IT specialist
10.5K subscribers
1.11K photos
485 videos
63 files
3.81K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#surovnoma

@terabaytuz kanali ayni damda so‘rovnomani o‘tkazayotgan ekan, biz uchun ham bu qiziq tuyuldi. Siz qaysi mobil operator xizmatlaridan foydalanasiz? So‘rovnomada ishtirok eting! @itspecuz
Anonymous Poll
14%
UMS
29%
Ucell
29%
Beeline
27%
Uzmobile
1%
Perfectum Mobile
🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari, aziz do‘stlar! Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining turli filiallarida tashkil etilayotgan o‘quv kurslariga marhamat!

Orangizda quyida ro‘yxati keltirilgan hududlarda bevosita istiqomat qiluvchilar bo‘lishi mumkin, o‘quv kurslarimizga ro‘yxatdan o‘tish esa barcha uchun ochiq bo‘lib, buning uchun markazlar joylashgan manzillar va mas’ul xodimlarning ma’lumotlarini Sizlar uchun keltiryabmiz.

Marhamat, mas’ul xodimlarning shaxsiy sahifasiga yozish uchun uning familiyasi va ismi ustiga bosishingiz yoki bevosita qo‘ng‘iroq qilgan holda ular bilan bog‘lanishingiz mumkin (qo‘ng‘iroq qilgan mahalingizda mas’ul xodimlar ham dars o‘tayotgan bo‘lishlari mumkin, shuni ham inobatga olishingizni iltimos qilamiz):

Toshkent shahri
• Olmazor tumani, Soy bo‘yi, Oltinsoy MFY, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi “Abdulxamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon” nomidagi kutubxona binosi, mas’ul xodim: Abdurahmonov Anvar, tel: (90) 999-99-84

Toshkent viloyati
• Bo‘ka tumani, Toshloq MFY, Yuqori Toshloq ko‘chasi, 1 uy, mas’ul xodim: Abdukayumov Ilxomjon, tel: (94) 477-07-70
• Oqqo‘rg‘on tumani, Oxunboboev ko‘chasi, 7 uy, mas’ul xodim: Saipov A’zamjon, tel: (99) 803-24-75
• Piskent tumani, Amir Temur ko‘chasi, 103 uy, mas’ul xodim: Mirzahamdamov O‘ktam Mirza, tel: (93) 581-98-95
• Yangiyo‘l tumani, Samarqand ko‘chasi, 272 uy (4-sonli umumta’lim maktabi), mas’ul xodim: Umirov Muhammadbobur, tel: (90) 996-83-95

Sirdaryo viloyati
• Mirzaobod tumani, Navro‘z shaharchasi, Mustaqillik ko‘chasi, 5 uy, mas’ul xodim: Ochilov Xusniddin, tel: (99) 470-47-00

Namangan viloyati
• Namangan shahri, Ibrat ko‘chasi, 41 uy, mas’ul xodim: Toshtemirov Sobitxon, tel: (93) 938-11-15
• Kosonsoy tumani, Gulbog‘ m.f.y., mustaqillik ko‘chasi, mas’ul xodim: Baxromov Ulug‘bek, tel: (99) 878-24-14

Farg‘ona viloyati
• Marg‘ilon shahri, Guliston MFY, B.Marg‘uloniy ko‘chasi, 1A uy, mas’ul xodim: Madaminov Hamidjon, tel: (90) 360-26-61

Andijon viloyati
• Andijon shahri, Cho‘lpon shox ko‘chasi, 9 uy, mas’ul xodim: Karimov Islomjon, tel: (91) 192-28-25

Buxoro viloyati
• Kogon shahri, Buxoro shossesi, 12 uy, mas’ul xodim: Qayumov Shahriyor, tel: (93) 681-06-18

Samarqand viloyati
• Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, Amir Temur ko‘chasi 2 uy, ma’sul hodim: Umarov G‘olibjon, tel: (99) 598-02-40

Surxondaryo viloyati
• Angor tumani, At-Termiziy ko‘chasi, 6 uy, mas’ul xodim: Solijonov Jo‘raali, tel: (91) 589-12-00

Xorazm viloyati
• Xiva shahri, K.Devanov ko‘chasi, 34 uy, mas’ul xodim: Masharipov Sardor, tel: (90) 919-78-39

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi, 23 uy, mas’ul xodim: Yelmuratov Madiyar, tel: (91) 390-51-91
• Mo‘ynoq tumani, Ajiniyaz ko‘chasi n/uy, mas’ul xodim: Dalibayev Joldasbay, tel: (91) 302-92-39, (93) 486-61-61
• Beruniy tumani, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 13 uy, mas’ul xodim: Karimov Muzaffar, tel: (97) 505-12-63, (99) 452-93-13
• Qonliko‘l tumani, G‘aresizlik ko‘chasi, n/uy, mas’ul xodim: Jalgasbayev Rasul, tel: (90) 575-86-81, (90) 575-49-38

Sayt | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Butun korxonada muammosiz ishlab turib, faqat birgina foydalanuvchida dastur bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelaversa...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Telegram asoschisi Durov: “Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!”

Tobora ommalashib borayotgan Telegram messenjeri asoschisi smartfon foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligidan xavotir bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp’ning oxirgi versiyasidagi yangilanishlar xakerlar uchun foydalanuvchilar ma’lumotlariga kirish imkonini beradi.

“Xakerlar sizga bitta video jo‘natsa bo‘ldi, tamom, – deya qayd qildi u. – May oyida men WhatsApp’da ketma-ket zaifliklar va xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lishini aytgan edim”.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp’ning yangi zaifliklari xakerlar va hukumat idoralari uchun shaxsiy ma’lumotlarni ochib beradi. Uning fikricha, buning sababi – messenjerga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi AQSh milliy xavfsizlik agentligining aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish dasturi (PRISM)da ishtirok etishidir.

AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden ham hukumat amaldorlariga WhatsApp’dan foydalanamaslikni maslahat bergan edi. Shuningdek, avvalroq bu ilova orqali AQShga ittifoqdosh bo‘lgan hukumat rasmiylari kuzatib kelinayotgani xabar qilingan edi.

DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#learn_english_with_software

😉 Siz ham yotvolib ingliz tilini o‘rganyapsizmi?

🌏 Duolingo (chet tillarini o‘rganish uchun platforma)da eng ko‘p o‘rganilayotgan tillar.

📎 Duolingo mobil ilovasini yuklab olish.

📝 Manba: @khanacademyuzbek

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Golografik 3D proyektor.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Disney multirejali kamerasining ishlash prinsipi

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Arxitekturaviy yondashuv, kabelni iqtisod qilishning innovatsion yechimi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak? 🔋🤔

Hech e’tibor berganmisiz, nega oddiy batareykalarga tushirilgan chiqindi qutisi suratining ustidan taqiq belgisi tortib qo‘yilgan bo‘ladi?

Bu belgi ishlatilgan batareykalarni chiqindi qutilariga tashlash qat’iyan taqiqlanishini anglatadi. Chunki o‘zi barmoqdek keladigan bu mitti energiya manbalari inson salomatligi va tabiat uchun juda katta zarar yetkazadi.

Kichkina demang bizni...

Bu energiya manbalari kichkina bo‘lishiga qaramay, zarari anchagina. Chiqindiga tashlangan batareykaning ustki qoplamasi turli tashqi ta’sirlar (issiq, eroziya) natijasida eriydi va unda saqlanuvchi kadmiy, simob, nikel, rux, qalay, magniy kabi zaharli moddalar “ozodlikka chiqadi”. Bitta batareyka 20 metr kvadrat yer, 400 litr suv, ikkita daraxt, 1ta tipratikanni zaharlashga yetadigan zararga ega.

Batareykadan havoga ko‘tariladigan va suvga aralashadigan zaharli moddalar kishida o‘pka saratoni, hazm tizimi a’zolari kasalliklari, suyak xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Batareykalarni bola o‘ynab, og‘ziga solishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak!

Batareykalar umumiy chiqindining 0,25 foizini tashkil etsa-da, chiqindilardan atrof-muhitga yetadigan zararning naq 50 foizi ularning ulushiga to‘g‘ri keladi.

Xorijda qanday?

Yevropa davlatlarida ishlatib bo‘lingan batareykalar utilizatsiya qilish (qayta ishlash) uchun yig‘ib olinadi. Buning uchun barcha do‘konlar va muassasalarda maxsus idishlar ajratilgan.

Savdoga chiqariladigan yangi batareykalarning narxiga utilizatsiya chiqimlari ham qo‘shib hisoblanadi, ma’lum foiz ustama qo‘yiladi. Agar xaridor yangi batareyka xaridi chog‘ida ishlatilgan batareykalarni taqdim etsa, muayyan chegirmaga ega bo‘ladi. G‘arb davlatlarida ishlatilgan batareykalarning 50 foizdan ortig‘i utilizatsiya qilinadi. Misol uchun, Germaniyada avtomobil egasi yangi akkumulyator sotib olmoqchi bo‘lsa, eskisini topshirishi shart, aks holda jarimaga tortiladi. Energiya manbalarini o‘zboshimchalik bilan yo‘qotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Batareyka utilizatsiyasi xomashyo sarfini kamaytiradi

Quvvat beruvchi batareyalar va akkumulyatorlar tarkibida qayta ishlashga yaroqli qismlar kam miqdorni tashkil etadi. Lekin yig‘ib olingan yaroqsiz batareykalarni qayta ishlash orqali yangi batareykalar, plastik, qora qalam, metall, qog‘oz, o‘g‘it, avtomobil shinalari uchun qoplamalar olish mumkin.

O‘zbekistonda-chi?

“Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarning ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan. Batareykalar ham utilizatsiya qilinadigan chiqindilar sirasiga kiradi, ammo O‘zbekistonda batareykalarni qayta ishlash bo‘yicha texnologiyalarga ega bo‘lgan birorta korxona mavjud emas.

Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha 2019-2028 yilga mo‘ljallangan strategiyada 2022-2025 yilgacha bo‘lgan oraliqda respublika shaharlarining ko‘p kvartirali turar-joy sektorida chiqindining quyidagi turlari uchun alohida konteynerlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan:
- qayta ishlanadigan chiqindilar (polimer, qog‘oz, metall);
- organik chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik materiallar);
- qayta ishlanmaydigan chiqindilar (kompozitli materiallar, tozalanmagan materiallar);
- xavfli maishiy chiqindilar (akkumulyator, batareyka, tibbiyot chiqindilari);
- shisha idish buyumlari.

Ammo chiqindilar qayta ishlanmaydigan bo‘lsa, ularni saralashdan naf yo‘q. Saralangan chiqindilarni qayta ishlash butun dunyoda qo‘llanayotgan tendensiya, bu orqali xomashyo sarfini kamaytirish hamda ekologiyaga yetadigan zararni minimallashtirish mumkin. Atrof-muhitga yetkazadigan ziyonini inobatga olgan holda batareykalarning qayta ishlanishi masalasini ham qisqa muddatlarda hal qilish talab etiladi. Buni utilizatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, chiqindilarni qayta ishlovchi texnologiyalar uchun imtiyozlar joriy etish orqali hal qilinadi.
​​Utilizatsiya bo‘yicha hali kerakli tizim ishga tushirilmagan bo‘lsa ham, batareykalarni umumiy chiqindiga qo‘shmaslik tavsiya etiladi. Ularni alohida jamlab, chiqindini yig‘ish punktlariga topshirgan ma’qul. Batareykalar alohida jamlansa, ularni yo‘q qilish va qayta ishlash uchun muqobil yechim izlansa, ehtimol.

Shu o‘rinda layfhak:

Batareykalarni ishlatishdan oldin kontaktli qismlarini qattiq quruq mato bilan yaxshilab ishqalasangiz, ular sizga uzoqroq xizmat qiladi.

Agar batareykalar yoki batareyka o‘rnatilgan qurilma issiqlik ta’sirida uzoq vaqt qolib ketsa, u erib, kuydiruvchi ajralma chiqarishi mumkin. Shu bois bunday holda batareykani qo‘lqop bilan olish tavsiya etiladi.

📝 Saodat Abdurahmonova @kunuzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat #smartfon

📱 IMEI-kodni ro'yxatdan o'tkazishning besh usuli.

Shoshiling, vaqtingiz juda oz qoldi!

📝 Manba: @turon_line

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#tarmoq #internet #bilasizmi #mulohaza_uchun

Ma’lumotlarni uzatish kabelining kesimi. Bunday turdagi kabellar okean tubi bo‘ylab yotqiziladi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegramda_kanal_yuritish

💡 Telegraph’dagi maqolalar matni bo‘ylab tezkor o‘tish

Ba’zida Telegraph orqali yaratilgan maqolalarning matni uzayib ketganida, maqola uchun alohida mundarija qo‘shish va sahifa bo‘ylab tezkor o‘tishni sozlashimizga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?

Buning uchun matnning sarlavhalariga langarlar o‘rnatish va mundarijada ushbu langarlar uchun havolalar qoldirishga to‘g‘ri keladi.

Buni amalga oshirish oson, lekin tezkor o‘tish to‘g‘ri ishlashi uchun ba’zi jihatlariga e’tiborliroq bo‘lish lozim.

Langarlar va havolalarni qo‘shishning bosqichma-bosqish jarayoni

1️⃣. Butun matnni kiritamiz va formatini sozlab chiqamiz.

2️⃣. Matn tarkibidagi sarlavhalarga langarlar o‘rnatamiz - buning uchun sarlavha matnini belgilaymiz va formatni sozlash menyusida katta T harfiga bosamiz.

3️⃣. Mundarija matniga langar uchun havolani qo‘shamiz. Havolaning tarkibida # belgisi va sarlavha matnida keluvchi probellar o‘rniga chiziqcha belgisi qo‘llanilishi lozim.

Masalan, agar sarlavha (matndagi langar) sizda quyidagi ko‘rinishda bo‘lsa: Birinchi sarlavha

Ushbu langar uchun havola quyidagicha bo‘lishi lozim: #Birinchi-sarlavha

Ko‘rib turganingizdek, maqola matni bo‘ylab tezkor o‘tishni sozlashning hech qanday murakkab joyi yo‘q!

📌 P.S.: Sizlarga bir sahifa tarkibida mundarija, langarlar va tezkor o‘tish uchun havolalarni o‘z ichiga olgan maqolani misol tariqasida keltirdik: http://bit.ly/35KL4vY

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Ta’tildaligingizda sizdan zudlik bilan bir yumush bo‘yicha yordam so‘rashganida

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim

Windows 10’da shaffoflik — faollashtirish, o‘chirish va sozlash

Windows 10’ning so‘nggi versiyalarida vazifalar paneli va “Пуск” menyusi, shuningdek “Параметры” oynasining ba’zi oynalari uchun shaffoflik elementlari mavjud. Odatda ular qoida bo‘yicha faollashtirilgan bo‘ladi, lekin har doim ham emas. Agarda shaffoflik sozlamalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, tizimda buning uchun unchalik imkoniyatlar ko‘p emas, lekin shunday bo‘lsa-da buni amalga oshirish mumkin.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Kod yozishga endigina kirishgan shogirdingni ishini kuzatayotganingda.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #internet

Eng yaxshi 100 ta veb saytlar reytingi 2019-yil iyun oyi natijalari

📝 Manba: @mathinfouz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news

“Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa” o‘tkazildi.

📝 Manba: Mitc.uz

👨🏻‍💻
“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

ULAR QANDAY G‘OLIB BO‘LDILAR (1-qism) 🤔

Bir kunda muvaffaqiyatli bo‘lishning imkoni yo‘q. Omad esa boshqa narsa. Shubhasiz, muvaffaqiyat – qattiq mehnat samarasi. Ammo mehnatning o‘zi kifoya qilganida tinim bilmas eshak dunyodagi eng muvaffaqiyatli jonzot bo‘lishi kerak edi. Muvaffaqiyatli bo‘lishning ham o‘z sirlari bor.

Savol tug‘iladi: g‘olib insonlarni g‘alabaga boshlagan, og‘ir damlarda ilhomlantirgan kuch nima edi? Ularning hayot yo‘llarini sinchiklab o‘rganib chiqsak, umumiy jihatlarni ko‘rishimiz mumkin.

Maqsadli harakat va uni sevish

Maqsad qanchalar aniq bo‘lsa, unga yetish ham shu qadar oson kechadi. O‘zimiz qilayotgan ishga mehr qo‘yish esa muvaffaqiyatga yanada tezroq yetishimizga xizmat qiladi. Aslida qancha harakat qilganimiz emas, to‘g‘ri yo‘lda harakat qilayotganimiz va unga qanchalar jiddiy yondashishimiz muhim. Unutmang: noto‘g‘ri tanlangan maqsad va ish – bir umrlik dushman.

Xato va kamchiligingizni yon-atrofdagilardan so‘rang

Har doim muvaffaqiyatsizligingizning omillarini aniqlang, ya’ni qilgan xatolaringizni topib, ojiz nuqtangizni biling. Ko‘pchiligimiz bunday vaziyatda boshqalardan shubha qilamiz, ularni o‘zimizga dushman hisoblaymiz va nafratlanamiz yoki nuqul aybdorlarni izlaymiz. Bunday vaziyatda bahoni his-tuyg‘ular emas, aqlimiz berishi kerak. Taniqli tadbirkor Bill Geyts aytgani kabi, barchamiz bizga aslida qanday odam ekanligimizni aytadigan do‘stlarga muhtojmiz. Ular bizga o‘z ustimizda ishlashimiz uchun kerak.

Jamoa bilan ishlash

Agar biz siz bilan qo‘limizdagi olmalarni almashsak, har birimizda bittadan olma bo‘ladi. Agar biz o‘zimizdagi innovatsion g‘oyalarni o‘rtoqlashsak, har birimizda 2 tadan g‘oya bo‘ladi. Bu – jamoa bo‘lib ishlashning afzal tomoni.

Biror muvaffaqiyatli odamdan so‘rasangiz, muvaffaqiyatining omillari qatorida jamoa bilan ishlashning ahamiyatini ham ta’kidlaydi. “Maslahatli osh tarqamas” yoki “Ko‘pdan quyon qochib qutulmas” kabi naqllarda hikmat bor. Hamkasblarni hurmat qilish, ish yuzasidan fikr almashish, ularga yordam berishga odatlanish kerak. Bu odat insonning oilaviy hayotiga ham ta’sir o‘tkazadi. Mashhur tadbirkor Genri Ford aytgani kabi, agar jamoa birgalikda harakatlansa, muvaffaqiyatsizlik ham o‘zi haqida qayg‘urib qoladi.

Muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turish

Muvaffaqiyat yetti marta yiqilib, sakkiz marta oyoqqa turish degani. Oyoqqa turishni o‘rganish uchun esa yiqilish kerak bo‘ladi. Har bir omadsizlik saboq bo‘lsin. Shuni anglasak, yanada kuchli, irodali bo‘lib boramiz. Janubiy Afrika Respublikasining yetakchisi, taniqli siyosiy arbob Nelson Mandela aytgani kabi, odamga uning muvaffaqiyati bilan emas, necha marta yiqilib, necha marotaba yana oyoqqa turganiga qarab baho berish kerak.

Chin dildan kechirim so‘rash

Ba’zida uzr so‘rash eng mushkul ishga o‘xshab ko‘rinadi. Vaziyatdan chiqib ketish uchun uzr so‘ramoqlik eng yaxshi imkon. Ammo u samimiy bo‘lmasa, vaziyatni yanada chigallashtiradi. Kimnidir xatoingiz bilan xafa qilsangiz, u insonga boshqa bunga yo‘l qo‘ymasligingiz haqida gapiring. Hindiston ozodlik yo‘lboshchisi Mahatma Gandining fikricha, ojizlar kechirishni bilmaydilar. Binobarin, kechirimlilik – kuchlilarga xos fazilat.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz