🇺🇿Jizza MFY Yoshlari
194 subscribers
4.63K photos
1.09K videos
107 files
2.48K links
Ushbu kanal Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish tizimli va samarali ishlar olib borish,Yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish va koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Murojaat uchun:@Tursunoy_Xoliqova
Download Telegram
Huquqbuzarliklar profilaktikasi - Xavfsizlik sari qadam

Joriy yilning 11 may kuni navbatdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri Kasbi tumani “Do'stlik” MFY hududida o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev boshchiligida sektor rahbarlari, IIO, prokuratura, Milliy gvardiya, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman soliq inspeksiyasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda qonunchilik sohasida olib borilayotgan islohotlarning uzviy davomidir. Uning alohida ahamiyati shundaki, nafaqat, uning ijrosiga mas'ul idora xodimi, balki, huquqlarini yaxshi bilgan har bir inson ham yon-atrofdagi jinoyat ko'chasiga kirib qolayotgan zamondoshiga, yaqini yoki mahalladoshiga bu yo'lning boshi berk ko'cha ekanligini tushuntirishga intiladi va uni nojoiz yo'ldan qaytarishni Vatan oldidagi burchi deb biladi. Qonun ham aynan shu maqsadni ko'zlaydi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Forwarded from YO'L-YO'LAKAY
Ayrim bolalar yozgi oromgohlarga bepul borishi mumkin

Prezident qaroriga muvofiq:

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
— “Temir daftar”
— “Ayollar daftari”
— “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar beriladi.

Buning uchun mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasi kerak, xolos.

👉 @YOL_YOLAKAY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KASBI YOSHLARI | RASMIY (Mirjalol Jo'rayev)
#Besh_tashabbus
#Paralimpiada
Bugun Kasbi tumanida nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi”ning tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

🏆 Paralimpiada quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:

• para yengil atletika;
• para shaxmat va shashka;
• para stol tennisi;
• kibersport
G'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
t.me/kasbi_yoshlar_ishlari_agentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Do‘stlar, avvalroq rus tilidan sizlar uchun 1-10, 11-20 darslarni e’lon qilgandik. Bugun 21-darsdan 30-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Rus tilidan 21-dars;
Rus tilidan 22-dars;
Rus tilidan 23-dars;
Rus tilidan 24-dars;
Rus tilidan 25-dars;
Rus tilidan 26-dars;
Rus tilidan 27-dars;
Rus tilidan 28-dars;
Rus tilidan 29-dars;
Rus tilidan 30-dars.

@alisher_sadullaev
Forwarded from YO'L-YO'LAKAY
Ekopartiya prezidentlikka nomzodini eʼlon qildi

Bugun, 11-may kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi boʻlib oʻtdi.

Plenumda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining boʻlajak syezdida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Xamzayev Abdushukur Xudoykulovichni koʻrsatish boʻyicha qaror qabul qilindi.

👉 @YOL_YOLAKAY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
🏆 AFC Asian Cup Qatar 2023

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogining guruh bosqichiga qur'a tashlangach, “B” guruhidan o’rin olgan O’zbekiston terma jamoasining o’yinlar jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
Мамлакатимизда аҳоли томонидан ишлаб чиқарилган электр энергиясининг 1 киловатти учун 1 минг сўмдан тўланиши эълон қилинган. Улар "Қуёшли хонадон" тизимига уланиб, тегишли тўловларни олишлари мумкин.

Президент ушбу дастур қамровини ошириш ва янада кенг жорий қилиш бўйича янги вазифаларни белгилаб берди. Жумладан:

- Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш жамғармаси томонидан савдо ва сервис корхоналарига қуёш панеллари учун кредит тўловларининг 4 фоизи қоплаб берилади;

- халқаро молия ташкилотларидан 100 миллион доллар жалб қилиниб, сўмда, мақбул шартларда аҳоли ва кичик тадбиркорлар учун “яшил” кредит маҳсулотлари яратилади. Аҳолига ажратилган кредит фоизларининг бир қисмини компенсация қилиш учун 100 миллиард сўм ажратилади.

Иқтисодиёт ва молия вазирлигига аҳоли ва тадбиркорларга берилган “яшил" кредитлар фоизларининг бир қисмини қоплаш тизимини жорий қилиш топширилди.

Шунингдек, "яшил энергия” сертификатлари тизими жорий қилинади. 1 июлдан бошлаб гидроэлектр станцияларига “яшил” сертификат берилади. Ушбу тизим 1 октябрдан бошлаб барча қайта тикланувчи энергия манбалари ҳисобидан ишлаб чиқарилган электр энергияси учун жорий қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter