Josh*Developer
4.66K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
702 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
JS is Weird!

Ha gapimga qo'shilasiz, men esa bir saytni nomini yozdim tepada πŸ˜„

JavaScript'dagi "g'alati" savollar yozilgan quiz sayt ekan. Ishlab ko'ring. Rostan ham tepadagi gapga ishonasiz. πŸ™‚

Aslida, JS'dagi "g'alati" narsalarni g'alati deb bo'lmaydi. Shunchaki JS'ni tushunish kerak xolos. Tushunmagan savolingizni shu post kommentiga qoldiring va "discuss" qiling.

"JS is not weird, it is by default" πŸ˜„

Sayt linki: https://jsisweird.com/

@JoshDeveloper
πŸ‘22πŸ‘¨β€πŸ’»3πŸ”₯1
Trenddan qolmay 🌚

Kanalimizni bir yillik statistikasi. πŸ“ˆ

@JoshDeveloper
⚑45πŸ‘11😁6πŸ”₯4🌚2πŸ‘¨β€πŸ’»1
Sizlarni bilmadim-u, man shu akaga besh ketaman. πŸ˜„

Taniydiganlar bormi ?

Odam-podammas-a ? πŸ˜…

#respect

@JoshDeveloper
πŸ‘55🀣16πŸ€”3🌚3πŸ”₯2πŸ‘Œ2πŸ†1
O'rganib bo'lib, "kurs olishim kerak" deydiganlar faqat JavaScript dasturchilarimi yoki boshqa tillar dasturchilarida ham shu muommomi ? πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
🀣72πŸ‘13πŸ’―4😁3🐳3πŸ‘¨β€πŸ’»2🌚1
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi ?

Javobni kommentda qoldiring.

#quiz #javascript

@JoshDeveloper
πŸ‘14🌚3πŸ‘Œ1
"Shaxsiy blogimni ochsammi ?" degan savolga javob bermoqchiman.

To'g'riroqi, yaxshi va yomon tomonlarini va maslahatimni aytaman, qaror o'zingizdan.

- Yaxshi tomoni
1. Bilim ulashasiz. O'zingiz yangi bilimlar olasiz. Savob ham.
2. Networking oshadi.

- Yomon tomonlari
1. Ko'p vaqtingiz ketib qoladi.
2. Bog'lanib qolishingiz mumkin.
3. "Focus" bilan ishlay olmay qolasiz ba'zan.

- Maslahatlar
1. Kommentni o'chiring. (O'zim ham shunday qilmoqchiman)
2. Va'da bermang. Falon narsa haqida maqola yozaman deb qo'ymang. Berdingizmi ? Bajaring.
3. Yangi bilimlarni olsangiz, ulashishni unutmang.
4. @JoshDeveloper kanaliga obuna bo'lib qo'ying.
5. Ha deb "obuna bo'ling" deyavermang. πŸ˜„
6. Zerikarli blog yuritmang. :)

@JoshDeveloper
πŸ‘37😁12πŸ‘¨β€πŸ’»5🀣3πŸ€“2🌚1
Insof ham qiling-da!

Esingizda bo'lsa yaqinda kurslar va o'quv markazlardan norozilar kommentga yozsin degandim.

Yozishdi. Gap yo'q. Ammo, endi boshqa masala bor. Norozilar rostan norozi bo'lishi kerakmikan ?

Bugun bir "yomonlangan" kursni kontentini ko'rdim. Kontent juda ham ajoyib edi. Bundan ham norozilar bormi a ? deb yubordim. Norozilik sababi esa inson sifatida tushunsa bo'ladigan oddiy narsa edi.

Shaxsan o'zimni shogirdlarim bilishadi. Orada ba'zan ishlarim ko'payadi, oilaviy muommolarga duch kelaman, charchayman, kasal bo'laman. Shogirdlarim esa meni inson ekanimni bilishadi va orada uzulish bo'lsa, to'g'ri tushunishadi. Insofli insonlar. (O'qiyotgan shogirdlarim bo'lsa o'zidan ketmasin πŸ˜„)

Ammo, shundaylar ham borki, haqqini talab qilishni biladi, ammo insoniylikni bilmaydi. Va o'zini jabrlangan ko'rsatib ko'pchilikka yoqimsiz ma'lumot berib qo'yadi.

Vaqtida, ~30 km uzoqlikdagi o'quv markaziga dasturlash kursiga qatnaganman. Sovuqda, qishda, birnecha transportda borardim. Ba'zida ustozimiz ba'zi sabablar bilan darsga kelmasdi. Bu uyi yaqinlar uchun muommo bo'lmasa ham, men uchun juda yoqimsiz holat edi. Ammo, ustozimni to'g'ri tushunardim. Ilm yo'lida hokisorlikni unutmasdim. Alloh kam qilmadi. Alhamdulillah.

Ha, mentorlar ham mas'uliyatli bo'lishi kerak. Ochiqdan ochiq zulm qilayotganlarni yonini olmayapman. Ammo, bu degani hamma zulmkor emas. Insoniyligingizni ishlatib vaziyatga baho berishni ham o'rganing.

@JoshDeveloper
πŸ‘102πŸ”₯14❀5🐳5🌚3❀‍πŸ”₯1πŸ₯±1
JavaScriptda Tagged template literals nima ekanini bilasizmi ?
Anonymous Poll
15%
Ha, bilaman
72%
Yo', bilmayman
13%
JSchi emasman
πŸ€”20πŸ‘€9πŸ€“6🌚2πŸ‘1😒1
JavaScriptda Composition function nima ekanini bilasizmi?
Anonymous Poll
16%
Ha, bilaman
73%
Yo'q, bilmayman
11%
JSchi emasman
πŸ€”28😁4🐳4🌚3😴3😱2πŸ•Š2πŸ‘1
Hozirgi davrda o'qimaganlar avvalgi o'qimaganlardan ko'ra ikki barobar qadrsiz va ikki barobar yutqazishda bo'lishadi.
Chunki zamonimiz shu qadar qattiq rivojlanyapti.

Ilm olishni boshqa keraksiz va bema'ni ishlardan ustun qo'ya olmas ekansiz, ko'proq vaqtingiz ilm uchun bo'lmas ekan, demak siz ham yutqazayotganlar va ortga ketayotganlardansiz.

Hayotimizga qarashimiz va nimalar bizni ortga "sudrayotganini" topib, u ishlar va odamlardan voz kechishni bililishimiz kerak. Bekorchi o'yinlar, ijtimoi tarmoqlar, bekorchi do'stlar... Ular bizga dushman.

@JoshDeveloper
πŸ‘87πŸ”₯22🌚5πŸ‘2πŸ€”1πŸŽ‰1πŸ•Š1
Error types ? πŸ€”
JavaScript'da necha xil Error(xatolik) turlari bor ?

JS'da 7 ta Error turlari bor.
Keling ularni 3 ta eng mashxurlari bilan tanishib chiqamiz.

1. ReferenceError
- Bu xatolik, dasturda mavjud bo'lmagan o'zgaruvchiga kirishga urunishda kelib chiqadi. Masalan:

console.log(someVar);
🚫 ReferenceError: someVar is not defined

2. SyntaxError
- Bu Error JavaScript sintaksiga mos bo'lmagan kod yozilsa kelib chiqadi. Parsing jarayonida(kod hali ishlashni boshlamasidan avval) bu xatolik topiladi. Masalan:

const class 1231;
🚫 SyntaxError: Unexpected token 'class'

3. TypeError
- Bu xatolik ko'pincha biror qiymatni tipiga mos kelmagan amallar qilishga urunishda kelib chiqadi. Masalan:

const boo = true;
boo.sort();
🚫 TypeError: boo.sort is not a function

Qolgan 4 ta unchalik mashxur bo'lmaganlarini esa siz azizlarni o'zingizga qoldiraman. Postimiz uzun bo'lmasligi uchun ularni yozib o'tirmadim.

O'rganishingiz uchun ajoyib manba: Link

Post yoqqan bo'lsa, ulashishni unutmang πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘64πŸ”₯7⚑5🐳2🌚2πŸ‘¨β€πŸ’»2πŸ₯±1
Forwarded from Josh*Developer
ChatGPT va boshqa AI'lar dasturchilarni ishini olib qo'yadimi ?

