Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Storia
Rim imperiyasi va Kushonlar o‘rtasida bevosita diplomatik aloqalar bo‘lgan


Kushonlar davlati (bugungi O‘zbekistonning bir qismi) Rim bilan elchilar almashgan. Bu tarixiy fakt ko‘pchilik tomonidan bilinmaydi. Rim tarixchilari (masalan, Publius Cornelius Tacitus va Plinius) yozishicha, Markaziy Osiyodan Rimga elchilar kelgani haqida ma’lumotlar bor.

127-yilda Rim imperatori Hadrianus davrida Seres (xitoyliklar) va Bactriani(Baqtriya – Kushonlar hududi) vakillari Rimga kelgani qayd etilgan.Rimliklar bu elchilarga katta e’tibor bilan qaragan, bu Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ilk rasmiy aloqalardan biri hisoblanadi.

Rimga zanjabil, ipak, bahoriy ziravorlar, tilla va gemstone (qimmatbaho toshlar)lar Kushonlar orqali kelgan.
Rim tangalari Surxondaryo, Balx (Afg‘oniston), va Qashqadaryo hududlaridan topilgan.
Rim imperiyasi (ayniqsa imperator Trajan va Antonin Piy davrida) tangalari Markaziy Osiyo hududidan topilgan.

Rimda zardushtiylik haqida ma’lumotlar paydo bo‘lishi aynan Sharqdan kelgan elchiliklar Kushonlar va diniy g‘oyalar orqali bo‘lgan.
Kushon haykaltaroshligi (Gandxara san’ati) yunon-rim uslubidan ilhomlangan bo‘lib, bu madaniy ta’sirlar o‘zaro aloqani yana bir bor isbotlaydi.

Rim imperiyasi har doim Parfiya imperiyasi (hozirgi Eron) bilan raqobatlashgan.
Kushonlar esa Parfiyaga nisbatan muqobil hamkor sifatida ko‘rilgan.
Rim elchilari Kushonlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatib, Parfiyani aylanib o‘tuvchi savdo yo‘llarini izlashgan.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
7👍2
“Online italyan tili kurslari qachon yana yo‘lga qo‘yiladi?” — deb yozishmoqda.

Ayni damda O’zbekistondaman va nasib bo’lsa oktabr oyining ikkinchi haftasida Rim shahriga qaytib boraman va kurs bo’yicha e’lon beraman.

Yaqinlashib kelayotgan D visa suhbatlarida barchaga omad tilayman.


Agar orangizda italyan tilidan dars bermoqchi bo’lgan ustoz va talabalar bo’lsa shu yerga e’lon berishingiz mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍151
👍5
Italyan tili
Voice message
#OAVga_doir_lugat

media-ommaviy axborot vositalari

giornale- gazeta

rivista-jurnal

telegiornale- teletayyor (yangiliklar dasturi)

radio-radio

televisione-televizor / televideniye

giornalista-jurnalist

reporter-muxbir

notizia-yangilik

intervista-intervyu

cronaca-xronika

articolo-maqola

redazione-tahririyat

stampare-chop etmoq

trasmissione-eshittirish / ko‘rsatuv

comunicato stampa-matbuot bayonoti

pubblicità- reklama

audience-tinglovchilar / tomoshabinlar soni

mezzi di comunicazione- aloqa vositalari

diretta-jonli efir

registrazione-yozuv / yozib olingan

conduttore (TV/radio)-boshlovchi (TV/radio)

editoriale-tahririy maqola

libertà di stampa-matbuot erkinligi

censura-senzura

diffusione- tarqatish (masalan, nashr miqdori)

fake news- yolg‘on yangiliklar

social media- ijtimoiy tarmoqlar

canale televisivo- telekanal

notiziario- yangiliklar dasturi

emittente-efir uzatuvchi (kompaniya, kanal)

frequenza-chastota (radio/TV)

palinsesto-efir jadvali

copertura mediatica-OAV yoritilishi (biror voqea bo‘yicha)

fonte-manba (axborot manbasi)

testata giornalistica-nashriyot/jurnalistika organi

titolo-sarlavha

sottotitolo-tag sarlavha

ufficio stampa-matbuot xizmati

cronista-yangiliklar muxbiri / xronikachi

fotoreporter-fotosurat muxbiri

video giornalismo-video jurnalistika

inchiesta-surishtiruv (jurnalistik)

diffamazione- tuhmat

etica giornalistica-jurnalistik etika

obiettività-xolislik

parzialità-tarafkashlik

manipolazione dell’informazione-axborotni manipulyatsiya qilish

abbonamento-obuna

copertina-muqova

tiratura-nashr miqdori

bozza-qora nusxa / loyihaviy matn

correzione di bozze-matn tahriri / xatolarni tuzatish

linguaggio giornalistico-jurnalistik til
👍71🔥1👏1
Italyan tili
Photo
3
#Modo_di_dire


‘’ Fare il francese ‘’

So’zma so’z tarjimasi : Fransuz bo’lmoq

Asl ma’nosi : yuz ko’rsatmaslik , ishtirok etmaslik , jim turmoq , bilmaganlikka olmoq



#Esempio


🇮🇹 Quando gli ho chiesto di aiutarmi , ha fatto il francese - 🇺🇿Undan yordam so’raganinda u o’zini bilmaganlikka oldi ya’ni jim turdi



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
👍92
Italyan tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirishni maqsad qilganlar uchun suhbatlashuv guruhi “ Linea Italiana “ ni ochdim. Italyan tilida suhbatlasha oladigan darajasi borlar darajasi nisbatan pastroq bo’lganlarga yordam berishlari mumkin. Guruh barcha uchun

Link

https://t.me/+SYGQaNQfwHIwYWY0
👍5
#Vocabolario

🇮🇹 Scavo - 🇺🇿 qazish
🇮🇹 sito archeologico - 🇺🇿 arxeologik joy
🇮🇹 reperto - 🇺🇿 yodgorlik
🇮🇹 datazione - 🇺🇿 sana aniqlash
🇮🇹 restauro - 🇺🇿 restavratsiya
🇮🇹 superficie - 🇺🇿 sirt
🇮🇹 frammento - 🇺🇿 bo’lak
🇮🇹 ceramica - 🇺🇿 keramika
🇮🇹 tumulo - 🇺🇿 qabrtosh
🇮🇹eseguire il restauro-🇺🇿 restavratsiya qilish
🇮🇹 conservazione dei reperti - 🇺🇿yodgorliklarni saqlash
🇮🇹 insula - 🇺🇿 blok
🇮🇹 necropoli -🇺🇿 katta qabriston(Shohizinda), o’liklar shahri
🇮🇹 sepoltura - 🇺🇿 dafn etish
🇮🇹 tempio - 🇺🇿 ibodatxona
🇮🇹 pavimento - 🇺🇿 pol , tosh yo’l
🇮🇹 crollo - 🇺🇿 qulash
🇮🇹 reperto numismatico - 🇺🇿 tangalar bilan bog’liq topilmalar
🇮🇹 reperto funerario - 🇺🇿 qabr topilma
🇮🇹 datazione relativa - 🇺🇿 nisbiy sana aniqlash
🇮🇹 datazione assoluta - 🇺🇿 aniq sana aniqlash
🇮🇹 sondaggio archeologico- 🇺🇿 test sifatida arxeologik qazishma
🇮🇹 ispezione visiva del sito -🇺🇿 hududni ko’zdan kechirish
🇮🇹 prelievo di campioni - 🇺🇿 namunalar olish
🇮🇹 analisi petrografica - 🇺🇿 tosh tahlili
🇮🇹 ricostruzione dell’apparato murario - 🇺🇿 devor tizimini tiklash
🇮🇹 catalogazione dei reperti - 🇺🇿 topilmalarni ro’yxatga olish
🇮🇹 scavo stratigrafico in sezioni - 🇺🇿 qatlam bo’yicha bosqichli qazish ishlari
🇮🇹 lapidario - 🇺🇿 tosh yodgorliklar jamlanmasi
🇮🇹 iconografia - 🇺🇿 tasvirchilik tahlili
🇮🇹 epigrafia - 🇺🇿 yozuvlar tadqiqoti
🇮🇹 contesto - 🇺🇿 topilmaning joylashuvi
🇮🇹 litica - 🇺🇿 tosh asboblar
🇮🇹 punzone - 🇺🇿 burg’u asbobi
🇮🇹 frammento scheggiato - 🇺🇿 shikastlangan bo’lak
🇮🇹 ipogeo - 🇺🇿 yer osti inshooti
🇮🇹 canale - 🇺🇿kanal ya’ni yer osti yo’li
🇮🇹 rilievo planimetrico-🇺🇿 yer yuzasini aniqlash
🇮🇹 campionamento geotecnico -🇺🇿 yer texnik namunasini olish
🇮🇹 sedimentologia-🇺🇿 qatlamlarni o’rganish
🇮🇹 casi funerali - 🇺🇿 dafn holatlari
🇮🇹 resti organici - 🇺🇿 organik qoldiqlar



