Italyan tili
1.81K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Bugun men sizlarga Olmoshlar mavzusiga doir PRONOMI PERSONALI mavzusini o'tmoqchiman. Bu mavzuzini asosan bir qoida bo'yicha ya'ni yod olish orqali o'rganishingiz kerak bo'ladi. Shaxsi va shaxsi nomalum olmoshlari ingliz tilida ham mavjud va ushbu mavzuni o'sha til orqali solishtirib borishingiz mumkin bo'ladi , ammo gap tuzulish strukturasi har bir tilda o'zgacha bo'lgani bois strukturaga ko'proq e'tibor berishingiz talab etiladi.

1. ) Io —>Mi-meni, menga
2. ) Tu—>Ti-seni, senga
3. )👱‍♂Lui—>Gli-uni, unga
4. )👩‍🦳Lei—>le-uni, unga
5. )hurmat manosida esa Le (katta harfda)
6. )Noi—>Ci-bizni, bizga
7. ) Voi—>Vi-sizlarni, sizlarga
8. ) Loro—>Gli-ularni, ularga

Endi esa bu olmoshlarni misollar orqali ko'rib borsak tezda o'rgana olasiz , Masalan :

Mi scrive —(U) menGA yozadi
Mi ami —MeNI sevasan
Ti scrive—Senga yozadi
Ti amo—Seni sevaman
👱‍♂Gli scrive—Unga yozadi
👨Gli ama👩‍🦳—Uni sevadi(ayol erkakni sevadi)
Le scrive—Unga yozadi
👩‍🦳Le ama👱‍♂—Uni sevadi( erkak ayolni sevadi)
Ci scrive—Bizga yozadi
Ci hanno invitato—Bizni taklif etishgan
Vi scrive—Sizlarga yozadi
Vi amo—Sizlarni sevaman
Gli scrive(loro)—Ularga yozdi
Gli ama(Lui)—Ularni sevishadi

★ 3 shaxs birlik mujskoy roddagi (Gli) va 3 shaxs ko'plik mujskoy roddagi (Gli) yozilishi bir xil ammo bularni vaziyatdan matndan kelib chiqgan holda aniqlanib keladi.

Va shuningdek yuqoridagi misollarni yana quyidagi misollar orqali ifodalashimiz mumkin ammo avvalambor olmoshlar qanday tuslanishini bilib olamiz :

A me =Mi
A te = Ti
A Shokhrukh =Gli
A Mokhinabonu =le
A Mokhinabonu/Shokhrukh= Le
A noi = Ci
A voi = Vi
Ai ragazzi = Gli(ko'plik mujskoy)
Alle ragazze =Gli(ko'plik jenskiy)

Shokhrukh scrive a me = Mi scrive Shokhrukh ( Shohrux menga yoz )
Shokhrukh scrive a te =Ti scrive Shokhrukh (Shohruh senga yozadi)
...
...
...
...
Kabi tuslab ketasizlar


📌Diqqat !!!

1 )🇮🇹 Ragazzi, MI dovete fare un favore = Ragazzi, dovete farMI un favore (🇺🇿Bolalar, menga iltimos qilishlaringiz mumkin )
2 ) Luisa, Ti voglio dire la veritá = Luisa, voglio dirTI la veritá (🇺🇿Luiza, senGA haqiqatni aytmoqchiman)
3 ) Signore, quando Le posso telefonare = Signore, quando posso telefonarLe (🇺🇿Janob, qachon sizGA telefon qilsam bo'ladi)
*Le dagi (L) katta harfda yozilsa hurmat manosida bo'ladi va ma'no esa (Siz) deb tarjima qilinadi

4 ) Signora, quando Le posso telefonare= Signora, quando posso telefonarLe ?(🇺🇿Xonim, qachon sizga telefon qilsam bo'ladi )
* Le dagi (L) katta harfda yozilsa Hurmat ma'nosi va Siz deb tarjima qilinadi va shuningdek italyan tilida asosan ayollarni Siz deb murojaat qiladi . Ammo matnda " le" ya'ni kichik hard bilan kelsa ma'no" Siz "deb emas balkim "U(ayol kishi) "ma'nosida keladi

5)🇮🇹Ci sai spiegare questa parola = sai spiegarci questa parola (🇺🇿BizGA shu so'zni tushuntirib bera olasanmi )

6 ) Non Vi posso rispondere ora = Non posso risponderVI ora (Ayni damda sizGA javob bera olmayman)
​​☀️ Xayrli kun, hozir men sizlarga stol atrofida o'tirganimizda ishlatilishi mumkin bo'lgan 5 ta gapni yozib ko'rsataman☕️

🇮🇹Buon appetito a tutti! - 🇺🇿Hammaga yoqimli ishtaha!

🇮🇹Grazie dell'invito a 🍴 pranzo/ cena da voi! —🇺🇿Obed/kechki ovqatga taklif qilganingiz uchun rahmat

🇮🇹Complimenti al 👨‍🍳 cuoco/ alla cuoca 👩‍🍳 - 🇺🇿Bosh oshpazga tasanno

🇮🇹Mmmm... questa pizza 🍕 è squisita! —🇺🇿Mmmmm..Bu pitsa juda mazali ekan

🇮🇹Posso averne ancora un po'?/ Posso fare il bis? -🇺🇿Yana biroz berolasizmi(yana bormi)
Savol va takliflaringiz bo'lsa quyidagi botga jo'natishingiz mumkin
@ShokhrukhSamarqandi_bot
Buongiorno amici
Qanday qilib odamlarga: NON MI PIACE -Menga yoqmaydi deb aytishimiz mumkin 🤔

🇮🇹 non fa per me - 🇺🇿Bu men uchun emas

🇮🇹 l’ozio non fa per me —🇺🇿 yalqovlik - bu men uchun emas

🇮🇹 questo lavoro non fa per me. — 🇺🇿Bu ish men uchun emas.

🇮🇹 questo ragazzo non fa per te. —🇺🇿Bu yigit sen uchun emas

🇮🇹 ti piacciono queste scarpe? — 🇺🇿Senga bu tufli yoqdimi

🇮🇹sono fatte molto bene, sono di ottima qualità ma non fanno per me ( non mi piacciono) —🇺🇿Ular yaxshi ishlab chiqargan, sifati ham yuqori lekin menga yoqmadi

🇮🇹 non è di mio gusto -🇺🇿 Bu meni tabimdagi narsa emas

🇮🇹bella questa canzone, vero? — la cantante è molto brava ma la canzone non è di mio gusto —🇺🇿Ajoyib musiqa, to'g'rimi ? — Ashula aytuvchiga tasanno lekin musiqa men tabimdagi musiqa emas

🇮🇹mi spiace lasciare recensioni negative, ma questa pizzeria purtroppo non è di mio gusto — 🇺🇿E'tiroz bildirishdan afsusdaman ammo bu Pitsaxona, kechirasiz, mening tabimdagi emas

🇮🇹 Non essere un/una grande fan di -🇺🇿 Biror narsaning katta ishqibozi bo'lmaslik

🇮🇹 andiamo a ballare sabato sera? — 🇺🇿Shanba kechqurun raqsga tushishga boramizmi ?

🇮🇹non sono una grande fan delle discoteche però questa volta posso fare un'eccezione —🇺🇿Men diskotega borishga uncha ham ishqiboz emasman ammo bu safar urinib ko'rsam bo'ladi

🇮🇹Io non amo particolarmente i dolci ma alla torta di mele non resisto. — 🇺🇿Men umuman deyarli shirinlik yemayman ammo olmalik tort bo'lsa o'zimni tiyolmayman(paqqos tushiraman)

🇮🇹io non amo particolarmente i dolci, ma questo gelato è la fine del mondo —🇺🇿Men umuman olganda shirinlik iste'mol qilmayman ammo bu muzqaymoq juda ham ajoyib

🇮🇹non andare matto / matta per - 🇺🇿Unchalik ham sevmaslik/yoqtirmaslik

🇮🇹 non vado matto per gli appuntamenti alla cieca. —🇺🇿Ko'r-korona hamma uchrashuvga borishni yoqtirmayman
IRSI bilan tugaydigan fe'llar har doim REFLEXIV deb ataladi. Buni tushuntirish shart emas chunki yasalishi tepadagi foto kabi bir xildir faqatgina fe'l boshqa bo'ladi
Mi chiamo Peppe---Mening ismim Peppe
Ti chiami Renata? --sening isming Renatami ?
Xullas shu tarzda davom etadi
Mana shu mashq Reflexiv fe'l uchun
Shu mashqni bajarasizlar
Presente Indicativo zamonini eslagan holda Mashq bajaramiz 😉
Italyan tili
Photo
Buni javobini kutyapman
E'lon !!!

Ertaga Insho yozasizlar
Oldindan ogohlantirib qo'ydim
​​Ciao a tutti! Hammaga salom!
- Come va? - Bene. (Kimga shu so'zning tarjimasi kerak bo'lsa lichkaga yozsin🤓)
🇮🇹Bu savolga italyanlar yana qanday javob beradi ?

🇮🇹Abbastanza bene 👉🇺🇿Yetarlicha yaxshi
🇮🇹Bene 👉yaxshi
🇮🇹Benissimo/molto bene/benone 👉🇺🇿juda yaxshi
🇮🇹Male 👉🇺🇿yomon

🇮🇹Malissimo 👉🇺🇿juda yomon
🇮🇹Non male 👉🇺🇿yomon emas
🇮🇹Così così 👉unchalik emas...
🇮🇹Più o meno 👉 🇺🇿Ko'p ham emas yomon ham emas

🇮🇹Insomma....👉🇺🇿qanday qilib aytsam ....
🇮🇹Di male in peggio 👉🇺🇿Bundanda yomoni bo'lmaydi

🇮🇹Meglio di cosi si muore!🇺🇿Bundanda yaxshisi bo'lmaydi

🇮🇹Аlla grande! 🇺🇿G'aroyib
🇮🇹Non posso lamentarmi / non mi lamento 👉 Nolimayman(shukronalik)
🇮🇹Tiriamo avanti 👉🇺🇿sekin sekin yashayapmiz
🇮🇹Si tira аvanti 👉🇺🇿sekin sekin yashamoq

🇮🇹Va a giorni 👉🇺🇿Har kuni bir xil(bo'lmoqda)
🇮🇹Ho visto tempi migliori 👉🇺🇿men yaxshi kunlarni boshdan kechirdim
🇮🇹Non potrebbe andare meglio 👉🇺🇿Bundanda ortiq yaxshi bo'lmasa kerak

🇮🇹Non potrebbe andare peggio 👉🇺🇿Bundan ortiq yomon bo'lmasa kerak
🇮🇹Tra alti e bassi 👉🇺🇿Bazi paytlar yaxshi va yomon
🇮🇹Va, va .... 👉🇺🇿Ishlar ketyapti(odatdagidek)
🇮🇹Non va! 👉 🇺🇿Ishlar yaxshi emas...
Assalamu alaykum
Juma muborak barchaga


Insho nomi :
Chi vuoi essere nella vita (Hayotda kim bo'lishni xohlaysan)

Insholarni topshirishning oxirgi muddati soat 23:00 gacha.
Omad