🇺🇸 AQSHda o‘qishni rejalashtirayotgan do‘stlar, hozirda nechinchi sinfda o‘qiyapsiz?👇🏻
Anonymous Poll
10%
8-sinf yoki undan kichik
9%
9-sinf
13%
10-sinf
16%
11-sinf
43%
Gap yeardaman (maktabni bitirganman)
9%
Javoblari qiziq
🔥9💯2🤯1
Amerikaga o'qishga ketayotgan yoshlarni ikki turga bo‘lish mumkin: "Sayyohlar" va "Ovchilar".
"Sayyohlar" shunchaki viza chiqib qolishiga umid qilib, tavakkal qilishadi — ularning rejasi elchixonagacha, xolos.
Ovchi esa butunlay boshqacha qurollangan. U "Reverse Engineering" (Teskari rejalashtirish) strategiyasidan foydalanadi: ya’ni u hali hujjat topshirmasidanoq Wall Street’dagi o‘ziga tegishli bo‘ladigan stulni ko‘zlab qo‘yadi. Ovchi uchun universitet shunchaki bino emas, balki o‘sha stulga olib boradigan eng to‘g‘ri va qisqa yo‘ldir.
https://t.me/JavaScholarr

2🔥11💯4🤯1🏆1
Maktabda meni hamma tanirdi va hayolimda o'zimni yulduzdek his qilardim, lekin Westminster akademik litseyiga kirgan kunim dunyo qarashim butunlay o’zgarib ketdi.
Atrofim to‘la bilimga och "akula"lar, men bo‘lsam reytingning eng oxirida, hamma tanigan "yomon" o‘quvchi edim. O‘shanda o‘zimdan o‘tgan uyat hissi va "nahotki men eng oxiridaman?" degan savol mening eng katta kuchimga, to‘xtovsiz harakat qilishim uchun motivatsiya bo’lgan.
Agar hozir siz ham o‘zingizni qayerdadir eng kuchsiz deb hisoblayotgan bo‘lsangiz, tushkunlikka tushmang — aksincha, xursand bo‘ling. Chunki pastga tushib bo‘lgan odamning bitta yo‘li bor, u ham bo‘lsa faqat yuqoriga ko‘tarilish! Aynan o‘sha "eng oxiridaman" degan hissiyot sizni o‘z ustingizda ishlashga majbur qiladi. Biz dunyo iqtisodiyotini zabt etishni eng pastki pog‘onadan boshlaganmiz va aynan shu narsa bizga raqobatchilarimizda yo‘q bo‘lgan "ochlik"ni beradi.
Unutmang, ro‘yxatda oxirgi bo‘lish — bu shunchaki start chizig‘i, oxirgi nuqta emas. Muhimi qayerdan boshlaganingiz emas, qayerda tugatishingizdir!

1🔥11💯2🏆2⚡1
Bilasizmi, hozirgi kunda Amerika mehnat bozorida sizning bilimingizdan ham ko‘proq — sizning kompaniyaga qanchaga tushishingiz muhim bo‘lib qoldi.
2025-yil 21-sentyabrdan boshlab qoidalar butunlay o‘zgardi: endi AQSh tashqarisidan (masalan, O‘zbekistondan) kadr olib kelmoqchi bo‘lgan kompaniya har bir H-1B ishchi vizasi uchun davlatga naq $100,000 to‘lov to‘lashi shart.
Lekin bu yerda biz uchun yaxshi imkoniyat yashiringan: agar siz Amerikada o‘qib, o‘sha yerning o‘zida talabalikdan (F-1) ishchi maqomiga (H-1B) o‘tsangiz, kompaniya bu to‘lovdan mutlaqo ozod qilinadi!
Tasavvur qiling, siz bitirgan kuningizdayoq Google, Amazon yoki Tesla kabi gigantlar uchun chet eldagi raqibingizdan $100,000 arzonroq kadrga aylanasiz. Kompaniya uchun sizni tanlash — bu shunchaki "yaxshi mutaxassisni tanlash" emas, balki $100,000 foyda ko‘rish degani. Shunday ekan, Amerika universitetini shunchaki diplom deb tushunmang — bu sizning cho‘ntagingizga qo‘yilgan va karyerangiz uchun berilgan $100,000 lik moliyaviy "immunitet"dir. Sizning vazifangiz — mana shu moliyaviy ustunlikdan to‘g‘ri foydalanib, eng yuqori ligaga chiqib olish!

🔥11⚡3🤯1
Hali hech qaysi konsalting yoki admissions bilan shug’ullanadigan kompaniyalar qilolmagan REZULTAT qildik 🔥
Bu natijaga erishish uchun oquvchim bilan 3 yil birga ishladik!
Kommentariyada 30 “🔥”qoldirila va sizlarga nimaga erishganimizni korsataman.
Bu oquvchim butun avlodini tarixini ozgartiradigan natijaga erishdi!

🔥30💯1
💰 20 yoshda HIGH FINANCE: Navbatdaki g‘alaba va $115,000 yillik maosh!
Biz yana bir bor High Finance eshiklarini qat’iyat bilan ochdik!
Sunnat Mirzaevni 3 yil oldin mening 1:1 mentorship (yakkama-yakka mentorlik) dasturimga shogirtlikka oldim, oldimizga juda aniq va ulkan maqsad qo‘ygan edik: Nima qilib bo‘lsa ham High Financega kirish va $100,000+ maoshga chiqish.
Bugun o‘sha maqsad haqiqatga aylandi — Sunnat o‘qishni bitirmasdanoq yiliga minimum $115,000 maosh oladigan darajaga yetdi!
Sunnat kim?
Sunnat hozirda Illinois Wesleyan universitetining 3-kurs talabasi. U endigina 20 yoshga kirdi. Eng quvonarlisi, u fermerlar oilasida Sirdaryo viloyatida katta bo'lgan, o‘z kuchi va bilimiga ishongan o'zbek yigitlarimizdan biri. Uning o‘qish yo‘nalishlari hazilakam emas: Moliya, Matematika va Data Science.
📈 Qiyinchiliklarni qanday yengdik?
Sunnat tahsil olayotgan Illinois Wesleyan universiteti High Finance olami uchun mutlaqo "non-target" (ushbu soha uchun nufuzi yuqori bo‘lmagan) dargoh hisoblanadi. Bunday universitetdan turib global moliya gigantlariga ishga kirish deyarli imkonsizdek tuyuladi.
Lekin biz taslim bo‘lmadik:
— 3 yil davomida har bir semestrda qaysi fanlarni tanlash ustida ishladik.
— Resume (rezyume)ni xalqaro standartlar darajasida shakllantirdik.
— Networking (aloqalar o‘rnatish) san’atini mukammal egalladik.
— Universitetdan tashqari faoliyat va professional rivojlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ydik.
Bugungi kunda hamma konsalting va admission kompaniyalari faqat bitta maqsadni ko‘zlaydi: sizni universitetga kirgizish, pulingizni olish va sizdan reklama sifatida foydalanish. O‘qishga kirganingizdan keyin esa taqdiringiz bilan hech kim qiziqmaydi.
Men uchun esa natija — bu faqatgina universitet talabasi bo‘lish emas. Haqiqiy natija — bu talabaning qaysi davlatda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z sohasining cho‘qqisiga chiqishi va $100,000+ maosh oladigan professionalga aylanishidir. Biz "long-term success" (uzun muddatli muvaffaqiyat) uchun ishlaymiz va oliy maqsadga erishmaguncha to‘xtamaymiz.
Sunnat — Illinois Wesleyan universiteti talabasi. Bu universitet dunyo reytingida Top-50 talikka kirmaydi, High Finance uchun esa mutlaqo "non-target" (soha gigantlari e'tibor bermaydigan) o‘quv yurti hisoblanadi. Lekin biz buni uddaladik!
Sunnat Ivy League diplomiga emas, balki to‘g‘ri mentorlikka va o‘z maqsadiga bo‘lgan cheksiz sadoqatiga tayandi.
Sunnat, sen bilan faxrlanaman!
Bunday tarbiya va doimiy qo‘llab-quvvatlaydigan ota-onangga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Mehnatning mevasi har doim shirin bo‘ladi!
Sizlar nima deb oylaysizlar, universitetga kirg'izish natijami yoki $100,000+ maoshga opchiqib avlodini tarihini ozgartirish haqiqiy NATIJAMI? 😏

4🔥16🏆5🤯3
AQSh Prezidentning 10998-sonli Farmoni nima haqida ekanligini bilasizmi? 2026-yildan boshlab, AQSh elchixonasi viza so‘rovchi har bir nomzoddan oxirgi 5 yillik Instagram, TikTok, Facebook va boshqa tarmoqlardagi sahifalarini (username) ko‘rsatishni talab qilmoqda.
Endi viza ofitseri faqatgina sizning suhbatingizga emas, balki "Digital Mirror" (Raqamli ko‘zguyingiz)ga qaraydi. Agar sizning profilingizda, yozgan kommentlaringizda yoki a’zo bo‘lgan guruhlaringizda "Amerikada qolib ketish", "taksi qilish" yoki noqonuniy ishlash haqida biror-bir ishora bo‘lsa — tamom! 214(b) bandi (immigratsion niyat) bilan rad javobini olishingiz deyarli kafolatlangan.
Bugunoq profillaringizni "sanitizatsiya" qiling, ya’ni barcha shubhali ma’lumotlarni tozalab chiqing. Sizning raqamli izlaringiz faqat bitta narsani — professional mutaxassis ekanligingizni va faqat o‘qish niyatida ekanligingizni ko‘rsatishi shart. Unutmang, internet hech narsani unutmaydi, va viza ofitseri hammasini tekshiradi!

⚡11🔥5🤯4
"Threshold Theory" (Ostona nazariyasi) haqida eshitganmisiz?
Agar IELTS ballingiz 7.5 bo‘lsa, uni 8.5 qilaman deb qimmatli vaqtingizni sarflamang. Chunki bu bosqichda "marginal foyda" nolga teng. Ya'ni, 7.5 dan yuqori har bir ball sizning qabul qilinish imkoniyatingizni deyarli oshirmaydi.
Gap shundaki, Amerika universitetlariga shunchaki test topshiradigan "robotlar" kerak emas, ularga haqiqiy liderlar kerak. IELTS ballingiz 7.5 bo‘ldimi? Bo‘ldi, kitobni yoping va bor e’tiboringizni "Passion Project" ingizga qarating. Ya'ni, o‘zingiz qiziqqan sohada biror real loyiha qiling, jamiyatga foyda keltiring yoki yangilik yarating.
Shuni unutmangki, universitetga topshiradigan insholaringiz (essays) va erishgan real yutuqlaringiz quruq ballardan 10 barobar muhimroq. Admissions Ofitserlar sizning ingliz tilini qanchalik zo‘r bilishingizga emas, balki o‘sha til orqali dunyoni qanchalik o‘zgartira olishingizga qaraydi. Kuchingizni testlarga emas, shaxsingizni shakllantirishga sarflang!

🏆12🔥6💯2🤯1
🇺🇸 Amerikada o‘qish: Navbatdagi xarajatmi yoki strategik investitsiya?
Amerikada o‘qish — bu shunchaki "kontrakt to‘lash" yoki navbatdagi xarajat emas. Bu butun bir avlodning kelgusi 40 yillik iqtisodiy xaritasini chizishdir.
Statistikaga ko‘ra, agar talaba STEM (aniq fanlar va texnologiya) yo‘nalishini bitirsa, u boshqa soha vakillariga qaraganda umri davomida o‘rtacha $3.8 million ko‘proq daromad topadi.
Bugungi kunda so‘mning qadrsizlanishi, inflyatsiya va iqtisodiy tebranishlardan himoyalanishning eng ishonchli yo‘li — bu:
• TOP universitet diplomi;
• U yerda shakllanadigan professional tanishlar (Networking).
Bu diplom — shunchaki qog‘oz emas, bu yangi davrning "oltini" va oilangiz kelajagi uchun eng barqaror valyutadir.
Farzandingizga qilingan bu sarmoya nafaqat uning hayotini, balki kelajak avlodning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini bir necha pog‘onaga ko‘tarib yuboradi. Sizning vazifangiz — bugungi imkoniyatni kelajakdagi moliyaviy erkinlikka aylantirishdir.

