🇺🇿Jizza MFY Yoshlari
194 subscribers
4.64K photos
1.09K videos
107 files
2.48K links
Ushbu kanal Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish tizimli va samarali ishlar olib borish,Yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish va koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Murojaat uchun:@Tursunoy_Xoliqova
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

⚠️ 2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31-mart

🔎 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

🆔 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
🆔 2010–2012 yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
🆔 2013–2015 yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
🆔 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

❗️ Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

🕒 Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring
:
🥇Telegram 🥈Facebook 🥉Instagram
"E-auksion" platformasidan 1000 dan ortiq davlat aktivlarini 3 oydan 3 yilgacha bo'lgan muddatlarda bo'lib to'lash sharti bilan sotib oling!

🔹 G'uzor tumanidan 13 ta (ko'rish)
🔹 Dehqonobod tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Qamashi tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹 Qarshi tumanidan 13 ta (ko'rish)
🔹 Koson tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹 Kitob tumanidan 9 ta (ko'rish)
🔹 Mirishkor tumanidan 12 ta (ko'rish)
🔹 Muborak tumanidan 16 ta (ko'rish)
🔹 Nishon tumanidan 24 ta (ko'rish)
🔹 Kasbi tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Shahrisabz tumanidan 6 ta (ko'rish)
🔹 Yakkabog' tumanidan 8 ta (ko'rish)
🔹 Qarshi shahridan 13 ta (ko'rish)
🔹 Shahrisabz shahridan 1 ta (ko'rish)

Murojaat uchun!
☎️+998752251430
📱+998993444700

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshligi Bobir Boysunovning vohamiz ahliga, ota-onalarga murojaati

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
⚡️ Маъмурий ислоҳотлар юзасидан саволларингизга тезкор жавоб олинг

Хабарингиз бор, "Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Фармони қабул қилинди.

Мазкур Фармон билан жорий этилаётган ўзгаришлар мазмун-моҳияти бўйича мурожаатларга тезкор ва сифатли жавоб бериш мақсадида Call center (ўзбек ва рус тилларида) ҳамда @admreform_bot телеграм боти ишга туширилди.

1136 қисқа рақамига қўнғироқ қилиб ёки телеграм бот орқали маъмурий ислоҳотлар юзасидан ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб олишингиз мумкин.

Мурожаатлар ҳафтанинг душанба кунидан жума кунигача (байрам кунларидан ташқари) соат 09:00 дан 13:00 гача ва 14:00 дан 18:00 гача қабул қилинади.

Каналга уланиш - t.me/argos_uz
Diqqat eʼlon
Chaqqon yigitlarni avto moykaga ishga qabul qilamiz ish xaqqi kelishilgan xolda.
Manzil Kasbi tumani Xoʻja Kasbi mahallasida
Murojaat uchun telefon 97 5853858
DOʻST

• Seni har doim maqtayveradigan kishilardan uzoq yur! Chunki hayotda doim maqtovga loyiq insonning oʻzi boʻlmaydi. Aslida ularning senda manfaati bor-ki, maqtashmoqda. Manfaatlari tugagan kuni esa seni qargʻashni boshlashadi.
• Seni har doim yomonlayveradigan kishilardan ham uzoq yur! Chunki hayotda doim yomonlikka loyiq boʻlavermaysan. Aslida ularning senga nisbatan hasadlari bor-ki, faqat yomonlamoqdalar. Ular imkon topgan kunlariyoq har qanday fazilatinga qaramay senga zarar yetkazishadi.
• Qoʻrqoq va jurʼatsiz kishilardan ham ehtiyot boʻl! Ular dushmandan kaltak yeyayotgan paytida sendan fidokorlik istashadi. Mabodo dushman gʻolib kelib, endi sen kaltak yesang bezraygancha yuzinga qarab:
- Oʻzingdan oʻtdi-da axir, nima qilarding chuqurlashib?!- deydi. Oʻsha paytda dushmanning kaltagidan koʻra uning shu gapi senga ogʻir botadi.
• Hayotingda xatolaringni samimiy eslatadigan, yaxshiliklaring uchun quvonib, gʻoibona duo qiladigan, seni ogʻir kunlaringda ham hech qachon tark etmaydigan, buyuk daʼvo uchun fidoiy boʻla oladigan doʻst uchratsang, ishonki, naqadar bebaho neʼmatga erishibsan!
Xalqaro reyting jadvalida mamlakatingiz bayrog’i birinchida tursa juda faxrlanarkansiz.

Nodirbek Abdusattorov hamon reytingda peshqadamlikni hech kimga bermayapti, nasib oxirigacha shunday bo’lishiga ishonamiz…

@sh_olimov 🇺🇿
#Yoshlar_uchun #guruhlarga_ulashing

📗 Siz "Yoshlar daftari"ga kimlar kiritilishi va uning imkoniyatlari haqida xabardormisiz

📌 Yoshlarga berilayotgan boshqa imtiyozlar haqida batafsil tanishing 👇
#Yoshlar_uchun #guruhlarga_ulashing

📗 Siz "Yoshlar daftari"ga kimlar kiritilishi va uning imkoniyatlari haqida xabardormisiz

📌 Yoshlarga berilayotgan boshqa imtiyozlar haqida batafsil tanishing 👇
🎉#Respect

"Tata Steel Chess 2023": 9-raund bahsi yakunlandi

"Masters" guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) bugun germaniyalik Vinsent Keymerga(2696) qarshi dona surib, o'yinni durrang bilan yakunladi.

Barakalla Nodirbek 👏👏👏

✈️ Telegram |🖼 Instagram |👨 Facebook
Ijodkor qizimizga ovoz beringlar.
#Tanlov_uchun
#Men_kreativ_ijodkorman

🏆4-ishtirokchimiz!
Bozorova Umida...🥰

Kanalimizdan uzoqlashmang.!🥰
t.me/NigoraTogayeva 🎙
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_uchun
#Men_kreativ_ijodkorman

🏆9-ishtirokchimiz!
Ruslanbek Rahmatullayev...🥰

Kanalimizdan uzoqlashmang.!🥰
t.me/NigoraTogayeva 🎙
Hurmatli mahallamiz yoshlari iqtidorli yosh yigitimiz Ruslanjonga ovoz bering.
Мени ҳасратингдан ўлдирма болам

Оналар ҳам тиз чўкаркан фарзанд пойида
Уни тўғри йўлга солмоқлик учун.

Гувоҳ бўлганларимдан.

Сўнгги япроқ каби турибман титраб,
Ҳадемай заминга қулайди танам.
Номингга гард тегса узилгум инграб,
Мени ҳасратингдан ўлдирма болам.

Бемаҳал юрасан кўча-кўйларда
Токи келгунингча зимистон олам.
Дўсти яхшимикан, деган ўйларда
Хавотир, ҳасратда ўлдирма болам.

Элга қўшмоқ учун ишладим тинмай,
Боримни ўзингга тутдим қилмай кам.
Қўрқаман, оғринсам қоласан унмай,
Гумон, ҳасратларда ўлдирма болам.

Ҳалол луқма еса тўғри бўлар деб,
Ҳаромни тутмадим очдан қолсанг ҳам.
Йигитга ҳалоллик, одиллик зўр зеб,
Мени ҳасратингдан ўлдирма болам.

Бир умр меҳримни йўлингга тўшаб,
Умидла яшадим -- роҳатинг туйсам.
Тўйинг кўрсам эди онага ўхшаб,
Мени ҳасратингдан ўлдирма болам.

Биламан, бир куни очилар кўзинг,
Давлатинг дўстлари ташлаб кетган дам.
Қабримни қучоқлаб, йиғлайсан ҳўнг-ҳўнг,
Мени ҳасратингдан ўлдирма болам.

Ҳар келган даракдан тортаман сергак,
Шикоят эмасми, бўлмай деб мулзам.
Менга оппоқ шаънинг -- шавкатинг керак,
Мени ҳасратингда ўлдирма болам.

Кўзларим йўлингда тўкилиб ўтди,
Биламан, узоққа бормайди жуссам.
Ё ишонтир мени, ё ўзинг ўлдир,
Мени ҳасратингдан ўлдирма болам.

Балки, бу дийдорнинг сўнгидир, келгин,
Елкангга бош қўяй, бир пас тургин дам.
Каъбатуллом дегин, жаннатим дегин,
Ҳасратмас, қувончдан ўлдиргин болам.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🅱️🔠🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🔠

🇺🇿 "Yoshlar daftari" nima?
🌐"Yoshlar daftari"ga kimlar kiritiladi?

💯Ushbu video orqali shu kabi savollaringizga toʻliq javob olishingiz mumkin🔠🔠

𝐁𝐚𝐭𝐚𝐟𝐬𝐢𝐥 𝐛𝐢𝐳𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐦𝐢𝐳𝐝𝐚
@Kasbi_yoshlar_ishlari_agentligi
#Янги_Фармон_билан

⚡️Вазирлик ва идораларнинг марказий аппаратларида:

▫️Стратегик режалаштириш, ахборот хизмати, кадрлар, ахборот таҳлил, ижро назорати, мурожаатлар, АКТ, юридик таъминлаш, коррупцияга қарши курашиш, молия-иқтисод, халқаро алоқалар, биринчи бўлим таркибий бўлинмалари ташкил этилиши мажбурий этиб белгиланмоқда.

Бунда, стратегик режалаштириш, ахборот хизмати, коррупцияга қарши курашиш ва халқаро алоқалар бўлинмалари фақатгина вазирлик ва мустақил мақомга эга бўлган идорада ташкил қилиниб, ушбу йўналишларда улар ЯГОНА СИЁСАТНИ амалга оширади.

Каналга уланиш —
@argos_uz
#Тайинлов

⚡️Исмаилов Абдурашид Ҳудаярович Музработ тумани ҳокими этиб тайинланди

А.Ҳудаярович тайинловга қадар Музработ тумани ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари - иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бўлими бошлиғи вазифасида фаолият юритган.

Каналга уланиш — @argos_uz