#Eslatma_27
"#Erga_itoat_fazli"
Jobir Raziyallohu anhumo aytadilar:
Biz Rasululloh alayhissalam bilan o'tirganimizda bir ayol kelib aytdi:
"Ya Rasululloh, men ayollar nomidan sizga (savol bilan) keldim:
Erkaklarning robbisi va ayollarning robbisi ham Alloh!
Odam alayhissalam erkaklarning va ayollarning ham otasi bo'lsa,
Xavvo esa erkaklarning ham ayollarning ham onasi bo'lsa,
Va Alloh sizni erkaklarga ham ayollarga ham Rasul qilgan bo'lsa,
Erkaklar Alloh yo'lida (jihodga) chiqib qatl qilinsa, ular robbisi huzurida tirik, rizqlantiriladilar va (janga) chiqqanlarida yana ularga siz bilgan ajrlar bor!
Biz esa ularga xizmat qilamiz, o'zimizni ularga atab (uyga) hibs qilamiz!
Bizga nima ajr bor? "
Shunda Rasululloh alayhissalam aytdilar:
Ayollarga mendan salom aytgin va ularga aytki:
Albatta erga itoat qilish mana shu narsalarning barchasiga tengdir!
Xolbuki sizlardan shuni qiladiganlar ham ozchilik...! "
(Ibnu Abud-dunyo va bazzor rivoyati)
Bu hadisdan ko'rinib turibdiki, shariyatda ibodatlar darajasi "kattaligi, hajmi" bilan emas, balki hamma o'z zimmasidagi vazifasini ado qilishi va nafsga qiyinligi bilan taqqoslanar ekan! Shuning uchun hadisning oxirida: " Aslida shuni qiladiganlar ham sizlarda ozchilik" dedilar.
https://t.me/Jannati_Rayyon

#Eslatma_28
"#Hech_kim_birovning_yukini_kôtarmaydi"
Islomni boshqa botil dinlardan farqlagan bu buyuk qoidaning tatbiqini qarang:
Asiya, dunyo tarixidagi eng katta tog'ut, zolim fir'avn xotini edi,
Lekin islomda uning eri sabab "FIR'AVN XOTINI-KU..." deb kamsitilmadi, balki Alloh u ayolni qiyomatgacha hamma musulmonlarga o'rnak qilib zarbulmasal qildi!
Alloh taolo aytadi:
"Alloh iymon keltirganlarga fir'avn xotinini zarbul-masal (namuna) qildi!"
(Tahrim : 11)
Qarangki, u ayolni o'z ismi, yoki otasining ismi bilan emas, balki baralla erining ismiga nisbat berib "Fir'avn xotini" dedi.
Buning ostida go'yo shu ma‘no yotadiki:
" Garchi eri islomning eng katta dushmani bo'lsa ham, modomiki ayol soliha bo'lsa, bu ayol fir'avn xotini deb unga past nazar qilish yo'q "
Bugun ba‘zi soliha ayollarga nasabi , eri sabab past nazar bilan qarab: "Sen o'zi kimni bolasisan, yoki xotinisan" deydiganlar, yuqoridagi ma‘noni bilib olsin!
Buning muqobilida esa, o'zida hech vaqo bo'lmay turib, erining obro‘si bilan "ko'tar-ko'tar" qilinadiganlarga aytadi:
"Alloh kofir bo'lganlarga Nuh va Lutning xotinini misol qiladi"
(Tahrim 10)
Bu oyatlarda ham ikki payg'ambarni ismini zikr qilib: "Nuh va Lutning xotinlari " deyildi.
Toki bilib qo'yilsinki: "Endi shunday odamning xotini ekan, qo'ygin..." deb ularni hukmdan chetlatish yo'q.
"Falonchaning xotiniman" degan nomi ulug' , suprasi quruqlarga tanbeh bo'lsinki: Erning sharafi , ayol fazilatli bo'lsagina manfaat beradi...!

#Eslatma_29
"#Takalluf_ummatlarni_halok_qiladi..."
"Takalluf" : Kishi o'zida bo'lmagan narsani hosil qilishga urinish demakdir.
Rasulloh alayhissalam aytadilar:
"Banu Isroil halokatining avvali: Kambag'alning xotini eridan kiyim-kechak, bo'yanchiqlarni talab qilganda, boyning xotini (eridan) talab qiladigandek unga yuk qilar edi.
(Ya'ni, boshqalarga o'xshayman deb takalluf qilar edi)
(Shunda bunga bir misol tarzida) Banu Isroil ayollaridan bir ayolni zikr qildilar:
Bir pakana ayol, yog'ochdan ikki (baland poshnalik)oyoq (kiyim) va bir uzuk yasattirdi. Uzuk ochilib yopiladigan (qopqoqlik) bo'lib, uning ichiga misk to'ldirdi.
Va ikki baland bo'ylik ayol o'rtasiga kirib (o'zini baland ko'rsatib ko'chaga) chiqdi,
(Odamlar baland bo'ylik bu ayollar kim ekan deb) ortlaridan odam jo'natishdi, ikki ayolni tanib (baland poshnalik) ayolni esa tanishmadi.
U ayol (yurganda qo'lidagi uzukni) siltab yurib (undan misk taratib odamlarni o'ziga qaratar edi...)"
(Ibnu Huzayma va Imom Muslimda ba'zi qismi rivoyat qilingan sahih hadis)
Izoh:
Banu Isroil, tarixda juda buyuk ummat edi. Bu ummatning halokati nega ayollardan boshlandi?
Chunki ayol uyda o'tirib, o'zining hamrohlariga o'xshab kiyinish, yasanishni xohlar, buning xarajatini bo'lsa erining bo'yniga ortar edi.
Natijada erkaklar ilm olish, dinni himoya qilish qolib, ertayu kech "XOTIN BOLA-CHAQAM BIROVDAN KAM BO'LMASIN" deb ishlab, buning ortidan ichki tomondan ilmsizlik, tashqaridan esa dushman bosishi sabab bo'lib butun ummat halok bo'ldi!
Bu takalluf shu darajaga yetdiki, ayollar Allohni xilqatiga qanoat qilmay, birovlarning xotiniga o'xshayman deb baland poyafzallar kiyish, oddiy atir sepishga qanoatlanmay, yurganda sochilib yursin deb uzukka atir solib yurishgacha bordilar.
Endi yahud millat shu darajaga borganda halok bo'lgan ekan, bu ummat bugun qirilib bitmaganiga ham shukr deysiz!
Chunki baland poyafzal kiyishni qo'ying, ayollar boshqalarga o'xshashga harakat qilib qad-qomatini ham o'zgartirish va bunga topganini sarflab takalluf qilish oddiy hol bo'lib qoldi...!

#Eslatma_30
"#Onalar_shijoati_farzand_yôlini_belgilashi"
Muoviya raziyallohu anhumo, birovlar bilan bahslashib ketsalar, o'zlarini onalariga nisbat berib: "Meni (onam) Hind tarbiyalagan" deb baqirar ekanlar!
Ya'ni, menda onam Hindning shijoati bor degan ma‘noda.
Ma'lumki, Hind mushrika vaqtida ham shijoatli, qasoskor ayol edi.
Odamlar Muoviya raziyallohu anhumogo yoshligida qarab: "Katta bo'lsa, qavmiga bosh bo'ladi" desalar, onasi Hind aytar ekan:
"Agar qavmigagina bosh bo'ladigan bo'lsa onasi uni yo‘qotsin..."
Ya'ni, qavmigagina bosh bo'lishiga rozimasman! Boshqalarga ham bosh bo'lsin deb unga oliy maqsad g'oyasini singdirgan edi.
Haqiqatdan Muoviya raziyallohu anhumo boshchiligidagi xilofat, nafaqat arablarga, balki yerning yarmini egallab eng katta imperiya bo'ldi!
Shuningdek, Ali raziyallohu anhu ham, Xandaq g'azotida devdek keladigan mushrikni yer tishlatganda, u kishi ham baqirib aytgan edilar:
"Meni onam XAYDARA (ya'ni , arslon) deb nomlagan..."
(Muslim rivoyati)
Ya'ni, Ali raziyallohu anhu asli onalari u kishiga "Xaydara" Arslon deb ism qo'ygan, otasi esa u kishini "Ali" deb o'zgartirgan edi.
Shiddat vaqtida onasining g'ayrati, shijoatini eslab , onalari qo'ygan ismni yodga oldilar!
Bu ma‘noga yana bir misol:
Mashhur imom: "Sufyonu Savriy rahimahullohning onalari u kishiga yoshligida aytgan ekan:
"Ey bolam! Sen ilm talab qilgin, men senga ip to'qib (sotib yumushlaringga) kifoya qilaman!"
Shu tarzda ip to'qib sotib, Sufyonni o'qitib, imom qilib yetishtirdi.
Onalari Ilm tolib o'g'liga nasihat qilib aytar ekan:
"Agar 10 ta hadis yozsang, o'z nafsingga bir qaragin, Allohdan qo'rqishing, halimlik-viqoring ziyoda bo'ldimi yo'qmi?!
Agar bunday bo'lmasa, bilginki u hadislar senga foyda emas, zarar bo'ladi...! "

#Eslatma_32
"Johilona to'y-tantanalar xatari"
Rosululloh alayhissalam aytdilar:
"Bu ummatda yer yutish, qiyofa o'zgarib (maxluqqa aylanib) qolish va samodan tosh yog'ishi (sodir) bo'ladi..."
Shunda bir sahobiy: Bu qachon Ya Rosululloh? dedilar.
Rasululloh alayhissalam aytdilarki :
"Qachonki QO'SHIQCHI AYOLLAR, KARNAY-SURNAYLAR zohir bo'lsa va aroqlar ichilsa..."
(Termiziy rivoyati)
Boshqa hadisda aytadilar:
"Muhammadning (alayissalam) nafsi qo'lida bo'lgan zotga qasamki, ummatimdan bir insonlar manmansirab, kibr, o'yin kulgi bilan tunda yotganlarida, ertalab turib maymun to'ng'izga aylanib qolgan bo'ladilar!
Sababi, harom narsalarni halollab, qo'shiqchi ayollar tutib, aroqlar ichib, ribo yeydilar va (erkaklar) ipak kiyadilar..."
(Imom Ahmad rivoyati)
Bu hadislar sharhida ibnu Taymiyya rahimahulloh aytadilar:
"Hadislardan ko'rinib turibdiki, ularni yer yutib, qiyofalari buzilib ketishining sababi, ular xiyla yo'li bilan bo'lmag'ur ta'villar (bahonalar) qilib, harom narsalarni halollab oladilar! Va shariatni bu narsalarni (harom qilishdagi) maqsadidan yuz o'giradilar, shuning uchun ularni maymun to'ng'izlarga aylantirib qo'yiladi!"
(Fataval-kubro kitobidan)
Bugungi odamlarga o'xshab: "To'y-da endi, bir o'ynabmiz..." yoki "Yomon ma‘nodagi qo'shiq emas-ku..." va shu qabildagi bahonalar bilan bu narsalarni halollab olishadi!
Shariat bilan o'ynashish oqibatidan ularga tavba qilishga ham imkon berilmay yer yutadi, yoki maymun-to'ng'izga aylantiriladilar!
Jannati Rayyon

