JIZZAX KADASTR
1.25K subscribers
13.3K photos
1.59K videos
5 files
7.68K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI"
🔰 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Arnasoy tumani bo‘lim va filialida barcha xodimlar ishtirokida "KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹Davra suhbatida Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi yuristkonsulti Sh.Yaxshiev, hamda Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Eldor Kasimov tomonidan hududiy boshqarmaning Arnasoy bo‘lim va filialida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️"Korrupsiyaga qarshi kurashda" ▫️

◻️ Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Uni oldini olish yo'lida esa qator choralar ko'rilmoqda.

◻️ Quyida, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan fikrlar olg'a surildi:

▪️ Samarqand viloyati
▪️ Surxondaryo viloyati
▪️ Farg'ona viloyati
▪️ Andijon viloyati
▪️ Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

⚜️ Respublika bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 12 694 tani
tashkil etmoqda:

🔘 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 780 ta (ko'rish)
🔘 Andijon viloyatidan 912 ta (ko'rish)
🔘 Buxoro viloyatidan 906 ta (ko'rish)
🔘 Jizzax viloyatidan 2342 ta (ko'rish)
🔘 Qashqadaryo viloyatidan 825 ta (ko'rish)
🔘 Navoiy viloyatidan 336 ta (ko'rish)
🔘 Namangan viloyatidan 621 ta (ko'rish)
🔘 Samarqand viloyatidan 919 ta (ko'rish)
🔘 Surxondaryo viloyatidan 612 ta (ko'rish)
🔘 Sirdaryo viloyatidan 823 ta (ko'rish)
🔘 Toshkent shahridan 58 ta (ko'rish)
🔘 Toshkent viloyatidan 43 ta (ko'rish)
🔘 Xorazm viloyatidan 1381 ta (ko'rish)
🔘 Farg'ona viloyatidan 2136 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#sayyor_qabul
DIQQAT E’LON!
Hurmatli Jizzax viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🏢Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, umuman kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19 may kuni soat 10:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📝Sayyor qabul Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
➡️Manzil: Dostlik shahri, G’.G’ulom MFY, Оxunboboyev ko’chasi hududidagi “Madaniyat saroyi” binosi. Mo’jal – Jome masjidi yonida.
‼️Sayyor qabulda ishtirok etish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda kelishlarini so‘rab qolamiz. Xabardor boʼlish uchun👉Telegram I Instagram I Facebook
Товар-хомашё биржасида савдоларни ва унда маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари маҳаллий маҳсулотларни биржага қўйишда туманларни фаоллаштириш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги тартиб соддалаштириладиган бўлди.
Биржада экспорт-импорт маҳсулотлари савдоси ҳажмини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по расширению торгов на товарно-сырьевой бирже и участия в них местных предприятий.
Глава государства поставил задачу активизировать участие районов в выставлении местных товаров на биржу. Определены меры по упрощению этой процедуры.
Особое внимание уделено увеличению объемов экспортно-импортных торгов на бирже.

#Mirziyoyev #videoselektor #birja #savdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr Skandinaviya mamlakatlarida

🏳️Bu mamlakatlarda xususiy mulk uchun yagona, aniq yirik masshtabli, ko'p maqsadli markaziy reyestrli kadastr yuritish asosan nemischa andozalar bo'yicha yaratilganligi e'tiborlidir.

🇸🇪Shvetsiyada ko'chmas mulk haqidagi axborot tizimi uzoq vaqt davomida shakllangan. Bu davlatda yer kadastri 2ta registrdan iborat holda yuritiladi.

🇳🇴Shvetsiya singari Norvegiya yer kadastri ham egaliklar, manzillar va binolar tillari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan informatsion kadastr tizimiga birlashtirilgan.

🇫🇮Finlandiyada obyektni yer kadastri baholash ishlarini tashkil etishning o'ziga xos xususiyati, qishloq hududlarining registri davlat tomonidan, shahar hududining registri esa munisipial ma'muriyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

🇩🇰Daniyada yer kadastri, asosan, yer maydonlarini yirik masshtabda kartalashtirishni ko'zda tutadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Faoliyat samaradorligini baholash tartibi takomillashtirilmoqda🔹

💠 Bugun davlat boshqaruvida inson resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, davlat organlari va xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💠 Markaziy apparat xodimlari faoliyatini ham samarali tashkil etish bo‘yicha xozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari - KPI tizimi joriy etila boshlandi.

💠 O‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur tizimning tartiblari, ahamiyati va maqsadi keng yoritib berildi.

#DavKadastrPalata #KPI

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Xususiylashtirish shakllari hamda xususiylashtirilmaydigan yer uchastlakalari ▫️

Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari;

tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy, o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari ham xususiylashtirish ob’ekti bo‘lmaydi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining qo‘shimcha imkoniyat va kafolatlari qanday?

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma mutahassisi ana shular haqida axborot berdi.

#DavKadastrPalata #xususiylashtirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Eslatma #VMQ-535

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari:

‼️ Turar joy bo‘yicha:
🏢 Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🏡 Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

‼️ Noturar joy bo'yicha:
🔹Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔹100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔹1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔹5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔹15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔹50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha.

♦️ Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 👉Telegram I Instagram I Facebook