Italyan tili
1.69K subscribers
518 photos
105 videos
164 files
548 links
Download Telegram
#scioglilingua
#tez_aytish

🇮🇹 Sopra la panca la capra campa, sotto la panca la capra crepa- 🇺🇿
Skameyka ustida echki yashaydi, ostida esa o‘ladi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥3
“Keskin” ma’nosidagi italyancha so‘zlar va qo‘shma shakllar

Asosiy sifatlar
acuto – o‘tkir, keskin (tovush, og‘riq, hid)
tagliente – kesib yuboradigan, o’tkir (so‘z, pichoq)
brusco – qo‘pol, keskin (ohang, muomala)
netto – aniq, ravshan, keskin
severo – qat’iy, keskin
aspro – achchiq, keskin (ta’m, munosabat)

Qo‘shma so‘zlar (keskin ma’nosida)
acuto-doloredolore acuto – o‘tkir og‘riq
tagliente-lingualingua tagliente – keskin til
tono-bruscotono brusco – keskin ohang
contrasto-nettocontrasto netto – keskin farq
critica-severacritica severa – keskin tanqid

Qo‘shma va kengaytirilgan shakllar

acutezza mentale – aqlning keskinligi
intensità emotiva – hissiy keskinlik
asprezza del tono – ohang keskinligi
severità del giudizio – bahodagi keskinlik
tensione politica – siyosiy keskinlik


“Keskin” bilan bog‘liq italyancha iboralar

parole taglienti – keskin so‘zlar
uno sguardo acuto – o‘tkir nigoh
una risposta brusca – keskin javob
un cambiamento netto – keskin o‘zgarish
una reazione intensa – keskin reaksiya
un conflitto aspro – keskin mojaro


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥4🤓2👍1👏1
Italiyada ham yamalar bor )


🇮🇹 @italian_lan
😁18🤓3
Hasadgo’ylar uchun maxsus😅

🇮🇹 L’invidia nasce dal confronto, non dal bisogno-🇺🇿Hasad ehtiyojdan emas, taqqoslashdan tug‘iladi.

🇮🇹L’invidioso soffre due volte: per ciò che non ha e per ciò che l’altro ha-🇺🇿Hasadgo‘y ikki marta azob chekadi: o‘zida yo‘qligi uchun ham, boshqasida borligi uchun ham.

🇮🇹L’invidia è una confessione di inferiorità-🇺🇿 Hasad — o‘zini past his qilishning tan olinishi.



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
😁12
Italyan tili
Photo
Italiya bayrog‘i “Il Tricolore” nomi bilan tanilgan bo‘lib, yashil, oq va qizil ranglardan iborat vertikal uch rangli milliy ramz hisoblanadi va uning tarixi XVIII asr oxiriga borib taqaladi. Bayroq ilk bor 1797-yilda Napoleon Bonapartning Italiya hududidagi yurishlari davrida tashkil etilgan Cisalpin Respublikasi tomonidan rasmiy ravishda qabul qilingan bo‘lib, u Fransiya bayrog‘idan ilhomlangan. Dastlab yashil rang Milan militsiyasi kiyimiga ishora qilgan bo‘lsa, keyinchalik tabiat, umid va erkinlik ramziga aylangan, oq rang Alp tog‘lari qorini va poklikni, qizil rang esa mustaqillik uchun olib borilgan kurash va to‘kilgan qonlarni ifodalaydi. XIX asrda Italiya birlashuvi — Risorgimento davrida ushbu bayroq milliy ozodlik va yagona davlat g‘oyasining asosiy timsoliga aylangan, 1861-yilda Italiya Qirolligi tuzilgach esa markaziga Savoy sulolasi gerbi joylashtirilgan holda davlat bayrog‘i sifatida ishlatilgan. 1946-yilda monarxiya tugatilib, respublika e’lon qilingach, qirollik gerbi olib tashlangan va 1948-yilgi Konstitutsiya bilan yashil, oq va qizil ranglardan iborat hozirgi ko‘rinishdagi bayroq Italiya Respublikasining rasmiy bayrog‘i sifatida mustahkamlangan. Italiyada 7-yanvar Milliy bayroq kuni sifatida nishonlanadi va bayroq ranglarining joylashuvi qat’iy belgilangan bo‘lib, chapdan o‘ngga qarab yashil, oq va qizil tartibida bo‘lishi shart. Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilish qonun bilan jazolanadi. Italiya bayrog‘i rang jihatidan Irlandiya va Meksika bayroqlariga o‘xshash bo‘lsa-da, unda hech qanday gerb yoki qo‘shimcha belgi yo‘q. Bugungi kunda “Il Tricolore” nafaqat Italiya mustaqilligi va suverenitetining ramzi, balki italyan xalqining tarixiy kurashi, madaniy birligi va milliy g‘ururining ifodasi bo‘lib, sport musobaqalarida, kundalik hayotda va hatto oshxona madaniyatida, masalan pizza margarita ranglarida ham o‘z aksini topgan.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
8🔥1
Bugun, 6-yanvar kuni Italiyada milliy bayram — Epifaniya (italyancha l’Epifania) nishonlanadi. Bu kun nasroniylikda Uch Mo‘jizakor (Uch Qirol) — Gaspar, Melxior va Baltazarning Iso Masih tug‘ilganini tan olib, unga oltin, ladan va mirra sovg‘a qilgan kuni sifatida muhim sanaladi va Iso Masihning butun insoniyat uchun najotkor ekanini anglatadi. “Epifaniya” so‘zi “namoyon bo‘lish” degan ma’noni bildiradi va aynan shu sana bilan Rojdestvo bayramlari rasman yakunlanadi. Italiyada bu kun xalq orasida “La Befana” nomi bilan ham mashhur bo‘lib, afsonaga ko‘ra, supurgi minib yuradigan, ammo mehribon kampir 5-yanvar kechasi bolalarning paypog‘iga sovg‘a va shirinliklar solib ketadi, yomon bolalarga esa ko‘mir shaklidagi shakar qoldiradi. Bayram kuni ko‘plab shaharlarda yarmarkalar, niqobli paradlar va teatrlashtirilgan tomoshalar bo‘lib o‘tadi, ayniqsa Rimdagi Piazza Navona maydonida Befana bozorlari juda mashhur. An’anaviy taomlar orasida shirinliklar, pechenyelar va bolalar uchun maxsus sovg‘alar tayyorlanadi, ayrim hududlarda esa ruhoniylar tomonidan uylar va eshiklar bo‘r bilan belgilab duo qilinadi. Italiyaliklar “L’Epifania tutte le feste porta via” — ya’ni “Epifaniya barcha bayramlarni olib ketadi” degan iborani ishlatadi, bu esa dam olishlar tugab, yangi ish va kundalik hayot boshlanishini anglatadi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
4👍1
🟢 A1
Completa la frase:
Io ___ italiano.
Anonymous Quiz
10%
Parla
79%
Parlo
8%
Parliamo
3%
Parlano
🔥4
🟡 A2
Scegli la forma corretta:
Ieri noi ___ al cinema.
Anonymous Quiz
31%
Andiamo
10%
Andavamo
55%
Siamo andati
4%
Andremo
🔥4
🔵 B1 – Livello intermedio

Completa la frase: Penso che lui ___ già finito il lavoro.
Anonymous Quiz
36%
Ha
25%
Aveva
29%
Abbia
10%
Avra
🔥5
🟠 B2 – Livello intermedio avanzato

Scegli la frase corretta: Se ___ più tempo, viaggerei di più.
Anonymous Quiz
10%
Ho
18%
Avró
55%
Avessi
16%
Avevo
3
🔴 C1 – Livello avanzato

Individua la forma corretta: È probabile che la situazione ___ risolta entro domani.
Anonymous Quiz
21%
Viene
33%
Sara
27%
Sia
19%
Fosse
🔥41
C2 – Livello padronanza

Scegli l’opzione corretta: Nonostante ___ messo in guardia, ha agito come se nulla ___.
Anonymous Quiz
38%
lo avessi – fosse successo
19%
l’ho – è successo
30%
lo avevo – succedeva
14%
l’avrei – fosse successo
Ipak yo‘lining ikki mashhur shahrida ta’lim olish imkoniyatini beruvchi qo‘shma ta’lim dasturi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Italiyaning Ca’ Foscari Venice universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim 2+1 dasturi doirasida  to‘lov-shartnoma asosida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etayotganligini ma’lum qiladi.
Mazkur dastur doirasida talabalar bir vaqtning o‘zida ikki universitet talabasi bo‘lish hamda ikki davlat diplomini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qabul uchun talab etiladigan hujjatlar:
1. Xorijiy til bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat (asl nusxasi):
IELTS – Overall score 6.5 or higher (min. 6.0 per band)TOEFL iBT – 80 and higher
Cambridge Assessment English (FCE/B2) – 160 and higher
2. Attestat yoki diplom;3. Pasport nusxasi yoki ID.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
Italiyaning Ca’ Foscari Venice universiteti (https://www.unive.it/web/en/497/home) bilan hamkorlikda:
61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik
Dastur afzalliklari:
Yevropaning yetakchi turistik shaharlaridan biri — Venetsiyada, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida Top-100 talik universitetida (QS by subject) ta’lim olish imkoniyati;
Ipak Yo‘lining ikki mashhur shahrida ta’lim olish imkoniyati: 2 yil Samarqandda va 1 yil Venetsiyada.
Dunyoning nufuzli kompaniyalarida haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka) o‘tash imkoniyati;
Bitiruvchilar uchun keng qamrovli karyera imkoniyatlari (xalqaro turizm bo‘yicha ekspert, mehmonxona menejeri, turizm marketing menejeri va boshqalar).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Universitet qabul komissiyasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:+998 (66) 240-67-80
Hujjatlar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.Hujjatlar onlayn shaklda topshirilishi mumkin.
Hujjat topshirish havolasi:https://admissions.univ-silkroad.uz/
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17.
👍21
italyan tilida gap bo‘laklarining nomlanishlari

Asosiy gap bo‘laklari (Parti principali della frase)


Ega - il soggetto
Kesim - il predicato
Fe’l kesim- predicato verbale
Ot kesim - predicato nominale


Ikkinchi darajali gap bo‘laklari


(Parti secondarie yoki Complementi)

Bevosita to’ldiruvchi - complemento oggetto
Bilvosita to’ldiruvchi -complemento indiretto
Kimga?nimaga?(jo’nalish)- complemento di termine
Qayerda? / qayerga? - complemento di luogo
Qachon?- complemento di tempo
Nima bilan?- complemento di mezzo
Kim bilan? -complemento di compagnia
Sabab - complemento di causa
Maqsad -complemento di fine / scopo
Egalik- complemento di specificazione
Usul / tarz - complemento di modo
Taqqoslash - complemento di paragone
Cheklash- complemento di limitazione
Ajralish-complemento di separazione


Aniqlovchi va izohlovchi

Aniqlovchi -L’atrributo
Izohlovchi -L’apposizione


Hol (circostanziali)

Hol-
complemento di circostanziale
Vaqt holi - circostanziale di tempo
Joy holi- circostanziale di luogo
Usul holi- circostanziale di modo
Sabab holi -circostanziale di causa

C2 daraja testlarda aynan shu kabi terminlarni yodda bilish juda muhim hisoblanadi chunki savolning ichida aynan shu kabi gap bo’laklari nomlari ishlatiladi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍2🔥2
#Accrescimento

Ko‘p hollarda italyan tilida so‘zlar orasida unli + unli to‘qnashuvi talaffuzni qiyinlashtiradi. Bu asosan -a , -e va -o harflari bilan keladi. Shu sababli, talaffuzni chiroyli va silliqlashtirish uchun “d” harfi qo‘shiladi. Bu qoida accrescimento deb ataladi, qo‘shilgan harflar esa lettere eufoniche deyiladi.

Misollar:

si offre un dono ad Anna- Annaga sovg’a taklif qilinadi
A+A= D qo’shildi ya’ni A Anna deb yozilsa ham bo’ladi ammo talaffuz to’g’ri va chiroyli chiqishi uchun ad Anna deb yozamiz va talaffuz qilamiz.

Volete un dolce od un libro?- shirinlik xohlaysizlarmi yoki kitob?
O+u=D
Od un libro


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥6🥰3
#Tronche_Piane_Sdrucciole_Bisdrucciole

Italyan tilida so‘zlar urg‘u (aksent) qaysi bo‘g‘inga tushishiga qarab to‘rt turga bo‘linadi. Quyida tronche, piane, sdrucciole, bisdrucciole haqida qisqacha va tushunarli ma’lumot beraman:

#Tronche
Urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi.
Bunday so‘zlarda yozuvda urg‘u belgisi majburiy qo‘yiladi.

Misollar:
città (shahar), bontà (yaxshilik), virtù (fazilat), perché (nega), lodò (u maqtadi)


#Piane
Urg‘u oxiridan oldingi bo‘g‘inga tushadi.Italyan tilidagi so‘zlarning ko‘pchiligi shu turga kiradi.Odatda urg‘u yozuvda belgilanmaydi.

Misollar:
pàce (tinchlik), amòre (sevgi), artìsta (san’atkor), coloràre (rang bermoq)


#Sdrucciole
Urg‘u uchinchi bo‘g‘inga (oxiridan hisoblaganda) tushadi.Talaffuzda urg‘u aniq seziladi, lekin ko‘pincha yozuvda belgilanmaydi.

Misollar:
fàcile (oson), difficile (qiyin), ràpido (tez), piacèvole (yoqimli)


#Bisdrucciole

Urg‘u to‘rtinchi bo‘g‘inga (oxiridan hisoblaganda) tushadi.Juda kam uchraydi.
Asosan fe’l shakllari, ya’ni shaxs-sonda tuslangandagi so‘zlarda bo‘ladi.

Misollar:
dimènticano (ular unutadi), telèfonano (ular telefon qiladi), èducano (ular tarbiyalaydi)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟡 EHTIYOT BO’LING!!!

Italiyaning Rim shahrida shu oy o’g’ri-talonchilik kuchayib bormoqda. Asosan arab millatiga mansub Marokash va Misrliklar (Afrika qit’asi) ,Lotin Amerikasi va Ruminiyadan bo’lgan kimsalar ko’pchilik bo’lib yolg’iz yurgan odamlarga hujum qilib , tan jarohat yetkazib ularning qimmatbaho ashyolari(telefon,koshelok va hujjatlar)ni o’g’irlab ketishmoqda. O’g’rilik barcha joyda mavjud ammo Rim misolida olib qarasak asosan TERMINI STANSIYASI atrofida ko’p bo’ladi. Metrolarda yurganda ham asosan Metro A yo’nalishida jumladam Spagna, Barberini , Termini va Flaminio,Ottaviano stansiyalarda ko’proq o’g’rilarni uchratishingiz mumkin. Iloji boricha TERMINI atrofini chetlab o’tadigan yo’nalishda harakat qiling. Oxirgi 2 oyda men bilgan 5-hodisa bo’ldi(video) .

Ko’chaga chiqganda maksimal zarur bo’lmagan ashyolaringizni tashlab chiqing va iloji boricha yolg’iz yurmaslikka harakat qiling.



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍144