JIZZAX KADASTR
1.21K subscribers
12.9K photos
1.56K videos
5 files
7.49K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#sayyor_qabul #Jizzax_kadastr

SAYYOR QABUL - XALQ BILAN MULOQOTNING SAMARALI USULI

➡️Ma’lumki, aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini o‘rganish maqsadida 🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)larda sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilab olingan. Shu munosabat bilan ayni damda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevich tomonidan Zomin tumanining Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi binosida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga
2023-yil 21-25 avgust kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

📧 Jami kelib tushgan murojaatlar soni 57 ta

🧊Yer maydoni ajratish bo‘yicha9 ta

Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 13 ta

✍️ Nizoli holatlar bo‘yicha 1 ta

✏️So‘rovnomalar 22 ta

📔 Boshqa masalalar bo'yicha 11 ta

🔰Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish1 ta

📝Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 57 ta murojaatdan 34 ta ijobiy hal qilingan, 23 ta o'rganish jarayonida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Mirzacho‘l_tumani

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bartaraf etilmoqda

🌟Kadastr agentligining Mirzacho‘l tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi Yerjar MFY, hududida yashovchi fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 210 kv.metr o'lchamda noqonuniy molxona qurib olganligi aniqlandi.  

Mazkur holat yuzasidan tuman inspektorlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy jarima qo'llanildi. Shuningdek, qurilgan noqonuniy qurilimani 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish xati berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

✏️Savol: Istisno tarzida ham yer maydonlari ajratilib berilishi mumkinmi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021-yildagi 6243-sonli farmonining 3-bandiga asosan 2021-yil 1-avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi.

🟢 qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

🟢 agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

🟢 eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

🟢 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika

👍Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyat boshqarmasi tuman-shahar filiallari tomonidan 2023-yilning sakkiz oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan jami 15995 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjati rasmiylashtirildi.

Batafsil Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Zafarobod_tumani

YER EGASIZ EMAS, UNNIG SO‘ROVCHILARI BOR

🌟Kadastr agentligining Zafarobod tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Cho'liguliston QFY hududida yer nazorat tartibida monitoring ishlari o‘tkazildi.

✏️Monitoring davomida fuqaro X.Esanov tomonidan hech qanday hujjatlarsiz15 kv. metr yer maydoniga yengil tipdagi savdo do’koni qurib olganligi aniqlandi.

📝Inspektorlar tomonidan fuqaro X.Esanovga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

🎨 Shundan so‘ng fuqaro X.Esanov tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

➡️Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida seminar tashkil etildi.

🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov, 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirqulov hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari K.Kanibaev hamda L.Usmonovllar ishtirok etgan mazkur seminarda 2023- yil 9- avgustda 01/04-3225-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 2023 yilning avgust-dekabr oylariga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM