Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Kanal linkini do'stlaringiz bilan ulashing @Italian_lan
#Nuova_parola

• Prendere due piccioni con una fava

So'zma so'z tarjimasi : 1 ta loviya bilan 2 ta kaptar ushlash

Asl ma'nosi : 1 o'q bilan 2 quyonni urish.

Bu so'z italyanlar tomonidan aytiladigan mashxur iboralardan biri bo'lib buni biz qachonki biror bir ish qilib 1 ta urinish orqali 2 ta yaxshi natijaga erishganda ishlatishimiz mumkin
Bugun soat 22:00 da chat guruhda Quiz savollar bo'ladi.

Bugun kanal obunachilari sonini 400taga yetkaza olamizmi ?
Anonymous Poll
59%
Ha , Xudo xohlasa
28%
Yo'q, chunki bu tilni o'rganishni istaydigan do'stlarim yo'q
13%
Barcha kontaktlarim va guruhlarga kanal linkini jo'nataman
Bugun Boshlang'ichlar uchun 10 ta QUIZ savol bor...
Va ancha vaqtdan o'rganayotganlar uchun 15 ta QUIZ savol bor.....


Shu chat guruhga kiring @italian_lang

Boshlang'ichlarning test vaqti 21:30

Boshqalarniki esa 22:00
Juda ham ko'plab talablarga binoan italyan tilini boshlang'ich darajadan o'rgatadigan yangi kanal ochildi. Hozirgi ishlab turgan kanalda ham shu narsa bor edi ammo bilmadim hamma topolmayapman qani degan so'zlarni qildi. Xullas yangi kanal bu yangi a'zolar uchun tilni O dan o:rgatish uchun ochildi. Qiziqsangiz kirib ko'ring @italyanuzbek
#Ertangi_mavzu

1. Ma , peró , tuttavia , eppure , bensi (Grammatika)
#Takror

💖 Auguri di Buonanotte romantici
Romantik tarzda Xayrli tun aytishlar 💞

💕Auguro una dolce notte al mio tesoro più prezioso. Sogni d’oro amore mio, vedrai che “domani” sarà ancora più bello… insieme! ----- Shirin tunlarni eng bebaho boyligimga tilayman. Oltindek yaltiroq tushlar sen uchun , ko'rasan hali ertaga bundanda ajoyib kun bo'ladi...Birgalikda

💕Buonanotte angelo mio, ricordati che per avermi li con te anche stanotte ti basterà chiudere gli occhi e sognarmi! ----- Xayrli tun mening farishtam !Unutma, men sen bilan shu kecha ham birga ekanman, meni tushingda ko'rishing uchun birgina ko'zingni yumishing kifoya

💕Buonanotte amore mio, sognami e ci potremo incontrare! Ti aspetto nel mondo dei sogni. Ti amo! – Xayrli tun sevgilim !meni tasavvur qil va tushingda ko'rishimiz mumkin. Seni tushlar olamida kutmoqdaman. Seni sevaman !

💕 La vedi quella stella in cielo? Ecco quella sei tu, la più splendente, la più bella. Ti auguro una notte da sogno! Ti amo da impazzire ---Osmondagi yulduzni ko'rayapsanmi ? O'sha sen , eng yarqiroq va eng chiroyli. Senga Xayrli tunli tush tilayman.Seni telbalarcha sevaman

💕In questa splendida notte, mille stelle brillano lassù nel cielo ma nel mio cuore una sola brillerà per sempre, la tua! Buona notte amore – Bunday ajoyib tunda osmonda minglab yulduzlar yaltiramoqda ammo mening yuragimda faqat bitta yulduz yaltiramoqda, bu sening yulduzing. Xayrli tun Sevgilim

💕Buona notte mio dolce tesoro, ogni sera prima di chiudere gli occhi penso a noi due, e non vedo l’ora che il sole risorga per poterti riabbracciare! – Xayrli tun mening shirin boyligim. Har kuni ko'zlarimni yopishdan oldin ikkalamiz haqimizda o'ylayman va seni yana bir bor bag'rimda ko'rish uchun quyoshni ufqdan chiqishini kutolmayman
Hammaga Xayrli Kun
#Grammatica
#Ma_Pero_Tuttavia_Eppure_Bensi

Yuqorida ko'rib turgan so'zlar italyan tilida Le congiunzioni avversative( Zidlovchi bog'lovchilar )deb ataladi va gapda ma'lum bir darajada o'z o'rniga ega grammatikaning bir qismi hisoblanadi. Tartib bilan boshlagan holda birinchi o'rganmoqchi bo'lgan Zid Bog'lovchilari bu — MA va PERÓ

#Ma_Pero
" Ma " bog'lovchisi biror bir aytilgan narsaga / fikrga TO'LIQ QARSHILIK ifodalash uchun ishlatilib " Ammo , biroq , lekin " deb tarjima qilinadi.

" Ma " har doim ikkinchi gapning boshida keladi , m-n :
🇮🇹Leggo molti libri ma non leggo riviste —🇺🇿Juda ham ko'plab kitob o'qiyman ammo jurnal o'qimayman

" Pero " ham shu taqlid bir xil tarzda gapda ishlatiladi ya'ni ikkinchi gapning boshida va tarjimasi ham " Ma " bog'lovchisi kabi bir xildir,, m-n :
🇮🇹Leggo molti libri pero non leggo riviste —🇺🇿Juda ham ko'plab kitob o'qiyman ammo jurnal o'qimayman

Shuningdek, " Pero " gapning oxirida yakka holda ham kelishi mumkin , masalan :
🇮🇹Leggo molti libri ;non leggo riviste, peró.

Endi esa navbat TUTTAVIA va EPPURE zid bog'lovchilariga

#TUTTAVIA_EPPURE

" Tuttavia " va " Eppure " biror bir narsa va fikrga QISMAN QARSHI bo'lish uchun ishlatiladi garchi aytilgan so'zga qoniqarli javob berilgan bo'lsada qarshi fikr ifodalaniladi va uning tarjimasi " Biroq, ammo , lekin , shunga qaramay , shunga qaramasdan " deb tarjima qilinadi. Masalan :
🇮🇹Mi piace camminare , tuttavia prendo sempre l'autobus —🇺🇿menga yayov(peshkom ) yurish yoqsa ham ammo shunga qaramay baribir har doim avtobusda qatnayman

🇮🇹Mi piace camminare , eppure prendo sempre l'autobus—🇺🇿Menga yayov(peshkom) yurish yoqsa ham ammo shunga qaramay baribir har doim avtobusda qatnayman.

Zid ma'noni ifodalashning yana boshqa usuli quyidagi misolda aks etadi
🇮🇹Mi piace camminare e " nonostante ` cio io prendo sempre un mezzo di trasporto—🇺🇿men yayov(peshkom) yurishni yaxshi ko'raman ammo shunga qaramasdan baribir jamoat transportidan foydalanaman

Ammo " Tuttavia va Eppure " zid bog'lovchilarining ishlatish normasi chegaralangan bo'lib u har doim ham ZID MA'NO BERMAYDI, masalan :
🇮🇹Leggo molti libri , tuttavia / eppure non leggo riviste Bu misolda qarama qarshilik mavjud emas shu bois e'tiborli bo'lish kerak qaysi zid bog'lovchisi qachon va qanday hollarda ishlatilishiga.

Endi esa " BENSÍ " bog'lovchisining qo'llanilish formasiga e'tibor qaratamiz

" Bensí " to'liq qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi xuddi MA va PERÓ kabi ammo uning ishlatilish qoidasidagi eng muhim omil quyidagicha :
" Bensí " gapning 2-qismida keladi AGAR 1-gap INKOR gap bo'lsa, va uning tarjimasi " Yaxshisi , buning o'rniga , hech bo'lmasa bu yerga , ammo bu bo'lishi mumkin " kabi tarjima qilinadi , masalan :

🇮🇹Non vado in vacanza al mare , bensi in montagna —🇺🇿ta'til payti dengizga bormayman, ammo o'rniga to'g'ga boraman / tog' ma'qul

🇮🇹Non prendo l'autobus , bensí vado a piedi —🇺🇿avtobus ushlamayman , yaxshisi yayov(peshkom) boraman

Quyidagi holatlarda BENSI umuman ISHLATILMAYDI

🇮🇹Vado in vacanza al mare, bensi non in montagna —🇺🇿ta'til payti dengizga boraman, yaxshisi tog'ga bormayman
( Birinchi gap INKOR EMAS va shu bois bu gap xato )

🇮🇹Prendo l'autobus, bensi non vado a piedi —🇺🇿Avtobus olaman, yaxshisi peshkom bormayman (Birinchi gap INKOR EMAS va shu bois xato )
#Nuova_parola

• Non avere peli sulla lingua

So'zma so'z tarjimasi : tilida soch bo'lmaslik

Asl ma'nosi : Maydalashib o'tirmaslik , Dangal, ochiqcha ,

Esempio :

🇮🇹Laura non ha peli sulla lingua : dice sempre quello che pensa —🇺🇿Laura maydalashib o'tiradigan odam emas : hayoliga kelgan narsani aytadi.
#Ertangi_mavzu

1. Ora, Oramai , Ormai(Grammatika)
Xayrli Kun
#Grammatica
#Ora_Oramai_Ormai

Ilgari hech bir bu so'zlarni eshitganmisiz ? Bu so'zlar yozilish jihatidan bir biriga juda ham o'xshash ammo ular sinonimlar emas ! Tartib bilan boshlagan holda birinchi o'rganadigan so'zimiz bu ORA

#Ora

Ora bu italyan tilidagi Adesso (hozir) so'ziga sinonim hisoblanib u gapda aynan biror narsa aynan hozir sodir bo'layotganligini nazarda tutish uchun ishlatiladi.
🇮🇹—É pronto il caffé ?
—Si, lo sto versando proprio ora nella tazzina .
🇺🇿—Kofe tayyor bo'ldimi ?
—Ha, men uni aynan hozir chashkaga quymoqdaman.

Diqqat ❗️❗️❗️
Agar siz biror bir italyan bilan suhbatlashayotgan bo'lsangiz , asosan Janubliklar bilan , ORA so'zini ular MO deb aytishadi. Shu bois bu kabi so'zlarni eshitish ham gapiriladigan mahalliy tillarda uchrab turadi .
🇮🇹—Accendi la TV ?
—Ma proprio mo l'ho spenta .
🇺🇿—Televizorni yoqasanmi ?
—Men uni hozirgina yoqdim.

Xo'sh unday bo'lsa Ormai va Oramai qanday holatlarda ishlatiladi degan savol bersangiz javob quyidagicha : bu ikkala so'z amaliy jihatdan bir birining o'rnini qoplab ketadigan o'zaro almashadigan so'zlar hisoblanib bir-biriga Sinonim ham hisoblanadi.

#Ormai_Oramai

1 ) Ormai va Oramai " Aynan hozir " " Ayni damda " " hozirgina " degan tarjimaga ega hisoblanib u biror bir tuzatib bo'lmas xato afsuslanishgacha sabab bo'ladigan voqea -hodisaga nisbatan qo'llaniladi.
🇮🇹 Oramai il treno é partito —🇺🇿Poyezd hozir jo'nab ketdi( Poyezd aynan hozir ko'rgan payti jo'nab ketdi va bu afsuslantirishga olib kelmoqda va keyingi poyezdni kutish kerak degani )

Agar biz Ora il treno é partito desak bu noto'g'richunki Ora so'zida xuddi Ormai va Oramai kabi afsuslanish ma'nosi mavjud emas. Shu bois afsuslanishni ifodalash uchun Ormai va Oramai ishlatiladi.

Keyingi misol :
🇮🇹 Ormai é tardi per andare al cinema —🇺🇿 hozir endi kinoga borishga kech bo'ldi (bunda Film allaqachon boshlanganligini nazarda tutmoqchi va agar kinoteatrga ham borsa bu juda kech ekanligi aytilmoqda)

2 ) Ormai va Oramai shuningdek Italyan tilidagi Quasi (deyarli ) so'ziga sinonim sifatida ham qo'llaniladi .
🇮🇹—A che ora doveva venire Shokhrukh ?
—Stará per ormai per arrivare : mi ha detto al telefono che stava qui vicino
🇺🇿—Shohrux soat nechchida kelishi kerak edi ?
—U deyarli yetib kelgan bo'lsa kerak : telefonda menga u shu yaqin atrofda ekanligini aytgan edi.
#Indovinello_Topishmoq

🇮🇹Nasce grande e muore piccola. Cosa é ?

🇺🇿Katta bo'lib tug'iladi va kichik bo'lib o'ladi. Bu nima ?

Kommentariyga javobini yozing
#nuova_parola

• Non vedo l'ora

So'zma so'z tarjimasi : soatni ko'rmayapman

Asl ma'nosi :Kutib o'tirmaslik, Biror narsani tezda amalga oshirmoq

Bu Ibora qachonki italyanlar biror bir narsaga juda ham qiziqib qolgan payti ishlatiladi ya'ni uni boshqa kunga qoldirmasdan, hozirning o'zida tezda bajarish uchun qo'llaniladi.

Esempio : 🇮🇹Ma finirá presto , non vedo l'ora di presentarlo 🇺🇿Tezda yakuniga yetadi ammo ko'rgazma qilib berishni boshqa kutolmayman
Lug'atni bir titkilab ko'rasizlar va 1 ta so'z o'rganasizlar

Quyidagi qaysi so'z Italyan tilida mavjud ?
Anonymous Quiz
16%
Zanziera
48%
Ombrellione
36%
Tenda
Zanziera degan so'z yo'q
Zanzara degan so'z bor...Chivin degani
Ombrellione degan so'z yo'q
Ombrellone degan so'z bor...Zontik degani

Tenda chodir , parda degani
#Ertangi_mavzu

1. La particella Ci (Grammatika)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buona notte e Buon venerdi !
Xayrli kun