🇺🇿Jizza MFY Yoshlari
196 subscribers
4.47K photos
1.05K videos
106 files
2.41K links
Ushbu kanal Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish tizimli va samarali ishlar olib borish,Yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish va koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Murojaat uchun:@Tursunoy_Xoliqova
Download Telegram
Forwarded from Temur Poyonov️️ (Akbarali Xudoyberdiyev)
TO'MARISNING IZIDAN ERGASHGAN TURSUNOY

Qashqadaryo deganda hammaning ko'z o'ngida mard, chapani, dovyurak hamda tanti xalq keladi. Bu xislat nafaqat vohaning yigitlarida, balki, qizlarida ham bor.

Buni men birgina misol orqali isbotlamoqchiman. Yaqinda Gretsiyada bo'lib o'tgan og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida viloyatimizning kuchli va mard, dovyurak qizi Tursunoy Jabborova 87 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Ma'lum bo'lishicha Tursunoy dast ko‘tarish mashqida 109 kg, siltab ko‘tarishda esa 129 kglik toshni ko'tarib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

To'g'risini aytsam, Tursunoy haqida avvalroq yozmoqchi edim. Asosiysi, chempion qiz nafaqat Qashqadaryo, qolaversa, butun O'zbekiston sha'nini himoya qildi. Barakalla, Tursunoy! Biz siz bilan faxrlanamiz.

Qashqadaryoda albatta, Tursunoy singari To'marisning izdoshlari ko'p.
Forwarded from . (Shomurotova Go'zal)
Эшикдан ким чиқса чиқсин,хеч кимни хафа жўнатманг.Аразлашиб ухламанг,хафа бўлиб айрилманг.Кимнинг уйғониши ,кимнингдир уйғонмаслигини хеч ким билмайди.Эшикдан чиққан ортга қайтадими ?Келганида қолганларни топа оладими буни хам хеч ким билмайди .Оғринганингизни сездирмаслик учун хар хил бахоналар топишга урининг.Мехрингизни сездириш учун имкониятни қўлдан берманг.Чунки бировни севиш хам,бировлар томонидан севилиш ҳам ижобат бўлган дуодир .
Forwarded from Deleted Account
Kun savoli.
Эркак нафратланади, аёл ёқтиради. сутдан оқ, кўзга малҳам. 7 та ҳарфдан иборат. Бола кўрса қўрқади. Чақалоқ кулади. Мушукни ёқтиради, итдан қочади. Боши С, охири Қ. Сувдан ширин, туздан тотли. Катта тезликда кўринмайди, секин юрса билинмайди. Кўз юмсайиз эсга келади очганизда унутасиз. Ўйлаб кўринг бу топишмоқ, умризга зардир бироқ.
Forwarded from OYINA.UZ
50, 30, 20 миллион сўм кимларга насиб қилди? «Ёшлар овози» фестивали ғолиблари аниқланди (рўйхат)

Батафсил
: http://oyina.uz/kiril/posts/6436

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Qashqadaryo Yoshlari
#Kasting
#QVZ

POZITIV SHOU - QUVNOQLAR VA ZUKKOLARNI CHORLAYDI

Hurmatli yoshlar! Siz o'zingizni "Quvnoqlar va zukkolar" pozitiv shousida sinab ko'rishni istaysizmi? Bu boradagi mahorat va iste'dodingizni qay darajada baholaysiz?...

Unda sizni joriy yilning 30-May kuni, soat 10:00da Viloyat Yoshlar markazi binosida bo'lib o'tadigan "Quvnoqlar va zukkolar" pozitiv shousining kastingiga kutib qolamiz!

Buning uchun Siz o'z mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qilib, QVZ jamoasiga ro'yxatga olinishingiz mumkin.

Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda "Qashqadaryo" teleradiokompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etiladigan kasting jarayonlari hamda kastingdan o'tgan jamoalar ishtirokidagi tanlovlar "Qashqadaryo" telekanali orqali muntazam yoritib boriladi.

Mahallangizdagi QVZ jamoasini "Qashqadaryo" telekanalida kutib qoling!

https://t.me/Agentlik_Qashqadaryo
⚡️Bugun soat 14:00da Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati tomonidan “Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovi yakunlari hamda “Markaziy Osiyo yoshlar forumi” yuzasidan brifing o‘tkaziladi.

Brifingni "O‘zbekiston 24" va "Uzreport" telekanallari hamda Yoshlar ishlari agentligining facebook sahifasi orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

#brifing

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from T.Xoliqova
#Besh_tashabbus
#yengil_atletika
Bugun Kasbi tumani BOʻSM da "Besh tashabbus "olimpiadasi doirasida sportning "Yengil atletika"turi boʻyicha tuman bosqichi oʻtkazildi. Musobaqada Jizza MFY ning yigit va qizlari faol ishtirok etib barchalari 1-2-3-oʻrinlari qoʻlga kiritishdi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.1-sektor koordinatori,Jizza MFY Yoshlar yetakchisi Tursunoy Xoliqova.
Forwarded from Alisher Sadullaev
«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak? #yoshkitobxon

«Yosh kitobxon» tanlovi 3 ta yosh toifasida — 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yosh toifasida oʻtkaziladi. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning yangi mavsumida ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxati e’lon qilinmoqda.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Sherzod Olimov 🇺🇿
⚡️@Ibratcampbot orqali “Ibrat” tillar oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi!

Bugun, 17-maydan boshlab “Ibrat” tillar oromgohiga @Ibratcampbot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 20-mayga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Oromgohda ilk mavsum ingliz tilidan boʻlib oʻtadi. Bunda 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilida kamida B1 darajaga ega barcha yigit-qizlar roʻyxatdan oʻtib, ishtirok etishi mumkin.

Platformada testni boshlash tugmasini bosgandan soʻng, test ishlash uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Tanqidiy fikrlash (Critical thinking) savollari uchun umumiy 10 daqiqa vaqt berilgan boʻlib, 2 ta savolning har biriga 5 daqiqadan.

Test va suhbatdan eng yuqori natija koʻrsatgan yoshlar oromgohga qabul qilinadi. Oromgohning birinchi mavsumi joriy yilning 6-12-iyun sanasida; ikkinchi mavsum esa 13-19-iyun sanalarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Oromgoh mutlaqo bepul!

❗️Eslatma:
platformada test faqat har 2 soatda ochiladi (10:00, 12:00, 14:00, 16:00, 18:00, 20:00). Faqat ko'rsatilgan soatlarda kirib test ishlash mumkin. Roʻyxatdan oʻting: @Ibratcampbot

@alisher_sadullaev
Assalomu alaykum hurmatli mahallamiz yoshlari,kim oilasi bilan sayohatga bormoqchi. Yosh oila boʻlishi shart. Tez man bn bogʻlaninglar.
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Qabul — 2022: Joriy yilda abituriyent-yoshlar uchun qanday yangiliklar kutilmoqda?

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim shakliga hujjat topshirish imkoni berilishi kutilmoqda. Bu fanlar ketma-ketligi mos kelsa, sirtqi, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakli aralash holda 5 ta yo‘nalishni tanlash mumkin bo‘lishini bildiradi. Hozirga qadar abituriyentlar faqat bir ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi.

Mazkur yangilik qabul kvotasiga oid Prezident qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, qaror loyihasi bilan O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim uchun kvotalar ajratilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratilishi kutilmoqda.

@alisher_sadullaev