Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Italiya haqida ma'lumot berganimda kutilmaganda 3 ta kanal a'zosi kanalni tark etdi. Italiya va italyanlar haqida ma'lumot berish bo'yicha so'rovnoma o'tqazmoqchiman. Bu kabi ma'lumotlar kerakmi siz uchun ?
Anonymous Poll
8%
Yo'q, juda zerikarli
37%
Ha, juda qiziqarli
55%
Tilni o'rganishni istagan odam bu davlat haqida hamma narsani iloji boricha bilish kerak
#Grammatica

1. Piu
2. Di Piu
3. In Piu so'zlarining ishlatilishi, ma'nolari va qaysi holatlarda kelishi haqida ma'lumot

1. Piu
#Piu

Piu bu biror bir narsa va miqdorning qandaydir bir qismi, o'lchami va bo'lagi hisoblanadi va Tarjima qilganda " biroz, ancha, ko'proq, umuman va hokazo " ma'nolarida keladi.

Piu so'zi Predlogsiz ishlatilganda Ravish, Sifat va Ot oldidan keladi. Masalan :

🇮🇹Devi correre piu velocemente(ravish) —🇺🇿 Biroz tezroq(ravish) yugurishing kerak

🇮🇹Devi essere piu sicura(sifat) di te stessa —🇺🇿 o'zinnga biroz ishonchliroq(sifat) bo'lishing kerak

🇮🇹 C' é piu gente(ot) nella camera da letto —🇺🇿 Yotoqxonada " ancha odam bor.

Piu shuningdek predlogsiz kelganda biror bir narsani qiyoslash va taqqoslash uchun ham ishlatiladi, va u Dan ko'ra deb tarjima qilinadi ,Masalan :
🇮🇹Io sono
piu nervosa di te —🇺🇿 men sendan ko'ra asabiyman

Piu shuningdek predlogsiz kelganda Non + Verbo(fe'l) + Piu strukturasida ham keladi va biror bir narsaning aynan o'sha lahzadan boshlab yakuni ekanligini bildirib keladi va Umuman boshqa deb tarjima qilinadi.

🇮🇹Dopo l'incidente , Marco
non prende piu la moto—🇺🇿noxush voqeadan so'ng, Marko mototsiklni umuman olmaydigan bo'ldi (aynan o'sha lahzadan so'ng)

🇮🇹Da quando vive da solo, Shokhrukh
non parla piu con nessuno —🇺🇿Yolg'iz yashahni boshlagandan buyon, Shohrux hech kim bilan umuman gaplashmaydi

Italyan tilida shuningdek bir ajoyib
Perlopiu degan birikma bor bo'lib uning tarjimasi " Ko'pchilik hollarda, ko'pincha, odatda " deb tarjima qilinadi. Masalan :
🇮🇹 I bar del centro sono
perlopiu cari —🇺🇿markazdagi barlar ko'pincha qimmat bo'ladi.

2. Di piu
#Di_Piu

Di piu har doim fe'ldan so'ng keladi va "Biror bir narsaning ko'proq hajmda " degan ma'noni beradi. Masalan :
🇮🇹Bisogna lavorare molto
di piu 🇺🇿 Ko'proq ishlash kerak bo'ladi

🇮🇹Buona questa torta, ne voglio
di piu ! - 🇺🇿 juda ham yaxshi tort, undan(tortdan) yana ko'proq xohlayman

3. In Piu
#In_Piu

In piu so'zini biror bir gapning boshida ishlatish uchun qo'llashimiz mumkin va uning tarjimasi " Qo'shimcha tarzda, shuningdek ma'nolari beradi, masalan :
🇮🇹Prendo del pollo e dell'insalata. in piu vorrei un piatto di patatine fritte —🇺🇿 tovuq go'shti va salat olaman. shuningdek qovurilgan kartoshka ham.

Shuningdek, biz in piu ni OT va OLMOSH dan so'ng " dan ham ko'p, ortig'i bilan, kutganimdan ortiq " ma'nolarida ishlatishimiz mumkin. Masalan :
🇮🇹Avrei dovuto pagare solo 250.000 soum, invece ne ho pagati 80.000 soum in piu 🇺🇿men umumiy hisobda 250.000 so'm to'lashim kerak edi, ammo men aksincha yana 80.000 so'm ortig'i bilan to'ladim
👍1
Hurmatli Italyan tili kanal obunachilari, kanal rivoji yo'lida o'z do'stlaringiz va yaqinlaringizni va barcha ilm shaydolarini Italyan tili kanalimizga chorlashingizni xohlagan bo'lar edim. Kanal linki @Italian_lan

Grazie in anticipio—Oldindan rahmat
#Nuova_Parola

• ALLA ROMANA

So'zma so'z tarjimasi : Rimchasiga

Asl ma'nosi : Xarajatni odam boshiga qarab teng taqsimlash

Xarajatlarni barcha ishtirokchilar o'rtasida teng ravishda taqsimlash usuli, ularning har biri qancha iste'mol qilganligini hisobga olmagan holda. Masalan , umumiy hisobda 5 kishi o'tirgan 1 ta stol 300.000 so'm bo'lsa kim qancha yegani muhim emas, hamma 60.000 so'mdan to'laydi degani. 60.000×5 = 300.000

@Italian_lan
Hurmatli Italyan tili kanal obunachilari, kanal rivoji yo'lida o'z do'stlaringiz va yaqinlaringizni va barcha ilm shaydolarini Italyan tili kanalimizga chorlashingizni xohlagan bo'lar edim. Kanal linki @Italian_lan

Grazie in anticipio—Oldindan rahmat
Hammaga Xayrli Tun
Nihoyat bugun Juma
Xayrli kun
Juma muborak
#Aforismo

🇮🇹Non prendertela se ti considerano mezzo scemo. Si vede che ti conoscono soltanto a metà —🇺🇿Agar sizni yarmi ahmoq deb atashsa g'azablanmang. Shubhasiz, ular sizning faqat yarmingizni bilishadi xolos.

Tiziano Sclavi

@Italian_lan
#Preposizione_Predlog

La preposizione(Predlog) grammatikaning ajralmas qismi hisoblanib u gap tuzishda asosiy rolni bajarib beruvchi vosita hisoblanadi va bu o'zbek tilidagi kelishiklarga to'g'ri keladi. Hozir biz o'rganmoqchi bo'lgan la Preposizione (Predlog) DI predlogi hisoblanadi. DI predlogi italyan tilidagi eng ko'p grammatik xususiyatga ega predlog hisoblanadi va uni quyidagi holatlarda ishlatamiz :

1⃣Tasniflash va tegishlilik bo'lganda, masalan:
🇮🇹Questo libro é di Shokhrukh —🇺🇿Bu Shohruhning kitobi
🇮🇹Gli impiegati del comune —🇺🇿Jamoat ishchilari

2⃣Biror bir narsaning SABABini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Shokhrukh piangeva di gioia—🇺🇿Shohruh quvonchdan yig'lar edi

3⃣Miqdor, mazmun ,nom, daraja tarkibini ifodalaganda , masalan :
🇮🇹Bevo una tazza di caffé —🇺🇿bir chashka kofe ichaman
🇮🇹Leggo un libro di storia —🇺🇿Tarix kitobini o'qiyapman

4⃣Yoshni tasniflashda , masalan :
🇮🇹un uomo di mezzo, di una quarantina di anni —🇺🇿O'rta yoshlardagi,40 yoshli erkak

5⃣Narsa va predmetni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹A Samarcanda ci sono molte statue di marmo —🇺🇿Samarqandda marmardan ishlangan haykallar juda ko'p

6⃣Holat va usulni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Vado a casa di corsa —🇺🇿Uyga yugurgan holda boraman
🇮🇹Bevo d'un fiato —🇺🇿bir nafasda ichaman

7⃣Kelib chiqish ni ifodalaganda, masalan :🇮🇹io sono di Samarcanda—🇺🇿Men Samarqanddanman

8⃣Kayfiyat va qiymatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Oggi tu sei di buon umore —🇺🇿Bugun sen yaxshi kayfiyatdasan
🇮🇹un orologio di alta precisione—🇺🇿Qimmatbaho soat

9⃣Vaqtni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹Viaggio sempre di giorno mai di notte —🇺🇿har doim kunduzi sayohat qilaman, kechasi emas.

