Italyan tili
1.7K subscribers
518 photos
105 videos
164 files
548 links
Download Telegram
1-yanvar Rimda — shahar odamlarga tegishli bo‘ladigan kun

1-yanvar kuni Capodarte — katta shahar festivali qaytadi. Bu kunda Rim bir kunga ochiq sahnaga aylanadi:
muzeylar, saroylar, arxeologik joylar, musiqa va spektakllar — ko‘plari bepul.

🏛 Rim har qachongidan ham ochiq
Bu kuni Musei Civici, Palazzo delle Esposizioni, MACRO, Mattatoio va shahar bo‘ylab o‘nlab ko‘rgazma maydonlariga bepul kirish mumkin.

🏺 Chiptasiz arxeologik hududlar
Quyidagi arxeologik hududlar ochiq bo‘ladi:
• Circo Massimo
• Largo Argentina
• Villa di Massenzio
• Celiodagi Forma Urbis

Bepul, lekin bron bilan
• Circo Maximo Experience (VR)
• Villa Torlonia bunkeri
• Rim planetariysi

🎶 Turli tumanlarda — konsertlar, spektakllar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar.
Shunchaki sayr qilib yurib, tasodifan voqealar markaziga tushib qolish mumkin — bu faqat Rimga xos holat.

🎺 Albatta, shahar markazidagi mashhur Rim paradi

AQShdan kelgan marsh orkestrlar va chirliderlar ishtirokidagi katta bayram paradi, ularga italyan jamoalari ham qo‘shiladi. Bu — energiya, quvonch va yangi yil kayfiyatining haqiqiy namoyondasi bo’ladi

📍 Marshrut
Parad Piazza del Popolodan boshlanib, quyidagi ko‘chalar orqali o‘tadi:

• Via del Babuino
• Piazza di Spagna
• Via dei Condotti
• Via del Corso

Ya’ni musiqa va raqslar Rimning eng mashhur ko‘chalari fonida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇸 Ishtirokchilar orasida — Nyu-Orlean, Florida, Kaliforniya, Texas, Illinoys va Nyu-Yorkdan kelgan orkestrlar, 🇮🇹 shuningdek, paradga janubona iliqlik va an’anaviy ritm qo‘shadigan italyan folklor guruhlari ham bor.

👨‍👩‍👧‍👦 Hamma uchun mos

Musiqa butun shahar bo‘ylab yangraydi, yangi yil tunidan keyin Rimni jonlantiradi va bu yerda bayram faqat mushakbozliklar emas, balki odamlar, ko‘chalar va muhit ekanini eslatadi.

🎟 Kirish bepul
🕒 Boshlanishi: 15:30

Agar 1-yanvar kuni Rimda bo‘lsangiz — albatta o‘tkazib yubormang.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥61😁1
Bugun 1-yanvardan boshlab Rimdagi mashhur Trevi favvorasiga kirish shahar aholisi bo‘lmaganlar uchun pullik bo‘ladi. Sayyohlar uchun kirish narxi — 2 yevro, Rim aholisi esa bepul kirishi mumkin.

💡 Yig‘ilgan mablag‘lar shaharni obodonlashtirishga yo‘naltiriladi: favvoralarni restavratsiya qilish, transportni yaxshilash va ekologik loyihalarga.

P.S: permesso di soggiorno per motivo di studio bo’lsa ham siz baribir 2 yevro to’laysiz , agar sizda carta d’identità bo’lsa siz uchun bepul bo’ladi


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
6👍3🎉2😁1🤓1
Trame di Luci — Rimdagi Orto Botanico bog‘ida o‘tkaziladigan sehrli yorug‘lik shousi bo‘lib, unda tabiat, san’at va texnologiya birlashadi. Kechki payt bog‘ bo‘ylab joylashtirilgan rang-barang yorug‘lik installyatsiyalari, musiqa bilan uyg‘un effektlar va ko‘plab foto zonalar mehmonlarga unutilmas muhit yaratadi. Tadbir dekabr–yanvar oylarida bo‘lib o‘tadi va talabalar uchun ham juda qiziqarli. Kirish chiptasi faqat yorug‘lik yo‘lini o‘z ichiga oladi, ovqat va ichimliklar joylashgan Luci di Gusto hududida xarajatlar alohida to‘lanadi. Rimda qish mavsumida o‘zgacha kayfiyat va chiroyli suratlar izlayotganlar uchun Trame di Luci tavsiya etiladi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
6😘3😁1🤓1
#Aforismo_italiano

“Tutto il male viene per il bene.”

