Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Lay-off'larga tushmaslik va tushganda nima qilish bo'yicha maslahatlar ketma-ketligini yozib boraman.
Birozdan so'ng birinchi maslahatni yozaman.

#lay_off heshtegi orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi har birini.

inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
πŸ‘32⚑6
1-maslahat

Ishda qadrli insonga aylanishingiz kerak. Ammo, qadrli insonlarni hammasi ham ishida muvaffaqiyatli davom etavermaydi. Yechim nima ?
Kompaniyaga bir tomonlama qadrli bo'lish o'rniga, boshqa yo'llarni ham izlang. Masalan, Frontend dasturchisiz, Angular'da ishlaysiz. Bu degani siz bir tomonlama qadringiz bor.
Backend uchun masalan NodeJS ishlatadi kompaniyangiz, yoki Java yoki .NET yoki PH..., ah, whatever.

Vaqtingiz borida Backend tomonni tezroq o'rganib oling va kompaniyaga shu tomondan ham foyda olib kelishingizni isbotlang.
Qarabsizki, Menejerni sevimli dasturchisiga aylanyapsiz 🌚
Bu orqali kompaniya lay-off e'lon qilganda, ishchilar orasidagi saralashdan muvaffaqiyatli o'tish imkoningiz oshadi. Faqat Frontend'chi yoki faqat Backend'chilardan ustun bo'lasiz.

InshaaAlloh.

#lay_off #maslahat

@JoshDeveloper
❀45πŸ‘21🀨3⚑1
Tanladim...
🀝46πŸ‘11😁5πŸŽ‰2
Nega .NET'ni tanladim ?

Sababi, Angular bilan birga ko'p ishlatiladi. Ayni damda ishxonamda mentorlar .NET'chi. O'rganishimga yordamlashishadi.

Asosiy sababi shu. Nega Node+NestJS emas ?
Ayni damda bozor talabiga qarayapman. Node va Nestni o'rganish esa yo'l yo'lakay ham bo'laveradi, chunki o'zim JSchiman allaqachon.

.NET'ga esa vakansiyalar ko'proq.

Dushmanimiz kim ekan buyerda ? React'ga o'xshab, buyerda ham yemagan kutubxona yoki tillar bormi ? Javami ?
#hazil πŸ˜…

@JoshDeveloper
😁44🌚8πŸ‘6🀯2❀1😱1πŸ‘Œ1
Frontend'ni o'rganayotganlar xavotir olib yozishibdi, "Lay-off'lar ko'paygani sabab, Frontend'ni o'rganmaslikni maslahat berasizmi ?" degan ma'noda.

Javobi biroz qiyin buni. Ikki javobda jon ham bor.
Ha, Frontend'chilar juda juda to'lib ketdi. Ammo, ish ham baribir chiqyapti yaxshi o'rganganlarga.

Bir javob aytishim shart bo'lsa, aytardimki, yaxshi kandidatga ish hardoim bor. Frontend bo'ladimi Backend bo'ladimi farqi yo'q. React'da masalan shuncha raqobat bo'lsa ham, uni yaxshi o'rganib, raqobatni yengib o'tayotganlar yuzlab topiladi.
O'zingizga savol bering, raqobatda oyoq ostida qolib ketasizmi yoki kurashasizmi ?
Agar oyoq ostida qolishingizga amin bo'lsangiz, bu soha sizga emas.


"Yo'q, kurashaman, qattiq turib o'rganaman" deysizmi ? Unda nima yo'nalishni tanlagan bo'lsangiz, shunda bardavom bo'ling. Ishdan g'am qilmang.

Fullstack bo'lish haqida ham so'rashibdi, vaqtingiz yetsa bosavering πŸ™‚ Ammo, kamida bittasida yetarli bilimga chiqib oling birinchi.

#maslahat #lay_off

@JoshDeveloper
πŸ‘55🫑12❀2
Forwarded from Elbek Khatanboyev
Embedded Engineering, DevOps engineering, Cloud Engineering, Automation Test Engineering kabi sohalar ham bor.
Faqat frontend va backendga yopishib olmanglar
πŸ‘52❀3πŸ†2
Fikrlariga πŸ‘† qo'shilaman va buni o'quv kurslariga ham yuborish kerak.

Automation Test Engineers haqida lekin bir fikr bildira olmayman. Qiziqqan o'rgansin. Ammo, bilmadim kelajagi qanchalik yaxshiligini.

@JoshDeveloper
πŸ‘13
Mentor boshchiligida C# o'rganishni boshladim.

Mentor topish juda oson ekan ishxonamizda. Bir kunda juda tajribali mentor topib, o'rganishni ham boshlab oldik.

#updates

@JoshDeveloper
πŸ‘53πŸ†2πŸ”₯1🀝1
Bu post haqida yozishibdi kommentda, https://t.me/JoshDeveloper/1114

Postdagi rasmni ham o'zim chizganman. Shu paytdagi fikrim ham, hozirgisi ham birhil. O'sha postda to'g'ri yozganman.

Men Backend'ni o'rganayotganim sababi esa, men allaqachon rasmdagi chapdan birinchi yashil ko'rsatkichdaman πŸ˜„

Endi esa, o'ngdan birinchi bo'lgan ko'k ko'rsatkichda ham bo'lmoqchiman. Ikkisi birlashsa esa... πŸ’£

Postdagi ma'no boshqacha, dasturlashni endi boshlaganlar darrov Fullstack bo'lishlari haqida aytilgan. Birida tepa ko'rsatkichga chiqib, keyin ikkinchisini qilish to'g'ri deyilgan. :)

@JoshDeveloper
πŸ‘27πŸ”₯5❀1
Linux'da distroma distro yurganlarim esimga tushib ketdi...

Mazza davrlar edi πŸ˜„

Ubuntu'da MacOS UIga oxshatib qilganlarimni eslasam kulgim keladi πŸ˜„
Mana hozir, MacOS haqiqiysi uyda chang bosib yotibdi...

Dual BOOT qilaman deb noutbukni buzib qo'yganman. Windowsga ham Linuxga ham o'tmay qolgandi.
Shunda Youtube titkilab, oxiri to'g'irlagandim πŸ˜„

Bu ham bir tajriba bo'lgan...

@JoshDeveloper
πŸ‘45😁19❀‍πŸ”₯4
Nihoyat O'zbekistonda olamshumul o'zgarish...

Angulardan offline kurs ochilibdi πŸ˜„πŸŒš

Batafsil: https://t.me/unlimITAcademy/22

#tavsiya

@JoshDeveloper
πŸ”₯17😁11πŸ‘6πŸ‘€5⚑1🐳1🀣1πŸ†1
2-maslahat

Muomala madaniyati.
Ishda muvaffaqiyat qozonish va Lay-off'larda "tirik" qolish imkonini oshirish uchun ayta oladigan yana bir maslahatim shu.

Ishda bo'lsin hayotda bo'lsin, muvaffaqiyatli inson bo'lmoqchi bo'lsangiz, kerak joyda o'zingizni qanday tutishni bilishingiz kerak.
Jamoadoshlar va menejerlar bilan yaxshi muomalada bo'ling. Yordamga doim tayyor inson sifatida ko'rishsin sizni. Bu orqali juda unaqa lay-off'dan sakrab o'tmasangiz ham, egilib o'tmoqchi bo'lib ko'rasiz :)

#lay_off #maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘29πŸ”₯4🀣1
3-maslahat

Vahima qilmang.😌

Lay-off'ga tushsangiz vahima qilmang. 😌
Agar kompaniyadan to'liq chiqayotgan bo'lsangiz, yangi ish joyi qidirishni eng kamida ketishingizdan 1 oy avval boshlab yuboring. 1 oy ham berishmayotgan bo'lsa, avvalo muomala qilib so'rab ko'ring, baribir berishmasa, vahima qilmang. 😌

Ish qidirishni boshlang.

Rizqingiz yozilgan, siz harakatini qiling, natijasini Allohga qo'ying. G'am qilmang. :)

Sinovda bu ham. Quyidagi oyatni unutmang.

Albatta, biz sizlarni bir oz qo'rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz.
Va sabrlilarga bashorat ber.
Ular musiybat yetganda: "Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz" derlar.
Ana o'shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o'shalar hidoyat topganlardir.

Baqara surasi, 155-157

#lay_off #maslahat

@JoshDeveloper
❀50πŸ‘29
Lay-off haqidagi postlarimni ko'rgan ishsizlar πŸ‘†πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
😁37🀣13πŸ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoni bir do'stimiz tashlabdi :)

Man bir chetda C# .NET o'rganib yuribman xolos πŸ€·β€β™‚

#hazil

@JoshDeveloper
🀣29😁21πŸ‘4πŸ₯±3πŸ€·β€β™‚2πŸ‘Œ2πŸ†’2πŸ€”1🀨1πŸ‘€1
Biroz og'ir ish haftasi bo'ldi πŸ˜’πŸ˜„

Ishdan tashqari C# .NET o'rganishga ham vaqt ajratishga harakat qildim.

Komfort zonaga tushib qolibman. Passiv o'rganish jarayonidan, aktivga o'tish biroz charchatib qo'yarkan odamni.

Endi sekin sekin qaytib olaman aktivga inshaaAlloh

C# yoqyapti, biroz qiyin joylari ham bor ekan. Juda "strict" til ekan.

Ammo, umumiy dasturlashni bilganim uchun juda tez bo'lyapti, faqat C#ni o'ziga aloqador funksiya va boshqa narsalarni ko'rish qiynab qo'yarkan.

Udemy'da "Mosh Hamedani"ning Beginner kursini ko'ryapman. Tugay deb qoldi.

Shunday gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
πŸ‘73πŸ†8🌚3😁2🀝1
🌚13πŸ‘€11πŸ’”3πŸ—Ώ3
Josh*Developer
Qaysi dasturlash tilini ko'p ishlatasiz ?
Qaysi dasturlash tilini tanlay deganlarga javob mana πŸ‘†

10-100 tacha odam bosganni tanlayvering. πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
😁32πŸ’Š2
Resume.AddSkill("C#");

🌚
🌚35πŸ‘18❀‍πŸ”₯2πŸ’―2πŸ’”1😴1
C# ni qanday tez o'rgandim ?

Umuman olganda tez emas, ~1 haftacha deganda bo'ldi, ammo, ish bilan bo'lib juda kam vaqt ajratdim.
Udemy'da kurs ko'rdim ozgina. Tushunmasam ChatGPT orqali o'rgandim.

ChatGPT bilan juda juda tez o'rgansa bo'lar ekan. Bitta tilni asoslarini 1-2 kunda ham bemalol o'rgana olishimni his qildim. Undan to'g'ri foydalansangiz, o'sishingiz 10x ga ham oshishi mumkin.

Endi C#'da Advanced mavzularni ham yo'l-yo'lakay ko'rib ketaman, .NETni ham boshlayman inshaaAlloh.

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
⚑73πŸ‘36❀7πŸ’”1