Java Scholar | Karyera Arxitektori
1.1K subscribers
67 photos
6 videos
5 files
61 links
🇺🇸 Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa — keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

🎓 Maktabdan → top uni → $100K ishgacha
💼 IWU 100% grant • Ex-Amazon • KPMG • BlackRock
🏗 study-sphere.uz asoschisi

@javascholar_admin
Download Telegram
#kitob

📚 KITOB INSIGHT #1: «Oltin Qafas» — eng xavfli tuzoq

Tasavvur qiling: 4 yil davomida 100% grant bilan o‘qidingiz. Diplom oldingiz. Uyga qaytdingiz... va hayotingizda hech narsa o‘zgarmadi. Na Wall Street, na Silikon vodiysi va na katta karyera.

Bu — minglab "sayyoh" talabalar tushadigan haqiqiy tuzoq. Men buni «Oltin Qafas» deb atayman — ko‘rinishda chiroyli va bepul, lekin u sizni xohlagan cho‘qqingizga olib bormaydi.

Nima uchun bunday bo‘ladi?
Chunki hamma 100% grant beruvchi universitetlar bir xil emas. Amerika ta’lim bozorida ikki turdagi oliygoh bor:

1. Target Schools (Nishondagi universitetlar): Bu yerga Google, Amazon, Goldman Sachs rekruterlari har yili o‘zlari qidirib kelishadi.

2. Generic Schools: Siz u yerda 4.0 GPA bilan o‘qisangiz ham, katta kompaniyalar sizning universitetingiz borligini ham bilmasligi mumkin.

Farqni qanday aniqlash mumkin?
Men kitobning 2-qismida universitetni baholashning 4 ta strategik mezonini tahlil qilganman:

🌐 Career Center kuchi: Ular sizga stajirovka topib berishga qodirmi?

🤝 Alumni Network: Bitiruvchilar hozir qayerda ishlayapti? (Networking kuchi).

🏗️ Employer Partnership: Universitetning gigant korporatsiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bormi?

📍 Location: Geografik joylashuv sizga ish topishda yordam beradimi yoki xalaqit?

Bularni bilmasdan turib hujjat topshirish — tavakkal qilish bilan teng.

To‘liq tahlil va "Oltin Qafas"ga tushib qolmaslik choralari kitobda batafsil yozilgan. Kitob — hozircha bepul.

👉 Bepul kitobni yuklab olish: @Javaschoolaradmin_bot
(Formani to‘ldiring va PDF darhol yuboriladi)
💯4
🤩Siz bilan yana bir ajoyib yangilikni bo‘lishmoqchiman.
Bizning loyihamiz yanada kengaymoqda va endilikda Study Sphere rasmiy veb-sayti o‘z ishini boshladi! 🚀

Endi barcha kerakli ma’lumotlar, xizmatlar va yo‘l xaritalari bir joyda, yanada qulay formatda jamlangan.

💻 Saytda nimalar qilishingiz mumkin?

Loyihamiz bilan yaqindan tanishish: Bizning qadriyatlarimiz va maqsadlarimiz haqida batafsil ma'lumot.

Xizmatlarimizni o‘rganish: Mentorship va boshqa dasturlarimiz haqida barcha detallar.

Foydali resurslar: Kelajakda sayt yanada ko'proq insaytlar bilan boyitiladi.

Va eng muhimi vebsayt o’zbek, rus va ingliz tilida mavjud, bu ota-onalar uchun ham ancha qulaylik yaratadi.

👉 Veb-saytga o‘tish: https://study-sphere.uz/ 🔗

💬 Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Sayt hozircha test rejimida ishlamoqda. Uni yanada mukammal qilish uchun sizning yordamingiz kerak:

1. Saytga kiring va uni "titkilab" ko'ring. 🔍

2. Nimalar sizga yoqdi?

3. Yana qanday funksiyalar yoki ma'lumotlar qo'shishimizni xohlaysiz?

Feel free! Har qanday fikr, g‘oya yoki takliflaringizni izohlarda kutib qolaman. Sizning har bir fikringiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi.

Hali hammasi oldinda, bu faqat boshlanishi! 🏁

t.me/JavaScholarr
🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hayotim

Bugun StudySphere ofisida haqiqiy qizg‘in va energiya bilan to‘la kun bo‘ldi. 🏢

Ertalabdan — yangi talabalar uchun Onboarding (ish boshlash jarayoni) o’tkazdik. Har bir o‘quvchi bilan alohida 2 soatlik chuqur sessiya o‘tkazdik. Oldimizda faqat bitta maqsad bor edi: uning shaxsiy "Yo‘l xaritasini" (Roadmap) chizish.

Bu yerda "standart reja" degan narsa yo‘q. Negaligini bilasizmi? Chunki har bir bo‘lajak "Ovchi" o‘zgacha xarakterga ega:

👤 Birinchi o‘quvchi:
Abrorbek, Farg‘onadan. Matematikada daho, lekin darsdan tashqari faoliyati (Extracurriculars) deyarli nol. Biz uning "Math Spike"ini qanday ko‘rsatishni rejalashtirdik.

👤 Ikkinchi o‘quvchi:
Qobiljon, Toshkentdan. IELTS 7.5 balli bor, lekin qaysi universitet uning kelajakdagi karyerasi uchun "Target School" ekanligini bilmaydi.

👤 Uchinchi o‘quvchi:
Muhammad Amin, O‘zida qat’iyat kuchli, lekin ota-onasi hali ham Amerikani uzoq va xavfli deb o‘ylashyapti. Biz ular uchun alohida tushuntirish strategiyasini tuzdik.

Har biri uchun boshqa-boshqa yondashuv, boshqa strategiya. Men bu ishni aynan mana shu murakkabligi va o‘ziga xosligi uchun sevaman.

Men uchun har bir "Accepted" (Qabul qilindi) xabari — shunchaki statistikadagi raqam emas. Bu bitta oilaning ijtimoiy-iqtisodiy xaritasi butunlay o‘zgarayotganidan birinchi qadam.

Ertaga yangi post. Siz kutmagan, lekin juda muhim bir yangilikni aytaman. Kanalni kuzatishda davom eting! 🚀

https://t.me/JavaScholarr
🔥6
🌸 8-MART BAYRAMINGIZ BILAN!

Bugun men barcha onalarimizni, opa-singillarimizni va ilmga intilayotgan qizlarimizni chin qalbdan tabriklayman.

Aziz onalar,
Gullar — bugun uchun eng go‘zal sovg‘adir. Lekin farzandingizga bera oladigan eng katta va abadiy sovg‘angiz — uning kelajagidir.
Qizingizning Amerika universitetida STEM yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishi:
• Bu shunchaki o‘qish emas — bu moliyaviy mustaqillik.
• Bu xarajat emas — bu katta investitsiya.
• Bu uning dunyo miqyosidagi muvaffaqiyati uchun poydevordir.

Bugun eng yaxshi tabrik — imkoniyat berishdir. Agar siz ham qizingizning dunyoning eng nufuzli kompaniyalarida ishlashini va o‘z sohasining yetakchisi bo‘lishini xohlasangiz, unga yo‘l ko‘rsating.

📥 Ushbu kanal linkini onangizga yoki ilmga intilayotgan yaqinlaringizga yuboring. Kelajakni bugundan rejalashtiramiz.

t.me/JavaScholarr
🔥7
Mart oyida shaxsiy mentorship uchun atigi 3 ta joy qoldi.

Bu shunchaki "maslahat" emas. Har bir joy — bitta talabaning taqdiri va bitta oilaning kelajagi uchun individual strategik loyihadir.

Mentorship doirasida nimalar ustida ishlanadi?

📊 Shaxsiy profil audit: Sizning kuchli va kuchsiz tomonlaringizni "rentgen" qilamiz.

🎓 100% grant universitetlar ro'yxati: Aynan sizning profilingizga mos va pul beradigan oliygohlarni saralaymiz.

✍️ Essay coaching: Admissions komissiyasini "hayratga soladigan" tilda yozishni o‘rgatamiz.

📑 CSS Profile: Moliyaviy anketani xatosiz to‘ldirib, maksimal yordam olamiz.

🇺🇸 Viza tayyorgarligi: Elchixonadagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari.

💼 Ish topishgacha kuzatish: Universitet binosiga kirguningizcha emas, Wall Street'da ish boshlaguningizcha yoningizda bo‘lamiz.

Narxi haqida: Murojaat qilganingizda batafsil aytaman. Lekin bir narsani unutmang: mening o‘quvchilarim $60,000 – $400,000 orasida grant yutib olishadi. Bu raqam mentorship narxidan bir necha barobar ko'p va bu — xarajat emas, investitsiyadir.

Hozir murojaat qiling, joylar bir necha soat ichida to‘lishi mumkin:

🤖 @Javaschoolaradmin_bot → formani to’ldiring → biz siz bilan aloqaga chiqamiz.
Hamma savollarga javob beraman. Kelila yaqindan tanishamiza 👇🏼

https://t.me/questianonbot?start=444454531
1-savolga javob 👇

Vaaleykum assalom.

Gap year — bu yomon emas. Agar to‘g‘ri mentorship bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rsangiz, kirish ehtimoli bor.
Moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan bo‘lsa, StudySphere o‘zining “Need-Based Financial Aid” dasturini yaqin kunlarda ochadi. Bu dastur O‘zbekistondagi bilimi kuchli, lekin moliyaviy sharoiti cheklangan talabalar uchun bo‘ladi.
🔥3🤯2🏆1
2-savolga javob 👇

Vaalaykum assalom.

Hechqisi yo‘q. Siz kech qolmadingiz. Hozir faqat yaxshilab tayyorlanish kerak. Sizga tavsiyam — birinchi SAT imtihoniga tayyorlaning. 1500+ SAT olganingizdan keyin IELTS judayam oson imtihon bo‘lib qoladi.
🔥2
3-savolga javob 👇

Hey, congratulations on your acceptance and visa! You have completed step 1.

UMich is a great school. It is a target university for Investment Banking and Private Equity. However, the competition is very intense.

There are many things to consider when deciding to go into high finance:
1. What is your personality? This matters a lot because there are different positions in high finance, and not all of them might be suitable for you.

2. What are your majors? You must major in quantitative fields (ideally a double major). For example: Finance + Math/CS/DS/Engineering/Econometrics/Physics. On top of this, you should add two minors to boost your chances. I’d pick from these: Acting, Psychology, Behavioral Statistics, Literature, or History.

3. Is your resume up to high finance standards?

4. You have to start as early as possible. If you don’t have an internship after your second year, it is almost impossible to get into high finance.

5. Choosing the right curriculum for each semester and being active at the university.

I have a career mentorship program for students like you. One of the recent admits from another admission program just joined my personal mentorship. Check it out on our website: https://study-sphere.uz/career.

Unfortunately, almost all admission companies only care about your acceptance. They cannot assist with the visa, academic advising during your college years, or career development.
131🤯1💯1
4-savolga javob 👇

Vaalaykum assalom. Judayam zo‘r savol bo‘ldi.

Business Management sohasida o‘qishni tavsiya qilmayman.

Keling, siz bilan dunyoqarashingizni o‘zgartiramiz.

Birinchi o‘rinda, qayerda yashash va ishlashingizni ahamiyatga olmaymiz. Eng muhimi — siz kerakli inson bo‘lishingiz shart. Bu degani, agar siz haqiqiy “Asset” (qimmatli kadr) bo‘lsangiz, sizni dunyoning har qanday yirik kompaniyasi o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi. Bu haqida men kitobimda batafsil yozganman. Kitobni olish uchun ushbu botga yozing: @Javaschoolaradmin_bot.

Endi esa asosiy masala: Business Management — bu "keraksiz" major. Siz STEM yo‘nalishida o‘qishingiz kerak.

Business Management o‘rniga:
• Finance
• Economics
• Accounting
• Computer Science
• Physics

Ushbu fanlar orasidan 2 ta yo‘nalishni (double major) tanlab o‘qisangiz, ana o‘shanda haqiqiy va qimmatli “Asset”ga aylanasiz.
🔥3🤯1🏆1
5-savolga javob 👇

1. Oliy matematika.

2. Coursera va YouTube’dan Accounting, Statistics, Finance, Economics va shunga o‘xshash darsliklarni ko‘rishni tavsiya qilaman.
💯3
6-savolga javob 👇

Vaalaykum assalom!
Ha, men Vestminster litseyini 2021-yilda tamomlaganman.

Yo‘q, davlat maktabida o‘qiganingiz sizning application’ingizni kuchsizlantirmaydi. Agar o‘sha o‘qiyotgan maktabingizda baholaringiz past bo‘lsa, o‘shandagina kuchsizlantiradi.
2
Agar sizda shaxsiy telegram kanalingiz va 300+ obunachi bo’lsa, sizga shaxsan ozim tekin 1:1 konsultatsiya otib beraman.

Faqat bittagina sharti bor 👇🏼
Shu oqib turgan Java Scholar kanalimni ozingizni shaxsiy telegram kanalingizda reklama qilib berasiz.

Agar qiziq bo’lsa, shu akkauntimga Ismingiz, yoshiz va kanalingizni yuboring - @javascholar_admin
3
#kitob

📚 KITOB INSIGHT #2: Muvaffaqiyatli ro‘yxat formulasi — «2/3/5 QOIDA»

Ko‘pchilik talabalar birinchi qadamdayoq xatoga yo‘l qo‘yishadi va butun bir yilini boy berishadi. Strategiya yo‘qligi — mag‘lubiyatning boshlanishidir.

Universitetlar ro‘yxatini tuzishda men o‘z o‘quvchilarimga «2/3/5 QOIDA»sini o‘rgataman.
Bu oltin muvozanat:

2 ta — Dream Universities: Sizning orzuingizdagi, qabul darajasi past, lekin imkoniyat mavjud bo‘lgan eng kuchli oliygohlar.

3 ta — Match Universities: Ko‘rsatkichlaringiz (IELTS, GPA, SAT) profilingizga 100% to‘g‘ri keladigan oliygohlar.

5 ta — Safety Universities: Sizning qabul bo‘lishingizga deyarli 100% ishonchimiz komil bo‘lgan joylar.

Jami: 10 ta. Ko’p ham emas kam ham emas.

Ko‘pchilik nima qiladi?

1. Faqat 3-4 ta topshiradi: Hammasi "Dream". Natijada hammasidan rad javobi keladi va talaba tushkunlikka tushib, yilini boy beradi.

2. 20 tadan ko‘p topshiradi: Miqdor bor, lekin sifat yo‘q. Birorta ariza ham chuqur o‘rganilmagan, insholar esa bir xil.
Ikkala yo‘l ham "ovchi" uchun emas.

Asosiy savol:
Qaysi universitet siz uchun Dream, qaysisi Match va qaysisi Safety ekanligini qayerdan bilasiz?

Kitobning 2-qismida men buni aniqlashning 4 ta maxsus mezonini ko‘rsatganman. Bu mezonlarni bilganingizdan so‘ng, sizning ro‘yxatingiz tavakkal emas, balki aniq hisob-kitobga aylanadi.

To‘liq mezonlar va strategiya kitobda. Kitob — hozircha bepul.

📖 Bepul kitobni yuklab olish: @Javaschoolaradmin_bot
(Formani to‘ldiring va PDF darhol yuboriladi)
#hayotim
 
Asta sekin o’zimni sevimli bo’lgan sportim futbol va gym ga qayta chiqishni boshladim.
 
Toshkent havosi hali biroz sovuq, lekin bu — va aynan shunaqa xavoda futbol juda zo’r ketadi.😅

Xattoki Harvard tadqiqoti ham muntazam jismoniy harakat qaror qabul qilish sifatini 23% ga yaxshilashini o’rganib chiqgan.
 
Men bu raqamni statistikasiz ham amalda his qildim. Amerikaning eng yaxshi talabalari — shunchaki "kitob o'quvchilar" emas. Ular jismoniy jihatdan ham o'ta barkamol va intizomli insonlardir.
 
Princeton, Yale, Dartmouth — bu kabi nufuzli universitetlar sport infrastrukturasiga milliardlab dollar sarflaydi. Sababi oddiy: sog'lom tanada — sog'lom mantiq bo'ladi.
 
Qabul jarayonida (Admissions) ham sport va jismoniy faollik — sizning «Spike»ingizning (ustunligingizning) bir turi sifatida qadrlanadi. Chunki sport bilan shug'ullangan yoshlarda chidamlilik va maqsadga intilish kuchliroq bo'ladi.
 
Siz hozir qanday sport bilan shug'ullanasiz?

 t.me/JavaScholarr
🔥3
Sizdan bitta savol — 10 sekund ketadi 👇

Hozir qaysi bosqichdasiz? Eng ko’p javob kelgan guruh uchun alohida to’liq post yozaman🔥
Anonymous Poll
37%
🔵 9-10 sinf
26%
🟢 11 sinf
30%
🟡 Gap yeardaman
7%
🔴 Farzandim uchun kerak
YouTube-da Amerika ta'limi, grantlar va TOP kompaniyaga ishga kirish strategiyasi haqida ochiqcha suhbatlashdik. Kerakli va foydali insaytlarni o'sha yerdan olasiz.

Podcastga link.

Ko'rib bo'lgach, eng yoqqan qismini izohlarda yozib qoldiring. 💬