Josh*Developer
4.68K subscribers
452 photos
40 videos
13 files
702 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Full-stack yoki T-shaped Engineer?

Ko'pchilik Full-stack dasturchi bo'laman deydi. Full-stack bo'lish ko'pincha hamma narsani teng olib ketish degani. Ya'ni, hammasidan o'rtacha bo'lasiz.

T-shaped degani esa, bir yo'nalishda chuqur bilim (masalan, rasmda Backend Engineering), qolganlarida esa o'rtacha bilim degani.

T-Shaped Frontend'chi bo'lsangiz β€” Backend'da ham o'zgarishlar qila olasiz, DevOps'ga ham yordamlasha olasiz. Asosiysi esa, Frontend'dagi muhim qarorlarni va chuqur vazifalarni siz bajarasiz. Vaqt o'tishi bilan boshqa yo'nalishlarda ham chuqur bilimga ega bo'lishingiz va T shaklining chuqur qismini bemalol o'zgartirishingiz ham mumkin.

Full-stack engineer < T-shaped engineer

#tShaped #fullStack

@JoshDeveloper
2πŸ‘47πŸ”₯8❀7⚑3
Sun'iy intellekt sabab o'zim kod yozishga erinib qolganman. Lekin sun'iy intellektga qildirish ham zerikarli bo'lib boryapti (Sifatsiz ham ko'p hollarda).

Agar shu ko'rinishda ketsa dasturlashdagi darajalar kod sifatiga qarab farqlanmaydigan bo'lib qoladi deb qo'rqaman. Bu haqida chuqurroq izlanishim kerak ekanligini tushundim. Xulosalarimni yozib borishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.

Sizlarga Sun'iy intellekt qanday yomon ta'sirlarini ko'rsatyapti?

#ai

@JoshDeveloper
πŸ‘31πŸ”₯9🀝3πŸ’―2
Tech debt (texnik qarz) nima?

Dasturda ko'zingizni yumgan har bir muommo β€” tech debt deyiladi. Bir kun kelib bu qarzingizni ortig'i bilan to'lashga majbur bo'lishingiz mumkin.

Katta loyihalarda bu qarz β€” foizli kredit kabi ishlaydi. Vaqt o'tgan sari kattalashadi.

Startup'larda esa oddiy qarz, (qarzni qaytarish esa loyiha yurish yurmasligiga bog'liq πŸ˜„)

Shu sabab texnik qarzlarni qachon olish yoki olmaslikni aniqlash juda muhim.

Demak, katta loyihami? Qarz olishdan ehtiyot bo'ling.
Startup yoki shoshilinch loyihami? Bir ko'zni yumib tursa bo'ladi) πŸ‘€

#techDebt

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁39πŸ‘11πŸ”₯5❀2🫑2
Tailwind jamoasini 75% qismi ishdan haydalishga to'g'ri kelibdi.

Sababi, bilasiz Tailwind dasturchilar uchun juda ajoyib qulayliklar qilgani bilan, pul olib keluvchi daromad manbayi cheklangan edi. Sun'iy intellekt esa Tailwind UI Kit'larini sotib olishga ham hojat qoldirmadi.
Shu sabab jamoa katta qismi "lay-off" bo'lgan.

Hurmatimni qozongan tomoni, shunday bo'lsa ham Tailwind ishlatishni qandaydir pullik modelga o'tkazishmadi. Biz bo'lganimizda shunday qilgan bo'lardik deb o'ylab qoldim.

Siz nima deb o'ylaysiz?

#tailwind

@JoshDeveloper
😒72πŸ”₯19❀14πŸ’―6🫑1
Jamiyat uchun ishlasang, jamiyat sen uchun ham ishlaydi.

Bir kecha ichida 56.000$ MRR sponsor'likdan kelibdi, deyishyapti.

Manba

#tailwind

@JoshDeveloper
πŸ”₯66πŸ‘13❀5🫑4🀝2πŸ‘1
β€œStackoverflow” yaxshi sayt edi…

#rip

@JoshDeveloper
😒89🫑11πŸ’”5πŸ’―3❀2
Telegramda startaplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.

Qiziq boβ€˜lsa obuna boβ€˜ling: @hisperspective
πŸ”₯16πŸ‘1
Shaxsiy fikrim:
Dasturlashni o'rganayotganlarni ko'pisida hozir Vibe-coding qilishga moyillik bor. Ya'ni, "Sun'iy intellekt bilan oson bitar ekan, o'zim o'rganib qiynalishimga na hojat?" degan tushuncha bor.

Bunday dasturchilar avlodi shakllanishi kelajakda haqiqiy AI'siz ham kod yoza oladigan, loyihalar arxitekturasini qura oladigan va "debug" qila oladigan dasturchilarni qadrini oshiradi. Shu sabab belni mahkam bog'lab, eng quyi va hamma tashlab ketadigan mavzulargacha chuqur o'rganing. InshaaAlloh afsuslanmaysiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
❀104πŸ‘59⚑10πŸ’―8πŸ”₯6😁6🀝3πŸ†’3πŸŽ‰2πŸ‘1
Monorepo'lar hozir ustunroqmi?

AI bilan ishlash davrida, bir-biriga bog'liq loyihalar bir Repository'da bo'lishi Sun'iy intellekt'dan maksimal foydalanishda katta ustunlik beradi. Sababi barcha kerakli ma'lumotlar bir joyda bo'ladi va kontekst berish oson bo'ladi.

Monorepo usuli orqali bunga erishsa bo'ladi. Monorepo qurish va boshqarishni osonlashtirish uchun esa bir qancha tool'lar mavjud. (Nx, Turborepo, Bazel, Lerna...)

Siz Monorepo loyihada ishlab ko'rganmisiz?

#monorepo #ai

@JoshDeveloper
1πŸ‘25⚑5πŸ‘€3❀1
Forwarded from UNICON SOFT
πŸ€“ β€œUnicon Soft” tajribali Middle/Senior dasturchilarni izlamoqda

πŸ‘¨β€πŸ’» Boβ€˜sh vakansiyalar:
β–ͺ️ Backend Developer (Node.js)
β–ͺ️ Frontend Developer (Angular)

πŸ’Ό Ish formati: toβ€˜liq stavka, ofis
⏰ Ish vaqti: 5/2, 10:00–19:00

❗️Sizni kutmoqda:
⏺ Professional jamoa;
⏺ Qiziqarli loyihalar;
⏺ Barqaror daromad;
⏺ Rivojlanish va oβ€˜sish imkoniyati;

πŸ’¬ Batafsil ma’lumot olish uchun Telegramdan yozing:
➑️ @itrecruiter_us
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯15😒5❀1πŸ‘1
Qo'lda kod yozish tugayaptimi? πŸ‘¨β€πŸ’»

Internet bir talay postlarni ko'rdim bugun shu haqida. Hayp ko'tarilgan shekilli. Ruhsat etsangiz fikrimni bildirsam.

1. Qo'lda kod yozish to'xtadimi? β€” Yo'q.

2. Kamayyaptimi? β€” Ha.

3. Bu degani dasturchi kamroq kerak deganimi? β€” Yo'q. Dasturchi doimgidek muhim. Faqat hamma ishni qo'lda qiladigan dasturchi endi kerak emas.

4. Endi faqat Prompt engineering o'rganamizmi? β€” Dasturlashni katta qismi Prompt engineering atrofida aylanayotgani rost, lekin dasturlash sohasini Prompt yozishnigina biladigan odam olib qo'ya olmaydi.
Dasturlash bu dasturchidek fikrlashdan iborat. Yozayotgan Prompt'ingiz esa shu fikrlashingizdan kelib chiqadi. Shu sabab dasturlash asoslari, tizimlar qanday ishlashi va shu kabi quyi mavzularni o'rganing. Shular bilangina ertaga oddiy Prompt'chidan farqingiz bo'ladi.

#thoughts

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯64πŸ’―15πŸ‘11❀3πŸ‘1
Endi arzonroq πŸ’Έ

Frontend arxitektura
kursimiz narxi sabab sotib olishga ikkilanib yurganmidingiz?

🀩 Bugundan boshlab kurs narxini naqd 200.000 so'mga arzonlashtiramiz.

βž• Uni ustiga esa faqat bugun amal qiladigan chegirma e'lon qilamiz. Chegirmani faqat admin orqali bilib olishingiz mumkin.

ℹ️ Kurs haqida batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15

#architecture

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁15⚑8🀝2🫑2