Bu so‘zning ma’nosi: “Barcha yomonliklar oxir-oqibat yaxshilikka olib keladi.”




🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
🤓64👍2🔥1👏1😁1
#Indovinello_italiano
#topishmoq

È tuo ma gli altri lo usano più di te. Cos’è?
(Bu senga tegishli, lekin boshqalar undan ko‘p foydalanadi. Bu nima?)

Risposta …?


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥31😁1🤓1
Piza minorasining tepasiga olib boradigan zinapoyalar

Minoraning o'zi 1173 yildan 1360 yilgacha deyarli 200 yil davomida qurilgan(turli davrlarda).Zinalardagi marmar so'nggi o'n yilliklarda sayyohlar oqimi tufayli shu holatga kelgan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
14👏4
“Sbagliando s’impara” — bu italyancha maqol.

Uning ma’nosi:
👉 “Xato qilib o‘rganiladi”,
👉 ya’ni inson xatolar orqali tajriba orttiradi va rivojlanadi.

Tushuntirish bilan:
Biror ishda adashsak yoki xato qilsak, aynan shu xato bizga saboq bo‘ladi va keyingi safar yaxshiroq qilishni o‘rganamiz.

O‘zbekchaga yaqin iboralar:
Xatodan o‘rganiladi
Xato qilish — o‘rganishning bir qismi
Xato qilmagan odam o‘rganmaydi


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
🔥5
#scioglilingua
#tez_aytish

🇮🇹 Sopra la panca la capra campa, sotto la panca la capra crepa- 🇺🇿
Skameyka ustida echki yashaydi, ostida esa o‘ladi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥3
“Keskin” ma’nosidagi italyancha so‘zlar va qo‘shma shakllar

Asosiy sifatlar
acuto – o‘tkir, keskin (tovush, og‘riq, hid)
tagliente – kesib yuboradigan, o’tkir (so‘z, pichoq)
brusco – qo‘pol, keskin (ohang, muomala)
netto – aniq, ravshan, keskin
severo – qat’iy, keskin
aspro – achchiq, keskin (ta’m, munosabat)

Qo‘shma so‘zlar (keskin ma’nosida)
acuto-doloredolore acuto – o‘tkir og‘riq
tagliente-lingualingua tagliente – keskin til
tono-bruscotono brusco – keskin ohang
contrasto-nettocontrasto netto – keskin farq
critica-severacritica severa – keskin tanqid

Qo‘shma va kengaytirilgan shakllar

acutezza mentale – aqlning keskinligi
intensità emotiva – hissiy keskinlik
asprezza del tono – ohang keskinligi
severità del giudizio – bahodagi keskinlik
tensione politica – siyosiy keskinlik


“Keskin” bilan bog‘liq italyancha iboralar

parole taglienti – keskin so‘zlar
uno sguardo acuto – o‘tkir nigoh
una risposta brusca – keskin javob
un cambiamento netto – keskin o‘zgarish
una reazione intensa – keskin reaksiya
un conflitto aspro – keskin mojaro


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥4🤓2👍1👏1
Italiyada ham yamalar bor )


🇮🇹 @italian_lan
😁18🤓3
Hasadgo’ylar uchun maxsus😅

🇮🇹 L’invidia nasce dal confronto, non dal bisogno-🇺🇿Hasad ehtiyojdan emas, taqqoslashdan tug‘iladi.

🇮🇹L’invidioso soffre due volte: per ciò che non ha e per ciò che l’altro ha-🇺🇿Hasadgo‘y ikki marta azob chekadi: o‘zida yo‘qligi uchun ham, boshqasida borligi uchun ham.

🇮🇹L’invidia è una confessione di inferiorità-🇺🇿 Hasad — o‘zini past his qilishning tan olinishi.