Albatta yo'q. U AI tool'lar shunchaki dasturchini ishini yengillashtiradi xolos. Baribir asosiy ishni dasturchi qiladi. U yozib bergan kodni dasturchi o'qiydi, to'g'irlaydi, joylaydi va ishlatadi.
Xullas, motivatsiyani yo'qotmasdan "gazini bosaveringlar".

AI'lar haqida yana ham eshitmoqchi bo'lsangiz, bu borada mutaxassis Anvar aka Narzullayev bilan qilgan suhbatimizni qayta eshitishni maslahat beraman. Link.

#munosabat

@JoshDeveloper
πŸ‘28πŸ”₯8😒4❀‍πŸ”₯3🌚2❀1😁1🐳1πŸ’”1😴1
β€‹β€‹β™Ÿ "Chess Engines", algoritmlar, kompyuter qanday shaxmat o'ynaydi ❔

Ushbu postda kompyuter bizga qarshi qanday shaxmat o'ynashini ko'rib chiqamiz.

Davomi

@JoshDeveloper
πŸ”₯13πŸ‘10🌚1
"I am impressed" degan hazil ekan πŸ˜…

#joke

@JoshDeveloper
🀣41πŸ‘4🌚3πŸ‘€3πŸ€”1🀨1
Hey, Frontend yo'nalishida qiyin mavzular-u atamalarni, intervyuda tushadigan osondan qiyingacha bo'lgan savollarni va ularga to'g'ri javoblarni qanday o'rgansam ekan deyapsizmi ?

Unda sizga ajoyib yangilik bor. 🌚

FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik videokursimiz sotuvga chiqdi. πŸŽ‰

Kursda hozirda ITransition kompaniyasida Strong Middle darajasida Frontend Dasturchi bo'lib ishlayotgan @JoshDeveloper mentorlik qilgan.

Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ?
Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Fevral oyigacha barcha uchun 10% chegirma mavjud.

Nimani kutyapsiz ? πŸ˜‰
πŸ”₯37πŸ‘12🌚6πŸ‘3πŸ’―1
Daftar ishlating.

Shogirdlarimga eng ko'p maslahat beradigan gapim shu. Yangi texnologiya o'rganyapsizmi ? Bir daftar yoki jurnal tuting va hamma narsani chiroyli qilib yozib yuring. Nega aynan daftar ? Notion yoki shu kabi dasturlarchi ? Daftar bo'lishi iloji boricha shart. Chunki daftardan o'qish oson, dangasalik qilish kamroq bo'ladi, yana kompyuterdan turgan paytingiz ham bemalol o'qib, yodlab, o'rganib yurasiz va hkz.
Bu ikkisini sinab ko'rganman va siz ham sinab ko'rsangiz nima deyotganimni tushunasiz inshaaAlloh.

#maslahatcha

@JoshDeveloper
πŸ‘139πŸ”₯13⚑6πŸ†5😁4🌚3πŸ‘2🐳2πŸ₯°1
Frontint.uz kursimizga yozayotganlar ko'pchiliki bo'lib berishga so'rayotgani sabab, bir yangilikni e'lon qilmoqchiman.

Endilikda Frontint.uz kursini ikki xil ko'rinishda sotib olish imkoni bor:
1. Kurs to'liq narxini to'lab. (-10% chegirma bilan Fevralgacha)
2. Ikki bo'lib to'lash. (50% shu zahoti, 50% 1 oy ichida)

Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ?
Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

@JoshDeveloper
πŸ‘15❀11🌚2
πŸ‘51😒6❀‍πŸ”₯5🌚5⚑3πŸ†1
Josh*Developer
Dasturchi sifatida, o'z ishingizni yaxshi ko'rasizmi ?
Poll natijasidan ko'rinib turibdiki, oramizda yolg'on gapiradiganlar ko'p ekan-a ? πŸ˜„

Hozir, "Kasbingizni yaxshi ko'rishingiz kerak, pul uchun kirmang biror kasbga" deyishimni kutayotgan bo'lsangiz kerak)

Yo'q. Unday demayman. Yaxshi ko'rsangiz juda yaxshi, ammo yaxshi ko'rmasangiz-u, yaxshi va halol daromat qilayotgan yoki qilish niyatida bo'lsangiz, shuni o'zi ham kifoya.

