@JoshDeveloper
😁36👍19🤣7🗿1
Kamina “tilvizor”ga chiqdi 🌚

Hazil. Kompaniyamiz kanalida videoyim chiqibdi.
Birnarsalar deganman.

Ko’rishingiz uchun link: https://t.me/uniconsoft/374

P.s: 1.5mln oylik bilan EPAMni aloqasi yo’q. Kesilganda yaqin bo’lib qolibdi “kontekst”.

@JoshDeveloper
👍46🔥16🤣62👌2🫡1
Daily.dev sayti “extension”i juda yoqdi. Dasturlash olamidagi yangiliklar, foydali maqolalarni chiqarib boradi.

Google Chrome’ga o’rnatib, ishlatib ko’rdim.

#tavsiya

@JoshDeveloper
👍23🫡42👀1
Mana shu gaplarga qo’shilaman. Link

O’zim ham sinab ko’rganman birnecha ishda ishlab, yaxshi daromad qilib ko’rishni.

Uzoqqa bormadim. Keyin kompaniyam(EPAM’da edi)ga vaziyatni tushuntirganman. Ko’proq topish uchun ikki joyda ishlayotganimni, lekin ishdagi “Productivity” tushganini, bir joyda yaxshi ishlashni xohlashimni, lekin buning uchun ular oyligimni ko’tarishlarini aytganman. Bularni ayta olishga arzigulik yaxshi ishchi edim. Intervyular, mentorlik, loyihada asosiy dasturchilik va qo’shimchasiga Resource Manager’lik kurslarida ham o’qiyotgan edim.

So’ng, kattaroq oylikka chiqqanman. :)

@JoshDeveloper
👍431
Bir maslahat beraymi ?)

Bizni dasturchilarni ko’pisining hayolida “limit”lar bor. Katta oylik haqida tasavvurlari ancha past. Bunga O’zbekistonda yashashlari sabab.

Sizlarga bir narsa aytsam. O’zbekistondan turib, 3K-10k$+ ishlaydigan dasturchilar yetarlicha. Undan ko’proq topadiganlar ham yo’q emas.

Bizda ko’pchilikning “katta” oylik degan hayoli, 1k-2k atrofida. Tasavvuringizdagi chegaralarni olib tashlab, kattaroq narsaga harakat qiling va bir kun erishasiz Xudo xohlasa.
Faqat shunga loiq bo’la olsangiz bo’ldi. Bizda bunga loiqlar ko’p. Ammo, o’zini yaxshi “sotish”ni bilishmaydi. Arzishadi yaxshi oylikka. Lekin harakat qilishmaydi. Chunki, olayotgan kichik oylikiga mos deb o’ylaydi o’zini.

O’zingizni qadrlang. Qadringizni esa baland qiling. Shunga loiq bo’ling va sizni qadrlaydiganlar topiladi.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍54🔥114🗿3
P.s 👆: Ha aytgancha, hozirgi bozor ahvolida, oylik deb “likkillamasdan” bir joyda ishlashni maslahat beraman 😅️️️️️️

#maslahat

@JoshDeveloper
😁55👍20🤣9🔥3💯2
Jacob aka yaxshi gap yozibdilar.

“Design patterns”ni yodlagandan ko’ra, “Design patterns”ga olib boradigan fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak deya.

Lekin, qanday ? :)

Hozircha aniq bir fikr kelmadi o’zimga. Katta tajriba orqali balki erishsa bo’lar. Balki, boshqa qandaydir “yo’li” bordir.

Siz nima deb o’ylaysiz ?

@JoshDeveloper
👍18😁3🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍33😁9😎2