JIZZAX KADASTR
1.48K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI

Korrupsiya bu davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo'lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli  jinoyat.

🟢 Davlat kadastrlari palatasi  Jizzax viloyati boshqarmasi  Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi  tomonidan muntazam ravishda davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda.
🟢Bugungi davra suhbati  Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining Do'stlik hamda Mirzacho'l tumanlari bo‘lim va filiallarida  o'tkazildi.
🟢Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi  tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga  xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirish berib o'tildi.
🟢Tadbirlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar xususida davra suhbati ishtirokchilari bilan erkin fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:          
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda yerni oʼzboshimchalik bilan egallaganlarga chora koʼrildi

Batafsil👉 https://rebrand.ly/xp7csm9

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #bilasizmi

Yer fondi toifalari

O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi;

2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;

5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar;

6) o‘rmon fondi yerlari — o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;

7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

🟢KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI🟢

🗣 Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Ana shunday illatlardan biri korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor tumanlari bo‘lim va filiallari xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi Sh.Soliyev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #yernazorati

✔️Noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartaraf etildi

⭐️Kadastr agentligi Do‘stlik tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Saritepa MFY hududida yer nazorat tartibida monitoring ishlari o‘tkazildi. Monitoring davomida fuqaro Ya. Soyibov tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 783 kv. metr yer maydonni egallab, 79 kv. metr yer maydoniga molxona qurib olganligi aniqlandi.

➡️Inspektorlar tomonidan fuqaro Ya. Soyibovga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJtK ning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi. Shundan so‘ng fuqaro Ya. Soyibov tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM