JIZZAX KADASTR
1.49K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S. Kodirkulov ishtirokida Zafarobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

➡️ Batafsil Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

➡️yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

➡️binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

➡️binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

➡️binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

➡️ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

➡️qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

➡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

➡️Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

💠Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 18-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Mirzacho‘l_tumani

📝YERNING EGASI YO'Q DEMANG!🔹

🌟 Kadastr agentligining Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan tumandagi Gulzor QFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan huquqiy hujjatlarsiz 235 kv.metr joyda uy-joy qurish maqsadida noqonuniy poydevor qurib olganligi aniqlandi.

📔Mazkur holat yuzasidan tuman inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Yer_nazorati #Jizzax

📊Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar to‘g‘risida (2023-yil 1-avgust holatiga) MA`LUMOT

🔽Jizzaxda yer va kadastr sohasi bo'yicha jami 904 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.

▶️ Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning

😎60-modda 2-qismi bilan 128 ta,
😎60-moddasi 3-qismi bilan 95 ta,
😎60¹-modda bilan 1 ta,
😎68-moddasi 1-qismi bilan 143 ta,
😎68¹-moddasi bilan 537 tani tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🛣Yer kadastri – bu yer uchastkalari haqida ma’lumotlar yig‘indisi. U kitob tarzida, kartoteka yoki ma’lumotlar tizimi tarzida tuziladi.

📉Yer kadastrida yer uchastkalari tartib raqamlari, tavsifi, yer egalari haqida ma’lumotlar to‘plangan bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Jizzax_kadastr #murojaatlar

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasiga (2023-yil 1-avgust holatiga) kelib tushgan murojaatlar tahlili

🟧Jami kelib tushgan murojaatlar soni 240 ta

🟧Qanoatlantirilgan murojaatlar 217 ta

🟧Ijobiy hal etilganlar 133 ta

🟧Huquqiy tushuntirish berilgan 81 ta

🟧Umumiy tushuncha berilganlar 3 ta

🟧O'rganish jarayonida 23 ta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda (“Негадир архитектура ва кадастр ходимлари бу қурилишларга бефарқ... https://t.me/sizdantelegram/43494) sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.
Holat o‘rganilib, yakunlari bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ma_rifat_soati

NAVBATDAGI O‘QUV SOATI BOSHLANDI

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://www.youtube.com/watch?v=IVzVrzeMcJA&t=758s orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Jizzax_kadastr

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan undirilgan jarimalar to'g'risida (2023-yil 1-avgust holatiga) MA'LUMOT

🟧Agentlik tomonidan undirilgan jarimalar 573 ta

🟧Majburiy ijro byurosiga yuborilgan jarimalar 111 ta

🟧Umumiy undirilgan jarimalar 585 ta

🟧Qoldiq jarimalar 208 ta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun_tug‘ilgan_kun

➡️Bugun 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevichning tug‘ilgan kuni.

Hurmatli Kodirkulov Sanjar Dushabayevich!

Sizni bugungi shodiyona – tug‘ilgan kuningiz bilan soha xodimlari nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga uzoq umr, sog‘lik, kuch-qudrat, farovon turmush, osoyishtalik va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

Har doim hozirgiday jasur, mard va metinday mustahkam iroda egasi bo‘lib qolavering.

Hayot yo‘lingizda uchraydigan har qanday baland cho‘qqilarni birin-ketin zabt etishingizga, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishishingizga tilakdoshmiz.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!!!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xalq_xizmatida

🫥Inson manfaatlari - oliy qadriyat! 🫥

➡️ Ayni damda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining hududiy tuman, shahar filiallari tomonidan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish yuzasidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_bilim

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🧊yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);

📹binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

📹belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

📹ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

📹ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Hujjatning to‘liq matni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM