JIZZAX KADASTR
1.49K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Xon_atlas_milliy_festivali

🇺🇿 Milliyligimizning goʻzal jilosi atlasu adraslarimizda oʻz aksini topgan.

🪢 “Xon atlas” milliy matolar festivali bugun mamlakatimizdagi minglab xotin-qizlarni milliylik targʻibotchisi sifatida birlashtirmoqda. Kadastr agenligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari (shahar, tuman)da faoliyat yuritayotgan ayollar bugun atlasu adras liboslarda oʻz faoliyatlarini boshlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ustoz_va_murabbiylar_kuni

🌟Kadastrda bayramlar guldastasi💐💐💐

💐Bugun “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligida faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlar va faxriylar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” davra suhbati hamda agentlik tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin qizlar ishtirokida tashkillashtirilgan “Ayolni ulug‘laydi yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi sohada faoliyat yuritgan ustoz va murabbiylarni hamda “Ayolni ulug‘laydi yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini qo'shaloq bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔹 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

🔹 Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🔹 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

🔹 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

🔹 Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

🔹 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

🔹 OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati bo'lib otdi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni_arafasi
#Ehtirom

USTOZ VA MURABBIYLAR E’TIROF ETILDI

💐Bugun “1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni arafasida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev (ZOOM platformasi orqali) kadastr sohasida ko‘p yillar faoliyat yuritgan, sohaning ustoz va murabbiylarini muborakbod etib, ularning bir guruhini mukofatladi.

👍Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalar rahbarlari va bir qator faxriylar ishtirok etgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallarida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, soha rivoji va ravnaqi yo‘lida o‘zining bilimi, jonkuyarliligi, fidoyiligi bilan yosh xodimlarga o‘rnak bo‘lib, bor bilimi va tajribasini o‘rgatib kelayotgan qadrli ustozlar e’tirof etildi.

📹Jumladan, ustozlar S. Jo‘rayev, S.Bekjanovlar Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyevning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, bir guruh xodimlar ham Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarma boshlig‘i S.Kodirkulovlarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi.

📢 Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

💰 Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz, 🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimiga murojaat qilishingiz so'raladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimining tel. raqami

📲 tel: 99-161-40-00

Shuhrat Soliyev

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Mirzacho’l_tumani

🌟Kadastr agentligi Mirzacho’l tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi Yangidala QFY hududida fuqaro tomonidan o'ziga tegishli bo'lgan yer maydoniga tutash bo'lgan yer maydonidan hech qanday hujjatlarsiz, o'zboshimchalik bilan 30 kv.metr maydonga molxona binosi qurilayotgani aniqlandi.

✍️Mazkur holat yuzasidan tuman inspektorlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, dalolatnoma tuzildi.

🗣Shuningdek, inspektorlar tomonidan fuqaro Ravshanbek Ulug‘ovga 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM