JIZZAX KADASTR
1.12K subscribers
12.1K photos
1.47K videos
5 files
7.07K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▪️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida rasmiylashtirmaslik javobgarlikka sabab bo'ladi.▪️

➡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📝 Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

✏️ Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi.

SAYYOR QABUL - XALQ BILAN MULOQOTNING SAMARALI USULI

HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bartaraf etilmoqda

#savol_javob Savol: Istisno tarzida ham yer maydonlari ajratilib berilishi mumkinmi ?

#Kadastr #infografika

YER EGASIZ EMAS, UNNIG SO‘ROVCHILARI BOR

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

Аvgust oyida nechta ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi.

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari.

Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 08-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” gi 860-sonli Qonuni .

Ayni damda Jizzax shahar O‘rda bog‘idagi Amfiteatrda O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligini 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi eʼlon qilindi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi jamoasi barcha-barchani Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaydi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa”

Kadastrda Bayram shukuhi

Uy-joyimning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘ydim. Uni qayta tiklash jarayoni haqida ma’lumot bering.

Haftalik murojaatlar tahlili

T
adbirkorlik uchun yer uchastkalari.

#Kadastr_atamalari

#Jizzax_kadastr #Soha_fidoyilari

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida rasmiylashtirmaslik javobgarlikka sabab bo'ladi


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:          
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

💬HUQUQIY KADASTR 💬

🎨Bino va inshootlarga bo’lgan huquqni asoslab, ruyxatdan o’tkazishni ta`minlaydigan axborot tizimiga huquqiy kadastr deyiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔨Jizzax viloyatidan e-auksion.uz 5.3 mingga yaqin yer uchastkalarini taklif etadi

🟢262 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
🟢 4744 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
🟢 182 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
🟢 30 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
🟢 183 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
🟢 3 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
🟢 23 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
🟢 6 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
🟢 12 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
🟢 9 ta Yangi O‘zbekiston (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun) yerlar (ko'rish)
🟢 7 ta xizmat ko‘rsatish joylari uchun yerlar (ko'rish)
🟢 79 ta Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish yerlar (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Tadbir

➡️So‘nggi yillarda yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🌟Kadastr agentigi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) bo‘limi rahbarlari ishtirokida (ZOOM platformasi orqali) yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

▪️Tadbirda 🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov, 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i S. Kodirkulov hamda viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi N. Ja’farov ishtirok etishib, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

➡️ yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

➡️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

➡️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

➡️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

➡️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

➡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

💠Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 17-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Forish_tumani

💬Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda 💬

🌟Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tuman bo‘limi tomonidan  tumandagi Oqtom  MFY, Oqtom qishlogida yashovchi fuqaro hech qanday hujjatlarisiz o'zboshimchalik bilan 0.03 gektar yer maydonini sim to‘siq bilan o‘rab egallab olganligi aniqlandi.

📹Bo‘lim inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko'rsatma hamda ko‘rilgan choralar natijasida bugungi kunda sim to‘siqlar fuqoroning o‘z ixtiyori bilan bartaraf etilib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_targ_ibot

HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to'g'risida” gi 860-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan seminar tashkil etildi.

🟢Seminarda ishtirok etgan adliya mas’ullari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari to‘g‘risida, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlar va ularning vakolatlari, bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🟢Shuningdek, seminarda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirkulov ham ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM