Java Scholar | Karyera Arxitektori
1.1K subscribers
67 photos
6 videos
5 files
61 links
🇺🇸 Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa — keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

🎓 Maktabdan → top uni → $100K ishgacha
💼 IWU 100% grant • Ex-Amazon • KPMG • BlackRock
🏗 study-sphere.uz asoschisi

@javascholar_admin
Download Telegram
Mening muvaffaqiyatim ortida shunchaki kitoblar emas, balki aniq inson — Columbia universiteti bitiruvchisi va 15 yil Wall Street’da ishlagan professorim turibdi.

Men o‘shanda bir muhim darsni o‘rganganman: ba’zida bitta to‘g‘ri Wall Street insayderini topish, universitet reytingini qidirishdan ming marta muhimroq.

Mentor — bu shunchaki "maslahat beruvchi" emas. U sizga kitoblarda yozilmagan, faqat o‘yin ichida bilish mumkin bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi va eng asosiysi — siz yopiq deb o‘ylagan eshiklarni ichkaridan ochib beradi. U sizga 2026-yilning qat'iy vetting jarayonlaridan qanday o‘tishni va $100,000 lik to‘lovlarsiz qanday qilib top kompaniyalar nazariga tushishni ko‘rsatadi.

Sizning mentoringiz kim? Atrofingizda siz borishni xohlagan cho‘qqini zabt etgan inson bormi? Agar yo‘q bo‘lsa, demak siz qorong‘uda yo‘l qidiryapsiz.

To‘g‘ri mentor — bu sizning yillab vaqtingizni va millionlab mablag‘ingizni asrab qoluvchi eng qisqa yo‘ldir.

https://t.me/JavaScholarr
🔥10💯3🤯1
Ko'p talabalar qabul jarayonida o'zlaridagi eng katta boylikni — baholarini qanday to'g'ri taqdim etishni bilishmaydi. Keling, matematikani to'g'irlaymiz:

O'zbekiston ta'lim tizimidagi "5" baho — bu AQSh tizimida "A", ya'ni eng yuqori 4.0 GPA hisoblanadi. Agar attestatingizdagi natijalar 90-100% oralig'ida bo'lsa, tabriklayman — siz Amerika universitetlari uchun "ideal akademik nomzod"siz.

Lekin bu baholarning o'zi yetarli emas. Amerika universitetlari sizning baholaringiz qanchalik "haqqoniy" ekanligini bilish uchun maktabingizning "School Profile"iga qaraydi.

Bu hujjatda quyidagilar ko‘rsatiladi:
• Maktabingiz qanchalik nufuzli;
• Fanlar qanchalik qiyin;
• Siz o'z tengdoshlaringiz orasida nechanchi o'rinda ekanligingiz.

Qabul komissiyasi sizning 4.0 GPA ko'rsatkichingiz "shunchaki" qo'yilmaganiga ishonishi shart.

Baholaringizni to'g'ri "konvertatsiya" qilish — bu sizning o'sha $100,000 lik imtiyoz sari tashlagan ilk texnik qadamingizdir.

https://t.me/JavaScholarr
🔥6🤯1
#natijalar

🏆 YANGI NATIJA — Firdavs (Toshkent / Malayziya)

Yoshi: 18 da

Ko‘rsatkichlari: IELTS 7.5 | GPA: 4.5/5 | SAT: Test Optional

Tarixi: Avval bir konsalting orqali Malayziyaga o‘qishga ketgan. Unga "2+2" dasturi orqali Amerikaga oson ketasan deb va’da berishgan, lekin 1-kurs paytida Malayziyadagi do‘stlari Amerikaga viza ololmaganini ko‘rib, aldanganini tushunib yetgan.

Biz 6 oy davomida birga ishladik. Malayziyada o‘qib yurgani uchun SAT topshirishga imkoniyati bo‘lmadi. Firdavsning oilaviy byudjeti (Family Contribution) yiliga $60,000 gacha edi.

🎓 Natija:

Gettysburg College: Qabul qilindi. Umumiy grant: $188,000
College of Wooster: Qabul qilindi. Umumiy grant: $160,000

U menga kelganida admissions process, qaysi sohada o‘qish va qayerda ishlashni umuman bilmasdi. Birinchi sessiyada aytdim: "Bu muammo emas — bu boshlash nuqtasi."

Firdavs bilan birga 10 tadan ko‘p universitetga topshirdik. To‘liq University Research qildik, Essay yozishni o‘rgandik, qaysi TOP kompaniyalarda ishlashini aniqladik va Extracurricular Activity ustida ishladik.

Firdavs birinchi bosqichdan o‘tdi. Endi u o‘qishga ketgach Finance va Computer Science yo‘nalishlarida tahsil oladi. Kelajakdagi maqsadi — Investment Banking yoki Management Consulting.

Bugun u Gettysburg yoki College of Wooster orasida tanlov qilyapti. Firdavs, tabriklaymiz!

🎉 📖 Bunday natijaga qanday erishiladi? Men Amerika universitetlariga topshirish bo‘yicha kitob yozganman. Kitob bepul. Faqatgina uni olib, o‘qish kerak.

👉 Bepul kitobni olish uchun: @Javaschoolaradmin_bot
🤯8🔥62
📖 BEPUL KITOB: «Java Scholar Kitobi»

Bu shunchaki fayl emas — bu Amerika universitetlariga grant asosida kirish va u yerda karyera qurishning mukammal algoritmidir.

Raqamlarda:

📄 91 sahifa amaliy bilim

📑 24 bobdan iborat strategiya

5 yillik "insayderlik" tajribasi

Kitobda nimalarni o‘rganasiz?

💰 Qanday qilib 100% grant va moliyaviy yordam olish mumkin?

🚀 IELTS 7.5 bilan Harvard nomzodidan ustun bo‘lish siri.

🏢 Amazon, KPMG, BlackRock sari eng qisqa yo‘l.

👨‍👩‍👧‍👦 Ota-onalarni investitsiyaga ishontirishning "oltin formulasi".

🇺🇸 Viza olishning 99% lik muvaffaqiyat strategiyasi.

Ushbu kitobni men o‘z o‘quvchilarimga berdim — ular grant yutishdi. Endi navbat SIZGA, va bu butunlay BEPUL.

👇 Quyidagi botga kiring, qisqa formani to‘ldiring va PDF qo‘llanmani darhol qabul qilib oling:

➡️ @Javaschoolaradmin_bot

Diqqat: Oxirgi 24 soat ichida 50 dan ortiq bo'lajak "ovchilar" kitobni yuklab olishdi. O'z vaqtingizni va kelajagingizni tejashni hoziroq boshlang!
🔥42💯1
#strategiya

⚠️ CSS PROFILE HAQIDA BILMASANGIZ — $30,000–$60,000 YO'QOTASIZ

Ko'pchilik Common App to'ldiradi. CSS Profile haqida bilishmaydi. Bu xato $30,000 dan $60,000 gacha turadi.

CSS Profile nima?

Bu universitetlar uchun moliyaviy holat anketasi. Common App dan farqli — bu yerda oilaning HAMMA aktivi ko'rsatiladi:
• Uy.
• Mashina.
• Biznes.
• Bank hisobi.

Va universitetlar shu asosda qancha grant berishi haqida qaror qiladi.

Xato #1: Nontaxed benefits bo'limini bo'sh qoldirish
Xato #2: Home equity noto'g'ri ko'rsatish
Xato #3: Biznes aktivlarini yashirish (bu FRAUD)

Bir studentim bu xato bilan $51,000 grant yo'qotdi. To'g'ri to'ldirish usuli kitobda — 4-bob, CSS Profile CFO Moduli.

👇 Bepul kitob:
➡️ @Javaschoolaradmin_bot — CSS Profile bo'limi bilan birga
🤯51🏆1
Aziz ota-onalar! 👨‍👩‍👧
Sizga bir muhim savol bilan yuzlanmoqchiman. Tasavvur qiling, farzandingiz kelib: “Men Amerika universitetida o’qimoqchiman” — deb aytsa, unga qanday javob bergan bo‘lardingiz?
Anonymous Poll
53%
"Albatta qo‘llayman, qanday yordam kerak?"
11%
"Qo‘rqaman — u yerda xavfli va yolg‘iz qoladi"
30%
"Xohlar edim, lekin pulimiz yo‘q, imkonsiz"
6%
"Bilmayman, buni qanday qilishadi?"
💯1
#kitob

📚 KITOB INSIGHT #1: «Oltin Qafas» — eng xavfli tuzoq

Tasavvur qiling: 4 yil davomida 100% grant bilan o‘qidingiz. Diplom oldingiz. Uyga qaytdingiz... va hayotingizda hech narsa o‘zgarmadi. Na Wall Street, na Silikon vodiysi va na katta karyera.

Bu — minglab "sayyoh" talabalar tushadigan haqiqiy tuzoq. Men buni «Oltin Qafas» deb atayman — ko‘rinishda chiroyli va bepul, lekin u sizni xohlagan cho‘qqingizga olib bormaydi.

Nima uchun bunday bo‘ladi?
Chunki hamma 100% grant beruvchi universitetlar bir xil emas. Amerika ta’lim bozorida ikki turdagi oliygoh bor:

1. Target Schools (Nishondagi universitetlar): Bu yerga Google, Amazon, Goldman Sachs rekruterlari har yili o‘zlari qidirib kelishadi.

2. Generic Schools: Siz u yerda 4.0 GPA bilan o‘qisangiz ham, katta kompaniyalar sizning universitetingiz borligini ham bilmasligi mumkin.

Farqni qanday aniqlash mumkin?
Men kitobning 2-qismida universitetni baholashning 4 ta strategik mezonini tahlil qilganman:

🌐 Career Center kuchi: Ular sizga stajirovka topib berishga qodirmi?

🤝 Alumni Network: Bitiruvchilar hozir qayerda ishlayapti? (Networking kuchi).

🏗️ Employer Partnership: Universitetning gigant korporatsiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bormi?

📍 Location: Geografik joylashuv sizga ish topishda yordam beradimi yoki xalaqit?

Bularni bilmasdan turib hujjat topshirish — tavakkal qilish bilan teng.

To‘liq tahlil va "Oltin Qafas"ga tushib qolmaslik choralari kitobda batafsil yozilgan. Kitob — hozircha bepul.

👉 Bepul kitobni yuklab olish: @Javaschoolaradmin_bot
(Formani to‘ldiring va PDF darhol yuboriladi)
💯4
🤩Siz bilan yana bir ajoyib yangilikni bo‘lishmoqchiman.
Bizning loyihamiz yanada kengaymoqda va endilikda Study Sphere rasmiy veb-sayti o‘z ishini boshladi! 🚀

Endi barcha kerakli ma’lumotlar, xizmatlar va yo‘l xaritalari bir joyda, yanada qulay formatda jamlangan.

💻 Saytda nimalar qilishingiz mumkin?

Loyihamiz bilan yaqindan tanishish: Bizning qadriyatlarimiz va maqsadlarimiz haqida batafsil ma'lumot.

Xizmatlarimizni o‘rganish: Mentorship va boshqa dasturlarimiz haqida barcha detallar.

Foydali resurslar: Kelajakda sayt yanada ko'proq insaytlar bilan boyitiladi.

Va eng muhimi vebsayt o’zbek, rus va ingliz tilida mavjud, bu ota-onalar uchun ham ancha qulaylik yaratadi.

👉 Veb-saytga o‘tish: https://study-sphere.uz/ 🔗

💬 Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Sayt hozircha test rejimida ishlamoqda. Uni yanada mukammal qilish uchun sizning yordamingiz kerak:

1. Saytga kiring va uni "titkilab" ko'ring. 🔍

2. Nimalar sizga yoqdi?

3. Yana qanday funksiyalar yoki ma'lumotlar qo'shishimizni xohlaysiz?

Feel free! Har qanday fikr, g‘oya yoki takliflaringizni izohlarda kutib qolaman. Sizning har bir fikringiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi.

Hali hammasi oldinda, bu faqat boshlanishi! 🏁

t.me/JavaScholarr
🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hayotim

Bugun StudySphere ofisida haqiqiy qizg‘in va energiya bilan to‘la kun bo‘ldi. 🏢

Ertalabdan — yangi talabalar uchun Onboarding (ish boshlash jarayoni) o’tkazdik. Har bir o‘quvchi bilan alohida 2 soatlik chuqur sessiya o‘tkazdik. Oldimizda faqat bitta maqsad bor edi: uning shaxsiy "Yo‘l xaritasini" (Roadmap) chizish.

Bu yerda "standart reja" degan narsa yo‘q. Negaligini bilasizmi? Chunki har bir bo‘lajak "Ovchi" o‘zgacha xarakterga ega:

👤 Birinchi o‘quvchi:
Abrorbek, Farg‘onadan. Matematikada daho, lekin darsdan tashqari faoliyati (Extracurriculars) deyarli nol. Biz uning "Math Spike"ini qanday ko‘rsatishni rejalashtirdik.

👤 Ikkinchi o‘quvchi:
Qobiljon, Toshkentdan. IELTS 7.5 balli bor, lekin qaysi universitet uning kelajakdagi karyerasi uchun "Target School" ekanligini bilmaydi.

👤 Uchinchi o‘quvchi:
Muhammad Amin, O‘zida qat’iyat kuchli, lekin ota-onasi hali ham Amerikani uzoq va xavfli deb o‘ylashyapti. Biz ular uchun alohida tushuntirish strategiyasini tuzdik.

Har biri uchun boshqa-boshqa yondashuv, boshqa strategiya. Men bu ishni aynan mana shu murakkabligi va o‘ziga xosligi uchun sevaman.

Men uchun har bir "Accepted" (Qabul qilindi) xabari — shunchaki statistikadagi raqam emas. Bu bitta oilaning ijtimoiy-iqtisodiy xaritasi butunlay o‘zgarayotganidan birinchi qadam.

Ertaga yangi post. Siz kutmagan, lekin juda muhim bir yangilikni aytaman. Kanalni kuzatishda davom eting! 🚀

https://t.me/JavaScholarr
🔥6
🌸 8-MART BAYRAMINGIZ BILAN!

Bugun men barcha onalarimizni, opa-singillarimizni va ilmga intilayotgan qizlarimizni chin qalbdan tabriklayman.

Aziz onalar,
Gullar — bugun uchun eng go‘zal sovg‘adir. Lekin farzandingizga bera oladigan eng katta va abadiy sovg‘angiz — uning kelajagidir.
Qizingizning Amerika universitetida STEM yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishi:
• Bu shunchaki o‘qish emas — bu moliyaviy mustaqillik.
• Bu xarajat emas — bu katta investitsiya.
• Bu uning dunyo miqyosidagi muvaffaqiyati uchun poydevordir.

Bugun eng yaxshi tabrik — imkoniyat berishdir. Agar siz ham qizingizning dunyoning eng nufuzli kompaniyalarida ishlashini va o‘z sohasining yetakchisi bo‘lishini xohlasangiz, unga yo‘l ko‘rsating.

📥 Ushbu kanal linkini onangizga yoki ilmga intilayotgan yaqinlaringizga yuboring. Kelajakni bugundan rejalashtiramiz.

t.me/JavaScholarr
🔥7
Mart oyida shaxsiy mentorship uchun atigi 3 ta joy qoldi.

Bu shunchaki "maslahat" emas. Har bir joy — bitta talabaning taqdiri va bitta oilaning kelajagi uchun individual strategik loyihadir.

Mentorship doirasida nimalar ustida ishlanadi?

📊 Shaxsiy profil audit: Sizning kuchli va kuchsiz tomonlaringizni "rentgen" qilamiz.

🎓 100% grant universitetlar ro'yxati: Aynan sizning profilingizga mos va pul beradigan oliygohlarni saralaymiz.

✍️ Essay coaching: Admissions komissiyasini "hayratga soladigan" tilda yozishni o‘rgatamiz.

📑 CSS Profile: Moliyaviy anketani xatosiz to‘ldirib, maksimal yordam olamiz.

🇺🇸 Viza tayyorgarligi: Elchixonadagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari.

💼 Ish topishgacha kuzatish: Universitet binosiga kirguningizcha emas, Wall Street'da ish boshlaguningizcha yoningizda bo‘lamiz.

Narxi haqida: Murojaat qilganingizda batafsil aytaman. Lekin bir narsani unutmang: mening o‘quvchilarim $60,000 – $400,000 orasida grant yutib olishadi. Bu raqam mentorship narxidan bir necha barobar ko'p va bu — xarajat emas, investitsiyadir.

Hozir murojaat qiling, joylar bir necha soat ichida to‘lishi mumkin:

🤖 @Javaschoolaradmin_bot → formani to’ldiring → biz siz bilan aloqaga chiqamiz.
Hamma savollarga javob beraman. Kelila yaqindan tanishamiza 👇🏼

https://t.me/questianonbot?start=444454531
1-savolga javob 👇

Vaaleykum assalom.

Gap year — bu yomon emas. Agar to‘g‘ri mentorship bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rsangiz, kirish ehtimoli bor.
Moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan bo‘lsa, StudySphere o‘zining “Need-Based Financial Aid” dasturini yaqin kunlarda ochadi. Bu dastur O‘zbekistondagi bilimi kuchli, lekin moliyaviy sharoiti cheklangan talabalar uchun bo‘ladi.
🔥3🤯2🏆1
2-savolga javob 👇

Vaalaykum assalom.

Hechqisi yo‘q. Siz kech qolmadingiz. Hozir faqat yaxshilab tayyorlanish kerak. Sizga tavsiyam — birinchi SAT imtihoniga tayyorlaning. 1500+ SAT olganingizdan keyin IELTS judayam oson imtihon bo‘lib qoladi.
🔥2
3-savolga javob 👇

Hey, congratulations on your acceptance and visa! You have completed step 1.

UMich is a great school. It is a target university for Investment Banking and Private Equity. However, the competition is very intense.

There are many things to consider when deciding to go into high finance:
1. What is your personality? This matters a lot because there are different positions in high finance, and not all of them might be suitable for you.

2. What are your majors? You must major in quantitative fields (ideally a double major). For example: Finance + Math/CS/DS/Engineering/Econometrics/Physics. On top of this, you should add two minors to boost your chances. I’d pick from these: Acting, Psychology, Behavioral Statistics, Literature, or History.

3. Is your resume up to high finance standards?

4. You have to start as early as possible. If you don’t have an internship after your second year, it is almost impossible to get into high finance.

5. Choosing the right curriculum for each semester and being active at the university.

I have a career mentorship program for students like you. One of the recent admits from another admission program just joined my personal mentorship. Check it out on our website: https://study-sphere.uz/career.

Unfortunately, almost all admission companies only care about your acceptance. They cannot assist with the visa, academic advising during your college years, or career development.
131🤯1💯1
4-savolga javob 👇

Vaalaykum assalom. Judayam zo‘r savol bo‘ldi.

Business Management sohasida o‘qishni tavsiya qilmayman.

Keling, siz bilan dunyoqarashingizni o‘zgartiramiz.

Birinchi o‘rinda, qayerda yashash va ishlashingizni ahamiyatga olmaymiz. Eng muhimi — siz kerakli inson bo‘lishingiz shart. Bu degani, agar siz haqiqiy “Asset” (qimmatli kadr) bo‘lsangiz, sizni dunyoning har qanday yirik kompaniyasi o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi. Bu haqida men kitobimda batafsil yozganman. Kitobni olish uchun ushbu botga yozing: @Javaschoolaradmin_bot.

Endi esa asosiy masala: Business Management — bu "keraksiz" major. Siz STEM yo‘nalishida o‘qishingiz kerak.

Business Management o‘rniga:
• Finance
• Economics
• Accounting
• Computer Science
• Physics

Ushbu fanlar orasidan 2 ta yo‘nalishni (double major) tanlab o‘qisangiz, ana o‘shanda haqiqiy va qimmatli “Asset”ga aylanasiz.
🔥3🤯1🏆1
5-savolga javob 👇

1. Oliy matematika.

2. Coursera va YouTube’dan Accounting, Statistics, Finance, Economics va shunga o‘xshash darsliklarni ko‘rishni tavsiya qilaman.
💯3
6-savolga javob 👇

Vaalaykum assalom!
Ha, men Vestminster litseyini 2021-yilda tamomlaganman.

Yo‘q, davlat maktabida o‘qiganingiz sizning application’ingizni kuchsizlantirmaydi. Agar o‘sha o‘qiyotgan maktabingizda baholaringiz past bo‘lsa, o‘shandagina kuchsizlantiradi.
2