Jeynov shaharchasi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi.
132 subscribers
3.19K photos
152 videos
6 files
155 links
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz
a'zolari siz ushbu telegram kanalda
Mirishkor tumani Jeynov shaharchasi
21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatini qisqacha ko'rib borishingiz mumkin!

KANAL ADMINI:

@Sherzod_Abdullayev
Download Telegram
🟠 Sovrinlar va sovg'alar o'z egalarini kutmoqda...

Tantanali taqdirlash marosimi va galakonsertda ko'rishguncha...

#Sanat_nihollari #taqdirlash #galakonsert

Taqdirlash marosimi 28-fevral kuni soat 10:00da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi 5-son bolalar musiqa va san'at maktabi katta zalida otkaziladi.

⭐️
Barcha iste'dodli yoshlarga omad yor bolsin!

TAKLIF XATI

LOKATSIYA

Azo bo‘lish ⤵️
🌐https://t.me/madaniyat_talim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21 - son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi doira sinfi talantli oʻquvchisi Saidakbarov Adham Saidakmal oʻgʻli ushbu koʻrik tanlovga qatnashgan omad tilab qolamiz
Bugun kech 16 00 ga qadar elon qilinadi
#Rahbar va iqtidorli yoshlar uchrashuvi.


2025-yil 1-Mart kuni Kasbi tumanidagi 16-son Yangi O'zbekiston madaniyat markazida, Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i
ISOQ LATIPOVICH TO'RAYEV ishtirokida
IQTIDORLI YOSHLAR bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bolalar musiqa va san’at maktablari yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda Bolalar musiqa va san'at maktablarining o'rni beqiyos.

Uchrashuv so'ngida iqtidorli yoshlarga rahbar tomonidan
Faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ushbu koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan tadbirda ;
Mirishkor tumani Jeynov shaharchasi 21 - son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining oʻquvchilari oʻzlarining rasm koʻrgazmasi hamda sanʼat chiqishlari bilan ishtirok etib yosh tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi.
🎙 "Sanʼat Nihollari" Tanlovi yakunlandi: G‘oliblar taqdirlandi!

"Sanʼat nihollari" tanlovi o‘z yakuniga yetdi va eng iqtidorli yoshlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning ijodiy chiqishlari barchani hayratga soldi. Ularning mahorati, sahnadagi ishonchi va sanʼatga bo‘lgan mehri tomoshabinlarga unutilmas onlarni tuhfa etdi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 21 - son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi talantli oʻquvchisi tanlovda X.CH.A. doira cholgʻu ijrochiligi boʻyicha
Saidakbarov Adham Saidakmal oʻgʻli ishtirok etib
faxrli 2 - oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bunday musobaqalar kelajak avlodning maʼnaviy yuksalishiga, ularning sanʼat va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. G‘oliblarni tabriklaymiz 👏.
Fortepiano dars jarayonidan foto lavhalar uqtuvchi Elmirzayeva Goʻzal