Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Il 14 gennaio , la giornata dei difensori della Patria

Auguri a tutti i difensori della Patria!!!


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
👍9🔥6
#Bu_qiziq

1. Terminidagi tramvay bekati narkoman va jinoyatchilar to’planadigan joy hisoblanadi va endi ortiq u qadar xavfli emas ko’rinadi sababi politsiya mashinalari turibdi va 8 tacha politsiya xodimi shu zonada yurib nazorat qilishmoqda. Ammo politsiyaga ishonib qolmaslik kerak chunki ular uchun “Pushkin” bu kasb.

2. Mali 🇲🇱 davlatidan bo’lgan David ismli yigit futbolni o’zbekcha sharhda o’zbek telegram kanalda tomosha qilmoqda

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥7😁6👍1
#Vocabolario

Uccello
– Qush
Passero – Chumchuq
Piccione – Kabutar
Aquila – Burgut
Falco – Lochin
Gufo – Boyo‘g‘li
Cigno – Oqqush
Anatra – O‘rdak
Gabbiano – Chayka
Pappagallo – To‘tiqush
Gallina – Tovuq
Gallo – Xo‘roz
Tacchino – Kurka
Corvo – Qarg‘a
Colomba – Oq kabutar

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
113👍4🔥3🥰1
#Shamollaganda

raffreddore — shamollash
febbre — isitma
tosse — yo‘tal
mal di gola — tomoq og‘rig‘i
naso chiuso / naso che cola — burun bitishi / oqishi
starnuti — aksirish
mal di testa — bosh og‘rig‘i
debolezza — holsizlik
dolori muscolari — mushak og‘rig‘i

medicina / farmaco — dori
sciroppo — sirop
pastiglie — tabletkalar
antibiotico — antibiotik
analgesico — og‘riq qoldiruvchi
riposo — dam olish
bere molti liquidi — ko‘p suyuqlik ichish


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
1🔥3
#Motivazione

🇮🇹 “Studiare è scegliere il futuro invece della comodità. È alzarsi quando vorresti dormire, leggere quando vorresti distrarti, impegnarti quando vorresti mollare. Ma proprio in questi momenti si costruisce la vera forza.

Non devi essere migliore di tutti, devi essere migliore di ieri. Ogni giorno che studi, anche poco, stai vincendo contro la pigrizia, la paura e il dubbio. Questa è una vittoria che nessuno può toglierti.

Un giorno capirai che non era solo studio: era allenamento per la vita. Era il modo in cui stavi imparando a non arrenderti, a credere in te stesso e a costruire i tuoi sogni. Continua: il tuo futuro sta prendendo forma proprio ora.”

🇺🇿 “O‘qish — qulaylik o‘rniga kelajakni tanlashdir. Uxlashni xohlagan paytda turish, chalg‘ishni xohlaganda o‘qish, taslim bo‘lishni xohlaganda harakat qilishdir. Aynan shunday paytlarda haqiqiy kuch yaratiladi.


Hamma odamdan yaxshiroq bo‘lish shart emas, kechagi o‘zingdan yaxshiroq bo‘lish kifoya. Har kuni oz bo‘lsa ham o‘qisang, dangasalik, qo‘rquv va shubhani yengib borasan. Bu — hech kim tortib ololmaydigan g‘alaba.

Bir kun tushunasan: bu faqat o‘qish emas edi — bu hayotga tayyorgarlik edi. Bu taslim bo‘lmaslikni, o‘zingga ishonishni va orzularingni qurishni o‘rgatardi. Davom et — kelajaging ayni damda shakllanmoqda.”

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
1🔥10👍32
#Preposizione_Predlog
#Di
#Grammatica

La preposizione(Predlog) grammatikaning ajralmas qismi hisoblanib u gap tuzishda asosiy rolni bajarib beruvchi vosita hisoblanadi va bu o'zbek tilidagi kelishiklarga to'g'ri keladi. Hozir biz o'rganmoqchi bo'lgan la Preposizione (Predlog) DI predlogi hisoblanadi. DI predlogi italyan tilidagi eng ko'p grammatik xususiyatga ega predlog hisoblanadi va uni quyidagi holatlarda ishlatamiz :

1⃣Tasniflash va tegishlilik bo'lganda, masalan:
🇮🇹Questo libro é di Shokhrukh —🇺🇿Bu Shohruhning kitobi
🇮🇹Gli impiegati del comune —🇺🇿Jamoat ishchilari

2⃣Biror bir narsaning SABABini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Shokhrukh piangeva di gioia—🇺🇿Shohruh quvonchdan yig'lar edi

3⃣Miqdor, mazmun ,nom, daraja tarkibini ifodalaganda , masalan :
🇮🇹Bevo una tazza di caffé —🇺🇿bir chashka kofe ichaman
🇮🇹Leggo un libro di storia —🇺🇿Tarix kitobini o'qiyapman

4⃣Yoshni tasniflashda , masalan :
🇮🇹un uomo di mezzo, di una quarantina di anni —🇺🇿O'rta yoshlardagi,40 yoshli erkak

5⃣Narsa va predmetni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹A Samarcanda ci sono molte statue di marmo —🇺🇿Samarqandda marmardan ishlangan haykallar juda ko'p

6⃣Holat va usulni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Vado a casa di corsa —🇺🇿Uyga yugurgan holda boraman
🇮🇹Bevo d'un fiato —🇺🇿bir nafasda ichaman

7⃣Kelib chiqish ni ifodalaganda, masalan :🇮🇹io sono di Samarcanda—🇺🇿Men Samarqanddanman

8⃣Kayfiyat va qiymatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Oggi tu sei di buon umore —🇺🇿Bugun sen yaxshi kayfiyatdasan
🇮🇹un orologio di alta precisione—🇺🇿Qimmatbaho soat

9⃣Vaqtni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹Viaggio sempre di giorno mai di notte —🇺🇿har doim kunduzi sayohat qilaman, kechasi emas.

🔟Butundan bir qism, bo'lakni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹 Un brano del libro —🇺🇿kitobdan bir parcha
🇮🇹Una fetta di pane —🇺🇿Nondan bir bo'lak(Bir bo'lak non)

1⃣1⃣Biror bir narsada ayblanganda, masalan :
🇮🇹Imputato di omicidio —🇺🇿Qotillikda ayblanuvchi

1⃣2⃣qiymat, bahoni ifodalaganda,masalan :
🇮🇹Un appartamento di cento cinquanta mila soum—🇺🇿150 ming so'mlik kvartira

1⃣3⃣Hajm va o'lchamni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Un grattacielo di cento metri —🇺🇿 100 metrlik osmono'par bino

1⃣4⃣Biror bir narsani nomlanishini ifodalaganda, m-n:
🇮🇹il mese di marzo—🇺🇿Mart oyi
🇮🇹la cittá di Samarcanda—🇺🇿Samarqand shahri

1⃣5⃣ ikki narsa va kishini qiyoslashda, m-n :
🇮🇹 Shokhrukh é piu alto di Aziz —🇺🇿 Shohruh Azizdan ko'ra balandroq(bo'yi)

1⃣6⃣O'rin holatini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Esco di casa la mattina —🇺🇿Uydan ertalab chiqaman

1⃣7⃣Bir joydagi holatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Dormo di lá —🇺🇿ana u yerda uxlayman

1⃣8⃣ko'plik va seroblikni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Una valigia piena di roba —🇺🇿Narsalarga to'la jamadon
🇮🇹Un compito zeppo di errori —🇺🇿Xatolarga to'la uyga vazifa
1👍64
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚔 Turinda tartibsizliklar: “asabiy kecha”

Turinda Askatasuna markazini qo‘llab-quvvatlash aksiyasi katta tartibsizliklarga aylandi. Internetda tarqalgan videoda bir politsiyachi yolg‘iz qolib, dubulg‘asiz, yuzlari yopilgan odamlar orasida o‘zini himoyalashga urinayotgani ko‘rinadi.

Keyin esa shahar deyarli jang maydoniga aylandi:
🔥 yonayotgan konteynerlar
💥 petardalar va mushakbozlik
🪨 toshlar
🚓 suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz

To‘qnashuvlar ikki soatdan ortiq davom etdi. Politsiyachilar ham, oddiy fuqarolar ham jarohat oldi, bir nechta odamlar qo‘lga olindi.

Bosh vazir Jorja Meloni hujumchilarni “davlat dushmanlari” deb atadi. Mahalliy hokimiyat esa buni jinoyat va zo‘ravonlik deb baholadi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🇮🇹 “Il ferro si arrugginisce se non si usa.” —
🇺🇿(Temir ishlatilmasa zanglaydi — ya’ni harakatsizlik(dangasalik)zarar.)



Leonardo da Vinci

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
15👏4👍1
Bugun Italiyada yozgi vaqt (Ora legale) tizimiga o‘tish amalga oshiriladi.

🕑 Soat 02:00 da vaqt 1 soat oldinga suriladi:
➡️ 02:00 → 03:00

Mazkur o‘zgarish natijasida sutka davomiyligi amalda 1 soatga qisqaradi va ertalabki yorug‘likdan samaraliroq foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Eslatma: Elektron qurilmalarning aksariyati vaqtni avtomatik ravishda yangilaydi. Shunga qaramay, mexanik yoki qo‘lda sozlanadigan soatlarni tekshirish tavsiya etiladi.

Ya’ni O’zbekiston bilan 4 soatlik farq endi 3 soatga o’zgaradi soat 02:00 dan boshlab


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
112🔥3🎉3👍2👏2🤓2
#Pasqua
#Pasxa

ITALIYADA PASXA

Pasxa tarixi: Pasxa — xristianlikdagi eng muhim bayram bo‘lib, Iso Masihning tirilishi va gunohlardan qutulishini nishonlashga bag‘ishlangan.Unda cherkovlarda maxsus marosimlar o‘tkaziladi.Uning tarixi miloddan avvalgi yahudiy bayrami Pesaxga borib taqaladi, chunki Iso Masihning oxirgi kechki ovqati Pesax bayrami vaqtida bo‘lgan. Dastlabki xristianlar Iso Masihning tirilishi haqidagi voqealarni bayram qilishgan, ammo bayramning aniq sanasi va marosimlari ilk asrlarda har xil hududlarda turlicha bo‘lgan. IV asrda Rim imperiyasi katolik cherkovi bayramni standartlashtirdi: Pasxa bahor oyining to‘liq oynasidan keyingi birinchi yakshanba kuni nishonlanadi. Bu sananing tanlanishi Iso Masihning yahudiy Pesaxi bilan bog‘liqligi va bahorning yangilanishi ramzi bilan izohlanadi. Katolik va protestant cherkovlari Gregorian taqvimidan foydalanganligi sababli ularning Pasxasi ko‘pincha bir vaqtda bo‘ladi, pravoslav cherkovi esa Julian taqvimini ishlatadi, shuning uchun ularning Pasxasi ko‘pincha bir necha hafta kech bo‘ladi. Tarix davomida Pasxa nafaqat diniy, balki madaniy bayram sifatida ham rivojlandi: odatdagi marosimlarga ibodatlar, messalar, muqaddas hafta ibodatlari, tuxum bo‘yash, chiroqlar yoqish va oilaviy yig‘ilishlar kiradi. Yevropaning turli mamlakatlarida va dunyo bo‘ylab Pasxa folklor, shokolad tuxum va qushlar ramzi bilan birlashtirilgan bayram sifatida keng nishonlanadi. Shu tariqa Pasxa xristianlarning e’tiqodida Iso Masihning tirilishini eslatadigan, tarixiy, diniy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan bayram sifatida shakllangan va bugungi kungacha davom etmoqda.


Settimana santa(Muqaddas hafta)

“Italiyada Settimana Santa – ya’ni Muqaddas hafta Pasxaga tayyorgarlik haftasi bo‘lib, Iso Masihning oxirgi kunlari, xususan so‘nggi kechki ovqatidan tirilishigacha bo‘lgan voqealarni eslashga bag‘ishlangan. Haftaning har kuni maxsus marosimlar o'tkaziladi.

1) Domenica delle Palme – Palma Yakshanbasi
Pasxadan bir hafta oldin nishonlanadi,Iso Masih Quddusga kirishi eslanadi,chiroyli palma barglari yoki palma shaklidagi shoxchalar cherkovda tarqatiladi va uyda saqlanadi

2)Lunedì, Martedì, Mercoledì – Dushanba, Seshanba, Chorshanba
Bu kunlar odatda kichik marosimlar va ibodatlarga bag‘ishlanadi,dushanba va seshanba: “Missionerlik soatlari” va ruhiy tayyorgarlik,chorshanba: Iso Masihni hiyla bilan ushlab olishga aloqador voqealar eslanadi.

3)Giovedì Santo – Muqaddas Payshanba
Iso Masihning so‘nggi kechki ovqatini eslaydi,chiroqlar yoqiladi, ibodatlar o‘tkaziladi,ko‘p joylarda diniy marosimlarda “oyoq yuvish” (lavanda) odati bor, Iso shogirdlarining oyoqlarini yuvgani ramzi sifatida

4)Venerdì Santo –Muqaddas Juma
Iso Masihning xochga mixlanishi eslanadi,marosimlarda xochni ko‘tarish va uni ibodat bilan sharaflash an’analari mavjud,bu kun ro‘za tutish va ochlik kuni sifatida hisoblanadi

5)Sabato Santo – Muqaddas Shanba
Iso Masih qabrdan chiqqani eslanadi,“Vigil ya'ni kutib olish” marosimi kechasi, cherkovlar maxsus chiroqlar bilan bezatiladi, yangi hayot va tirilish ramzi sifatida

6)Domenica di Pasqua – Pasxa Yakshanbasi
Iso Masihning tirilishi asosiy voqea sifatida nishonlanadi,katoliklar va boshqa xristianlar maxsus messa(ibodat)larda ishtirok etadi,Italiyada oilaviy dasturxonlar, tuxum bo‘yash, shokolad tuxumlar va turli folklor marosimlari bilan birga o‘tkaziladi.

7)Lunedì dell’Angelo - Farishtaning dushanbasi
Pasxadan keyingi dushanba, Italiyada rasmiy dam olish kuni ya'ni bu 6-aprelga to'g'ri keladi, oilalar va do‘stlar bilan tabiatga sayr, pikniklar, kichik festivallar o‘tkaziladi

Pasxa har yili turli sanalarda nishonlanadi sababi oy taqvimi hamda quyosh yiliga bog‘liq.Pasxa mart oyining 21-kunidan keyingi birinchi to‘liq oyning keyingi yakshanbasi nishonlanadi.Bu shuni anglatadiki, Pasxa 22-mart va 25-aprel oralig‘ida har yili o‘zgaradi.

2026 – 5‑aprel, yakshanba – Pasxa
2027 – 28‑mart, yakshanba – Pasxa
2028 – 16‑aprel, yakshanba – Pasxa
2029 – 1‑aprel, yakshanba – Pasxa
2030 – 21‑aprel, yakshanba – Pasxa

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
1🔥43👍3🎉3🤓2🥰1
Tibbiyot texnikumida “Hamshiralarni Italyan tiliga o‘qitish kursi” tashkil etildi

Migratsiya agentligi va Perugia universiteti bilan hamkorlikda Kasbiy ta'lim agentligi tizimidagi 1-son Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Hamshiralarni Italyan tiliga o‘qitish kursi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Akademiya doirasida ishtirokchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
-6 oy davomida bepul italyan tili kurslari;
-Zamonaviy onlayn ta’lim platformalari orqali o‘qitish;
-Ta’lim jarayonining bevosita Perugia universiteti tomonidan taqdim etilishi;
-O‘quv jarayonining C1 darajadagi italyan tilini egallagan, magistr darajasiga ega malakali tutorlar tomonidan nazorat qilinishi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
1🔥145👏3🎉2🥰1
Bilasizki bu yilgi futbol bo’yicha jahon chempionatiga 3 davlat AQSH,Meksika va Kanada mezbonlik qiladi. Yevropadagi eng dramatik bahslardan biri 🇧🇦Bosniya va 🇮🇹 Italiya o’rtasida bo’lib o’tdi va unda jamoalar 1:1 hisobida durang o’ynab g’olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi va unda Bosniyaliklar 4:1 hisobida lotereyada g’olib chiqishdi. Italiya 2018-2022-2026 yilgi mundialdan quruq qoldi.
🇮🇹Italiya – 🇧🇦Bosniya bahsida hal qiluvchi penaltilar seriyasida 🇮🇹Donnarummaga berilgan “shpargalka”ni to‘p olib berib turuvchi bola (ballboy ya’ni raccattapalle) o‘g‘irlab ketgani aniq bo‘ldi. Donnarumma bu vaziyatda hayron qolgani ko‘rindi.
14 yoshli Afan bu qilgan ishi uchun Bosniyadagi bitta telekanal bu bolani JChga tekinga borib-kelish xarajatlarini qoplab berishni rejalashtirgan.

Shpargalkaga e’tibor beradigan bo’lsak unda DX chiuso / aperto yoki sx chiuso / aperto kabi yozuvlarni ko’rishingiz mumkin. Bu nimani anglatadi ?

Dx chiuso- o’ng yaqin burchak
Dx aperto - o’ng uzoq burchak

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
9🔥4👏3👍2🎉1
1🔥117👏1🎉1🤓1
🇮🇹“La azione è la forza che trasforma i pensieri in risultati.”

🇺🇿“Harakat — bu fikrlarni natijaga aylantiradigan kuch.”


Brian Tracy

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥159👍4😘3👏2🥰1🎉1🤓1
Bugun hayotimdagi eng muhim kunlardan biri bo‘ldi — men magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladim. Dadajon va ayajon qo’limga diplom olgan paytimda birinchi bo‘lib ko‘z oldimga sizlar keldingiz. Chunki bu yutuq faqatgina mening mehnatim emas, balki sizlarning yillar davomida qilgan fidoyiligingiz, sabr-toqatingiz, duolaringiz va menga bo‘lgan cheksiz ishonchingiz samarasidir.
Men har bir bosgan qadamim ortida sizlarning mashaqqatlaringiz turganini yaxshi bilaman. Tunlaringizni bedor o‘tkazganingizni, men uchun qayg‘urganingizni, doimo yaxshilik va muvaffaqiyat tilab yashaganingizni hech qachon unutmayman. Ba’zan charchaganimda yoki qiyinchiliklarga duch kelganimda aynan sizlarning “sen uddalaysan” degan ishonchingiz menga kuch berdi. Shu sababli bugungi natija — eng avvalo sizlarning g‘alabangizdir.
Magistraturani tugatish men uchun oddiy diplom emas. Bu — sizlarning orzuingizga, ishonchingizga va bergan tarbiyangizga munosib bo‘lish yo‘lida qo‘yilgan katta qadamdir. Men bugun yanada chuqurroq his qildimki, insonning eng katta boyligi — uning ota-onasi ekan. Chunki dunyoda hech kim farzandi uchun ota-onadek chin yurakdan kuyinmaydi va quvonmaydi.

Sizlarga shuni aytmoqchimanki, men olgan bilimlarimni, erishgan yutuqlarimni faqat o‘zim uchun emas, sizlarning yuzingiz yorug‘ bo‘lishi uchun ham qadrlayman. Kelajakda yaxshi inson, halol mutaxassis va sizlarga munosib farzand bo‘lib yashashga harakat qilaman. Sizlarning mehnatingizni oqlash — mening eng katta burchim.
Bugungi quvonchimning eng katta sababi ham sizlarsiz. Har bir muvaffaqiyatimda sizlarning hissangiz bor va bu hech qachon o‘zgarmaydi.
Meni doimo qo‘llab-quvvatlaganingiz, ishonganingiz va mehr berganingiz uchun sizlarga cheksiz rahmat aytaman. Alloh sizlarni doimo sog‘-salomat qilsin. Men sizlarni juda yaxshi ko‘raman va har doim faxrlanaman.
Shu bilan birga, ushbu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan yaqinlarim🤓,akalarim va do’stlarimga🇺🇿 ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Qiyin va mas’uliyatli kunlarda meni qo‘llab-quvvatlagan, bir og‘iz yaxshi so‘zi bilan ruhlantirgan, quvonchimni samimiy bo‘lishgan insonlarning o‘rni men uchun juda katta.
2252🔥19👍12🎉5👏4🤓4🥰1😘1
Italyan tilidan online kurs ochmoqchiman . Qiziqganlar bo’lsa shaxsiyga yozishingiz mumkin.

Dars 26-maydan boshlanadi va 10-avgust tugaydi.

👇👇👇👇👇👇👇👇
@Samarcanda_99
19👏3🤓2