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
9🥰4
#Documentazione


IVA

IVA (Imposta sul valore aggiunto) bu qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘lib, har bir bosqichda mahsulot yoki xizmatga qo‘shiladigan qiymat uchun olinadigan soliqdir. Bu soliq Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng qo‘llaniladi va Italiya ham bunga kiradi.
Hozirda Italiyada IVAning asosiy stavkasi 22%.
Ammo imtiyozli stavkalar ham mavjud bular :
10% – turizm, oziq-ovqat mahsulotlari, restoran xizmatlari, ba’zi dori vositalari va hokazolar.
5% – sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar uchun ba’zi maxsus holatlarda.
4% – zarur mahsulotlar: asosiy oziq-ovqatlar, nogironlar uchun jihozlar, ba’zi turdagi kitoblar va nashrlar.

Kimlarga tegishli?
Italiyada ishlayotgan yoki mahsulot/xizmat sotayotgan har qanday biznes yoki yakka tartibdagi tadbirkor IVAni hisobga olib ish yuritishi kerak.
Chet el kompaniyalari ham Italiyada xizmat ko‘rsatsa yoki mahsulot sotsa, ko‘pincha IVA ro‘yxatidan o‘tishi talab etiladi.

4. iVA raqami (Partita IVA)
Har bir tadbirkor yoki kompaniya o‘zining yagona Partita IVA (soliq identifikatsion raqami)ga ega bo‘ladi.

IVA qanday bosqichlarda undiriladi?
Ishlab chiqaruvchi → O’rtakash
Mahsulot ishlab chiqariladi va o’rtakashga sotiladi (IVA bilan).

O’rtakash→ Chakana sotuvchi
o’rtakash mahsulotni chakana sotuvchiga sotadi (yana IVA qo‘shiladi).

Chakana sotuvchi → Mijoz
Oxirgi iste’molchiga mahsulot sotiladi (IVA bilan). Mijoz narxga qo‘shilgan iVAni to‘laydi.

Soliqni aslida oxirgi mijoz to‘laydi, lekin har bir bosqichda qatnashgan kompaniya soliqdan qisman ozod bo‘lishi yoki chegirib olish huquqiga ega bo‘ladi (bu “input IVA” deb ataladi)

Kim IVA to‘lashi kerak?

Agar siz:
Italiyada kompaniya ochsangiz, yoki
xizmatlar/yetkazib berish bilan shug‘ullansangiz, yoki
internet orqali savdo qilsangiz, yoki
frilanser bo‘lsangiz

…sizga Partita IVA olish majburiy bo‘ladi.

