Forwarded from SamDAQU YOSHLARI │ Yoshlar ittifoqi
#student_day
17-Noyabr Xalqaro Talabalar Kuni.
Barchamizga Talabalar Kuni muborak bo‘lsin.
SamDAQI Yoshlari kanali
@samdaqi_yoshlari

Forwarded from Obid Toirovich
Научная библиотека БНТУ.
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
ENDILIKDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI MAKTABLAR BILAN HAMKORLIK QILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish bo‘yicha joriy yil 30 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi Bayoniga muvofiq endilikda oliy ta’lim muassasalari xalq ta’limi muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Shunga asosan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rahbariyati rektor Sulton Axmedov va Yoshlar bilan ishlash bo‘yich prorektor Orif Xaitovlar Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldilar.
49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab direktori bilan birgalikda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv xonalari ko‘zdan kechirildi. Suhbat davomida 2019-2020 o‘quv yilida maktabni bitiruvchilarining atigi bir nafari Qozog‘iston universitetlaridan biriga qabul qilingani ma’lum bo‘ldi.
Maktabda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar bilan birgalikda bo‘lgan suhbatda kamchilik va muammolar o‘rganildi. Suhbat davomida ta’lim sifatini yaxshilash borasida chora – tadbirlar tuzilib, o‘quvchilarning kelajakda tanlagan sohalari, qiziqishlari bo‘yicha fan o‘qituvchilariga biriktirish va ularni turli kasb va hunarlarga yo‘naltirish borasida fikr-mulohazalar almashindi. Qolaversa, institut tomonidan maktab pedagog xodimlari uchun “Oliy matematika” va “Chizmachilik” fanlaridan malakaviy amaliyot darslarini tashkil etishda institut professor-o‘qituvchilari tayyor ekanliklari aytib o‘tildi.
Kelgusida yurtimizda kechayotgan pandemiya sharoiti yakunlangach, institut ma’muriyati bilan kelishgan holda maktab bitiruvchilarini Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida tanishuv ekskursiyalarini tashkil etish, institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishga kelishib olindi.
SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz