Java Scholar | Karyera Arxitektori
993 subscribers
72 photos
7 videos
5 files
74 links
🇺🇸 Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa — keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

🎓 Maktabdan → top uni → $100K ishgacha
💼 IWU 100% grant • Ex-Amazon • KPMG • BlackRock
🏗 https://study-sphere.uz asoschisi

@javascholar_admin
Download Telegram
Bugun buxorolik o‘quvchimning ota-onasi bilan Zoom orqali uchrashuv o‘tkazdim.

O‘quvchimning statistikasi:
1. SAT — 1460
2. IELTS — 8.5
3. GPA — 5/5
4. Hackathon va olimpiadalar g‘olibi

U 2 oydan beri mening qo‘limda o‘qiyapti va bugun ota-onasi bilan Zoom orqali tanishdik. Ularga to‘liq qanday ishlashimizni tushuntirib berdim.

Suhbat davomida ular shunday deyishdi: siz bilan bog‘lanishimizdan oldin Levsha va Freshman Academy’ga ariza topshirgan edik, lekin sizni tanlaganimizning sababi — siz nafaqat universitetga kirishga yordam berasiz, balki butun bakalavr davrida qo‘llab-quvvatlab, dunyoning top kompaniyalariga ishga kirishga ham yordam berasiz.

Ota-onalarni faqat farzandining o‘qishga kirishi emas, balki to‘liq jarayon davomida yordam beradigan ustozlar qiziqtiradi.

Shu payt shunday fikr keldi: men taklif qilayotgan mentorship nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kam uchraydigan darajadagi mentorship.

Mening komandamda nafaqat men — 100% grant asosida Amerikada o‘qigan, Amazon va KPMG kabi gigant kompaniyalarda ishlagan va BlackRock’dan taklif olganman — balki har bir men bilan ishlaydigan mentor ham xuddi shu yo‘ldan o‘tgan.

1–2 yil ichida biz O‘zbekistonning eng kuchli liderlarini yetishtiramiz. Biz uchun natija — o‘quvchilarimiz diplomlarini qo‘lga kiritib, dunyoning eng yaxshi kompaniyalarida ish boshlashi.

Bundan tashqari, barcha o‘quvchilarimga men hamkorlik qilayotgan maktablarda grant asosida o‘qish imkoniyatini ochib beryapman.

Endi aytingchi — bizdek talabalarga yana kim yordam bera oladi?😌
10🔥1
Forwarded from Avlod Media
Yangi hamkorlik — yangi imkoniyatlar!

“Avlod Media” va “StudySphere” o‘quv markazi o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi!

Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy kasblar va til o‘rganish imkoniyatlarini kengroq targ‘ib qilishdir. Endilikda biz birgalikda yoshlar uchun foydali loyihalar, master-klasslar va qiziqarli media-kontentlar tayyorlashni rejalashtirganmiz.

Yaqin kunlarda bizdan qiziqarli yangiliklarni kuting! 😉

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Instagram | Telegram | YouTube | Rasmiy sayt
4🤯1
Ota-onalar uchun eslatma

Bir narsani eslatib o'tmoqchiman. Mentorship olgan taqdiringizda ham, hamma narsangiz zo'r bo'lgan taqdirda ham, universitetga 100% grantga kirishingiz garantiya emas. Kirgan taqdiringizda ham, visa olishingiz 100% garantiya emas.

Mentorlar sizga yo'nalish, bilim, strategiya qurishga yordam beradi, lekin hech qaysi bir etapda garantiya bermaydi.
Mening o'quvchilarim orasida kirganlari ham bor, lekin harakat qilib o'qishga kirolmaganlari ham bor. Bir narsani unutmang: harakat qilishdan to'xtash kerak emas. Birinchi martadan bo'lmadi degani, umuman bo'lmaydi degani emas. Bu hayot — faqatgina harakat qilish kerak va maqsad oliy bo'lishi shart!

https://t.me/Java_Scholar
🔥9
Men o'zimning yutqazganlarim haqida aytib beraymi? Nimalardan o'tganimni ko'rsangiz, o'shandagina tushunasiz — hozirda nega men yutqazsam xursand bo'lishimni.
13🔥3
Bu o’quvchim 18 ta universitetga kirdi. Oldimga kelganida maqsad Full Tuition edi.

Boshida kam grant bergan universitetlar bilan negotiate qilib, full tuition so’radik. 2-3 hafta o’tib, full tuition qilib berishdi.

