This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚃Xotiralarim tramvayi
Talabalik davrlarimda universitetga tramvayda qatnardim. Jiring-jiring qilib yuradigan yashil tramvaylarning qizil plastikdan oʻrindiqlari yozda salqingina boʻlardi. Keyin esa Toshkentda tramvay qolmadi. Uni eslab, qaysi shaharga borsam, tramvayini suratga olaman.
Ammo Toshkent tramvaydan voz kechgan yagona joy emas: 20-asr Tokiosida tramvay asosiy transport turi boʻlgan. Keyinchalik uning oʻrnini boshqa vositalar egallab, Tokio tramvaylardan deyarli voz kechgan. Suratda koʻrib turganingiz Tokioning yagona tramvay yoʻlidir. Sakura tramvay deyiladi, uzunligi 12 kilometrcha. Ular shaharlarning tramvayli oʻtmishidan esdalik sifatida saqlab qoldirilgan.
"Ana, Tokioda ham olishgan ekanku!" deyishga shoshilmang, chunki u yerda tramvay oʻrnini bosadigan, kerak boʻlsa koʻproq odam tashiydigan transport turlari koʻp. Tokioning yer usti va yer osti temir yoʻl toʻri dunyoda eng koʻp odam tashiydiganlaridan, uning ustiga avtobuslar qulay va kechikmay yuradi.
©️prof Sherzod

✨ Dunyoda ilk shaffof karton yaratildi! 🍹🌍
Yaponiyada olimlar shaffof karton ishlab chiqishdi — u qog’oz kabi ekologik toza, lekin shaffof, suvga chidamli va qayta ishlanish imkoniyatiga ega! ♻✨
✅ Endi shaffof stakaniga quyilgan sharbat yoki ichimlik rangi yaqqol ko’rinib turadi — bu iste'molchilar uchun yanada jozibali.
✅ Qog’oz odatda namlikda yumshab qolib, chidamliligini yo’qotadi, lekin bu shaffof karton suvda ham mustahkamligini saqlab qoladi.
✅ Plastmassadan farqli o’laroq, mikroorganizmlar ta’sirida 4 oyda butunlay parchalanib kеtishi isbotlangan — bu tabiat uchun xavfsiz.