IVAni qanday to‘lash kerak?
Partita IVA raqamini oling – bu Italiyadagi soliq xizmatida ro‘yxatdan o‘tgach beriladi.
Fattura (hisob-faktura) chiqariladi – har bir sotuvda mijozga IVA qo‘shib hisob-faktura beriladi.
oylik hisobot topshirasiz – daromad va xarajatlar bo‘yicha.
IVAni to‘laysiz yoki qaytarib olasiz – xarajatlaringiz uchun to‘langan IVA miqdori daromadingizdagi iVAdan kamaytiriladi.

Mahsulotni 100 € ga sotsangiz
VAT stavkasi 22% bo‘lsa

Unda mijozdan olasiz:
100 € + 22% = 122 €
Siz esa davlatga 22 € VATni topshirasiz



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥61👏1
👍5
Italyan tili
Photo
🔥31😁1
Aynan Marko Polo Yevropaga qog‘oz pul yaratish g‘oyasini kiritgan.

Mo‘g‘ul imperiyasini tadqiq qilish paytida u birinchi marta qog‘oz pullarni ko‘rgan. O‘sha paytda Yevropada ular bunday narsani tasavvur ham qila olishmasdi. Marko osiyoliklar qog‘oz parchalariga qanday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishganiga va ularni oltin yoki kumush kabi haqiqiy marvarid deb hisoblashlaridan hayron qoladi.

U Yevropaga kelganidan so‘ng, qog‘oz pul tushunchasini to‘liq tushuntirib berdi va qog‘oz pullarni qalbakilashtirishning oldini olish bo‘yicha metodologiyani ham tavsiflab berdi. Marko Polo 1271–1295-yillarda Xitoyga mo‘g‘ul xoni Xubilay saroyiga borgan va mamlakat bo‘ylab o‘z sayohatini amalga oshirgan. Ko‘plab yangiliklar bilan Yevropani tanishtirgan.

“Million” so‘zi muallifi ham Marko Polo hisoblanadi. Bungacha eng katta raqam ming bo‘lgan. Savdogar Xitoyning barcha boyliklarini ko‘rganidan keyin u bularni tasvirlash uchun “ming” kamlik qilishini tushungan va shu bois yozgan asariga aynan “ Million “ deb nom qo’ygan.



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥85👍2🥰2
Italyan tili
Aynan Marko Polo Yevropaga qog‘oz pul yaratish g‘oyasini kiritgan. Mo‘g‘ul imperiyasini tadqiq qilish paytida u birinchi marta qog‘oz pullarni ko‘rgan. O‘sha paytda Yevropada ular bunday narsani tasavvur ham qila olishmasdi. Marko osiyoliklar qog‘oz parchalariga…
Italyan tilida million “ millione” deb yoziladi “mille” (ming) so’zidan kelib chiqgan va shu bilan bir qatorda “-one-“ qo’shimchasi katta ,ulkan ma’nolari beradi . “Millionekatta ming yoki ming marta ming deb tushunilgan.

1000x1000=1.000.000 (million)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥7👍43
#Documentazione
#passaporto_italiano
#italyan_pasporti

Bilamizki, Italiya pasporti dunyodagi eng kuchli pasportlardan biri hisoblanadi. 2025 yilda 3 o'rinda turgan Italiya pasporti 192 davlatga vizasiz kirish imkonini beradi.

Qanday qilib Italiya pasportini olish mumkin?

1. Ajdodlaringizdan bittasida bo'lsa ham Italiya fuqaroligi bo'lsa

2. 4-10 yilgacha Italiyada qonuniy yashash orqali

3. Italiyalik bilan turmush qurish orqali


1 - Oxirgi 3 avlodingizning hech bo'lmasa bittasida ham Italiya fuqaroligi bo'lgan bo'lsa MEROS sifatida siz ham Italiya fuqaroligini olishingiz mumkin. Lekin, anchagina hujjat ishlarini bitirishingiz kerak bo'ladi, ya'ni Italiya fuqaroligi bo'lgan yaqiningizning barcha biometrik ma'lumotlarini Italiya Konsuligiga topshirish kerak.