Behruz Math va Finance oqishiga qaror qildik. Maqsadimiz Investment Banking, Management Consulting yoki Private equity.

Qiyinchilik endi boshlandi, xali Behruzga Compiter Science qoshtiraman va undan tashqari Financega kerakli kurslarni alohida oqiydi.
12🔥509354🏆102🤯2
Bugun ish joyimda juda ibratli bir holat yuz berdi. Men buni sizlar bilan ulashmoqchiman — ayniqsa bu sohadagi hamkasblarim uchun foydali bo’ladi deb o’ylayman.

Kimdi u?
O’tgan yili maktabni tugatgan, top Amerika universitetlariga kirish orzusida yurgan qiz. Raqamlari baquvvat: SAT 1500+, IELTS 7.5 darajasida, Lumeira orqali research paper ustida ishlayapti. Duke va boshqa universitetlarga qabul qilingan — lekin to’liq grantga kirmagan. Mentorlik kerak, deb bizga murojaat qildi.

Rostini aytsam, avval uni o’quvchi sifatida olmoqchi edim. Lekin gap pulga kelib taqaldi — oilada imkoniyat yo’q ekan. Onasi bilan birga keldi, ikkalasi ham buni ochiq tan oldi.

Birinchi qizil bayroq: “Kech bilib qoldim”
Qiz bizning Sado Scholarship haqida juda kech bilib qolganini aytdi. Qachon bilib qolgan ekan? 13-aprelda, dedi — bir emas, bir necha marta takrorladi.

Dastlab ishondim. Lekin keyin tushuntirdim:
“Grantni shunchaki bera olmayman. Donorlar oldida men o’z o’quvchimni himoya qilayotgandek ko’rinaman — ya’ni u rasmiy tanlov bosqichlarini o’tmay turib, o’zini boshqalardan ustun deb hisoblagan, degan taassurot paydo bo’ladi.”

Onasi yolvordi. Dedim: “Yaxshi, Telegram’ni birga tekshirib ko’raylik.”

Haqiqat yuzaga chiqdi
Telegram tarixini ochib qaradim — va hamma narsa oydinlashdi.

U bizga 2-aprelda, soat ikki yarim atrofida yozgan edi. Biz uch yarim soat ichida javob berdik — havola va to’liq tushuntirish bilan. U “yaxshi” deb javob berdi. So’ng 15-aprelda, deadline’dan atigi 50 daqiqa oldin, application qanday topshirilishini so’radi.

Ya’ni u menga yuzimga tik qarab yolg’on gapirdi. “13-aprelda bilib qoldim” emas — u 2-aprelda bilib olgan, lekin o’z vaqtida harakat qilmagan edi. Onasi ham bu haqiqatni ko’rgach, juda uyalib ketdi.

Ikkinchi qizil bayroq: Shartlar qo’ydi

Bundan ham hayratlandirgan narsa — qizning o’zi bizga shart qo’ydi:
“Faqat 100% grant bersangiz o’qiyman.”

Men muqobil variant takladim: SAT bo’yicha ambassador bo’ladi, chet elga chiqmoqchi bo’lgan o’quvchilarni bizga yo’naltiradi, biz esa o’qitishda yordam beramiz.

Rad etdi:
“Yo’q, bu menga qiziq emas. Siz menga bepul o’qitishingiz shart.”
Dedim: “Rahmat. Xayr.”

Xulosalar
1. Kichik yolg’on — katta muammoning belgisi.
Oddiy bir sana borasida yuzimga tik qarab yolg’on gapirolgan odam — application’ida ham, hayotda ham yolg’on gapirishdan tortinmaydi.
2. Entitled mindset uzoqqa olib bormaydi.
SAT bali va research paperlari bor — bu yaxshi. Lekin qoidalarni chetlab o’tib, imtiyoz talab qilish — bu iste’dodni emas, xarakter muammosini ko’rsatadi.
3. Hamkasblarimga maslahat.
Agar o’quvchi sizga ochiqchasiga yolg’on gapirib, katta summani aldab olmoqchi bo’lsa — bunday odamni o’quvchi sifatida olmang. U sizga emas, o’z maqsadiga xizmat qiladi.

Ishda bunday holatlar ham bo’ladi. Muhimi — o’z qadrini bilish va chegaralarni o’z vaqtida qo’ya olish.​​​​​​​​​​​​​​​​

https://t.me/Java_Scholar
🔥2💯1
Ertalabdan yaxshi yangiliklar 🔥

Masters STEM programmaga o’quvchim kirdi. Olmosbekni 2-3 yilda butun O’zbekiston eshitadi. Bu oquvchim hali Wall Streetni zabt etadi)
🔥1
Bugun yaxshi habarlar kunimi deyman? 😁
🤯32
#START

🇺🇸 Ko'pchilik o'qishni shu maqsad bilan boshlaydi: "yaxshi ish topay."

Bu kichik orzu.

Haqiqiy maqsad — yaxshi ish topish emas. Tanlaydigan odam bo'lish.



Tanlaydigan odam — bu kim?

O'z sohasining eng yaxshisi. Eng yaxshi kompaniyalarda tajriba olgan. Va shu sabab — qayerda ishlashni, qayerda yashashni, kim bilan ishlashni o'zi tanlaydi.

Ish uni tanlamaydi. U ishni tanlaydi. Shahar uni tanlamaydi. U shaharni tanlaydi. Hayot uni qurmaydi. U hayotni quradi.

Bunday odamni bitta so'z bilan ataymiz: asset.



Javohir Rajabov.

Toshkentda tug'ilib o'sgan, asli Qashqadaryolik yigit.

17 yoshida Illinois Wesleyan universitetiga 100% grant yutdi. U yerda matematika, moliya va data science o'qidi. O'qish davomida Amazon va KPMG Consulting'da ishladi. Ikkita amerika startupida g'olib bo'ldi. Bitirishdan oldin BlackRock, DWS va PwC'dan $100,000+ ofer oldi.

Bugun u o'z hayotini O'zbekistonda quryapti — moliya, ta'lim va oilaviy biznes yo'nalishlarida.

U haqiqiy asset bo'ldi.

Endi u shu yo'lni boshqalarga ochmoqda.



Men shu kanalda bitta narsani o'rgataman:

Qanday qilib asset bo'lish.

Maktab partasidan boshlab, top universitetdan o'tib, birinchi global ofisgacha — yo'l aniq. Men o'tdim. Studentlarim o'tmoqda. Siz ham o'tasiz.



Yo'l beshta bosqichdan iborat:

Akademiya. Mentorlik. Viza. Akademik maslahat. Karyera.

Beshtasini birga o'tamiz. Ortda — boshqacha hayot. Va orqadan keladigan boshqacha avlod.



Chunki bir oilada bitta asset paydo bo'lsa — uning farzandi asset bo'lib tug'iladi. Nabirasi esa bu so'zni o'rganishi shart emas — u shunday yashaydi.

Shuning uchun men aytaman:

Bitta farzand. Butun avlod.



Kanalda har hafta yo'lning bir bosqichi haqida yozaman. Hikoyalar, studentlarning yo'li, men o'tgan xatolar, ota-onalar va o'quvchilar uchun ochiq javoblar.

Kuzating. Vaqti kelganda, o'zingiz bilasiz.

https://t.me/Java_Scholar
🔥8🤯1
🇺🇸 #HAMMAGA

Kecha sizga "asset" deb yozdim.

Bu so'z O'zbek tilida hali o'zlashtirilmagan. Lekin tushunchani bilmasdan keyingi haftalardagi postlarim yarmi ma’nosini yo'qotadi.

Demak bugun — kichik darslik.



KPMG'da men bitta vaziyatni qayta-qayta ko'rardim.

Bir nechta yosh xodim bo'lardi. Hammasi yaxshi universitetdan. Hammasi qattiq ishlaydi. Hammasi bir xil soatda ishga kelar va ketardi.

Lekin boshliqlar har yangi loyihada bittasini so'rashardi. Mijozlar shu odam bilan uchrashuv talab qilishardi. Ofisda boshqa hech kimning ismi yodida qolmaganda uniki yodida qolardi.

Farq nimada edi? Bilim emas. Diplom emas. Hatto soat ham emas.

Farq shunda edi: agar u ketsa — kompaniya nimanidir yo'qotadi.



Asset — bu o'qigan odam emas. O'qigan odamlar internetda bepul mavjud.

Asset — kompaniya u bilan ajralganda, nimanidir yo'qotadi.

Shu yerda farq.



Bu hafta “Asset” haqida yana 2ta post bo’ladi. Kuzatib boring.

https://t.me/Java_Scholar
🤯10💯4
🇺🇸 #OTA-ONA

"Bolam yaxshi ish topsin."

Bu gap har bir o'zbek oilasida bor. Va bu gap — birinchi qoidaning birinchi xatosi.



"Yaxshi ish" — bu boshqa odam beradigan narsa. Kompaniya beradi. Direktor beradi. Bozor beradi.

Demak farzandingizni shunday tarbiya qilyapsizki, u butun umr boshqa odamning qaroriga bog'liq bo'ladi.

Bu yomon tarbiya emas. Lekin bu yarim tarbiya.



To’liq tarbiya boshqacha qilinadi:

"Farzandim shunday odam bo'lsinki — yaxshi ishlar uni qidirsin."

Bu gapni ikkinchi marta o'qing.



"Yaxshi ish topsin" — bu farzandingiz birovning eshigida turishi.

"Asset bo'lsin" — bu eshiklar farzandingizning oldida turishi.

Ikkinchisi — boshqacha hayot.

Juma kuni — birinchi asset. Ko'rasiz.

https://t.me/Java_Scholar
🤯10🔥1
🇺🇸 #KARYERA KARTOCHKASI #001

Birinchi kartochka — o'zimdan boshlayman.

Chunki men hech kimni shu galereyaga qo'shmasdan oldin, o'zim bu galereyada turishim kerak.

Keyingi Juma — Calamos Investments ETF Analyst, 21 yoshda.

https://t.me/Java_Scholar
7
🇺🇸 #HAMMAGA

BlackRock'da uchinchi raundga chaqirilganimda, men managing director bilan birga 45 daqiqa o'tirdim. U mening CV'ga umuman qaramadi.

U menga aytdi: "CVlar 30 daqiqada chiqadi. Men 30 daqiqada bilolmaydigan narsa — sen kim bo'lishni xohlayotganliging. Sen menga shuni aytasan."



O'sha gap meni asset tushunchasiga olib keldi.

Asset — bu bilimli odam emas. Bilimli odamlar internetda bepul mavjud.

Asset — kompaniya u bilan ajralganda, nimanidir yo'qotadi.

Ish uni qidiradi. Shahar uni saqlamoqchi bo'ladi. Hayot uni ko'tarib yuradi.



Bu odamga aylanish — uchta narsadan iborat:

Birinchi: o'z sohangizning eng yuqori 5% darajasiga chiqing. Hech qanday boshqacha gap yo'q. O'rta darajada — o'rta hayot. Asset darajada — tanlov.

Ikkinchi: eng yaxshi kompaniyalarda tajriba oling. Brand brendni ko'taradi. Amazon'da 2 yil — keyingi 30 yillik eshiklarni ochadi. Mahallaga yaqin ofisda 2 yil — eshiklarni yopadi.

Uchinchi: bir vaqt keladi — siz tanlaysiz. Qayerda yashashni. Kim bilan ishlashni. Qaysi loyihaga vaqtingizni berishni. Va siz "yo'q" deyishni o'rganasiz. "Yo'q" — asset'ning birinchi tilidir.

Men o'zim shu paytda — $100K oferlardan voz kechib — o'zimnikini qurdim.



Bu yo'lda asosiy yutuq — pul emas.

Pul natija, sabab emas.

Asosiy yutuq — avlod o'zgaradi.

Sizning farzandingiz dunyoga assetlik bilan tug'iladi — chunki uning otasi yoki onasi bu o'yinni bir marta o'ynagan. U sizning xatolaringizni qaytarmaydi. U sizning qaerda to'xtaganingizdan boshlaydi.

Sizning nabirangiz esa hatto bu post haqida o'qishi shart emas. U shunday yashaydi.



Men shu narsani quraman.

Bitta studentga ishlayman — lekin men bitta avlodni emas, butun bir oilani o'zgartiraman.



Bitta farzand. Butun avlod.

https://t.me/Java_Scholar
🔥8🤯2
🎓 #STUDENT

IWU'ning karyera markazida bir amerikalik ayol mendan so'radi: "Compensation band'ni bilasanmi?"

Men bilmas edim.



U davom etdi:

«BlackRock birinchi yil Associate'ga $115K base + $35K bonus to'laydi. Pastroq pog'onada — Operations Analyst — $75K. Yuqorida — Senior Associate, $180K+. Sen qaysi rolga kirishingni bilishing kerak.»

5 daqiqada u menga butun bir industry strukturasini ko'rsatdi.

Hech kim O'zbekistonda menga buni o'rgatmagan edi.



O'sha kuni men tushundim:

Amerika eng yaxshi narsalarni bermaydi. Amerika eng yaxshi narsalarni bilish imkonini beradi.



Bilim — pul emas. Bilim — sizning $75K va $115K orasida tanlash erkinligingiz.

Ko'pchilik shu farqni keyin biladi. Siz hozir bilishingiz mumkin.



