Italyan tili
1.7K subscribers
518 photos
105 videos
164 files
548 links
Download Telegram
TRACOTANTE - g‘ururlangan, kibrli, o‘zini ustun deb biladigan inson , bodicha😅

Misol:

🇮🇹 Il suo atteggiamento tracotante era insopportabile - 🇺🇿Uning haddan tashqari kibrli xulq-atvori juda yoqimsiz edi



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥52👍2
#Elisione_Troncamento

#Eliziya (Elisione)

Eliziya — bir so‘zning urg‘usiz oxirgi unlisi keyingi so‘zning boshidagi unli bilan to‘qnashganda tushib qolishidir,yozuvda eliziya apostrof bilan belgilanadi.

Eliziya majburiy bo‘lgan holatlar:
Aniq artikllar lo, la va ular bilan tuzilgan artiklli predloglar:
l’animale (hayvon), l’albero (daraxt), dell’imbuto(voronka quyg’ich), all’opera va hokazo;
Noaniq artikl una:
un’anfora(sopol idish), un’eresia(bid’at), un’impresa(korxona), un’occhiata(nigoh)
sifatlar bello va quello:
un bell’albero, quell’immagine
(bella va quella ning jenskiy rod shakllarida eliziya mumkin, ammo majburiy emas);
Santo va santa:
sant’Anselmo, sant’Anna.

Eliziya keng tarqalgan, ammo majburiy bo‘lmagan holatlar:
di predlogi (ayniqsa i bilan boshlanuvchi so‘zlardan oldin):
d’invitare(taklif qilish), d’improvviso(kutilmaganda);
Urg‘usiz shaxs olmoshlari lo, la, mi, ti, ci, si, vi, ne:
l’incontrai (yoki lo incontrai), m’avvisò (yoki mi avvisò) va boshqalar;
sifatlar questo:
quest’anno, questo intervento;
Ravish va bog‘lovchi come fe’l essere bilan kelganda:
com’è grande!, com’era cambiato
(lekin: come avevo detto, come immaginerai).

Eliziya faqat ayrim holatlarda yuz beradi:
Joy ravishi ci faqat essere fe’lidan oldin apostrof oladi:
c’è, c’erano
(lekin: ci abitano, ci arrivano);
• Ba’zi iboralar foydalanishda qotib qolgan shaklda apostrof bilan keladi:
a quattr’occhi, tutt’altro, senz’altro, mezz’ora va boshqalar;
da predlogi faqat quyidagi iboralarda elidatsiyalanadi:
d’ora in poi, d’altra parte, d’altronde.

Eliziya hech qachon bo‘lmaydi:
Yarim undosh i oldidan:
lo iato, lo iodio, di ieri
(ammo u yarim undosh bo‘lsa mumkin: l’uomo, l’uovo);
Urg‘usiz olmoshlar le, li to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldiruvchi bo‘lganda:
le ammiravo, li incontrai;
ci olmoshi a, e, o bilan boshlanuvchi fe’ldan oldin:
ci osserva, ci affidai

#Qisqartirish (Troncamento yoki apokopa)

Qisqartirish — so‘z oxiridagi unli yoki bo‘g‘inning tushib qolishidir.

Qisqartirish turlari:
Unli qisqartirish:
professor (professore), nessun (nessuno);
bunda tushirilgan unlidan oldingi undosh l, m, n, r bo‘lishi kerak:
un bel quadro, ben detto;
Bo‘g‘in qisqartirish:
gran (grande), quel (quello).

Eliziya va qisqartirish o‘rtasidagi farq:
• Qisqartirish keyingi so‘z undosh bilan boshlansa ham yuz berishi mumkin:
un buon vino;
Agar keyingi so‘z unli yoki z, s+undosh, gn, ps, x bilan boshlansa, qisqartirish bo‘lmaydi:
un buono zio, un bello scarponcino
Qisqartirish apostrof bilan belgilanmaydi, istisnolar:
po’, a mo’ di, di’, da’, fa’, sta’, va’

Majburiy unli qisqartirish:
buono, bene: un buon vino, ben arrivato
uno, alcuno,nessuno, ciascuno:un marinaio,nessun incidente;
signore, professore, dottore va boshqalar ism oldidan:
il signor Rossi, il dottor Fanti.

Mumkin bo‘lgan qisqartirish:
tale, quale: un tal Mario, qual è il mio posto?;
Fe’l infinitivlari: andar via;
olmosh bilan kelganda majburiy: amarlo;
Ba’zi qotib qolgan iboralar:
amor proprio, mal di testa.

Eslatma:
• Ko‘plik va jenskiy rodda qisqartirish bo‘lmaydi;
a faqat suora so‘zida tushadi: suor Paola;
• sifatlar va ravishlar faqat oldin kelganda qisqaradi:
ben fatto, lekin fatto bene emas

Bo‘g‘in qisqartirish:
bello, grande, santo, frate, poco, modo:
un bel libro, un gran giorno, san Crispino, fra Cristoforo, un po’ di gente

“Qual è”

To‘g‘ri shakl: qual è, qual’è emas.
Bu eliziya emas, balki apokopa bo‘lgani uchun apostrof qo‘yilmaydi.

Misollar:
• Qual è il problema?
• Qual buon vento ti porta?

Bu qoida Accademia della Crusca va yetakchi italyan grammatiklari tomonidan tasdiqlangan.

“Nessun” yoki “nessuno”
• Olmosh sifatida: nessuno qisqarmaydi.
• Sifat sifatida: nessun artikl un kabi qo‘llanadi:
nessun amico, nessun uomo;
• Ammo quyidagilar bilan qisqartirilmaydi:
z, gn, sci: nessuno zaino, nessuno gnomo.

H bilan boshlanuvchi so‘zlar va bello, grande
• h talaffuz qilinmasa, unli kabi:
l’hotel, bell’hotel;
• h talaffuz qilinsa:
bel hotel, gran hotel;
• humour so‘zida h talaffuz qilinadi: lo humour.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
3🔥2👏1
🎄 Rojdestvo kunlarida jamoat transport jadvali: Xizmatlar ikki vaqt oralig‘ida faol: 8:30–13:00 va 16:30–21:00.
🚌🚇🚃 Metro, avtobus va tramvaylar ushbu vaqt oralig‘ida odatdagidek harakatlanadi.
🚊 #TerminiCentocelle temir yo‘l liniyasi faqat 13:00 gacha ishlaydi, tushdan keyin #Linea105 mavjud.
🌙🚌 Tungi avtobuslar tarmog‘i butun hudud bo‘ylab odatdagidek ishlaydi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍4
#Ciarliereccio

“Ciarliereccio” — bu italyancha sifat 🇮🇹
(ko‘proq og‘zaki nutqda ishlatiladi)

Tarjimasi - 🗣 vaysaqi
🗣 bekorga gapiradigan
🗣 gapdon, lekin mazmunsiz
🗣 chaqchaqchi (sal sal salbiy ohangda)
🗣 og’zi tinmaydigan

#Esempio

🇮🇹 Il collega ciarliereccio non smette mai di raccontare aneddoti - 🇺🇿 og’zi tinmaydigan hamkasb tinmay kulguli hikoyalarni gapirib beradi


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥3
🎆🎶 Rimda Yangi yil: musiqa, mushakbozliklar va ajoyib muhit

Agar siz uchun Capodanno(yangi yil)= jonli musiqa, odamlar va bayram kayfiyati bo‘lsa, tanlov aniq — Roma Capitale tomonidan Circo Massimoda tashkil etiladigan katta bepul konsert.

🕘 Boshlanishi 21:00, sahnada:
Alessandra Amoroso, Fabri Fibra va Tananai
🥂 Yarim tundan keyin — DJ JJ Carrozzo va Don Cash shousi tonggacha davom etadi.

🎇 Rimda mushakbozliklar
🔥 Kolizey va Via dei Fori Imperiali
Antik xarobalar + osmondagi zamonaviy chiroqlar = kuchli hissiy taassurot. ( Kolizey men uchun doim eng yaxshi tanlov bo’lib kelgan)
🏛 Piazza Venezia
Ochiqcha kartinaga o‘xshash manzara: Vatan Qurbongohi ustidagi mushakbozliklar.
🌙 Gianicolo
🌿 Piazza del Popolo — do‘stlar bilan qulay, Pincio tepalikidan go’zal manzara, bu yerda tez-tez mushakbozliklar bo‘ladi.

💃 Klubcha Yangi yilni xohlovchilar uchun
🎤 Vanity Club (Trastevere)
Qizish uchun karaoke → countdown’dan keyin tonggacha raqslar.
🍽 Eden Experience (Roma Nord)
Avval an’anaviy kechki ovqat,
keyin — kokteyllar bilan klub zonasi.
🎶 Shuningdek mashhur joylar: The Sanctuary, Art Cafè, Spazio 900, Vinile — har birining o‘ziga xos yangi yil paketi bor.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥51😁1
Auguro a tutti un felice anno nuovo, ricco di salute, successo e nuove opportunità. Che il nuovo anno porti gioia, serenità e tanti bei momenti.
Con i migliori auguri,
Shokhrukh
🎉14👏3👍2🔥2🥰1😁1
1-yanvar Rimda — shahar odamlarga tegishli bo‘ladigan kun

1-yanvar kuni Capodarte — katta shahar festivali qaytadi. Bu kunda Rim bir kunga ochiq sahnaga aylanadi:
muzeylar, saroylar, arxeologik joylar, musiqa va spektakllar — ko‘plari bepul.

🏛 Rim har qachongidan ham ochiq
Bu kuni Musei Civici, Palazzo delle Esposizioni, MACRO, Mattatoio va shahar bo‘ylab o‘nlab ko‘rgazma maydonlariga bepul kirish mumkin.

🏺 Chiptasiz arxeologik hududlar
Quyidagi arxeologik hududlar ochiq bo‘ladi:
• Circo Massimo
• Largo Argentina
• Villa di Massenzio
• Celiodagi Forma Urbis

Bepul, lekin bron bilan
• Circo Maximo Experience (VR)
• Villa Torlonia bunkeri
• Rim planetariysi

🎶 Turli tumanlarda — konsertlar, spektakllar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar.
Shunchaki sayr qilib yurib, tasodifan voqealar markaziga tushib qolish mumkin — bu faqat Rimga xos holat.

🎺 Albatta, shahar markazidagi mashhur Rim paradi

AQShdan kelgan marsh orkestrlar va chirliderlar ishtirokidagi katta bayram paradi, ularga italyan jamoalari ham qo‘shiladi. Bu — energiya, quvonch va yangi yil kayfiyatining haqiqiy namoyondasi bo’ladi

📍 Marshrut
Parad Piazza del Popolodan boshlanib, quyidagi ko‘chalar orqali o‘tadi:

• Via del Babuino
• Piazza di Spagna
• Via dei Condotti
• Via del Corso

Ya’ni musiqa va raqslar Rimning eng mashhur ko‘chalari fonida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇸 Ishtirokchilar orasida — Nyu-Orlean, Florida, Kaliforniya, Texas, Illinoys va Nyu-Yorkdan kelgan orkestrlar, 🇮🇹 shuningdek, paradga janubona iliqlik va an’anaviy ritm qo‘shadigan italyan folklor guruhlari ham bor.

👨‍👩‍👧‍👦 Hamma uchun mos

Musiqa butun shahar bo‘ylab yangraydi, yangi yil tunidan keyin Rimni jonlantiradi va bu yerda bayram faqat mushakbozliklar emas, balki odamlar, ko‘chalar va muhit ekanini eslatadi.

🎟 Kirish bepul
🕒 Boshlanishi: 15:30

Agar 1-yanvar kuni Rimda bo‘lsangiz — albatta o‘tkazib yubormang.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥61😁1
Bugun 1-yanvardan boshlab Rimdagi mashhur Trevi favvorasiga kirish shahar aholisi bo‘lmaganlar uchun pullik bo‘ladi. Sayyohlar uchun kirish narxi — 2 yevro, Rim aholisi esa bepul kirishi mumkin.

💡 Yig‘ilgan mablag‘lar shaharni obodonlashtirishga yo‘naltiriladi: favvoralarni restavratsiya qilish, transportni yaxshilash va ekologik loyihalarga.

P.S: permesso di soggiorno per motivo di studio bo’lsa ham siz baribir 2 yevro to’laysiz , agar sizda carta d’identità bo’lsa siz uchun bepul bo’ladi


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
6👍3🎉2😁1🤓1
Trame di Luci — Rimdagi Orto Botanico bog‘ida o‘tkaziladigan sehrli yorug‘lik shousi bo‘lib, unda tabiat, san’at va texnologiya birlashadi. Kechki payt bog‘ bo‘ylab joylashtirilgan rang-barang yorug‘lik installyatsiyalari, musiqa bilan uyg‘un effektlar va ko‘plab foto zonalar mehmonlarga unutilmas muhit yaratadi. Tadbir dekabr–yanvar oylarida bo‘lib o‘tadi va talabalar uchun ham juda qiziqarli. Kirish chiptasi faqat yorug‘lik yo‘lini o‘z ichiga oladi, ovqat va ichimliklar joylashgan Luci di Gusto hududida xarajatlar alohida to‘lanadi. Rimda qish mavsumida o‘zgacha kayfiyat va chiroyli suratlar izlayotganlar uchun Trame di Luci tavsiya etiladi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
6😘3😁1🤓1
#Aforismo_italiano

“Tutto il male viene per il bene.”

Bu so‘zning ma’nosi: “Barcha yomonliklar oxir-oqibat yaxshilikka olib keladi.”




🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
🤓64👍2🔥1👏1😁1
#Indovinello_italiano
#topishmoq

È tuo ma gli altri lo usano più di te. Cos’è?
(Bu senga tegishli, lekin boshqalar undan ko‘p foydalanadi. Bu nima?)

Risposta …?


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥31😁1🤓1
Piza minorasining tepasiga olib boradigan zinapoyalar

Minoraning o'zi 1173 yildan 1360 yilgacha deyarli 200 yil davomida qurilgan(turli davrlarda).Zinalardagi marmar so'nggi o'n yilliklarda sayyohlar oqimi tufayli shu holatga kelgan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
14👏4
“Sbagliando s’impara” — bu italyancha maqol.

Uning ma’nosi:
👉 “Xato qilib o‘rganiladi”,
👉 ya’ni inson xatolar orqali tajriba orttiradi va rivojlanadi.

Tushuntirish bilan:
Biror ishda adashsak yoki xato qilsak, aynan shu xato bizga saboq bo‘ladi va keyingi safar yaxshiroq qilishni o‘rganamiz.

O‘zbekchaga yaqin iboralar:
Xatodan o‘rganiladi
Xato qilish — o‘rganishning bir qismi
Xato qilmagan odam o‘rganmaydi


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
🔥5
#scioglilingua
#tez_aytish

🇮🇹 Sopra la panca la capra campa, sotto la panca la capra crepa- 🇺🇿
Skameyka ustida echki yashaydi, ostida esa o‘ladi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥3
“Keskin” ma’nosidagi italyancha so‘zlar va qo‘shma shakllar

Asosiy sifatlar
acuto – o‘tkir, keskin (tovush, og‘riq, hid)
tagliente – kesib yuboradigan, o’tkir (so‘z, pichoq)
brusco – qo‘pol, keskin (ohang, muomala)
netto – aniq, ravshan, keskin
severo – qat’iy, keskin
aspro – achchiq, keskin (ta’m, munosabat)

Qo‘shma so‘zlar (keskin ma’nosida)
acuto-doloredolore acuto – o‘tkir og‘riq
tagliente-lingualingua tagliente – keskin til
tono-bruscotono brusco – keskin ohang
contrasto-nettocontrasto netto – keskin farq
critica-severacritica severa – keskin tanqid

Qo‘shma va kengaytirilgan shakllar

acutezza mentale – aqlning keskinligi
intensità emotiva – hissiy keskinlik
asprezza del tono – ohang keskinligi
severità del giudizio – bahodagi keskinlik
tensione politica – siyosiy keskinlik


“Keskin” bilan bog‘liq italyancha iboralar

parole taglienti – keskin so‘zlar
uno sguardo acuto – o‘tkir nigoh
una risposta brusca – keskin javob
un cambiamento netto – keskin o‘zgarish
una reazione intensa – keskin reaksiya
un conflitto aspro – keskin mojaro


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥4🤓2👍1👏1
Italiyada ham yamalar bor )


🇮🇹 @italian_lan
😁18🤓3
Hasadgo’ylar uchun maxsus😅

🇮🇹 L’invidia nasce dal confronto, non dal bisogno-🇺🇿Hasad ehtiyojdan emas, taqqoslashdan tug‘iladi.

🇮🇹L’invidioso soffre due volte: per ciò che non ha e per ciò che l’altro ha-🇺🇿Hasadgo‘y ikki marta azob chekadi: o‘zida yo‘qligi uchun ham, boshqasida borligi uchun ham.

🇮🇹L’invidia è una confessione di inferiorità-🇺🇿 Hasad — o‘zini past his qilishning tan olinishi.



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
😁12