Java Scholar | Karyera Arxitektori
1.1K subscribers
67 photos
6 videos
5 files
61 links
🇺🇸 Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa — keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

🎓 Maktabdan → top uni → $100K ishgacha
💼 IWU 100% grant • Ex-Amazon • KPMG • BlackRock
🏗 study-sphere.uz asoschisi

👉 @javascholar_admin → ROADMAP
Download Telegram
Tasavvur qiling: talabada katta maqsad bor — Amerika. 🇺🇸

Lekin ota-onasining javobi qat’iy: "Yo‘q." Buning sabablari deyarli hamma oilada bir xil:

"U yerda xavfli, tinch emas"
"Hali yoshsan, uzoqqa yolg‘iz ketolmaysan"
"Bizning bunga qurbimiz yetmaydi, juda qimmat"

Men har kuni shunday holatlarga guvoh bo‘laman. Hatto ba’zan o‘zim ham Call-centerda o‘tirib, ota-onalar bilan shaxsan gaplashaman. Ularning noroziligini, xavotirini va qo‘rquvini eshitaman.

Biz nima qilamiz?

Biz ota-onalar bilan bahslashmaymiz. Biz ularga isbot va raqamlarni ko‘rsatamiz:
1. 📈 Iqtisodiy foyda: STEM yo‘nalishidagi grantlar va kelajakdagi maosh farqini tushuntiramiz.
2. 🛡 Xavfsizlik: AQSh universitetlari kampuslaridagi yuqori darajadagi himoya tizimini ko'rsatamiz.
3. 💰 Grant tizimi: To‘g‘ri strategiya bilan o‘qish xarajatlarini qanday qilib nolga tushirish mumkinligini hisoblab beramiz.

Natija qanday bo‘ladi?

Odatda 2-3 oylik tushuntirish ishlari va aniq natijalardan so‘ng, eng qattiqqo‘l ota-onalar ham farzandining eng katta muxlisiga aylanishadi. Bizda shunday holatlar ko'p: boshida qarshi bo'lgan onalar, farzandi grant yutganida yig'lab, minnatdorchilik bildirishadi.

Xulosa: Ota-onalar — bu to‘siq emas. Ular shunchaki farzandini yaxshi ko‘rgani uchun xavotir olishadi. Ularga qarshilik qilish emas, balki to‘g‘ri ma’lumot berish kerak. Sizning vazifangiz — ularga bu "xarajat" emas, balki "investitsiya" ekanini isbotlash.

📖 Ota-onalar bilan qanday til topishish va ularni professional tarzda ishontirish bo‘yicha alohida bo‘lim kitobimizda bor.

➡️ Botdan yuklab oling: @Javaschoolaradmin_bot
4
Avval aytganimizdek, 2026-yildan boshlab Presidential Decree 10998 kuchga kirdi va AQSh elchixonasining tekshiruv qoidalari yanada qat’iylashdi. Endilikda konsul sizning oxirgi 5 yillik ijtimoiy tarmoq tarixingizni so'rashi mumkin.
Instagram, TikTok, Facebook va YouTube — bularning barchasi sizning "raqamli portretingiz"dir.

Unutmang: Faqat viza uchun emas, nufuzli universitetlar (Admissions) ham o'z imidjini saqlash uchun talabaning raqamli izini tekshirishni boshlagan.

🛠 Hozir nima qilish kerak?

1. Privacy sozlamalari: profilingizni public qiling, shubha uyg’otmaslik uchun.
2. Arxivlash (o'chirmang!): Shubhali postlarni o'chirib tashlash elchixonada qo'shimcha shubha uyg'otishi mumkin. Eng yaxshi yo'l — ularni arxivlash.
3. Professional imidj: Kontentingizni iloji boricha o'qishingiz, qiziqishlaringiz va yutuqlaringizga yo'naltiring.
Batafsil audit checklist va ijtimoiy tarmoqlarni "tozalash" bo'yicha yo'riqnoma kitobimizda bor.

🔒 Digital Audit Checklist-ni yuklab olish: @Javaschoolaradmin_bot | Bepul
Sizdan bitta savol 👇

Admissions jarayonining eng muhim qismi — Essay haqida nima o'ylaysiz? Quyidagi holatlardan qaysi biri sizga tanish:
✍️ Eng qiyin qism — nima yozishni umuman tushunmayapman.
📝 Fikrim bor, lekin... — o'zbekcha zo'r yozaman, lekin ingliz tilida yetkazib berish qiyin.
🤔 Yo'nalish kerak — yordamga muhtojman, lekin qayerdan boshlashni bilmayapman.
Essay o'zi nima? — u nega qabul uchun bunchalik muhimligini bilmayman.

Sizda hozir qaysi vaziyat?

Kommentariyada raqamini yoki fikringizni yozib qoldiring 👇🏻
FAQAT 20-MARTGACHA: BEPUL 30 DAQIQALIK
KONSULTATSIYA

Amerika universitetlariga kirishda eng qiyini — birinchi qadamni bosish. Shuning uchun men 20-martga qadar shaxsan o‘zim bepul konsultatsiya o‘tkazishga qaror qildim.

Konsultatsiyada nima bo‘ladi?

Men sizning (yoki farzandingizning) hozirgi holatini to‘liq tahlil qilib beraman:

IELTS/SAT natijalari va mavjud bo‘shliqlarni (gap tahlili) aniqlaymiz.
Activities profili: Hozirgi darsdan tashqari faoliyatlaringiz Ivy League yoki TOP universitetlar uchun yetarlimi?
Maqsadli universitetlar: Tanlangan ro‘yxatingiz profilingizga mosmi?
Risk-analiz: Sizning arizangizdagi eng katta xavf qayerda?

Nima uchun bepul?

Chunki ko‘pchilik talabalar va ota-onalar "qo‘rquv" tufayli harakatni boshlamaydilar. Mening maqsadim — sizga real holatingizni ko‘rsatib berish. Holatni aniq ko‘rganingizdan keyin, qaror qabul qilish o‘zingizda qoladi. 30 daqiqa. Bepul. Hech qanday majburiyat yo‘q.

⚠️ DIQQAT: Joylar soni cheklangan!

Vaqtim chegaralanganligi sababli faqat 10 ta joy ajratganman. Birinchi yozganlar birinchi navbatda qabul qilinadi.

Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

👉 @Javaschoolaradmin_bot → ariza qoldiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Bugun men sizga bitta achinarli, ammo muhim haqiqatni aytishim kerak. Avgust oyidagi (application cycle) o‘qish qabuli uchun hozir — mart oyi. Ya’ni, bor-yo‘g‘i ~5 oy vaqt qoldi.

Agar siz hozirda:
IELTS topshirmagan bo‘lsangiz;
Activities (darsdan tashqari faoliyatlar) hali yo‘q bo‘lsa;
Essay haqida hali o‘ylashni ham boshlamagan bo‘lsangiz...

Ochiq aytaman: bu yilgi avgust qabuli uchun kech qolyapsiz.
Lekin — hali imkon bor! Hozir harakatni boshlasangiz, so‘nggi vagonlarga yetib olishingiz mumkin. Keyingi yilgi avgust qabuli uchun esa hozir boshlash — eng ideal vaqt.

Hayit dasturxoni atrofida oilangiz bilan jam bo‘lganingizda, o‘zingizga bitta savol bering: "Men keyingi 4 yilimni qayerda va qanday o‘tkazmoqchiman?"
Agar javobingiz aniq bo‘lsa — men sizga yo‘l ko‘rsatishga tayyorman.

Qanday qilib?

Quyidagi botga kiring, u yerda sizni bepul qo‘llanma va muvaffaqiyat xaritasi kutmoqda:👇

@Javaschoolaradmin_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz ota-onalar 🌸

Hayit bayrami kelishiga ham oz qoldi. Bu kunlar — nafaqat bayram shukuhi, balki oila a’zolari bilan dildan suhbatlashish uchun eng yaxshi fursatdir.
Shu kunlar arafasida sizdan bitta kichkina iltimos qilmoqchi edim. Farzandingiz bilan bayram dasturxoni yoki choy ustida o‘tirganingizda, unga shunchaki bitta savol bering:

"Sen 5 yildan keyin o‘zingni qayerda va qaysi darajada ko‘rishni xohlaysan?"

Uning javobini oxirigacha eshiting.
To‘xtatmang.
Maslahat bermang, xatosini to‘g‘irlamang.
Shunchaki, diqqat bilan tinglang.

Ko‘p ota-onalar farzandi katta bo‘lib qolgach: "Biz uning orzusi shunday ekanini bilmas edik," deb aytishadi. Agar orzusini bilsangiz — siz unga erishishda haqiqiy tayanch bo‘la olasiz. Bilmasangiz — sizning yordamingiz kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Hayit arafasidagi mana shu birgina samimiy suhbat farzandingizning butun kelajagini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Unga quloq tuting va orzusiga yo‘l oching.

https://t.me/JavaScholarr
Hafta xulosasi + qisqa trading update 📊

Bu hafta StudySphere’da va shaxsiy rivojlanishda kutilganidek samarali o‘tdi. Natijalar bilan bo‘lishaman:

StudySphere yangiliklari:

🤝 Onboarding: 3 ta yangi talaba bizning katta jamoamizga qo‘shildi. Ularning profilini o‘rganishni boshladik.
✍️ Essays: 2 ta talabamizning essay to‘plamini to‘liq ko‘rib chiqdik, tahrirlar kiritildi.
🎓 G'alaba: 1 ta talabamizning o‘zlari 20tadan oshiq universitetga kirib,qabul xatlarni qo‘lga kiritdi. Bu hali katta yo‘lning boshlanishi!

https://t.me/JavaScholarr
46
Qayerga uchip ketyapman? 👀
📚 KITOBDAN INSIGHT #4: Admissions xodimini qanday hayratda qoldirish mumkin?

Admissions ofitseri o‘rtacha 8 daqiqada 200 ta essayni ko‘rib chiqadi. Tasavvur qiling, sizning yozganingiz ular uchun shunchaki "navbatdagi qog‘oz" bo‘lib qolmasligi uchun sizda juda oz vaqt bor.

Agar o‘sha 8 daqiqa ichida ularni o‘zingizga bog‘lab olmoqchi bo‘lsangiz, bitta oltin qoidaga amal qiling:
«Show, don't tell» (Gapirma, ko‘rsat!)

Keling, farqni ko‘ramiz:

Ko‘pchilik yozadi (Tell): "Men kuchli yetakchilik (leadership) qobiliyatiga egaman."

To‘g‘ri va kuchli variant (Show): "2020-yilda mahallamizda suv muammosi bo‘ldi. Men 14 ta qo‘shni bilan uchrashib, muammoni hal qilish uchun tashabbusni qo‘lga oldim va..."

Ko‘pchilik yozadi (Tell): "Men qiyin sharoitda o‘sib, chidamlilikni o‘rgandim."

To‘g‘ri va kuchli variant (Show): "Otam kasalxonada yotganida, 16 yoshli o‘smir bo‘lishimga qaramay, oilaning barcha moliyaviy va maishiy yukini o‘z zimmamga oldim."

Farq nimada? Farq — konkretlikda.
Umumiy va maqtovli so‘zlarga hech kim ishonmaydi. Admissions xodimi sizning "leadership" ekaningizga emas, o‘sha vaziyatda nima qilganingizga qarab baho beradi.

Kitobda men 7 ta essay ochilish strategiyasini (hooks) batafsil yozganman. Har biri uchun "zaif" va "kuchli" misollar keltirilgan. Bu farqni tushunib olish — o‘qishga kirish imkoniyatingizni 10 barobar oshiradigan eng qimmat ko‘nikmadir.

📖 7 ta essay strategiyasi va namunalar kitobda: ➡️ @Javaschoolaradmin_bot
Hayotim: Shaxsiy hikoya 🏠

Bayram yaqinlashmoqda... Bugun oila davrasidaman.

Ko‘p yillar davomida bayramlarni Amerikadagi universitet kafeteriyalarida yoki dam olish xonalarida, vatandan uzoqda o‘tkazishga majbur bo‘lganman. O‘shanda uyimizni juda sog‘inardim. Issiq yopilgan nonning hidini, oilamizning o‘sha shirin shovqinini, birga o‘tirishlarimizni...

Mana, endi qaytdim. Va hozir bu bayram kunlari men uchun butunlay boshqacha mazmunga ega.

Lekin bir narsa o‘zgarmadi:
Dasturxon atrofida o‘tirganimizda, otam hali ham o‘sha tanish savolni beradi: "Xo‘sh, keyingi reja nima?"

Aynan mana shu savol meni har doim to'xtab qolmasdan, yangi marralar sari intilishga majbur qiladi. Bayram — bu shunchaki dam olish emas, balki ortga qarab, kelajakni reja qilish uchun ham bir imkoniyat.

Bugun men sizga ham shu savolni bermoqchiman:
Sizning keyingi rejangiz nima?
🔥1
🌙 HAYIT ARAFASIDA MAXSUS SOVG‘A — HAYITLIK!

Bayram yaqinlashmoqda, men esa sizlar uchun maxsus "Hayitlik" tayyorlab qo‘ydim. Bu shunchaki sovg‘a emas, bu sizning kelajagingiz uchun poydevor.
«Java Scholar Kitobi» — 91 sahifa, 24 bobdan iborat to‘liq qo‘llanma. Unda Amerika universitetlariga kirishning barcha "sir-asrorlari" jamlangan.

🎁 Kitobni qanday olish mumkin?

Juda oddiy, bor-yo‘g‘i 3 ta qadam:
1️⃣ @Javaschoolaradmin_bot ga kiring.
2️⃣ Qisqa so‘rovnomani to‘ldiring (ism, telefon, yosh, shahar, IELTS/GPA).
3️⃣ PDF kitob darhol sizga yuboriladi.

Nega aynan hozir?

Hayit — bu yaxshilik ulashish va yangi niyatlar qilish vaqti. O‘z kelajagingizga investitsiya qilishni aynan shu xayrli kunlardan boshlang. Bu kitob siz uchun muvaffaqiyat sari tashlangan ilk va eng muhim qadam bo‘lishiga ishonaman.

"Eng yaxshi hayitlik — bu farzandingiz yoki o‘zingiz uchun ochilgan yangi imkoniyatlar eshigidir."

➡️ Hayitlikni olish: @Javaschoolaradmin_bo
Java Scholar | Karyera Arxitektori
Qayerga uchip ketyapman? 👀
Bugun Qashqadaryoga keldim. Meni oilam Qamashi tumani, Langar qishlog’idan. Bayram tufayli, oilaviy biznes, va ozimni loyihalarim tufayli uchib keldim.

5 kun endi shu yerda yuraman 😄
6
🏆 +$8,500 QO‘SHIMCHA GRANT QO‘LGA KIRITILDI

Aziz ismli o‘quvchim $40,000 scholarship oldi. U juda xursand edi, lekin men aytdim: "Bu hali hammasi emas, yana so‘raymiz."

U hayron bo‘lib so‘radi: "Yana so‘rash mumkinmi? Borini ham olib qo‘yishmaydimi?"

Yo‘q! Bu jarayon Financial Aid Appeal (Moliyaviy yordam bo‘yicha apellyatsiya) deyiladi. Bu — universitetga ikkinchi maktubni yozish orqali qo‘shimcha mablag‘ so‘rash san’ati.

Biz 48 soat ichida maktub tayyorladik.

Natija: Yana +$8,500 qo‘shimcha grant.
Jami: Bir yil uchun $48,500. 🚀

📩 Bu xat qanday yozildi?

(Muvaffaqiyat formulasi)
Maktub shunchaki "pul bering" degan iltimos emas, u strategik asoslangan bo‘lishi kerak:
1. Moliyaviy o‘zgarish: Oilaning yangi moliyaviy holati (masalan, kutilmagan xarajatlar yoki daromad kamayishi).
2. Raqobatchi taklifi (Leverage): Boshqa universitet bergan ko‘proq grant miqdorini ko‘rsatish. Bu eng kuchli instrument!
3. Sodiqlik: "Sizning universitetingiz mening birinchi tanlovim, faqat shu moliyaviy bo‘shliq to‘siq bo‘lyapti" mazmunidagi majburiyat.

📑 Appeal xatining anonimlashtirilgan strukturasi:

Subject:
Financial Aid Re-evaluation Request – [Student Name / ID]
1. Kirish: Berilgan grant uchun minnatdorchilik va universitetga bo‘lgan kuchli qiziqish.
2. Muammo: Hozirgi paket bilan o‘qishni qoplash imkonsiz ekanini asoslovchi dalillar.
3. Isbot: Boshqa universitetlardan (masalan, Michigan yoki NYU) olingan kattaroq grant skrinshotlari yoki hujjatlar.
4. So‘rov: Aniq bir raqamni so‘rash (masalan, yana $5k-$10k).
5. Yakun: Ijobiy javob kutish va universitet qadriyatlariga mosligini eslatish.
Bu xatni to‘g‘ri yozish — eng qimmatli ko‘nikmalardan biri. Men kitobda 3 ta real muvaffaqiyatli maktub namunasini keltirganman.

📖 Appeal xat namunalarini yuklab oling:
➡️ @Javaschoolaradmin_bot
🔥3
🚫 "KO‘PROQ QILSAM — YAXSHIROQ": Eng katta xato!

Talabalar va ota-onalar ko‘pincha admissions (qabul) jarayonida darsdan tashqari faoliyatlar (activities) haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega. Ular rezyumeni iloji boricha ko‘p va turli xil mashg‘ulotlar bilan to‘ldirishga harakat qilishadi.
Natija: Hammasidan oz-ozdan bor, lekin hech birida chuqurlik yo‘q.

Admissions ofitseri nima qidiradi?

Ular sizning "har taraflama mukammal" (well-rounded) bo‘lishingizni emas, balki SPIKE (bitta sohada aql bovar qilmaydigan chuqurlik)ga ega bo‘lishingizni kutishadi. Ular sizning haqiqiy ishtiyoqingiz va erishgan natijangizni ko‘rishni xohlashadi.

O‘zingizning Spike'ingizni qanday topish mumkin? 🤔

Buning uchun men kitobda 25 ta maxsus savol tayyorlaganman. Bu savollar sizning haqiqiy qiziqishlaringizni, kuchli tomonlaringizni va sizga mos keladigan yagona yo‘nalishni aniqlashga yordam beradi.

📖 25 ta Spike savoli va strategiyalar kitobda:
➡️ @Javaschoolaradmin_bot
📚 KITOBDAN INSIGHT #5: Ijtimoiy tarmoqlaringiz — sizning "ikkinchi pasportingiz"

Tasavvur qiling: AQSh elchixonasidagi viza ofitseri yoki nufuzli Ivy League universiteti qabul komissiyasi a’zosi hozir sizning Instagram profilingizni ko‘zdan kechirmoqda.

Bu — fantastika emas. 2026-yildan boshlab bu rasmiy va haqiqiy ssenariy. Sizning "raqamli izlaringiz" viza olish yoki o‘qishga kirmasligingizga sabab bo‘lishi mumkin.

🛑 Nima xavfli? (Qizil bayroqchalar)

Siyosiy radikallik: Agressiv yoki ekstremistik ruhdagi har qanday post yoki izoh (komment).
Immigratsion niyat: "Ketaman-u, qaytmayman", "Amerikada qolish yo‘llari" kabi mazmundagi postlar/rasmlar.
Nomuvofiqlik: CV (rezyume)ingizda o‘zingizni jiddiy ko‘rsatib, ijtimoiy tarmoqda bunga zid bo‘lgan, axloqsiz yoki mas’uliyatsiz kontentlar ulashish.
Bo‘sh profil: Mutlaqo yopiq yoki bo‘m-bo‘sh profil ham shubha uyg‘otishi mumkin (nimanidir yashiryapti degan taassurot qoldiradi).

Nima foydali? (Yashil chiroq)

Professional Bio: Siz kimsiz va nima bilan shug‘ullanasiz? (Masalan: Future Engineer, Volunteer, Debater).
Ta’limga oid kontent: Kitoblar, loyihalar yoki jamoaviy ishlar aks etgan rasmlar.
Samimiylik: Profilingiz robotniki emas, balki jonli, intiluvchan insonniki ekanini ko‘rsatishi kerak.
Nima qilish kerak?
Ijtimoiy tarmoqlaringizni 48 soat ichida "tozalash" va tartibga solish bo‘yicha kitobda 17 ta muhim nuqtadan iborat Digital Audit Checklist berilgan. Har bir punktni birma-bir bajarib chiqish — sizning viza va o‘qish ehtimolingizni keskin oshiradi.

🔒 Checklist-ni yuklab oling:
➡️ @Javaschoolaradmin_bot
Agar meni yaqindan bilmoqchi bo’lsangiz, meni shaxsiy telegram kanalimga qoshiling - https://t.me/JavazZz1

Bu yerda men 2020-yildan boshlab o’zimni hayotimni korsatib boryapman. Agar kanalni boshiga otqazsangiz, 16 yoshli Javani hayotini korishni boshlaysizlar 😁
Bugun o‘quvchilar bilan strategiya sessiyasi 🎯

Ko‘pchilik Amerika universitetlariga kirishni bitta "shablon" deb o‘ylaydi. Lekin bugungi 3 ta talabam misolida ko‘rishingiz mumkinki, muammolar va ularning yechimlari butunlay turlicha:

1️⃣ Birinchi talaba: IELTS 7.0, GPA 4.2/5. Akademik ko‘rsatkichlar joyida, lekin muammo — faoliyatlar (activities) yo‘q. * Yechim: Kelgusi 3 oy ichida uning qiziqishidan kelib chiqib, aniq bir yo‘nalishda "Spike" (chuqur ixtisoslashgan loyiha) quramiz.

2️⃣ Ikkinchi talaba: IELTS 8.0, faoliyatlar portfeli juda boy. Muammo — essay yo‘nalishi (narrative) noto‘g‘ri. U o‘zini universitetga noto‘g‘ri tomondan tanishtirmoqda.
Yechim: Shaxsiy hikoyasini qaytadan tahlil qilib, uning eng kuchli xislatlarini ochib beradigan yangi narrative (hikoya chizig‘i) yaratamiz.

3️⃣ Uchinchi talaba: Hamma narsasi bor — IELTS, SAT, faoliyatlar, essay... Muammo — universitetlar ro‘yxati (college list) noto‘g‘ri. U faqat "Dream" (erishib bo‘lmas) universitetlarni tanlagan, bu esa tavakkalni oshiradi.

Yechim: Universitetlar ro‘yxatini Dream, Match va Safety (kafolatlangan) toifalariga muvozanatli tarzda qayta taqsimlaymiz.

📊 Nega "Standart paket" ish bermaydi?

Amerika ta’lim tizimi Holistic Review (har tomonlama tahlil) tamoyili asosida ishlaydi. Ya’ni, bir talabaning kuchli tomoni ikkinchisining bo‘shlig‘ini yopishi mumkin.

Shuning uchun men hech qachon "hamma uchun bir xil" yo‘riqnoma bermayman. Har bir o‘quvchi — bu alohida bir loyiha, alohida bir dunyo. Har bir o‘quvchi uchun — individual strategiya.
Sizning profilingizda qanday "bo‘shliq" borligini bilasizmi?

📖 Profilni tahlil qilish va universitetlar ro‘yxatini to‘g‘ri tuzish bo‘yicha qo‘llanma kitobda:
➡️ @Javaschoolaradmin_bot
Ota-onalarga muhim xabar 👨‍👩‍👧

Farzandingizning ijtimoiy tarmoqlarini (Instagram, TikTok, Facebook) so‘nggi marta qachon ko‘zdan kechirdingiz?
Bu shunchaki "shaxsiy hudud" masalasi emas. 2026-yildan boshlab, AQSh viza jarayonida talabaning oxirgi 5 yillik ijtimoiy tarmoq faoliyati rasman tekshirilmoqda. Konsulning bitta ko‘z yugurtirishi farzandingizning kelajakdagi viza taqdirini hal qilishi mumkin.
Hozir farzandingiz bilan birga o‘tiring va quyidagi 4 ta nuqtani darhol tekshiring:

☑️ Bio qismi: Profil ma’lumoti professional va tushunarli yozilganmi?
☑️ Postlar mazmuni: Siyosiy agressiya, radikal fikrlar yoki shubhali guruhlar bormi?
☑️ Immigratsion niyat: Profilida "ketaman-u, qaytmayman" yoki "Amerikada qolish yo‘llari" kabi niyatni bildiruvchi ma’lumotlar bormi?
☑️ Muvofiqlik: Ijtimoiy tarmoqdagi yoshi va hayot tarzi u taqdim etgan CV (rezyume) dagi ma’lumotlar bilan mos keladimi?

Ushbu 15 daqiqalik tekshiruv kelgusida viza rad etilishi (rejection) xavfini oldini olishi mumkin. Unutmang, ijtimoiy tarmoq — bu raqamli pasportdir.
To‘liq va batafsil yo‘riqnomani (checklist) botimiz orqali bepul yuklab oling va har bir punktni birma-bir bajarib chiqing.

📋 Digital Audit Checklist: ➡️ @Javaschoolaradmin_bot
🔥4💯1
Kechqurun kitob o‘qish ritualim. 📚

Hozir stolimda: «The Almanack of Naval Ravikant».

Bu hafta o‘qiganlarim ichida eng kuchli ta’sir qilgan parcha:

"Katta qarorlar qabul qilishga ko‘proq vaqt sarflang. Hayotingizning erta bosqichida asosan uchta juda katta qaror qabul qilasiz: qayerda yashaysiz, kim bilan birgasiz va nima ish qilasiz."

O‘ylab ko‘rsam, universitet tanlash — aynan mana shu uchta savolga javob berish ekan:
1. Qayerda o‘qiyman? (Bu sizning kelajakdagi muhitingiz va yashash joyingizni belgilaydi).
2. Qaysi jamoaga kirib ketaman? (Atrofingizdagi odamlar sizni yo shakllantiradi, yo so‘ndiradi).
3. Qaysi yo‘nalishda o‘qiyman? (Bu sizning kundalik faoliyatingiz va hayotiy missiyangizni belgilaydi).

Universitet tanlash shunchaki diplom olish emas — bu o‘z hayotingizni loyihalashdir. Shuning uchun bu qarorni qabul qilishga shoshilmang, balki uni chuqur tahlil qiling. Chunki universitetni tanlash — hayot yo‘lini tanlash demakdir.

Siz-chi, bu uchta qarordan qaysi birida hozir ko‘proq ikkilanyapsiz?