2.1 - Agar Italiyada 4-10 yilgacha qonuniy yashagan bo'lsangiz. Siz uchun Italiya fuqaroligini olish uchun yetarli bo'ladi, agar siz:
- Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo'lsangiz
(4-yil)
- Qochqin yoki fuqaroligingiz bo'lmasa
(5-yil)
- Chet el fuqarosi bo'lsangiz va qochqin/fuqaroligi yo'q shaxs bo'lmasangiz
(10-yil)

2.2 - Student sifatida Italiya fuqaroligini olmoqchi bo'lsangiz 10 yil davomida Italiya davlatida qonuniy yo'l bilan yashashingiz kerak. Permesso di Soggiorno ning har qanday turi bilan 10 yilni o'tkazsangiz bo'ladi. O'qish uchun sarflagan 3-yil vaqtingiz ham 10 yil uchun o'tadi. Misol uchun 5+5 ko'rinishida:
- 3 yil Permesso di Soggiorno per Studio
- 2 yil Permesso di Soggiorno per lavoro / Permesso di Soggiorno cerca lavoro
- 5 yil Permesso di Soggiorno di Lungo Periodo

3 - Italiyalik bilan turmush qurish orqali ham Italiya fuqaroligini olish mumkin, lekin unga ham 2-3 yilgacha vaqt kerak bo'ladi. Municipio sizni haqiqatan ham yashayotganligingizga guvoh bo’lishi lozim.Bir qancha fakt va ma'lumotlar:
- sizning turmushingiz Italiyada qonuniy ro'yxatdan o'tishi kerak
- agar turmush qurganingizdan keyin Italiyada yashayotgan bo'lsangiz, 2 yildan so'ng siz Italiya fuqaroligiga ariza bera olasiz
- agar Italiyada tashqarida bo'lsangiz 3 yildan so'ng Italiya fuqaroligiga ariza bera olasiz
- fuqarolikni olmasdan turib, juftingiz bilan ajrashsangiz, fuqarolikni olishdan mahrum bo'lasiz
- fuqarolik uchun ariza topshirayotgan paytingiz sizda Italian tilini bilish darajasi B1 bo'lishi kerak

1) Italiya fuqaroligi olishingiz uchun Italian tili ham yaxshi darajada bo'lishi kerak - B2
2)Permesso di Soggiorno di Lungo Periodo ni olish uchun esa siz Italian tilini A2 darajada bilishingiz kerak
3) Agar ota-onangiz chet el fuqarosi bo'lib Italiyada sayohat qilib yurgan paytida siz tug'ilgan bo'lsangiz sizga fuqarolik berilmaydi!


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
🔥92👍2
Samarqanddan Rim (Italiya)gacha piyoda yoki mashinada qancha vaqt ketishi haqida ma’lumot

🚗 Mashinada (avtomobil bilan)
Masofa: taxminan 5,000–5,300 km (yo‘l yo‘nalishiga qarab)
Vaqt: taxminan 60–70 soat uzluksiz haydash
Real holatda (dam olish, chegara tekshiruvlari, tunashlar bilan): 7–9 kun

Yo‘nalish (asosan):
1. O‘zbekiston (Samarqand) → Qozog‘iston yoki Turkmaniston → Rossiya → Ukraina/Belarus yoki Kavkaz yo‘li orqali Turkiya → Bolqon davlatlari → Italiya.

Avtomobil bilan Yevropaga kirish uchun vizalar (Shengen, tranzit) va transport ruxsatnomalari kerak bo‘ladi.

