Men futbol ko’rmayman.
Oldinlari qattiq muxlislik qilardim, o’yinlarni qoldirmasdim.
Keyinroq vaqtimni qizg’anishni boshladim va umuman ko’rmay qo’ydim.
Lekin umumiy vaziyatni baribir kuzatib boraman: yangiliklar, jarayonlar va oxirgi xulosalarni olaman.
Kabo-Verde jamoasi hayratda qoldirdi: 25 yoshida futbolga kirishib, 40 yoshida oltin davrini boshlagan Vozinya haqida hamma gapiryapti.
Ammo bu borada menga eng yoqqan fikrlardan biri shu bo’ldi:
Siz nimadir tanlov qilsangiz va mag’lubiyatga uchrasangiz, oila, yaqinlar va jamiyatning bosimida qolasiz.
Aksincha tanlovingiz g’alabaga olib borsa, aynan o’sha insonlar sizni olqishlaydi.
Demak, hozirgi tanlovimiz to’g’ri yoki xatoligi haqida aniq javob yo’q. Chunki natijalar ma’lum emas.
Xulosa shu: to’xtamang, sabablarini qiling va harakatda davom eting.
Natija bizdan emas.
📌 @Iysoxon

❤10🔥7🤝4
Har gapim futbolga bog’lanib qolyapti. Lekin aytmasam bo’lmaydi.
Chunki bu safargi Jahon chempionati ko’p narsani o’rgatyapti.
Shulardan biri: bu dunyoda hech narsa to’liq va mukammal bo’lmaydi.
Har doim yetilmagan bir orzu, erishilmagan bir maqsad va yoki nimadir kam bo’lib qolaveradi.
Mukammallik — bu dunyoga xos emas…

🔥16❤5⚡3🤝2
Men o’zgaribman.
Yaqinda yo’lda ketayotib o’ylab ko’rdim:
Oldinlari menda mahalliychilik kayfiyati bor edi. Qaysidir shevalar ustidan kulardim yoki g’alati eshitilardi.
Yillar davomida O’zbekiston bo’ylab tanishlar, do’stlar orttirdim. Chet elga sayohat qildim va o’sha madaniyatlarni o’rgandim.
Hozir har qanday sheva, har qanday til menga shirin tuyuladigan bo’lib qolibdi.
Andijon, Xorazm, Namangan yoki boshqa viloyat — farqi yo’q. Hammasining shevasi, gapirishi ajoyib.
Undan tashqari qardosh xalqlar — tojik, arab yoki turkiy xalqlarning gapirishlari, so’zlari bir-biridan go’zal tuyuladi.
Bu holatga kelishimga yillar vaqt ketdi. Madrasa ta’limi, institut va ustozlar ich-ichimga singdirgan fikr shu bo’ldi:
Qorani oqdan, oqni esa qoradan farqi yo’q. Biz dini va millati bir, qardosh xalqlarmiz.
Ustunlik millat yoki tashqi ko’rinishda emas, qalbdadir.
Aslida menda u qadar kuchli bo’lmagan bu yomonlik tag-tugi bilan yo’qolganiga shukr…

❤15🔥5😁4❤🔥2
Bu dunyoda adolat yo’qligini Misr va Argentina o’yini misolida yana bir bor ko’rdik.
Go’yoki ular bizga:
— Bugundan boshlab "putbol-mutbol" tamom. Hamma borib darsini bersin, o’qishini o’qisin yoki ishini qilsin, — dedi. 🙂
Qiziq…

🔥10❤5
Sotmasdan soting
Kecha soliq ilovamga kirdim. Bir-ikkita muammolar paydo bo’lib qolibdi.
MCHJ shaklida ochilgan firmamiz buxgalteriga aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirdim.
Akamiz darrov onlayn uchrashuv qilib, barcha muammolarni to’g’rilashni o’rgatdi.
Aslida bu masalaning u kishiga aloqasi yo’q, vazifasi emas. Shunchaki yordam berdi va bundan juda xursand bo’ldim.
Xizmat ko’rsatish sohasidagi har qanday mutaxassis bilishi kerak bo’lgan narsa shu — sotmasdan sotish.
Masalan, siz ustozsiz. O’quvchi keldi va sizdan maslahat so’rayapti.
Imkon qadar xolis, hech qanday manfaat ko’zlamagan holda unga yordam bering.
Ya’ni mahsulot yoki xizmatingizni tiqishtirmang. Unga konsultant, maslahatchi bo’ling.
Bu bir tomondan yaxshilik, ikkinchi tomondan esa sotuvdagi eng kuchli texnika hisoblanadi.
Agar u sizdan nimadir sotib olmasa, yaxshilik qilgan bo’lasiz. Sotib olsa, ikki karra foydada qolasiz.
Yordamingizni ayamang. Sotmasdan soting.

🔥12❤5❤🔥3👏2⚡1👍1
Men yana qaytdim. ⚡️
Instagram profilimga umuman kontent chiqarmay qo’ygandim.
Bugun yangi video joyladik.
15 000$ ga yaqin summada zarar keltirgan 3 ta xato haqida aytib berdim.
👉 Videoni ko’ring va qo’llab-quvvatlang, rahmat!

🎉8❤7🔥5❤🔥3
Forwarded from Abdulboriy Abduqodirov
Bilmaslik normal, lekin qilmaslik emas.
Kuzatuvlarimga ko'ra, ko'p holatlarda biror ishni qilmasligimizga sabab uni qanday qilishni bilmasligimiz emas. Ayniqsa, biznesda.
Keling, bitta test qilib ko'ramiz.
Oxirgi marta qaysi ishni ortga surdingiz? Va nima uchun?
Shu savollarga o'zim javob berar ekanman, hayolimga bir dunyo bahonalar keladi. Bahona topish bo'yicha chempionat bo'lsa, albatta g'alaba qozonsam kerak)
Aslida-chi? bu hafta samarali o'tsin, keyin qilaman, hozir shart emas-ku, hozir qilsam, xato qilib qo'yaman, oldin yaxshilab o'rganib olay.
Shunga o'xshash gaplar bilan o'zimizni ovutib, ishni ortga suramiz.
Riada payitlari shu gaplar bilan yillarni yoqotganim esimda.
Hozir qilmasangiz, natija — 0. Mayli, tajriba yoki bilim yetarli emasdir. Lekin boshlasangiz, natija 20–30, balki 40% bo'lar. Bu esa 0 dan ancha yaxshiroq. Chunki o'rganish harakatning ichida bo'ladi, oldida emas.
Bugun bir tanishim bilan ko'rishdim. Uch yil oldin biznesini rivojlantirish bo'yicha bir dunyo maslahatlar bergan ekanman. Ushanda qilmagan edim endi nima qilay deb maslahat olgani keldilar.
Suhbat davomida undan keyinroq yoki u bilan bir vaqtda boshlagan, lekin natijalari bir necha barobar yaxshiroq bo'lgan insonlar haqida gaplashdik. Farq nimada? mahsulotdami? jamoadami? katta mablag'dami?
Afsuski, yo'q. Farq shunchaki ular harakatni boshlaganida.
Afsuski, juda ko'p bizneslar aynan shu sabab rivojlanmay qoladi.
Shuning uchun ham Akademiyada tadbirkorlar uchun xatolarning oqibatlari, ulardan qanday chiqish va eng muhimi, biznesda natija beradigan aniq ketma-ketlik haqida maxsus darslarni kiritganmiz. Muhitning o'zi ham sizni harakat qilishga majbur qiladi.
Sizga bir qop motivatsiya bermoqchi emasman.
Kimdadir bugun qilmagan ishlarini boshlash imkoniyati hali bor. Kimdadir esa bu imkoniyat bo'lmasligi mumkin. Ertaga sizda qaysi holat bo'lishini hech kim aniq bilmaydi.
Shuning uchun imkoningiz borida harakatni boshlang.
#insayt
@abdulboriy_sotuvchi

🔥7❤1❤🔥1
Ustozlar uchun zo’r yangiligim bor. 🔥
Instagram kontentlarim foydaliroq bo’lishini xohlayapman. Shu sabab bir rubrika boshladim:
Siz izohda savolingizni yozasiz, men esa video orqali javob beraman.
Bu siz uchun bepul konsultasiya degani.
Videolarim izohiga kirib, savolingizni batafsil yozib qoldiring. Keyingi videolar siz uchun bo’ladi. Ketdikmi? 😉
👉 Izoh yozish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤4❤🔥1
Iysoxon Yahyo | Blog
Ustozlar uchun zo’r yangiligim bor. 🔥 Instagram kontentlarim foydaliroq bo’lishini xohlayapman. Shu sabab bir rubrika boshladim: Siz izohda savolingizni yozasiz, men esa video orqali javob beraman. Bu siz uchun bepul konsultasiya degani. Videolarim…
Butun Instagramdagi ustozlar savollarni yog’dirib tashlasa-yu, obunachilaringdan hech kim yozmasa, alam qilarkan-ey. 🥲🙂
📌 @Iysoxon
📌 @Iysoxon
❤🔥6😁4🔥3❤1
Nihoyat, tahlil darsligimiz tayyor. ⚡️
Esingizda bo’lsa, arab tili yo’nalishida noldan 10 000$+ summadagi sotuv qilib, 100+ o’quvchilar to’plagan edik.
Ana shu loyihada qilingan ishlar, eng katta xatolar va saboqlar darsi tayyor bo’ldi.
20 ta🔥 to’plasangiz, 20:00 da e’lon qilaman. Ketdikmi? 😉
📌 @Iysoxon
Esingizda bo’lsa, arab tili yo’nalishida noldan 10 000$+ summadagi sotuv qilib, 100+ o’quvchilar to’plagan edik.
Ana shu loyihada qilingan ishlar, eng katta xatolar va saboqlar darsi tayyor bo’ldi.
20 ta
📌 @Iysoxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥33❤🔥5❤4👍1
🎁 BEPUL DARS | TAHLIL
Onlayn kurs ochish uchun shaxsiy brend kerakmi?
Bu darslikda qanday qilib noldan va shaxsiy brendsiz 10 000$ sotuvlar amalga oshirilganini batafsil tahlil qilib berdim.
Shunchaki nazariya emas, aniq raqamlar va qadamlarni ulashdim:
Onlayn kurslarga aloqasi bor har qanday ustoz-mutaxassis bu darslikni ko’rishi kerak.
👉 Darslikni to'liq ko'rish uchun bosing

▫️qanday ishlarni amalga oshirganimiz va eng yaxshi texnikalar;
▫️qaysi xatolar bizga qimmatga tushgani va ularni to’g’rilash sirlari;
▫️noldan boshlayotgan ustozlar uchun maxsus tavsiyalarni jamladim.
Onlayn kurslarga aloqasi bor har qanday ustoz-mutaxassis bu darslikni ko’rishi kerak.
👉 Darslikni to'liq ko'rish uchun bosing
📌 @Iysoxon
❤18🔥5❤🔥2👍2
Iysoxon Yahyo | Blog
🎁 BEPUL DARS | TAHLIL Onlayn kurs ochish uchun shaxsiy brend kerakmi? Bu darslikda qanday qilib noldan va shaxsiy brendsiz 10 000$ sotuvlar amalga oshirilganini batafsil tahlil qilib berdim. Shunchaki nazariya emas, aniq raqamlar va qadamlarni ulashdim:…
Darslikni ko’rishga ulgurdingizmi? 😉
Bilasiz, qancha ko’p izoh yozilsa, YouTube videoni shuncha ko’p insonga ko’rsatadi.
Shu sabab izohlar bilan qo’llab-quvvatlasangiz, ko’pchilikka foydali bo’lardi.

👍8❤6❤🔥4
Shoshilmang
Millionlab summada zapusklar qilinayotganini eshitgan ayrim ustozlar shoshib qoladi. Men ham tezda shunday zapusk qilaman deb o’ylaydi.
Aslida esa hammasi juda sekinlik bilan, bosqichma-bosqich quriladi. O’zingiz tanigan istalgan mutaxassisni surishtiring:
Ular shunchaki kechagina paydo bo’lib qolmagan. Yillab mehnat qilgan, o’z ustida ishlagan, bilim va tajriba to’plab, natijaga erishgan.
Men ham qachondir zapuskka kirishganimda birdan 100 000$ lik zapusklar qilaman deb o’ylaganman. Ammo ketma-ket yiqilishlar va yo’qotishlardan keyin oson emasligini tushunganman.
Mana, yillar o’tib, natijalar ko’rinishni boshladi, shukr.
Demoqchimanki, sizga nimadir juda oson ko’rinyaptimi, demak, siz bu soha haqida shunchaki bilmaysiz, xolos. Jarayonlarga kirishib, ozroq o’rgansangiz, oson emasligini tushunasiz.
Shunday ekan, shoshilmang.
Ichkaridan ko’rgan odam sifatida aytaman — sabr va harakat katta natijalarga olib boradi.

❤8⚡5🔥5❤🔥4