JizPI online | rasmiy kanal
5.69K subscribers
22K photos
1.75K videos
286 files
7.86K links
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali

www.jizpi.uz
telegram.me/jizpi_online
instagram.com/jizpiuz
facebook.com/jizpiuz
twitter.com/jizpiuz

@jizpi_rektori

@tulakovuz

• Guruh: @jizpionline

• Murojaaat uchun: @JahongirRobot
Download Telegram
Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayrami munosabati bilan institutda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan, ayni paytda nafaqada qarilik gashtini surayotgan faxriy va fidoyi ustozlarni qutlash, holidan xabar olish hamda moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.

Bu haqda oldin ham maʼlumot bergan edik.

👉 https://telegra.ph/00-09-14-5

Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:
Instagram | Facebook | Twitter | Telegram | YouTube
DIQQAT, DIQQAT,DIQQAT!!!

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining Jizzax viloyati komissiyasi 2023 yil uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bosqichlari boshlanganligini e'lon qiladi.

🔺Tanlovning tuman (shahar) bosqichlari 2022 yil 2-20 oktyabrga qadar o'tkazilishi belgilangan.

🔴Shu munosabat bilan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan iqtidorli va iste'dodli xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman (shahar) komissiyasi (hokimlik binosida joylashgan)ga belgilangan tartibda hujjatlarini taqdim etishlari lozim.

Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.me/oilaxotinqizlar
Sanoat texnologiyalari fakultetining o‘quv ishlari bo'yicha dekan o‘rinbosari O.Xolmuratov tomonidan 1-bosqich talabalariga KREDIT-MODULda ta'lim olish va HEMIS tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish bo'yicha seminar o'tkazildi.

Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:
Instagram | Facebook | Twitter | Telegram | YouTube
Forwarded from UZBEKISTAN GTL
​​"UZBEKISTAN GTL" KOMPАNIYАSI 2022-2023 O‘QUV YILI UCHUN IV STIPENDIYАLAR DАSTURINI E‘LON QILADI

Stipendiyalar dasturi talablari, ishtirok etish shartlari va boshqa batafsil maʼlumotlarni Kompaniyaning rasmiy veb-sayti www.uzgtl.com va telegram kanalida @uzbgtl bilib olishingiz mumkin.

Stipendiya dasturida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar joriy yilning 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar quyidagi havola orqali onlayn roʼyxatdan oʼtishlari mumkin.

Stipendiya dastur g‘oliblariga 1 yil mobaynida oyma-oy 1 mln. so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasini tugatgandan so‘ng, doimiy ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.

Tanlov doirasida o‘tkaziladiga har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtixon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Kompaniyaning rasmiy sayti hamda @uzbgtl rasmiy telegram kanalida e’lon qilib boriladi.


@uzbgtl

uzgtl.com | YouTube | LinkedIn | Telegram
⚡️Uzbekistan GTL kompaniyasining oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasidagi “GTL stipendiyalar dasturi - 4” tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 bosqich bakalavr va 1-2 bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar.

Stipendiya dasturi g‘oliblari qanday aniqlanadi:
Tanlov g‘oliblari quyidagi 3 bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi:

1-bosqich. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish (15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar).
Talabalar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish bilan birgalikda, https://t.me/uzgtl_scholarship_bot telegram-bot manzili orqali talabalar tanlov hay’atiga o‘zlari haqida to‘liqroq ma’lumot va tasavvur qoldirish imkonini beruvchi video yuborishlari so‘raladi.

2-bosqich. Test yoki yozma imtihon (20-oktyabrdan 15-noyabrga qadar).
Birinchi bosqichda qabul qilingan onlayn anketalar va videolar orqali saralangan talabalar, mutaxassisliklari va ingliz tili bo‘yicha savollardan iborat yozma ish yoki test shaklida o‘tuvchi imtihonga taklif etiladilar.
O‘tkazilish joyi: Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari hududi.

3-bosqich. Suhbat (20-noyabrdan 15-dekabrga qadar).
Ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar, mutaxassislik bo‘yicha bilim va talabalarning shaxsiy fazilatlarini sinchkovroq aniqlash imkonini beradigan savol-javob tarzida o‘tuvchi suhbatda ishtirok etadilar.
O‘tkazilish joyi: Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari hududi.

Tanlov doirasida o‘tkaziladiga har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Stipendiya dasturi g‘olibi sifatida saralangan talabalarni tantanali tarzda taqdirlash marosimi dekabr oyida o‘tkaziladi.
Stipendiya dastur g‘oliblariga 1 yil mobaynida oyma-oy 1 mln. so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng, doimiy ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Uzbekistan GTL" kompaniyasining stipendiya dasturi birinchi bor 2019-2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan. 2019-2020 o‘quv yilida 800 nafar, 2020-2021 o‘quv yilida 1200 nafar, 2021-2022 o’quv yilida 1700 nafar talabalar qatnashdi. Mazkur tanlovlarda 50 ga yaqin iqtidorli talabalar tanlovning g‘olibi va faol ishtirokchilari sifatida e’tirof etilgan.
Stipendiya g‘oliblarning kuchli beshligini Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahri filiali, Toshkent davlat texnika universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va O‘zbekiston milliy universiteti talabalari egallab kelishmoqda.

Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:
Instagram | Facebook | Twitter | Telegram | YouTube
Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilariga "O‘zbekistonda oliy ta’lim" nomli jurnal tarqatildi.

Ushbu jurnaldan o‘qituvchilar o‘zlari uchun ko‘plab kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:
Instagram | Facebook | Twitter | Telegram | YouTube
Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan "Jahon rektorlar forumi"da ishtirok etmoqda.

👉 https://telegra.ph/00-09-15-3

Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:
Instagram | Facebook | Twitter | Telegram | YouTube