🚶‍♂️ Piyoda (yurib borish)
Masofa: taxminan 5,000 km
O‘rtacha odam kuniga 30–35 km yura oladi (muntazam yurish bilan).
Umumiy vaqt:
> 5,000 km ÷ 30 km/kun = 167 kun (taxminan 5,5 oy)
Agar orada dam olish, ob-havo sharoiti, vizalar, chegara o‘tish vaqti hisobga olinsa:
> 180–210 kun (6–7 oy)



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
4👍2
Italiyaning eng mashxur gazetalaridan biri “ Gazzettadellosport “futbol bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi haqida qiziqarli post qilibdi


https://www.instagram.com/p/DMTjjt-ISJM/?img_index=9&igsh=MTc0OGc4YnE5bDB6NA==
🔥6
🔥51😁1
Italyan tili
Photo
Come si chiama in italiano?
Anonymous Quiz
15%
Giudice
15%
Perito
27%
Carabiniere
43%
Befana
🔥9
#Vocabolario

🇮🇹A giorni - 🇺🇿bir necha kun ichida
Esempio:
Partiró a giorni - bir necha kun ichida jo’nab ketaman


🇮🇹 fin da subito -🇺🇿 darhol ,boshidan boshlab
Esempio:
Ho capito il problema fin dal subito - men muammoni boshidan boshlab tushundim


🇮🇹Nel giro di
… -🇺🇿davomida, ichida(vaqt)
Esempio:
Nel giro di un’ora finisco il lavoro- bir soat ichida ishni tugataman


🇮🇹 prima o poi - 🇺🇿 qachondir , oxir-oqibat
Esempio:
Prima o poi dovrai prendere una decisione- qachondir qaror qabul qilishing kerak bo’ladi


🇮🇹 A lungo termine -🇺🇿 uzoq muddatli
Esempio:
Abbiamo pianificato un investimento a lungo termine - biz uzoq muddatli sarmoya rejalashtirdik


🇮🇹Con il passare del tempo -🇺🇿 vaqt o’tishi bilan
Esempio:
Con il passare del tempo, le cose sono migliorate- vaqt o’tishi bilan narsalar yaxshilandi


🇮🇹in data di -🇺🇿 sana bo’yicha
Esempio:
In data di ieri abbiamo firmato il contratto- kecha sana bo’yicha shartnomani imzoladik


🇮🇹Fino ad allora-🇺🇿 shu paytgacha
Esempio:
Fin ad allora non avevo mai viaggiato l’America - haligacha Amerikaga sayohat qilmaganman


🇮🇹 A tempo pieno -🇺🇿 to’liq stavkada
Esempio:
Lavoro a tempo pieno in una azienda- to’liq stavkada bir kompaniyada ishlayman


🇮🇹 A malapena-🇺🇿zo’rg’a,deyarli
Esempio:
Sono arrivato a malapena in tempo - vaqtida deyarli yetib bordim


🇮🇹A lungo -🇺🇿 uzoq vaqt
Esempio:
Ho studiato a lungo per l’esame - imtihon uchun uzoq vaqt o’qidim


🇮🇹al piu presto-🇺🇿 iloji boricha tezroq
Esempio:
Ti risponderò al piu presto- senga iloji boricha tezroq javob beraman

🇮🇹 a tempo debito - o’z vaqtida
Esempio:
Ti darò la risposta a tempo debito- senga o’z vaqtida javob beraman


🇮🇹 di tanto in tanto -🇺🇿 vaqti-vaqti bilan
Esempio:
Di tanto in tanto mi piace uscire con gli amici - vaqti-vaqti bilan do’stlarim bilan chiqishbi yoqtiraman)


🇮🇹 in occasione di - 🇺🇿munosabati bilan
Esempio:
In occasione del suo compleanno, abbiamo organizzato una festa - uning tug’ilgan kuni munosabati bilan , bayram tashkillashtirdik



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
1👍6🔥42