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
😁12
Italyan tili
Photo
Italiya bayrog‘i “Il Tricolore” nomi bilan tanilgan bo‘lib, yashil, oq va qizil ranglardan iborat vertikal uch rangli milliy ramz hisoblanadi va uning tarixi XVIII asr oxiriga borib taqaladi. Bayroq ilk bor 1797-yilda Napoleon Bonapartning Italiya hududidagi yurishlari davrida tashkil etilgan Cisalpin Respublikasi tomonidan rasmiy ravishda qabul qilingan bo‘lib, u Fransiya bayrog‘idan ilhomlangan. Dastlab yashil rang Milan militsiyasi kiyimiga ishora qilgan bo‘lsa, keyinchalik tabiat, umid va erkinlik ramziga aylangan, oq rang Alp tog‘lari qorini va poklikni, qizil rang esa mustaqillik uchun olib borilgan kurash va to‘kilgan qonlarni ifodalaydi. XIX asrda Italiya birlashuvi — Risorgimento davrida ushbu bayroq milliy ozodlik va yagona davlat g‘oyasining asosiy timsoliga aylangan, 1861-yilda Italiya Qirolligi tuzilgach esa markaziga Savoy sulolasi gerbi joylashtirilgan holda davlat bayrog‘i sifatida ishlatilgan. 1946-yilda monarxiya tugatilib, respublika e’lon qilingach, qirollik gerbi olib tashlangan va 1948-yilgi Konstitutsiya bilan yashil, oq va qizil ranglardan iborat hozirgi ko‘rinishdagi bayroq Italiya Respublikasining rasmiy bayrog‘i sifatida mustahkamlangan. Italiyada 7-yanvar Milliy bayroq kuni sifatida nishonlanadi va bayroq ranglarining joylashuvi qat’iy belgilangan bo‘lib, chapdan o‘ngga qarab yashil, oq va qizil tartibida bo‘lishi shart. Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilish qonun bilan jazolanadi. Italiya bayrog‘i rang jihatidan Irlandiya va Meksika bayroqlariga o‘xshash bo‘lsa-da, unda hech qanday gerb yoki qo‘shimcha belgi yo‘q. Bugungi kunda “Il Tricolore” nafaqat Italiya mustaqilligi va suverenitetining ramzi, balki italyan xalqining tarixiy kurashi, madaniy birligi va milliy g‘ururining ifodasi bo‘lib, sport musobaqalarida, kundalik hayotda va hatto oshxona madaniyatida, masalan pizza margarita ranglarida ham o‘z aksini topgan.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
8🔥1
Bugun, 6-yanvar kuni Italiyada milliy bayram — Epifaniya (italyancha l’Epifania) nishonlanadi. Bu kun nasroniylikda Uch Mo‘jizakor (Uch Qirol) — Gaspar, Melxior va Baltazarning Iso Masih tug‘ilganini tan olib, unga oltin, ladan va mirra sovg‘a qilgan kuni sifatida muhim sanaladi va Iso Masihning butun insoniyat uchun najotkor ekanini anglatadi. “Epifaniya” so‘zi “namoyon bo‘lish” degan ma’noni bildiradi va aynan shu sana bilan Rojdestvo bayramlari rasman yakunlanadi. Italiyada bu kun xalq orasida “La Befana” nomi bilan ham mashhur bo‘lib, afsonaga ko‘ra, supurgi minib yuradigan, ammo mehribon kampir 5-yanvar kechasi bolalarning paypog‘iga sovg‘a va shirinliklar solib ketadi, yomon bolalarga esa ko‘mir shaklidagi shakar qoldiradi. Bayram kuni ko‘plab shaharlarda yarmarkalar, niqobli paradlar va teatrlashtirilgan tomoshalar bo‘lib o‘tadi, ayniqsa Rimdagi Piazza Navona maydonida Befana bozorlari juda mashhur. An’anaviy taomlar orasida shirinliklar, pechenyelar va bolalar uchun maxsus sovg‘alar tayyorlanadi, ayrim hududlarda esa ruhoniylar tomonidan uylar va eshiklar bo‘r bilan belgilab duo qilinadi. Italiyaliklar “L’Epifania tutte le feste porta via” — ya’ni “Epifaniya barcha bayramlarni olib ketadi” degan iborani ishlatadi, bu esa dam olishlar tugab, yangi ish va kundalik hayot boshlanishini anglatadi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
4👍1
🟢 A1
Completa la frase:
Io ___ italiano.
Anonymous Quiz
10%
Parla
79%
Parlo
8%
Parliamo
3%
Parlano
🔥4
🟡 A2
Scegli la forma corretta:
Ieri noi ___ al cinema.
Anonymous Quiz
31%
Andiamo
10%
Andavamo
55%
Siamo andati
4%
Andremo
🔥4
🔵 B1 – Livello intermedio

Completa la frase: Penso che lui ___ già finito il lavoro.
Anonymous Quiz
36%
Ha
25%
Aveva
29%
Abbia
10%
Avra
🔥5
🟠 B2 – Livello intermedio avanzato

Scegli la frase corretta: Se ___ più tempo, viaggerei di più.
Anonymous Quiz
10%
Ho
18%
Avró
55%
Avessi
16%
Avevo
3