Italyan tili
1.78K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Bilasizki bu yilgi futbol bo’yicha jahon chempionatiga 3 davlat AQSH,Meksika va Kanada mezbonlik qiladi. Yevropadagi eng dramatik bahslardan biri 🇧🇦Bosniya va 🇮🇹 Italiya o’rtasida bo’lib o’tdi va unda jamoalar 1:1 hisobida durang o’ynab g’olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi va unda Bosniyaliklar 4:1 hisobida lotereyada g’olib chiqishdi. Italiya 2018-2022-2026 yilgi mundialdan quruq qoldi.
🇮🇹Italiya – 🇧🇦Bosniya bahsida hal qiluvchi penaltilar seriyasida 🇮🇹Donnarummaga berilgan “shpargalka”ni to‘p olib berib turuvchi bola (ballboy ya’ni raccattapalle) o‘g‘irlab ketgani aniq bo‘ldi. Donnarumma bu vaziyatda hayron qolgani ko‘rindi.
14 yoshli Afan bu qilgan ishi uchun Bosniyadagi bitta telekanal bu bolani JChga tekinga borib-kelish xarajatlarini qoplab berishni rejalashtirgan.

Shpargalkaga e’tibor beradigan bo’lsak unda DX chiuso / aperto yoki sx chiuso / aperto kabi yozuvlarni ko’rishingiz mumkin. Bu nimani anglatadi ?

Dx chiuso- o’ng yaqin burchak
Dx aperto - o’ng uzoq burchak

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
9🔥4👏3👍2🎉1
1🔥117👏1🎉1🤓1
🇮🇹“La azione è la forza che trasforma i pensieri in risultati.”

🇺🇿“Harakat — bu fikrlarni natijaga aylantiradigan kuch.”


Brian Tracy

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥159👍4😘3👏2🥰1🎉1🤓1
Bugun hayotimdagi eng muhim kunlardan biri bo‘ldi — men magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladim. Dadajon va ayajon qo’limga diplom olgan paytimda birinchi bo‘lib ko‘z oldimga sizlar keldingiz. Chunki bu yutuq faqatgina mening mehnatim emas, balki sizlarning yillar davomida qilgan fidoyiligingiz, sabr-toqatingiz, duolaringiz va menga bo‘lgan cheksiz ishonchingiz samarasidir.
Men har bir bosgan qadamim ortida sizlarning mashaqqatlaringiz turganini yaxshi bilaman. Tunlaringizni bedor o‘tkazganingizni, men uchun qayg‘urganingizni, doimo yaxshilik va muvaffaqiyat tilab yashaganingizni hech qachon unutmayman. Ba’zan charchaganimda yoki qiyinchiliklarga duch kelganimda aynan sizlarning “sen uddalaysan” degan ishonchingiz menga kuch berdi. Shu sababli bugungi natija — eng avvalo sizlarning g‘alabangizdir.
Magistraturani tugatish men uchun oddiy diplom emas. Bu — sizlarning orzuingizga, ishonchingizga va bergan tarbiyangizga munosib bo‘lish yo‘lida qo‘yilgan katta qadamdir. Men bugun yanada chuqurroq his qildimki, insonning eng katta boyligi — uning ota-onasi ekan. Chunki dunyoda hech kim farzandi uchun ota-onadek chin yurakdan kuyinmaydi va quvonmaydi.

Sizlarga shuni aytmoqchimanki, men olgan bilimlarimni, erishgan yutuqlarimni faqat o‘zim uchun emas, sizlarning yuzingiz yorug‘ bo‘lishi uchun ham qadrlayman. Kelajakda yaxshi inson, halol mutaxassis va sizlarga munosib farzand bo‘lib yashashga harakat qilaman. Sizlarning mehnatingizni oqlash — mening eng katta burchim.
Bugungi quvonchimning eng katta sababi ham sizlarsiz. Har bir muvaffaqiyatimda sizlarning hissangiz bor va bu hech qachon o‘zgarmaydi.
Meni doimo qo‘llab-quvvatlaganingiz, ishonganingiz va mehr berganingiz uchun sizlarga cheksiz rahmat aytaman. Alloh sizlarni doimo sog‘-salomat qilsin. Men sizlarni juda yaxshi ko‘raman va har doim faxrlanaman.
Shu bilan birga, ushbu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan yaqinlarim🤓,akalarim va do’stlarimga🇺🇿 ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Qiyin va mas’uliyatli kunlarda meni qo‘llab-quvvatlagan, bir og‘iz yaxshi so‘zi bilan ruhlantirgan, quvonchimni samimiy bo‘lishgan insonlarning o‘rni men uchun juda katta.
2252🔥19👍12🎉5👏4🤓4🥰1😘1
Italyan tilidan online kurs ochmoqchiman . Qiziqganlar bo’lsa shaxsiyga yozishingiz mumkin.

Dars 26-maydan boshlanadi va 10-avgust tugaydi.

👇👇👇👇👇👇👇👇
@Samarcanda_99
19👏3🤓2
Kanalning yangi a'zolari uchun :🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "
👉 " Ciò, cioè o perciò "

Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🔥117👍4🤓2
🇮🇹 Romanesco slengi: “È ’na pippa” nima degani?

“È ’na pippa” — Rim (Romanesco) lahjasidagi mashhur sleng ibora.

📌 Ma’nosi:
Biror ishni juda yomon qiladigan, qobiliyati sust odam haqida aytiladi.

Misollar:
È ’na pippa a giocare a calcio.
➡️ Futbolni umuman eplolmaydi.

So’ ’na pippa in matematica.
➡️ Men matematikadan juda sustman.

📚 Tarixi

Pippa so’zi XX asr boshlarida Italiya slengida paydo bo’lgan. Dastlab u qo’pol ma’noda ishlatilgan, keyinchalik esa ko’chma ma’no kasb etib, “qobiliyatsiz”, “hech narsani eplolmaydigan odam” degan ma’noda keng tarqalgan.

Bugungi kunda, ayniqsa Rim va Markaziy Italiyada, yoshlar bu iborani sport, o’qish yoki har qanday ko’nikma haqida hazil yoki tanqid sifatida tez-tez ishlatishadi.

⚠️ Eslatma: Bu norasmiy sleng. Do’stlar orasida odatiy, ammo rasmiy vaziyatlarda yoki notanish odamlarga nisbatan ishlatish tavsiya etilmaydi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍5🤓3🎉21🔥1
Antonim(qarama-qarshi) so’zlar noto’g’ri keltirilgan qatorlarni toping

ricco – povero
sano – malato
forte – debole
pulito – sporco
aperto – chiuso
lungo – corto
facile – impossibile
caldo – gelido
grande – minuscolo
veloce – rapido


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
47👍6🔥2👏1🎉1🤓1