Ko'pchilik rost belgilaganiga ishonmayman. Chunki, agar oyiga 15 000$ lik ish chiqsa, aniq bilaman katta qismi yoqtirgan ishini tashlab ketadi. Ba'zi rostan yaxshi ko'radiganlardan tashqari.

Ko'pchilikni yaxshi ko'rgan kasbidan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rganlari, og'irroq sharoitdagi oilasi bor. Oilasi uchun halol va serdaromad kasbni tanlash, oilasiga qiyinchilik qilib, yoqtirgan kasbida yurgandan yaxshiroq. Yaxshi ko'rish ham o'zi nisbiy tushuncha. Qalb esa o'zgaruvchan.
Shunday ekan, yaxshi ko'rasizmi yo'qmi, modomiki ishingiz yaxshi va halol ekan, "gazini bosavering" )

@JoshDeveloper
πŸ‘98πŸ’―18😁6❀4⚑2πŸ‘Œ2πŸ”₯1🐳1🌚1πŸ€“1πŸ‘¨β€πŸ’»1
Forwarded from Josh*Developer
Qachon va qaysi kodga TEST yozishim kerak ? πŸ€”

Test yozishda asosiy qoidalardan biri: "Action, expected result".

Ya'ni, biror jarayon sodir bo'lganda, kutilgan natija nima bo'lishi.
Testlar umuman shu narsani tekshiradi. Masalan, biror tugmada "click" jarayoni sodir bo'lganda(tugma bosilganda), natija HTTP so'rov yuborilishi bo'ladi.
Bu holatda, testimiz tugma bosilganda HTTP so'rov ketdimi yo'qmi tekshiradi. Keyingi testimiz esa, HTTP so'rov ketganda natija kelishini tekshiradi. Yoki, biror funksiya ishlaganda, biror qiymat o'zgarishi kerak va hokazo.

E'tibor bersangiz, hammasi bitta oddiy qoidaga bo'ysunishyapti, "Action, expected result" (Jarayon, kutilgan natija)

Test yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz, shu qoidani yodlab oling. "Jarayon, kutilgan natija".

Shu xolos.
Umid qilamanki post foydali bo'ldi.

Ulashishni unutmang πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘57❀‍πŸ”₯5⚑3🌚2πŸ₯±1
Birinchi daromadim... πŸ’Έ

Bundan 3 yil oldin, 200 000 so'mga bir saytni "Responsive" qilish uchun buyurtma olganman. πŸ˜„ Naqt 2 hafta ishlaganman shu vazifa ustida.

Buyurtma qanday chiqqan ?
Buning uchun, o'zimni borligimni bildirganman iloji boricha hamma yerga. Ish kerakligini aytib e'lonlar berganman, hatto OLX'ga ham e'lon bergan ekanman πŸ˜‚

Shundan keyin sekin sekin daromadga kirib ketgandim. 200 000 so'm boshlab olish uchun juda ajoyib summa. Harxolda shu yillarda shunday edi. (Yangi O'zbekiston hali uncha qurilmagandida #tanqid)

Buni aytishimdan maqsad, hozirda ko'pchilik o'zini borligini bildirishni bilmaydi. Yana boshqalar esa, arzonga ish chiqsa, "Vey, shu ham pulmi ?" deydi. Shu xatolarni to'g'irlash kerak. Odamlarga dasturchi ekanligingizni, ish qidirayotganingizni bildiring. Tanish-bilishlarga ayting, xullas "ovoza" qiling. Daromadga chiqish kasbimizda o'ylagandan ko'ra qiyinroq. Ayniqsa hozirgi davrda. Harakatni yaxshi qilmasangiz, 3-4 yilda ham daromadga chiqmay yuraverasiz. Ammo, shuni ham bilingki, yaxshi harakat qilgan inson natijasini albatta oladi inshaaAlloh.

"Motivassa" uchun aytaman, tepadagi 200 000 so'mni hozir XX daqiqada topaman. Alhamdulillah, Allohni fazli bilan. O'sha davrlarda, bu oylikni hatto orzu ham qilmaganman. Karyeramni eng ochilishiga sabab bo'lgan ishni ham, guruhlarda ish so'rab topganman. Alloh natijasini bergan.

Shunaqa gaplar πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘105πŸ”₯25❀‍πŸ”₯9⚑7πŸ‘¨β€πŸ’»5❀2🌚2