JIZZAX KADASTR
1.14K subscribers
12.4K photos
1.49K videos
5 files
7.22K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
💬Kadastr aholi manfaatlari yo'lida💬

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) filiallarida inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

Jumladan, viloyatning Zarbdor tumanida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Jizzax_kadastr

🫥O‘ZBOSHIMCHA EGALLANGAN YERLAR TOIFALARI HAQIDA (2023-YIL 15-IYUN HOLATIGA) MA’LUMOT🫥

qishloq xo‘jaligi yerlari 429 gektar

aholi punktlari yerlari 7 gektar

o‘rmon fondi yerlari 3,3 gektar

suv fondi yerlari 0,7 gektar

zaxira yerlar bo'yicha 0,5 gektar

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

◾️YER SERVITUTI ◾️

▪️Yer servituti bu bir kishining qonun bilan tasdiqlangan cheklangan tarzda boshqa bir kishining yer uchastkasidan foydalanish huquqi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ e-auksion.uz platformasi orqali 4037 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🗣 Arnasoy tuman 352 ta (ko'rish)
🗣 Baxmal tuman 309 ta (ko'rish)
🗣 G'allarol tuman 322 ta (ko'rish)
🗣 Sh.Rashidov tuman 218 ta (ko'rish)
🗣 Do'stlik tuman 297 ta (ko'rish)
🗣 Zomin tuman 221 ta (ko'rish)
🗣 Zarbdor tuman 249 ta (ko'rish)
🗣 Mirzacho'l tuman 327 ta (ko'rish)
🗣 Zafarobod tuman 245 ta (ko'rish)
🗣 Paxtakor tuman 222 ta (ko'rish)
🗣 Forish tuman 343 ta (ko'rish)
🗣 Yangiobod tuman 327 ta (ko'rish)
🗣 Jizzax shahar 605 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Yer_nazorati #Jizzax

⭐️ Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-iyun holatiga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari haqida ma'lumot

⬇️170 ta holatda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari ixtiyoriy bartaraf etildi.

🔶32 ta holatda esa sudlarga da'vo arizalari kiritildi

🔶4 ta holatda arizalar qanoatlantirildi

🟡28 ta holatda esa yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.
🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

▪️YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNING YER UCHASTKALARIGA BO‘LGAN MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI▪️


◾️Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.

◾️Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

◾️Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi,18-modda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🔴OBYEKTNING KADASTR RAQAMI 🔴

😎Obyektning kadastr raqami yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Jizzax_kadastr

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasiga (2023-yil 20-iyun holatiga) kelib tushgan murojaatlar tahlili

🟧Jami kelib tushgan murojaatlar soni 165 ta

🟧Ko'rib chiqilgan murojaat 158 ta

🟧Ijobiy hal etilganlar 91 ta

🟧Huquqiy tushuntirish berilgan 67 ta

🟧O'rganish jarayonida 7 ta

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar quyidagi bosqichlarga muvofiq amalga oshiriladi:

🟢ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan arizani va huquqni belgilovchi hujjatlarni qabul qilish;

🟢ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash;

🟢ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish;

🟢ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash.

🟢Chet el yuridik yoki jismoniy shaxslarining mulkida bo‘lgan ko‘chmas mulk realizatsiya qilingan taqdirda, bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlardan foyda solig‘i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i jismoniy shaxs tomonidan to‘langanidan keyin amalga oshiriladi, bundan ko‘chmas mulk O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsga realizatsiya qilingan hollar mustasno.

🟢Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar to‘langanligi haqidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga davlat soliq xizmati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali o‘sha kunda taqdim etiladi.

Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 40-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFATI"

🟢 Jizzax shahridagi “Oqqo'rg'onlik" hamda "O'ratepalik" MFYlarida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi Sh.Soliyev boshchiligida ”Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

🟢 Tadbirda Sh.Soliyev yigʼilganlarga korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda muammolar yuzaga kelganda ishonch telefoni orqali xabar berish bo‘yicha tushuntirildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash➡️

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash davlat reyestridan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi.

😎Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sudlarning yoki vakolatli davlat organlarining ijro etilishi majburiy bo‘lgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan qarorlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, manfaatdor shaxslarga xabarnoma va davlat reyestridan ko‘chirma yuboriladi.

Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 45-moddasi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Infografika

🌟Davlat kadastrlari palatasiI Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar haqida ma’lumot

30818 ta murojaat kelib tushgan
Shundan:
6882 ta noturar joy
23936 ta turar joy

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

🧡Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 66-moddasi.
👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🚛Pasportlashtirish tamoyillari

↪️Har bir yer uchastkasi, har bir bino va inshootning pasporti bo‘lishi kerak.
➡️Yer uchastkasini pasportlashtirish, undan foydalanish huquqini belgilash, bu huquqni cheklash yoki bu huquqni bekor qilish maqsadida bajariladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

➡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari➡️

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 30-moddasi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔨e-auksion.uz platformasi orqali 345 dan ortiq ko'chmas mulklarni sotib oling.

🌐Arnasoy tumani 11 ta👉🏼 (ko'rish)
🌐 Baxmal tumani 15 ta 👉🏼 (ko'rish)
🌐 G'allarol tumani 21 ta 👉🏼 (ko'rish)
🌐 Sh.Rashidov tumani 15 ta👉🏼 (ko'rish)
🌐 Do'stlik tumani 37 ta 👉🏼(ko'rish)
🌐Zomin tumani 10 ta 👉🏼(ko'rish)
🌐 Zarbdor tumani 27 ta 👉🏼 (ko'rish)
🌐 Mirzacho'l tumani 14 ta 👉🏼 (ko'rish)
🌐 Zafarobod tumani 8 ta 👉🏼(ko'rish)
🌐 Paxtakor tumani 14 ta 👉🏼(ko'rish)
🌐Forish tumanidan 6 ta 👉🏼 (ko'rish)
🌐 Yangiobod tumani 11 ta 👉🏼 (ko'rish)
🌐 Jizzax shahridan 156 ta 👉🏼 (ko'rish)

Mazkur mulklarni shaffof tarzda, xarid qilishingiz mumkin.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ер участкаларини тўғридан-тўғри бериш бўйича барча имтиёзлар тугатилди

Президент Фармони билан ер участкаларини бериш бўйича айрим ҳужжатларга қуйидагиларни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилмоқда:

қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини мулк ва ижара ҳуқуқи асосида электрон онлайн-аукцион орқали бериш (реализация қилиш);

ер участкаларини тўғридан тўғри ажратишни назарда тутувчи тартиблар, имтиёз ва истисноларни тўлиқ чиқариб ташлаш;

жисмоний ва юридик шахсларга етказилган мулкий зарарларни компенсация қилиш бўйича республика ва ҳудудий мақсадли жамғарма фаолиятини тартибга солувчи қонуности ҳужжатлари бўйича ўзгаришлар.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🟢GEOKOD🟢

Geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM