Java Scholar | Karyera Arxitektori
1.1K subscribers
67 photos
6 videos
5 files
61 links
🇺🇸 Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa — keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

🎓 IWU 100% grant
💼 Ex-Amazon • KPMG • BlackRock
🏗 www.study-sphere.uz asoschisi

Yo'l xaritasi uchun:
👉 @javascholar_admin ga "ROADMAP" yozing
Download Telegram
Men o'zimning yutqazganlarim haqida aytib beraymi? Nimalardan o'tganimni ko'rsangiz, o'shandagina tushunasiz — hozirda nega men yutqazsam xursand bo'lishimni.
13🔥3
Bu o’quvchim 18 ta universitetga kirdi. Oldimga kelganida maqsad Full Tuition edi.

Boshida kam grant bergan universitetlar bilan negotiate qilib, full tuition so’radik. 2-3 hafta o’tib, full tuition qilib berishdi.

Behruz Math va Finance oqishiga qaror qildik. Maqsadimiz Investment Banking, Management Consulting yoki Private equity.

Qiyinchilik endi boshlandi, xali Behruzga Compiter Science qoshtiraman va undan tashqari Financega kerakli kurslarni alohida oqiydi.
12🔥508354🏆102🤯2
Bugun ish joyimda juda ibratli bir holat yuz berdi. Men buni sizlar bilan ulashmoqchiman — ayniqsa bu sohadagi hamkasblarim uchun foydali bo’ladi deb o’ylayman.

Kimdi u?
O’tgan yili maktabni tugatgan, top Amerika universitetlariga kirish orzusida yurgan qiz. Raqamlari baquvvat: SAT 1500+, IELTS 7.5 darajasida, Lumeira orqali research paper ustida ishlayapti. Duke va boshqa universitetlarga qabul qilingan — lekin to’liq grantga kirmagan. Mentorlik kerak, deb bizga murojaat qildi.

Rostini aytsam, avval uni o’quvchi sifatida olmoqchi edim. Lekin gap pulga kelib taqaldi — oilada imkoniyat yo’q ekan. Onasi bilan birga keldi, ikkalasi ham buni ochiq tan oldi.

Birinchi qizil bayroq: “Kech bilib qoldim”
Qiz bizning Sado Scholarship haqida juda kech bilib qolganini aytdi. Qachon bilib qolgan ekan? 13-aprelda, dedi — bir emas, bir necha marta takrorladi.

Dastlab ishondim. Lekin keyin tushuntirdim:
“Grantni shunchaki bera olmayman. Donorlar oldida men o’z o’quvchimni himoya qilayotgandek ko’rinaman — ya’ni u rasmiy tanlov bosqichlarini o’tmay turib, o’zini boshqalardan ustun deb hisoblagan, degan taassurot paydo bo’ladi.”

Onasi yolvordi. Dedim: “Yaxshi, Telegram’ni birga tekshirib ko’raylik.”

Haqiqat yuzaga chiqdi
Telegram tarixini ochib qaradim — va hamma narsa oydinlashdi.

U bizga 2-aprelda, soat ikki yarim atrofida yozgan edi. Biz uch yarim soat ichida javob berdik — havola va to’liq tushuntirish bilan. U “yaxshi” deb javob berdi. So’ng 15-aprelda, deadline’dan atigi 50 daqiqa oldin, application qanday topshirilishini so’radi.

Ya’ni u menga yuzimga tik qarab yolg’on gapirdi. “13-aprelda bilib qoldim” emas — u 2-aprelda bilib olgan, lekin o’z vaqtida harakat qilmagan edi. Onasi ham bu haqiqatni ko’rgach, juda uyalib ketdi.

Ikkinchi qizil bayroq: Shartlar qo’ydi

Bundan ham hayratlandirgan narsa — qizning o’zi bizga shart qo’ydi:
“Faqat 100% grant bersangiz o’qiyman.”

Men muqobil variant takladim: SAT bo’yicha ambassador bo’ladi, chet elga chiqmoqchi bo’lgan o’quvchilarni bizga yo’naltiradi, biz esa o’qitishda yordam beramiz.

Rad etdi:
“Yo’q, bu menga qiziq emas. Siz menga bepul o’qitishingiz shart.”
Dedim: “Rahmat. Xayr.”

Xulosalar
1. Kichik yolg’on — katta muammoning belgisi.
Oddiy bir sana borasida yuzimga tik qarab yolg’on gapirolgan odam — application’ida ham, hayotda ham yolg’on gapirishdan tortinmaydi.
2. Entitled mindset uzoqqa olib bormaydi.
SAT bali va research paperlari bor — bu yaxshi. Lekin qoidalarni chetlab o’tib, imtiyoz talab qilish — bu iste’dodni emas, xarakter muammosini ko’rsatadi.
3. Hamkasblarimga maslahat.
Agar o’quvchi sizga ochiqchasiga yolg’on gapirib, katta summani aldab olmoqchi bo’lsa — bunday odamni o’quvchi sifatida olmang. U sizga emas, o’z maqsadiga xizmat qiladi.

Ishda bunday holatlar ham bo’ladi. Muhimi — o’z qadrini bilish va chegaralarni o’z vaqtida qo’ya olish.​​​​​​​​​​​​​​​​

https://t.me/Java_Scholar
🔥2💯1
Ertalabdan yaxshi yangiliklar 🔥

Masters STEM programmaga o’quvchim kirdi. Olmosbekni 2-3 yilda butun O’zbekiston eshitadi. Bu oquvchim hali Wall Streetni zabt etadi)
🔥1
Bugun yaxshi habarlar kunimi deyman? 😁
🤯32