#Eslatma_33
"#Bolalarni_yolġonga_örgatmang"
Abdulloh ibnu Omir raziyallohu anhu aytadilar:
Bir kuni (yosh bolalik vaqtlarimda) onam meni chaqirib: "Mana kel... bir narsa beraman..." dedilar!
Rasululloh alayhissalam bizni uyimizda edilar.
Shunda onamga aytdilar:
"Nima bermoqchi eding ?"
Onam: "Xurmo bermoqchi edim" dedi.
Rasululloh alayhissalam aytdilarki:
"Agar unga (hech narsa) bermaganingda edi (bu ishingdan) senga yolg'on gunohi yozilar edi"
(Abu Dovud rivoyati)
Hadis sharhida "Avnul-ma'bud" kitobida aytadilar:
"Hadisda dalil borki, odamlar bolani yig'laganda yupatish uchun, yoki o'yin-kulgu qilib hazillashib biror narsa beraman deb aldash, yoki uni biror narsadan qo'rqitib aldash HAROM bo'lib, bu yolg'on hukmiga kiradi..."
Izoh:
Bugungi "Xayoliy shaxsiyatlar", jumladan "Qorbobo, o'rgimchak odam..." va hokazolar bilan bolalarni ovutish, yoki bularning aksi bo'lgan, yovuzlik ramzi deb ko'riladigan "Xayoliy shaxsiyatlar", "yalmog'iz kampir" va shunga o'xshash narsalardan qo'rqitish ham harom va yolg'onchilik bo'lib, bu narsalar farzandda ota -onaga ishonchsizlik tuyg'usini paydo qiladi!
Va ertaga ulg'ayganda, hayotda ham xomxayolga beriluvchi, qorbobo yoki uchar odam kelib yordam berishini kutib yashaydigan bo'lib qolishiga sabab bo'ladi .
Va bu "xayoliy shaxsiyatlar"dagi yetib bo'lmas qudrat esa, bolani hafsalasini pir qilib, umidsizlikka tushiradi.
Bizning tariximizda bu xomxayollikdan behojat qiladigan HAQIQIY SHAXSIYATLAR yetarlicha. U zotlar bolaning hayotiga erishsa bo'ladigan bir g'oya kirishiga sabab bo'ladilar.
Alloh taolo aytadi:
"Sizlar, shunday yaxshi narsalarni (bo'lmagur) past narsalarga almashtirasizlarmi?"
(Baqara:61)
Qachon agar past narsalarni o'zimizning oliy narsalarga almashtirsak jazo shuki:
"...Ularga xorlik va faqirlik (uqubati) solindi..."
(Baqara:61)
@Jannati_Rayyon

#Eslatma_34
"#Qiz_bolani_tarbiyalash_fazli"
Alloh taolo aytadi:
"Osmonlar va yer mulki Allohnikidir, U xohlagan narsasini yaratadi.
Xohlagan kishilariga QIZ ato qiladi, va xohlaganlariga o'g'il"
(Shuvro:49)
Vosila ibnul-Asqo aytadilar:
Qiz bolaning barakasi sabab uni oyatda o'g'ildan avval zikr qilindi...
(Qurtubiy tafsiri)
Aisha onamiz aytadilar:
Bir ayol ikki qizi bilan tilamchilik qilib keldi, menikida ham bir dona xurmodan boshqa narsa topmadi!
Shunda xurmoni ikki qiziga bo'lib berib, o'zi undan hech narsa yemasdan chiqib ketdi. Rasululloh alayhissalam kirib kelgach, buni xabar qilganimda aytdilar:
"Kimiki mana bu qizlardan birortasi bilan imtihon qilinsa, albatta ular unga jahannamdan satr bo'ladi"
(Imom Buxoriy)
Hadisda "imtihon qilinsa" deganidan ko'rinib turibdiki, kishi qizlik bo'lganida siqilib nolishi, yoki bundan xursand bo'lishi ham bandaga imtihon bo'ladi!
Boshqa hadisda aytadilar:
"Kimniki 3 qizi bo'lsa, ularga odob berib, rahm qilib, ularni kafilligiga olsa, unga albatta jannat vojib bo'ladi"
Shunda aytildi: Ya Rasululloh ikki qiz bo'lsachi?
"Ikki qiz bo'lsa ham " dedilar!!
Ba'zilar o'yladiki: Agar bitta bo'lsachi deyilsa, albatta bitta bo'lsa ham degan bo'lar edilar! (Imom Ahmad rivoyati)
Bu rivoyatlardan ko'zda tutilgan maqsad, qizlarni yedirib ichirib turmushga berishgina emas.
Balki hadisda aytilganidek ularga odob, ta'lim tarbiya berish va qizlardan siqilib or qilmaslik bilangina yuqoridagi ajrlarga erishiladi.
Https://t.me/Jannati_Rayyon
#Foydalaning_va_foydalantiring

#Eslatma_35
"#Tortishuv_ayollik_sifati_emas"
Mushriklar farishtalarni Allohning qizlari deb bo‘hton qilganda, bunga javob qilib Alloh taolo aytadi:
"Zebu-ziynat ichida o'stiriladigan va yana tortishuvda (o'z haqini) bayon qilib bera olmaydigan (ayol zotini Allohga nisbat berasizlarmi ?)
(Zuxruf :18)
Demak, "Tortishuvda haqini to'liq ajrata bilmaslik" asli ayol sifati!
Shovqin ko'tarib, janjal qilish hammadan haqini undirib olib "O‘TKIRLIK" qilish ayolga maqtovli sifat emas! Balki bu tabiiy ayollik xilqatidan chiqish demakdir!
Lekin bunaqa "O‘TKIRLIK" o'rniga Alloh taolo ayolga boshqa bir qurol berdi!
Oyatga qarang: ⬇️
"Zebu-ziynat ichida o'stiriladigan..."
Ayol xususan eridan haqlarini talab qilishda ziynat va chiroyi bilan erishmoqligi unga foydaliroq.
Buning tasdig'i Rasululloh alayhissalamning so'zlarida keladi:
"Sizlarga jannat ahlidan bo'lgan ayollaringni xabar qilaymi ?
Ular muhabbatli, serfarzand ayollar , ULARGA (ERLARI TOMONDAN) ZULM QILINSA, yoki ular (erlariga) zulm qilib qo'yishsa aytishadi: "Mana peshonam qo'lingizda!! Siz rozi bo'lmaguningizcha ko'zimga uyqu tatimaydi..." (Nasaiy rivoyati)
Hadisdan ko'rinib turibdiki, hatto zulm ko'rsa ham, o‘tkirlik qilmasdan, erining ko'ngliga kirishga harakat qiladigan ayollarni jannat ahlidan bo'lgan ayollar deb sifatlandi .
Chunki Rasululloh alayhissalam aytadilar:
"Kim haq bo'lsada, talashuvni tark qilsa, men unga jannatning markazidan bir uyga kafilman!"
(Abu Dovud)
"Haqqimni ber" deb talashib tortishib nimagadir ega bo'lish mumkin , lekin qalb boy berilgan bo'ladi.
Rasululloh alayhissalam aytdilar:
"Ixtilof qilmanglar, qalblaring ham ixtiloflashib qoladi..." (Imom muslim)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma
#فذكر_فان_الذكرى_تنفع_المؤمنين
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
إِنَّ اللَّهَ وَمَلائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى
النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا
عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا
«Албатта, Аллоҳ ва Унинг фаришталари Пайғамбарга салавот айтурлар. Эй иймон келтирганлар! Сиз ҳам У зотга салавот айтинг ва салом юборинг!»
(Аҳзоб:56)
Имом Ибн Қаййим раҳимаҳуллоҳ айтадилар:
„Набий ﷺ га саловот айтиш дуолар ижобат бўлиши, гуноҳлар кечирилиши, Аллоҳ Таоло банданинг ғам-ташвишини аритиши ҳамда қиёмат куни Росулуллоҳ ﷺ га яқин бўлишига сабаб бўлади“
اللهم صل وسلم وبارك على نبينا محمد

#eslatma
⚡️Туркияда вайроналар остидан топилаётган қурбонлар учун кафан тикиб улгуришмаяпти
Қурбонлар сони 15 мингдан ортди ..... 😢🤲

" İlmga kirish oson emas , undanda qiyini unda davom etishlik , undanda qiyini unga amal qilishlik , undanda qiyini amal qilib ilm tarqatgandan keyin bu sababdan kelgan sinovlarga sabr qilishlik , undanda qiyini oxirigacha istoqomatda turishlikdir "
[ Bir kitobdan olgan foydalarimdan ]
* Hayot o'zi oson emas , oson deb o'ylagan narsalaringizda ham qiyinchilik bor . Sabr qilishga majbur bo'lasiz . Eng yaxshi sabr esa Alloh yo'lida dini uchun , istiqomat uchun sabr qilishdir ! Albatta , bu sinovlarni mukofotini inson bilganida " bundanda ko'ra qattiqroq qiynalsam edi " , degan bo'lar edi .
Albatta dunyo o'tkinchi , Oxirat esa boqiydir !

🔗 فمن تعلقت همته بمطعمٕ أو ملبس أو مأكل أو مشرب؛ لم يَشَمَّ رائحة العلم.
الشيخ : صالح العصيمي
Shayx Solih Usoymiy aytadilar :
" Kim himmatini oshxonalar ( restoranlar ) , kiyim - kechak yerlari , yemak - ichmakxonalarga bog'lasa ilmni hidini ham topmaydi "
[ İnsonni himmati nimaga bog'lanayotganiga qarab qay darajada ekani bilinadi ]

#Eslatma_31 ⬇️
"Uyda BUXGALTERLIK qiladigan ayol, xonadondan barakani uchiradi..."
Aisha roziyallohu anhumo aytadilar:
Bir kuni Rasululloh alayhissalam bilan uyda o'tirganimda, bir tilamchi kelib narsa so'radi.
Shunda unga bir narsani olishni buyurdim.
So'ngra uni chaqirib, nimani olganiga bir qaradim!
Shu payt Rasululloh alayhissalam menga:
"Sen uyingga nima kirsa ham, nimalar chiqsa ham, albatta hammasini bilib turishni istaysanmi?" dedilar.
Men: "Ha" dedim!
Rasululloh alayhissalam dedilar:
" Shoshma ey Aisha! Sen hisob-kitob qilavermagin! Alloh ham senga hisob (bilan beradigan qilib) qo'yadi...!"
(Imom Nasaiy rivoyati)
Demak, uydagi kirim-chiqimlarni hisob qilish, qadimdan ayollarda bo'lgan, shuning uchun Aisha onamiz "Ha" dedilar.
Lekin bu xislat haddan oshib, ayol uyni "BUXGALTERIGA" aylanib olishidan qaytarib " Hamma kirim chiqimlar sening biliming ostida bo'lishini istaysanmi" dedilar.
Agar vaziyat shu darajaga borsa, bu ayol uydan barakaning o'chishiga sabab bo'lishidan ogohlantirdilar.
Chunki hisoblayveradiganga Alloh ham hisoblab qo'yadi...

#ESLATMA
Gohida ayol -qizlardan :
"Meni ko'nglim toza , islom faqat hijob emasku .." degan da'volarni eshitamiz !
Bu mavzuda ko'p gapirgan bo'lsakda Allohning bir oyati bilan chek qo'ymoqni istadik :
"Qachonki (taqiqlangan) daraxt (mevasidan) totib ko'rishgach , ularga avratlari fosh bo'lib qoldi .."
(A'rof : 22)
Shayh Sa'diy aytadilar :
"Qalbning betaqvoligi , albatta tashqi libosga ta'sir qiladi"
Odam alayhissalom bilan havvo onamiz bir marta qaytarilgan ishni qilib (ya'ni bir marta qalbdan taqvo ketgach) ularga avratlari ochildi !
Endi boshiga rumol solishi nari tursin oyog'idan ishtoni tushib , yelkasidan ko'ylagi tushib qolgan ayol , qanday qilib qalbida taqvoni da'vo qiladi ? !
Javob barchaning qalbiga xavola !

Хасталикда Айюб алайҳиссаломдек;
Ҳасрат-у ғамларда Ёқуб алайҳиссаломдек;
Дунё чоҳларида Юсуф алайҳиссаломдек;
Оташ синовларда Иброҳим Халилуллоҳдек;
Наҳанг каби дардлар ютса кимни, Юнус алайҳиссаломдек;
азоблар ичида Исо алайҳиссаломдек
сабр қилишга интилаётган,
Яқинларининг озорларини Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламдек кўтараётган инсонларни кўрсам:
"Нимангиз Аллоҳ таолога хуш келибди-ки, сизни Буюкларнинг ғами билан синабди" дейман!
Боши бу дунёнинг савдоларидан оғримаган одам қўрқсин...
Гарданига синов ғуллари ортилмаган инсон қўрқсин...
Битта тиши оғриб, оғриқ бериб, ана шу оғриқ юрагининг ич-ичига ўлим азобининг шивирини жойламаган банда қўрқсин...
Дард элчидир! Синов эса-эслов!
Элчи келиб Ҳукмдорининг истагидан хабар беради.
Эслов эса-"ёдимдасан! " дея жон томири ичидан шивирлаб айтилган сўздир!

#Eslatma_ЖУМЪА❗️
Жумъа кунининг фазли ва унда машруʼ бўлган амаллар ҳақида.
• Жумъа хафтанинг энг афзал куни бўлиб, у кун ҳақида хос сура нозил бўлган ва у сура Исломда «Жума» деб номланган. Араблар у кунни «Аруба» деб ҳам атайдилар. Бу кунда покланиш, зикр, дуо ва намозга эрта бориш машруъдир.
• Жума кунидаги ғусл энг афзал ғусл бўлиб, (унинг машруълиги) тонг отишидан бошланади. Бу ғусл жума намозига борувчи киши учун таъкидланган бўлиб, аёл киши ва мусофир бундан мустаснодир. Зеро, ҳадисда: «Агар бирортангиз жумага келса, ғусл қилсин», дейилган.
Жумъа кечаси ва Пайғамбарга саловат йўллаш фазли ҳақида.
• Жумъа кечаси ҳақида биронта (саҳиҳ ҳадис) ворид бўлмаган, унинг бошқа кечалардан фарқи йўқ. Бу кеча ҳақида бир неча заиф ва тўқима ҳадислар келган. Бу кечада Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга саловат айтиш ҳақидаги ҳадислар эса ҳасан деб топилган.
• Жумъа кунидаги энг афзал амал Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга саловат айтишдир. Зеро, жумъа - кунларнинг энг афзали, у зот соллаллоҳу алайҳи васаллам эса одамларнинг энг афзалидирлар.
Жумъа кунидаги дуо ижобат бўладиган вақт ҳақида.
• Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам бир ҳадисда: «Жумъа кунида шундай бир соат борки, мусулмон банданинг Аллоҳдан бирон яхшилик сўраши ўша пайтга тўғри келса, Аллоҳ унга ўша сўраган нарсасини албатта беради», дедилар. Энг тўғри фикрга кўра, бу қуёш ботишидан олдинги соат бўлиб, бу фикрни Ибн Аббос, Абу Ҳурайра ва кўпчилик саҳобалар ҳамда Ато ва Товуслар айтишган.
Жумъа куни вафот этиш ҳақида.
• Жума куни фавот этган кишининг фазли ҳақидаги ҳадис саҳиҳ эмас. Бухорий ва бошқалар бунинг сабабини баён қилишган. Зотан, кишини замон эмас, амаллари поклайди. Чунки у амални ихтиёр қила олади, замонни эмас.
Жумъа хутбаси ҳақида.
• Хутба минбарлари фақат ваъз-насиҳат учун эмас, балки умматга оид воқеа-ҳодисаларни тушунтириш учун ҳамдир. Имом Бухорий ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам минбардан туриб ўзларига тарафдор ва мухолиф бўлган Аслам, Ғифор ва Усайя қабилаларининг аҳволини зикр қилдилар.
Шайх Абдулазиз Торифий ҳафизаҳуллоҳ
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

#Eslatma #Nasihat
❤️Илмли аёл илмли жамиятни тарбия қилади!
Эй аёллар илм олинглар!... Илм олишда чарчадим, мадорим қолмади, кучим етмаябди, уддалай олмябман, деманглар!... Сизлар туфайлик бутун бир жамият тарбияланади, агар сизлар жоҳил бўлиб қолсангиз жамият ҳам ҳалок бўлади!
Аллоҳ сизларга илм олишингизда куч қувват берсин!... Амийн. ✒️