🔥6💯3🤯2
Mening tayyorgarlik yillarimdagi kun tartibimni ko‘rishni xohlaysizmi? Kuniga judayam kam uxlardim, qolgan hamma vaqt — university research, Extracurricular Activities, SAT va insholar ustida ishlash bilan o‘tardi.
Professional darajadagi natijaga erishish uchun professional darajadagi intizom kerak.
Hozir hamma "harakat qilyabman" deydi, lekin maqsadi yo‘lida haqiqiy "Obsessed" bo‘lganlar barmoq bilan sanarli. Shunchaki harakat qilish — bu yutqazishdir. Siz maqsadingiz bilan nafas olishingiz, u bilan uxlab, u bilan uyg‘onishingiz kerak.
O‘zingizga savol bering: Kuniga necha soat vaqtingizni kelajagingizni qurish uchun sarflayapsiz?
Agar bu raqam sizni qo‘rqitmayotgan bo‘lsa, demak siz hali yetarlicha ter to‘kmayapsiz. Dunyo iqtisodiyoti shunchaki aqllilarni emas, balki eng chidamli va maqsadi yo‘lida tinmasdan harakat qilayotgan insonlarni qadrlaydi!

🔥8🤯1
Ko‘pchilikning xatosi — ishni noto‘g‘ri joydan boshlashida.
Avval dars tayyorlab, keyin universitet tanlash va oxirida "qayerda ishlasam ekan?" deb bosh qotirish — bu poydevorsiz bino qurishdek gap.
2026-yilning qat’iy talablari asosida sizning strategik xaritangiz quyidagi teskari tartibda bo‘lishi shart:
1. Aniq maqsad (Wall Street’dagi stul):
Avval qayerda va kim bo‘lib ishlashingizni, qancha maosh (Wage Level IV) olishingizni aniq belgilab olasiz.
2. Nishondagi universitet (Target School):
Siz ko‘zlagan nufuzli kompaniyalarning rekruterlari har yili "ov"ga chiqadigan maxsus universitetlarni saralaysiz.
3. 36 oylik ish huquqi (STEM):
Tanlagan yo‘nalishingiz sizga AQShda qonuniy qolish uchun 3 yillik imkoniyat va $100,000 lik moliyaviy imtiyoz berishiga amin bo‘lasiz.
4. Bugungi harakat (Tayyorgarlik):
Va nihoyat, mana shu zanjirni amalga oshirish uchun bugun — maktab davridayoq qaysi darslarni o‘qish va qaysi imtihonlarni topshirish kerakligini belgilaysiz.
Teskari tartibda qurilmagan bino birinchi shamoldayoq qulaydi. Agar siz yakuniy nuqtani aniq ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, har qanday harakatingiz shunchaki havoga sarflangan energiya bo‘lib qolaveradi. "Reverse Engineering" — bu shunchaki usul emas, bu muvaffaqiyatning aniq algoritmidir.

🔥10🏆2💯1
Mening muvaffaqiyatim ortida shunchaki kitoblar emas, balki aniq inson — Columbia universiteti bitiruvchisi va 15 yil Wall Street’da ishlagan professorim turibdi.
Men o‘shanda bir muhim darsni o‘rganganman: ba’zida bitta to‘g‘ri Wall Street insayderini topish, universitet reytingini qidirishdan ming marta muhimroq.
Mentor — bu shunchaki "maslahat beruvchi" emas. U sizga kitoblarda yozilmagan, faqat o‘yin ichida bilish mumkin bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi va eng asosiysi — siz yopiq deb o‘ylagan eshiklarni ichkaridan ochib beradi. U sizga 2026-yilning qat'iy vetting jarayonlaridan qanday o‘tishni va $100,000 lik to‘lovlarsiz qanday qilib top kompaniyalar nazariga tushishni ko‘rsatadi.
Sizning mentoringiz kim? Atrofingizda siz borishni xohlagan cho‘qqini zabt etgan inson bormi? Agar yo‘q bo‘lsa, demak siz qorong‘uda yo‘l qidiryapsiz.
To‘g‘ri mentor — bu sizning yillab vaqtingizni va millionlab mablag‘ingizni asrab qoluvchi eng qisqa yo‘ldir.

🔥10💯3🤯1