Juma kuni — Calamos ETF Analyst. Real yo'l, real talaba.

https://t.me/Java_Scholar
💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nest One’da yangi bir narsa quryapmiz!

Studentlarimiz uchun ofisimizning bir xonasini Study Zonega aylantiryapmiz.

O’qiyotgan bo’lasizmi yoki bitirgan — bemalol kelib, bu joyni o’zingizning ish maydoningiz sifatida ishlating. Kitob, laptop, g’oyalar — hammasi uchun joy bor.

Hali jarayon davom etyapti, lekin tez orada tayyor bo’ladi.

Kuting — yaxshi narsa kelayapti!

Yoqdimi, yoki biror narsa qo’shaylikmi?

https://t.me/Java_Scholar
🔥81💯1
🇺🇸 #HAMMAGA

Birinchi semestrimda IWU'da men matematika (Calculus 1) kursini oldim— professor doskaga bitta tenglamani yozdi va shunday dedi: "Bu tenglamani yechmang. Nima uchun bu tenglama umuman mavjudligini tushuntiring."

Men javob bera olmadim.

15 yil davomida O'zbekistonda men "yaxshi o'quvchi" deb hisoblangan edim. Sababi: men javoblarni topa olardim. Lekin men hech qachon savollarning qayerdan kelganini o'rgatilmagan edim.



O'zbekistonda biz "ta'lim" deb bitta narsani ataymiz: javoblarni eslab qolish.

Amerikada, top universitetlarda, ta'lim boshqacha narsa: yangi savollar yaratish.

Bu farq kichik ko'rinadi. Lekin bu farq — kim 30 yoshda lider bo'ladi va kim 30 yoshda hali ham lider ortidan yuradi — orasidagi farq.



Amazon'da menga bitta injener shunday dedi: "Bu yerda eng yuqori maoshli odamlar — yangi savollar topadiganlar. Eski savollarga javob beruvchilarni biz Excel'ga aylantiramiz."

O'sha kuni men tushundim: O'zbekistondagi "a'lochi" tushunchasi — Amerikada boshlovchi xodim tushunchasi.



Akademiya — bu SAT emas. IELTS emas. Hatto top universitet ham emas.
Akademiya — bu o'g'lingiz yoki qizingiz 16 yoshda bitta yangi savol tug'dirishni o'rganishi. O'sha bitta savol — keyingi 50 yilning kompasi.



Keyingi yozuvda — Mentorlik. Nima uchun har bir Amazon'da ishlagan odamning 3 ta ko'rinmas ustozi bor.
7💯3🔥2
🇺🇸 #KARYERA KARTOCHKASI #002

Sunnat — 3 yil oldin men u bilan ishlay boshladim. U Sirdaryo'dan, IELTS 8 va SAT 1350 bilan IWU'ga 95% grant yutdi.

Bugun u Calamos Investments'da ETF Analyst. 21 yoshda.

Bu yo'lni real talaba ochdi. Bosip otgan qadamlari kartochkada ko’rsangiz bo’ladi.

Sunnatning LinkedIn profili - www.linkedin.com/in/sunnatilla-mirzaev/

Bitta farzand. Butun avlod.

https://t.me/Java_Scholar
🔥11🤯2🏆1
🇺🇸 #HAMMAGA

KPMG'da meni birinchi yilim, partner darajasidagi bir odam meni ofisiga chaqirdi. 30 daqiqa. Hech qanday loyiha haqida emas — shunchaki suhbat uchun.

Suhbat oxirida u shunday dedi: "Sen menga har 6 oyda bir marta yozasan. Men senga ish topib bermayman. Men senga sen o'zing ko'ra olmaydigan narsalarni ko'rsataman."

Men o'sha paytda 20 yoshda edim. Bu mening hayotimdagi birinchi mentor edi.



Amerikada va Yevropada, top kompaniyalardagi har bir muvaffaqiyatli odamning 2-3 ta ko'rinmas mentori bor. Ular LinkedIn'da yozilmagan. CV'da ko'rinmaydi. Lekin har bir ish taklif, har bir promosi, har bir to'g'ri qaror — o'sha mentorlardan tavsiya olib qilingan.



O'zbek oilalarida bu kategoriya yo'q.

Sababi oddiy: bizning ota-bobolarimiz Amazon'da, BlackRock'da, McKinsey'da ishlamagan. Demak ular bizga aytadigan eshik ortidagi haqiqatlarga ega emas. Bu ularning ayblari emas — bu birinchi avlod realiyasi.



Mentor — bu o'qituvchi emas. O'qituvchi sizga bilim beradi. Mentor sizga ko'z beradi.

Sizning otangiz sizga maktab tanlashda yordam berishi mumkin. Lekin sizning otangiz sizga Amazon'da promotion qanday so'rashni o'rgata olmaydi — chunki u Amazon'da bo'lmagan.

Men bo'lganman.



Mentorlik — bu kichik xizmat emas. Bu birinchi avlod uchun butun bir kategoriyaning ochilishi.

Keyingi yozuvda — Viza. Nima uchun chegara — bu hujjat emas, bu muskul.

https://t.me/Java_Scholar
7🤯2
🇺🇸 #HAMMAGA

Kecha mentor haqida yozdim.

Bir nechtangizdan savol keldi: "qanday mentor topish kerak?"

Javob shundaki — birinchi siz bilishingiz kerakki, 3 xil mentor mavjud.



Birinchi turi — sizga ish topib beradigan mentor. Eng oson topiladigani. Bitta qo'ng'iroq qiladi, eshik ochiladi.

Ikkinchi turi — sizga ish topish ko'nikmasini o'rgatadigan mentor. Kamroq, lekin baribir topiladi. U sizga CV yozish, suhbatga tayyorgarlik, networking o'rgatadi.

Uchinchi turi esa boshqacha:

U sizga maqsadingiz haqida qayta o'ylashga majbur qiladi.



KPMG'dagi birinchi mentorim shu uchinchi turdan edi.

Men 20 yoshimda KPMG'dagi mentorimga aytdim: "Men birinchi yili top firmadan offer olmoqchiman. BlackRock yoki McKinsey."

U javob bermadi. Faqat so'radi: "Va keyin? 10 yildan keyin, sen u yerga kirganingdan keyin kim bo'lmoqchi bo'lasan?"

Men javob bera olmadim.

O'sha kuni men tushundim: men top kompaniyaga ishga kirishni xohlardim, lekin kirgandan keyingi qadamlar haqida o'ylamagan edim.

Bu savol keyingi 5 yilimni o'zgartirdi.



Birinchi mentor sizga eshik beradi.
Ikkinchi — eshikni qanday topishni o'rgatadi.
Uchinchi — sizdan so'raydi: "Sen aslida qaysi xonaga kirmoqchisan?"



Uchinchi mentor — eng kamyob. Va eng qimmat.

https://t.me/Java_Scholar
🤯8💯3
🇺🇸 #HAMMAGA

Birinchi marta 17 yoshimda Amerika konsulligiga kirganimda men bitta narsani o'ylardim: "Faqat ruxsat bersinlar."

Bugun, 6 yildan keyin, men shu xonaga boshqacha qarayman. Va sizga ham boshqacha qarashni o'rgatmoqchiman.



F-1 viza — bu hujjat emas. Bu bir o'zbek yigit yoki qizning hayotida birinchi marta tushunadigan haqiqat: qayerda yashashing — bu sening qaroring, sening merosing emas.

O'zbeklarning aksariyati 18-25 yoshgacha bitta savolni o'zlariga bermay yashaydi: "Men nega bu yerda yashayman?" Chunki javob avtomatik — chunki bu yerda tug'ilganman. Bu yetarli javob ko'rinadi.

Konsullik o'sha javobni sindiradi. Birinchi marta odamga aytadi: yashash joyi — tanlov. Va sen tanlovni ishlab olishing kerak.



Lekin asl dars vizadan keyin keladi.

Amerikada 5 yil yashab, men tushundimki, movement — bu muskul. Birinchi marta chetga chiqish qiyin. Ikkinchi marta — osonroq. Beshinchi marta — chiqib-kirish nafas olishdek bo'ladi.

Hozir men yiliga 3-4 mamlakatga boraman. Va bu erkinlik bitta F-1 vizadan boshlandi.



Sizga shu joyda bitta haqiqatni aytaman, hech kim aytmaydi:

Eng zo'r o'zbeklar — Amerikaga ketganlar emas. Eng zo'r o'zbeklar — qaytib kelganlar. Lekin qaytib kelish ham faqat bir marta ketgan odamga ochiq.



Viza — bu eshik emas. Bu o'zingiz haqida birinchi yangi haqiqatdir.

Keyingi yozuvda — Akademik Maslahat. Nima uchun universitetga kirish — bu yengil qism, qiyini keyin boshlanadi.

https://t.me/Java_Scholar
🔥16