Java Scholar | Karyera Arxitektori
1.09K subscribers
67 photos
6 videos
5 files
61 links
🇺🇸 Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa — keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

🎓 Maktabdan → top uni → $100K ishgacha
💼 IWU 100% grant • Ex-Amazon • KPMG • BlackRock
🏗 study-sphere.uz asoschisi

@javascholar_admin
Download Telegram
Xush kelibsiz! 🌟

Men — Javohir. Toshkentda tug‘ilib o‘sganman va Westminster litseyida o‘qiganman. Orzuimni ro‘yobga chiqarib, Illinois Wesleyan Universitetida 100% grant asosida tahsil oldim. Talabalik davrimda Amazon va KPMGda ishladim, bakalavrni tugatgach esa, meni BlackRock ishga taklif qildi.

So‘nggi 5 yil davomida yuzlab o‘quvchilarga ham xuddi shu yo‘lda yordam berdim.

Bu yerda siz:
🔥 100% grant yutish sirlarini,
🔥 Chet elda ta’lim olish imkoniyatlarini,
🔥 Global darajadagi martaba qilish yo‘llarini o‘rganasiz.

Agar siz ham Toshkentdan chiqib, dunyo sahnasiga chiqishni orzu qilsangiz — bu yer siz uchun!

https://t.me/JavaScholarr
👍4
5 QADAM .pdf
9.8 MB
Amerikadagi universitetlarga kirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki 5 qadam.
Buni diqqat bilan o‘qing!

Sizda ushbu fayl bo‘yicha qanday savollar bor?

🔥🔥🔥Beepul konsultatsiya olishi uchun yozing @javascholar_admin


https://t.me/JavaScholarr

#checklist
21👍1🔥1😁1
Nega yo'q bo'lib qoldim (va nega qaytdim).

Avgustdan beri bu yerga post joylamadim. Nega?

Chunki yashash uchun Instagram "like"lariga muhtoj emasman. Toshkent va Samarqandda ikkita ofisni boshqarish va top 1% mijozlarga konsultatsiya berish bilan band edim.

Lekin boshqa kanallarda sizlarga berilayotgan "maslahat"larni ko'rib... ochig'i kulgim keldi. Ular kuchsiz! Ular xato! Va bu maslahatlar sizning kelajagingizni barbod qiladi.

Men bu kanalni bir sabab bilan qayta ochdim: Sizni o'rtamiyonalik (mediocrity) botqog'idan qutqarish uchun.

Kanal ovozini yoqib qo'ying (Unmute). Dars boshlandi.

t.me/JavaScholarr
44🔥4👍1👏1
Siz kimga quloq solyapsiz?

Maslahatchilar bor va G'oliblar bor.

Sizning mahalliy "counselor"ingiz: Amerika universitetlar haqida bitta kitob o'qigan, balki hozir amerikada oqib yurgandur, balki turist sifatida Amerikaga bir marta borgandir.

Men: IWU da Full Ride Scholarship (0$ to'lov). Moliya va Matematika bo'yicha diplom. Amazon va KPMG da tajriba. Blackrock dan ish taklifi (Job Offer).

Men shunchaki o'qishga kirmaganman. Men Amerika tizimini zabt etganman. Agar sizga shunchaki diplom kerak bo'lsa, istalgan joyga boring. Agar sizga yillik $150k+ daromad keltiradigan karyera kerak bo'lsa, menga quloq soling.

t.me/JavaScholarr
🔥6👍3👏3🏆1
"Holistic Review" Yolg'oni

Baholar (GPA) haqida achchiq haqiqat.

Sizga "Holistic Review" (Har tomonlama tekshiruv) haqida aytishgan. Ular sizni "shaxs" sifatida ko'rishadi, deyishadi. Yolg'on.

Top universitetlar oldin Academic Index (AI) ni hisoblaydi. Agar ballaringiz (GPA + SAT + IELTS) chiziqdan past bo'lsa, inshoyingiz o'qilmaydi.

Men IWU, Amazon va KPMGda ishlaganimda raqamlar bilan yashadim. Ular mening baholarimga emas, natijalarimga qarashdi.

Siz ham raqamlaringizni tartibga soling. Keyin "shaxsiyat" haqida gaplashamiz.

t.me/JavaScholarr
💯6🔥2🏆21
Yield Protection (Tufts Syndrome)

Nega 1550 SAT bilan bolalar yiqiladi?

Bizning ofisda 1500+ SAT bo'lgan bola oddiy universitetdan "Reject" oldi. Nega? Ular aqlsizmi? Yo'q.

Buni "Yield Protection" (yoki Tufts Syndrome) deb atashadi.

Agar siz "Safety School"ga (o'z darajangizdan pastroq universitetga) topshirsangiz, ular sizni baribir Harvard yoki Yale'ga ketishingizni bilishadi. Ularga "zapasnoy variant" bo'lish yoqmaydi. Reytingini tushirmaslik uchun, ular sizni birinchi bo'lib rad etishadi.

Xo'sh, nima qilish kerak?

Siz "soxta muhabbat" ko'rsatishingiz kerak. "Siz zo'rsiz" demang. "Men aynan sizga nega mosman" ekanligini isbotlang. Aniq professorlar, aniq labaratoriyalar haqida yozing.

Biz Toshkent va Samarqand ofislarimizda aynan shu strategiyani tuzamiz. Biz taxmin qilmaymiz. Biz hisoblaymiz.

Yield Protectiondan qochish yollari:
1. "Why Us" inshosida universitet nomini o'zgartirib ko'ring. Agar ma'no o'zgarmasa — bu yomon insho.
2. Universitetga "virtual visit" qildingizmi?
3. Admission officerga email yozdingizmi?


t.me/JavaScholarr
🔥5🏆41💯1