🔟Butundan bir qism, bo'lakni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹 Un brano del libro —🇺🇿kitobdan bir parcha
🇮🇹Una fetta di pane —🇺🇿Nondan bir bo'lak(Bir bo'lak non)

1⃣1⃣Biror bir narsada ayblanganda, masalan :
🇮🇹Imputato di omicidio —🇺🇿Qotillikda ayblanuvchi

1⃣2⃣qiymat, bahoni ifodalaganda,masalan :
🇮🇹Un appartamento di cento cinquanta mila soum—🇺🇿150 ming so'mlik kvartira

1⃣3⃣Hajm va o'lchamni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Un grattacielo di cento metri —🇺🇿 100 metrlik osmono'par bino

1⃣4⃣Biror bir narsani nomlanishini ifodalaganda, m-n:
🇮🇹il mese di marzo—🇺🇿Mart oyi
🇮🇹la cittá di Samarcanda—🇺🇿Samarqand shahri

1⃣5⃣ ikki narsa va kishini qiyoslashda, m-n :
🇮🇹 Shokhrukh é piu alto di Mohinabonu —🇺🇿 Shohruh Mohinabonudan ko'ra balandroq(bo'yi)

1⃣6⃣O'rin holatini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Esco di casa la mattina —🇺🇿Uydan ertalab chiqaman

1⃣7⃣Bir joydagi holatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Dormo di lá —🇺🇿ana u yerda uxlayman

1⃣8⃣ko'plik va seroblikni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Una valigia piena di robba —🇺🇿Narsalarga to'la jamadon
🇮🇹Un compito zeppo di errori —🇺🇿Xatolarga to'la uyga vazifa
#Nuova_Parola

• A BIZZEFFE

Ma'nosi : Juda ko'p, to'yguncha, haddan ortiq, katta hajmda

Esempio :🇮🇹Oggi a pranzo ho mangiato a bizzeffe, quindi stasera non ceno—🇺🇿 Bugun obedda haddan ortiq ko'p yedim,shuning uchun bugun kechki ovqatni yemayman


Do'stlaringizni taklif qiling👇

@Italian_lan
🙂Talablarga binoan

Qizlar bilan tanishish yo'llari 💚⬜️❤️

💭🇮🇹 Scusa, ci conosciamo? Perché altrimenti dobbiamo davvero rimediare. -—🇺🇿 Kechirasiz, mabodo biz tanish emasmi ?Unday bo'lsa keling tanishib ko'ramiz
💭🇮🇹 Aspetti qualcuno? -🇺🇿Kimnidir kutyapsizmi ?

💭🇮🇹 Non ci siamo già visti da qualche parte? -—🇺🇿Ilgari qayerdadir ko'rishmaganmidik ?
💭 🇮🇹Da dove vieni? -🇺🇿qayerdansan?

💭🇮🇹 Come ti chiami? - 🇺🇿Ismig nima
💭🇮🇹 Scusa, sai che ore sono? - 🇺🇿 Kechirasiz soat nechchiligi bilasizmi

🇮🇹 È la prima volta che vieni qui / a Samarcanda? - 🇺🇿Birinchi marta bu yerga(Samarqandga) kelishingizmi ?
💭🇮🇹 Cosa fai a Samarcanda? -🇺🇿Samarqandda nima qilasan

💭🇮🇹 Se ti va di rivederci qualche volta, fammi sapere! -🇺🇿agar sen yana uchrashishga qarshi bo'lmasang, menga ayt

💭 🇮🇹Non credo di essere il primo che ti vuole conoscere oggi, ma sono sicuramente il migliore. Vuoi convincertene di persona? –🇺🇿O'ylashimcha bugun sen bilan tanishishni ixohlagan birinchi inson men emasman , ammo bir narsa aniqki men eng zo'riman(krutoy). Sinab ko'rasanmi ?
#Vocabolario

Italyanlar ba'zida xuddi o'zbeklarga o'xshab insonlarni hayvonlarga qiyoslashga odatlangan va bu kabi qiyoslash so'zlari o'zbek tilidagi qiyoslashga o'xshash hisoblanadi va hozir men sizlarga bir qancha o'xshatishlarni yozib ko'rsataman. Biror bir odamni hayonga qiyoslamoqchi bo'lsangiz italyan tilidagi yordamchi fe'l ESSERE ni tuslash orqali fikringizni ifoda etasizlar.

🇮🇹Lui é alto come una giraffa🦒 —U xuddi jirafadek baland🦒

🇮🇹Lui é noioso come una mosca 🦟🇺🇿U xuddi Passha kabi shilqim

🇮🇹Lui é nudo come un verme 🐛🇺🇿U xuddi chuvalchangdek ochiqcha(uyatsiz)🐛

🇮🇹lui é muto come un pesce 🐟🇺🇿U xuddi baliqdek sassiq🐟

🇮🇹lui é pauroso come una lepre🐇🇺🇿U xuddi quyondek qo'rqoq🐇

🇮🇹Lui é grasso come un maiale 🐖🇺🇿U xuddi cho'chqadek semiz🐖

🇮🇹Lui é lento come una tartaruga🐢🇺🇿U toshbaqadek sekin🐢

🇮🇹Lui é curioso come una scimmia🐵🇺🇿U maymundek qiziqqon🐵

🇮🇹Lui é ignorante come una capra🐐🇺🇿U xuddi echkidek nodon🐐

🇮🇹Lui é corraggioso come un leone o una tigre🦁🐯🇺🇿U xuddi sher va yo'lbarsdek botir🦁🐯

🇮🇹Lui é testardo come un mulo
🇺🇿U xuddi eshakdek qaysar

🇮🇹Lui é pazzo come un cavallo 🐎🇺🇿U xuddi otdek aqldan ozgan🐎

🇮🇹Lui é scontroso come un orso🐻🇺🇿U xuddi ayiqdek qo'pol🐻
#Proverbio_Maqol

• L'erba del vicino é sempre piu verde

So'zma so'z tarjimasi : qo'shningning maysasi har doim yashil

Ma'nosi : Oldingdan oqqan daryoning qadri yo'q

Bu maqol italiyada echkilarga nisbatan ishlatiladi . Bilamizki echkilar juda ham qaysar hisoblanadi va hamma joyga o'tlab yuraveradi garchi oldi maysazor bo'lsa ham.

@Italian_lan
#Takrorlash

Ba'zi talabalarning xohishiga binoan italyan tilidagi "SALOMLASHISH , XAYRLASHISH va o'zini tanishtirishga doir " bir qancha boshlang'ich ko'nikmalarni yana bir takrorlab olsak.

🇮🇹Ciao [chao] —Salom(do'stlar uchun )
🇮🇹Buondi[Buondi]—🇺🇿Salom
🇮🇹Salve[Salve] —🇺🇿Salom
🇮🇹Buona mattina[Buona mattina]—🇺🇿Xayrli tong
🇮🇹Buongiorno[Buonjorno]—🇺🇿Xayrli kun, Salom
🇮🇹Buona notte[Buona notte]—🇺🇿Xayrli tun
#Xayrlashish

🇮🇹Arrividerci[Arrividerchi]—🇺🇿Ko'rishguncha(do'stlar uchun)
🇮🇹Arrividerla[Arrividerla]—🇺🇿 Ko'rishguncha (hurmat shakl)
🇮🇹Ciao[Chao]—🇺🇿Xayr( * salom va xayr italyan tilida bir xil)
🇮🇹A presto[a presto]—🇺🇿tezda ko'rishguncha
🇮🇹A dopo[a dopo]—🇺🇿Tezda ko'rishguncha
#Hol_ahvol

Italyan tilida hol ahvol so'rash va unga javob berish quyidagi so'zlar orqali ifodalaniladi

🇮🇹Come stai [Kome stai ] —🇺🇿qandaysan

🇮🇹Come sta' [Kome stá] —🇺🇿qandaysiz

🇮🇹Come state[Kome state] —🇺🇿qandaysizlar

🇮🇹Sto bene/Ottimo/perfetto—🇺🇿 men yaxshi, ajoyib, mukammal

🇮🇹 E tu ? —🇺🇿Senchi (qandaysan) ?

🇮🇹Dove stai andando—🇺🇿 qayerga borayapSAN ?

🇮🇹Sto andando a Samarcanda—🇺🇿 men Samarqandga borayapman

🇮🇹Benissimo—🇺🇿 juda zo'r

🇮🇹Come sta andando la quarantena[Kome sta andando la kuarantena] —🇺🇿 Karantin qanday ketmoqda