Совместная образовательная программа СамГАСИ (2+2)
141 subscribers
1.89K photos
412 videos
80 files
458 links
Это оффициальный канал совместной образовательной программы по формату 2+2 СамГАСИ (Самарканд, Узбекистан).
Официально. Образовательно. Основательно.
Download Telegram
Forwarded from Javlon Rashidovich
⚡️Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2022/2023 o‘quv yilining dars mashg‘ulotlari 2022-yilning 26-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.

SamDAQI matbuot kotibi
@JavlonRashidovich
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
⚡️⚡️⚡️OWEEK — 2022!
Talaba yoshlarni birlashtiradigan loyiha!

🔊 Assalomu alaykum aziz talabalar! Institut professor-o‘qituvchilari!

Talabalarning ta’lim muassasasi hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish, yangi o‘quv yilida joriy etilayotgan xalqaro o‘quv dasturlari, yoshlar uchun tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar hamda institut hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 29-30-sentabr kunlarida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Orientation week” loyihasi tashkil etilmoqda.

Loyiha doirasida 20 dan ortiq ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkaziladi.

Aziz talabalar hamda institutimiz professor-o‘qituvchilari, siz ham “Orientation week” loyihasida faol ishtirok eting!


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Hurmatli talablar va ularning ota onalari!

Oldin xabar berganimizdek Moskva/Minsk shahrida tahsil olayotgan talabalarning va ularning ota-onalari murojaatiga binoan Moskva/Minskdagi holat bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilingani yo'q. Vaziyat bo'yicha yakuniy qarorni vazirlar mahkamasi darajasidagina xal qilish mumkin. Vazirikka rektorimiz Chidem Hanim xabar yuborganlar. Bu haqdagi qaror Vazirlar Mahkamasi darajasida qabul qilinishi mumkin. Yangilik bo'lsa albatta xabar beriladi.
Hozircha u yerda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bo‘yicha hozircha biror qaror yo‘q. Yaqin kunlar ichida yakuniy qaror olishimiz bilan o'sha vaziyatda yangilik e'lon qilinadi. Va bu qaror HAMMA Moskvada o'qiyotgan O'zbekistonlik talabalarga taaluqli bo'ladi.

Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi SamDAQI
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
YANGI O‘QUV YILI MUNOSABATI BILAN SAMDAQI REKTORI TABRIK YO‘LLADI
#RektorTabrigi

Hurmatli institut jamoasi va aziz talabalar!

Avvalam bor, barchangizni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga xush kelibsiz. 2022-2023 o‘quv yilining birinchi kunida sizlarni institutimizda ko‘rib turganimdan xursandman. Yangi o‘quv yili institutimiz uchun xayrli kelsin va barchaga yangidan-yangi yutuqlar olib kelsin.

Aziz talabalar!

Institutimiz O‘zbekistonda arxitektura va qurilish sohasidagi eng yaxshi institutlardan biridir. Shu kunlarda institutimizni universitetga aylantirish ishlari yakunlandi va yaqin vaqt ichida muhtaram Prezidentimizning tegishli qarori bilan yangicha tuzilmaga ega bo‘lgan universitetga aylanamiz. Shuni faxr bilan aytamanki, sizlar 2026-yilda yangi universitetning ilk bitiruvchilari bo‘lasiz.

Batafsil ushbu havolada 👈🏻


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from Javlon Rashidovich
27-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik koʻlami oshdi, qurilishda murakkab texnologik yechimlar qoʻllanmoqda. Lekin soha boʻyicha taʼlim va ilm bundan ancha ortda qolmoqda. Institutlardagi oʻquv dasturlari eskirgan. Oʻqitiladigan fanlar soni chet eldagidan ham koʻp, sifati unday emas. Taʼlim jarayoniga amaliyotchi mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmagan. Zamonaviy fikrlaydigan injener-konstruktorlar yetishmayapti.

Shu yil 6-iyul kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari bu masalaga alohida toʻxtalib, sohadagi oliy taʼlim muassasalarini transformatsiya qilish zarurligini aytgan edi.

Taqdimotda Toshkent hamda Samarqanddagi arxitektura institutlarining oʻquv dasturlarini isloh qilib, taʼlim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Mutasaddilar mazkur institutlarning oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, yangi fakultetlar tashkil etish, taʼlim va ishlab chiqarishni uygʻunlashtirish, ilmiy faoliyatni takomillashtirish rejalarini bayon qildi.

Prezident bu takliflarni maʼqullab, ustuvor vazifalarni koʻrsatib oʻtdi. Avvalo, bakalavr yoʻnalishlari sonini qayta koʻrib chiqib, fanlarni zamonaviy shaharsozlik va texnologiyalarga moslashtirish zarurligi taʼkidlandi. Oʻqituvchilar uchun malaka talablari va bitiruvchilarning kompetensiyalarini oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Institutlarga xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, mahalliy professor-oʻqituvchilarni chet elga ilmiy stajirovkaga yuborish muhimligi qayd etildi. Bu borada Toshkent arxitektura-qurilish instituti Istanbul texnika universiteti bilan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yildiz texnika universiteti bilan taʼlim hamkorligini yoʻlga qoʻyadi.

Taʼlim va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalarni biriktirish, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berildi. Ularda energiya tejamkor qurilish materiallari yaratish, yetakchi kompaniyalar bilan mahorat darslari va amaliy treninglar oʻtkazish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish mumkin boʻladi.

Shuningdek, ilgʻor muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etilishi belgilandi.

Institutlar huzuridagi akademik litseylarni ham takomillashtirib, A-level darajasidagi oʻquv dasturi va metodikasini joriy etish zarurligi qayd etildi deyiladi xabarda.


SamDAQI matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NoComment

1 oktabr — Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlangan katta tadbir boshlanish oldidan.

SamDAQI Axborot xizmati

@samdaqi_uz
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from VAQT QADRI (VAQT QADRI)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эрта ухла, эрта тур!

Ҳаётда мувоффақиятга эришган инсонларнинг катта қисми, эрта ухлаб эрта туришга одатланганидан хабарингиз борми?

👉 https://t.me/joinchat/AAAAADwRkZQ9I85rZoZq1g
Qadri baland qadrli ustozlar! Hayotingizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli ishga bag'ishlab kelayotganlaringiz uchun sizga tashakkur! Avvalam bor yurt tinchligi, oilangiz xotirjamligi va shogirdlaringiz baxtiga har doim sog' omon bo'lishlaringizni va ishlaringizda bardavom bo'lib ULKAN muaffaqqiyatlarga erishishlaringizni tilaymiz.
1 - oktabr " USTOZ VA MURABBIYLAR " kuningiz muborak bo'lsin!!! Aziz ustozlar. 
 
 
Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi.
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
1 OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI!
#ustoz #tabriknoma

Bugungi qutlugʻ ayyom bilan barcha Ustoz va murabbiylarni, professor-oʻqituvchilarni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti maʼmuriyati nomidan chin dildan muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, sogʻlik-salomatlik, oilaviy baxt doimo hamrohingiz boʻlsin, xonadoningizdan tinchlik-totuvlik arimasin. Doimo shogirdlar ardog‘ida bo‘lib yuring!


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
#RektorTabrigi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan institut jamoasini samimiy tabriklayman! Institutimizni hurmatli professor-o‘qituvchilari sizlarga mashaqqatli va mas’uliyatli ishlaringizga omad va kuch-quvvat tilayman!

Chidem Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish insituti rektori


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz