JIZZAX KADASTR
1.49K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr_maslahatxonasi

Savol: Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak

Javob:
Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

*️⃣Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

*️⃣Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

*️⃣Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Infografika

💢Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan (2024-yil 1 yanvar holatiga) o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida noqonuniy qurilgan imoratlar to'g'risida MA'LUMOT

🔻O‘zboshimcha egallangan jami yerlar 2308 ta

🔻 uy-joy qurish1163 ta

🔻 noturar-joy qurish 715 ta

🔻karyer 2 ta

🔻 boshqa holatlarda (yo‘l, ariq-zovur va hokazo) 428 ta .

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.

✍️Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🧊Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

◼️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
◼️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

📝Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3-25 ish kuni.

✏️Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#yer_nazorati

O‘ZBOSHIMCHALIK QIMMATGA TUSHMASIN...


📁Nuriddin Karabalayevga nisbatan Kadastr agentligi Do‘stlik tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan yozma ogohlantirish xati berildi.

✏️Gap shundaki, N. Karabalayev huquqiy hujjatlari bo‘lmasada, o‘zboshimchalik bilan 15 kvadrat metr yer maydonini egallab olib, molxona qurib olgan edi.

💬Natijada esa...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев савдо ва хизматлар инфратузилмасини ривожлантириш, туризм ва маданият масканларини барпо этишга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о развитии инфраструктуры торговли и услуг, строительстве объектов туризма и культуры.

#Mirziyoyev #taqdimot #savdo #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr_klinikasi

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🔰 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

📔 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

⌨️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln. so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln. 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Infografika

Jizzax viloyatida (2024-yil 1-yanvar holatiga) qishloq xo'jaligi yerlarini o'zboshimcha egallab olish holatlari va ularga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risida MA"LUMOT

Jami ma’muriy jazoga tortilganlar2111 ta

🟢60-modda 2-qismi bilan 297 ta

🟢60-modda 3-qismi bilan 422 ta

🟢60¹-modda bilan 2 ta

🟢68-modda 1-qismi bilan 306 ta

🟢68¹-modda bilan 1084 ta

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati

YER DAVLAT MULKI


*️⃣Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi Ilhom Yakubovga hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan Tinchlik MFY hududida o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonini egallab, 60 kv.m o‘lchamdagi xizmat ko‘rsatish binosi qurib olganligi uchun 🌟Kadastr agentligi Zarbdor tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tegishli tartibda MJtKning 60-moddasi 3-qismiga asosan dalolatnoma qayd etilib, bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek fuqaro I. Yakubovga rasmiy ogohlantirish xati ham berildi.

*️⃣O‘ylaymizki, I. Yakubov yer davlat mulki ekanligini tushunib yetgan holda, sodir etgan xatti-harakatidan o‘zi uchun tegishli xulosa chiqarib oldi.

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Kadastr_va_mahalla
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
#huquqiy_savodxonlik

KORRUPSIYAGA
QARSHI KURASHISH HAR BIR FUQARONING BURCHIDIR!

➡️ Kadastr organlari tomonidan aholi oʼrtasida huquqiy savodxonlikni oshirsh hamda sohada korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

📹 Jumladan, bugun Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimov ishtirokida Paxtakor tumani Suvonobod MFY raisi, mahalla faollari hamda profilaktika inspektori hamkorligida targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.

📹 Tadbir davomida soha vakillari tomonidan kadastr hujjati tayyorlash, tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini olish va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi shuningdek, kadastr xodimlari tomonidan ta'magirlik, korrupsion holatlarga guvoh boʼlgan taqdirda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisiga murojaat qilishlari toʼgʼrisida tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI HAQIDA MA'LUMOTGA EGAMISIZ?

🔰Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

✏️Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
▪️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Infografika

Jizzax viloyatida yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risida MA’LUMOT (2024-yil 1-yanvar holatiga)

➡️O'zboshimcha egallangan yerlar 2171 ta

➡️Ixtiyoriy bartaraf etilgan 1452 ta

➡️Kiritilgan da'vo arizalar 382 ta

➡️Qanoatlantirildi 111 ta

➡️Jarayonda 250 ta

➡️Prokuraturaga yuborilgan materiallar 28 ta

➡️MIBga yuborilgan hujjatlar 305 ta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️ASOSIY MAQSAD KORRUPSIYASIZ KELAJAK BARPO ETISH

🌏Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun Zafarobod tumani xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

🟢Bunda, bo‘lim xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, obod-axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish, profilaktik ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM