Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Mafiyalar_haqida

Yuqoridagi postda mafiyaning ta'siri haqida ma'lumotga ega bo'ldik va endi bo'lsa Italiyadagi mafiyalar guruhi haqida biroz ma'lumotga ega bo'lamiz.

Italiyada uyushgan jinoyatchilik (MAFIYA) va uning jinoiy tashkilotlari Italiyada, ayniqsa Janubiy Italiyada asrlar davomida keng tarqalgan va kamida 19-asrdan beri ko'plab Italiya mintaqalarining ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ta'sir ko'rsatib kelmoqda.

Italiyada mahalliy mafiyaga o'xshash oltita yirik tashkilot mavjud. 1500-1800 yillarda rivojlana boshlagan ushbu tashkilotlarning eng qadimgi va hozirda eng kuchlilari Sitsiliyadagi " COSA NOSTRA " Kalabriyadagi " NDRANGXETA " (Ular Yevropadagi eng yirik kokain kontrabandachilaridan hisoblanadi) va " CAMORRA " Kampaniya, shuningdek, Neapolitan mafiyasi deb ataladi. Ushbu uchta uzoq vaqtdan beri tashkil etilgan tashkilotlardan tashqari, 20-asrda tashkil etilgan yana uchta faol uyushgan jinoyatchilik tuzilmalari mavjud:

Sitsiliyada" STIDDA " ,

Puglia viloyatidagi 2 Mafiya

" SACRA CORONA UNITA "

va " SOCIETÀ FOGGIANA ".

Shuningdek , tovlamachilik va bezorilik bo'lib shug'ullanadigan guruhlar mavjud bo'lib bular quyidagilar :

BANDA DELLA MAGLIANA — Rimda

MALA DEL BRENTA —Venetsiyada

BANDA DELLA COMASINA —Milanda

TURATELLO CRAW — Milanda

Lekin yuqoridagi guruhlar u qadar katta ta'sirga ega emas va Italiya huquqtartibot xodimlari va qonunlari jihatidan zaiflashgan va faol emas ko'p vaqtdan beri.

Shuningdek ," BASILISCHI " (Basilikata , ya'ni Kalabriya ) guruhi ham mavjud biroq u o'zidan kattaroq va nomdorroq hisoblanmish " NDRANGXETA " ta'siri ostida hisoblanadi. Qo'shimcha tarzda , " CASAMONICA " nomli kichik jinoiy guruh mavjud bo'lib u asosan RIM va Latsio viloyatining sohil bo'yi hududlarida faol ya'ni shu hududlardagi jinoyatchiliklar shu guruh zimmasiga to'g'ri keladi.

So'nggi Mafiya tashkilotlaridan biri bu " MAFIA CAPITALE " Rim ( ya'ni BANDA DELLA MAGLIANA ning saboq a'zolaridan tashkil topgan guruh deb e'tirof etiladi) .

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍4🔥2👏1
#italiya_telekanallari

Italiyada bir qancha mashhur va turli xil telekanallar mavjud. Ular davlat, xususiy va regional kanallarga bo’linadi.

1. RAI (Radiotelevisione Italiana)
🟢RAI — Italiya davlat televideniyesi bo’lib, bu mamlakatning eng yirik telekanali tarmog’ini tashkil etadi.
RAI bir nechta kanallarga ega, ular orasida:
🟢RAI 1: Umumiy ko’rsatuvlar, drama, film va yangiliklar.
🟢RAI 2: Yangi va ommabop ko’rsatuvlar, sport va komediya.
🟢RAI 3: Madaniyat, san’at, jamoatchilik va siyosatga oid ko’rsatuvlar.
🟢RAI News 24: Doimiy yangiliklar tarmog’i.
🟢RAI 4, RAI 5, RAI Movie: Kino, madaniyat va filmlar.

2. Mediaset
🟢Mediaset — Italiyada xususiy televideniye tarmog’i bo’lib, eng yirik raqobatchilardan biridir. Uning asosiy kanallari quyidagilar:
🟢Canale 5: Eng mashhur xususiy telekanal bo’lib, umumiy ko’rsatuvlar, shoular, drama va realiti-shoularni namoyish etadi.
🟢Italia 1: Ko’proq yoshlar va sportga oid ko’rsatuvlar.
🟢Rete 4: Ko’proq drama va ko’rsatuvlar.

3. Sky Italia
🟢Sky Italia — Italiyadagi to’lovli telekanal tarmog’i bo’lib, sport, film, drama va hujjatli ko’rsatuvlarni taqdim etadi.
🟢Sky Italia ko’rsatuvlari asosan ingliz tilida bo’lib, Italiyadagi sport voqealariga katta e’tibor qaratadi.

4. La7
🟢La7 — Xususiy telekanal bo’lib, siyosat, yangiliklar va hujjatli filmlarga ixtisoslashgan. Uning ko’rsatuvlarida siyosatdagi dolzarb mavzularni yoritish katta o’rin egallaydi.

5. TV8
🟢TV8 — Mediaset tomonidan ishlab chiqarilgan va ko’proq filmlar, musiqiy ko’rsatuvlar, shoular va sportni taqdim etadigan telekanal.

6. Sport telekanallari:
🟢Eurosport: Italiyada sport tarmog’ida keng tarqalgan bo’lib, turli sport turlari, jumladan, tennis, velosiped, futboldan yangiliklar beradi.
🟢RAI Sport: RAI-ning sportga ixtisoslashgan kanali.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍63
Bugun tungi soat 02:00 da italiya va yevropada soat millari 1 soat oldinga suriladi va O’zbekiston bilan 4 soatlik farq 3 soatga o’zgaradi
👏13👍10🔥63
Samarqandda Rim ko’chasi bo’lsa italiyada Samarqand ko’chasi bor
🔥3115😁7🎉6👏2
#Storia
Rim imperiyasi va Kushonlar o‘rtasida bevosita diplomatik aloqalar bo‘lgan


Kushonlar davlati (bugungi O‘zbekistonning bir qismi) Rim bilan elchilar almashgan. Bu tarixiy fakt ko‘pchilik tomonidan bilinmaydi. Rim tarixchilari (masalan, Publius Cornelius Tacitus va Plinius) yozishicha, Markaziy Osiyodan Rimga elchilar kelgani haqida ma’lumotlar bor.

127-yilda Rim imperatori Hadrianus davrida Seres (xitoyliklar) va Bactriani(Baqtriya – Kushonlar hududi) vakillari Rimga kelgani qayd etilgan.Rimliklar bu elchilarga katta e’tibor bilan qaragan, bu Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ilk rasmiy aloqalardan biri hisoblanadi.

Rimga zanjabil, ipak, bahoriy ziravorlar, tilla va gemstone (qimmatbaho toshlar)lar Kushonlar orqali kelgan.
Rim tangalari Surxondaryo, Balx (Afg‘oniston), va Qashqadaryo hududlaridan topilgan.
Rim imperiyasi (ayniqsa imperator Trajan va Antonin Piy davrida) tangalari Markaziy Osiyo hududidan topilgan.

Rimda zardushtiylik haqida ma’lumotlar paydo bo‘lishi aynan Sharqdan kelgan elchiliklar Kushonlar va diniy g‘oyalar orqali bo‘lgan.
Kushon haykaltaroshligi (Gandxara san’ati) yunon-rim uslubidan ilhomlangan bo‘lib, bu madaniy ta’sirlar o‘zaro aloqani yana bir bor isbotlaydi.

Rim imperiyasi har doim Parfiya imperiyasi (hozirgi Eron) bilan raqobatlashgan.
Kushonlar esa Parfiyaga nisbatan muqobil hamkor sifatida ko‘rilgan.
Rim elchilari Kushonlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatib, Parfiyani aylanib o‘tuvchi savdo yo‘llarini izlashgan.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
7👍2
“Online italyan tili kurslari qachon yana yo‘lga qo‘yiladi?” — deb yozishmoqda.

Ayni damda O’zbekistondaman va nasib bo’lsa oktabr oyining ikkinchi haftasida Rim shahriga qaytib boraman va kurs bo’yicha e’lon beraman.

Yaqinlashib kelayotgan D visa suhbatlarida barchaga omad tilayman.


Agar orangizda italyan tilidan dars bermoqchi bo’lgan ustoz va talabalar bo’lsa shu yerga e’lon berishingiz mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍151
👍5
Italyan tili
Voice message
#OAVga_doir_lugat

media-ommaviy axborot vositalari

giornale- gazeta

rivista-jurnal

telegiornale- teletayyor (yangiliklar dasturi)

radio-radio

televisione-televizor / televideniye

giornalista-jurnalist

reporter-muxbir

notizia-yangilik

intervista-intervyu

cronaca-xronika

articolo-maqola

redazione-tahririyat

stampare-chop etmoq

trasmissione-eshittirish / ko‘rsatuv

comunicato stampa-matbuot bayonoti

pubblicità- reklama

audience-tinglovchilar / tomoshabinlar soni

mezzi di comunicazione- aloqa vositalari

diretta-jonli efir

registrazione-yozuv / yozib olingan

conduttore (TV/radio)-boshlovchi (TV/radio)

editoriale-tahririy maqola

libertà di stampa-matbuot erkinligi

censura-senzura

diffusione- tarqatish (masalan, nashr miqdori)

fake news- yolg‘on yangiliklar

social media- ijtimoiy tarmoqlar

canale televisivo- telekanal

notiziario- yangiliklar dasturi

emittente-efir uzatuvchi (kompaniya, kanal)

frequenza-chastota (radio/TV)

palinsesto-efir jadvali

copertura mediatica-OAV yoritilishi (biror voqea bo‘yicha)

fonte-manba (axborot manbasi)

testata giornalistica-nashriyot/jurnalistika organi

titolo-sarlavha

sottotitolo-tag sarlavha

ufficio stampa-matbuot xizmati

cronista-yangiliklar muxbiri / xronikachi

fotoreporter-fotosurat muxbiri

video giornalismo-video jurnalistika

inchiesta-surishtiruv (jurnalistik)

diffamazione- tuhmat

etica giornalistica-jurnalistik etika

obiettività-xolislik

parzialità-tarafkashlik

manipolazione dell’informazione-axborotni manipulyatsiya qilish

abbonamento-obuna

copertina-muqova

tiratura-nashr miqdori

bozza-qora nusxa / loyihaviy matn

correzione di bozze-matn tahriri / xatolarni tuzatish

linguaggio giornalistico-jurnalistik til
👍71🔥1👏1
Italyan tili
Photo
3
#Modo_di_dire


‘’ Fare il francese ‘’

So’zma so’z tarjimasi : Fransuz bo’lmoq

Asl ma’nosi : yuz ko’rsatmaslik , ishtirok etmaslik , jim turmoq , bilmaganlikka olmoq



#Esempio


🇮🇹 Quando gli ho chiesto di aiutarmi , ha fatto il francese - 🇺🇿Undan yordam so’raganinda u o’zini bilmaganlikka oldi ya’ni jim turdi



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
👍92
Italyan tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirishni maqsad qilganlar uchun suhbatlashuv guruhi “ Linea Italiana “ ni ochdim. Italyan tilida suhbatlasha oladigan darajasi borlar darajasi nisbatan pastroq bo’lganlarga yordam berishlari mumkin. Guruh barcha uchun

Link

https://t.me/+SYGQaNQfwHIwYWY0
👍5
#Vocabolario

🇮🇹 Scavo - 🇺🇿 qazish
🇮🇹 sito archeologico - 🇺🇿 arxeologik joy
🇮🇹 reperto - 🇺🇿 yodgorlik
🇮🇹 datazione - 🇺🇿 sana aniqlash
🇮🇹 restauro - 🇺🇿 restavratsiya
🇮🇹 superficie - 🇺🇿 sirt
🇮🇹 frammento - 🇺🇿 bo’lak
🇮🇹 ceramica - 🇺🇿 keramika
🇮🇹 tumulo - 🇺🇿 qabrtosh
🇮🇹eseguire il restauro-🇺🇿 restavratsiya qilish
🇮🇹 conservazione dei reperti - 🇺🇿yodgorliklarni saqlash
🇮🇹 insula - 🇺🇿 blok
🇮🇹 necropoli -🇺🇿 katta qabriston(Shohizinda), o’liklar shahri
🇮🇹 sepoltura - 🇺🇿 dafn etish
🇮🇹 tempio - 🇺🇿 ibodatxona
🇮🇹 pavimento - 🇺🇿 pol , tosh yo’l
🇮🇹 crollo - 🇺🇿 qulash
🇮🇹 reperto numismatico - 🇺🇿 tangalar bilan bog’liq topilmalar
🇮🇹 reperto funerario - 🇺🇿 qabr topilma
🇮🇹 datazione relativa - 🇺🇿 nisbiy sana aniqlash
🇮🇹 datazione assoluta - 🇺🇿 aniq sana aniqlash
🇮🇹 sondaggio archeologico- 🇺🇿 test sifatida arxeologik qazishma
🇮🇹 ispezione visiva del sito -🇺🇿 hududni ko’zdan kechirish
🇮🇹 prelievo di campioni - 🇺🇿 namunalar olish
🇮🇹 analisi petrografica - 🇺🇿 tosh tahlili
🇮🇹 ricostruzione dell’apparato murario - 🇺🇿 devor tizimini tiklash
🇮🇹 catalogazione dei reperti - 🇺🇿 topilmalarni ro’yxatga olish
🇮🇹 scavo stratigrafico in sezioni - 🇺🇿 qatlam bo’yicha bosqichli qazish ishlari
🇮🇹 lapidario - 🇺🇿 tosh yodgorliklar jamlanmasi
🇮🇹 iconografia - 🇺🇿 tasvirchilik tahlili
🇮🇹 epigrafia - 🇺🇿 yozuvlar tadqiqoti
🇮🇹 contesto - 🇺🇿 topilmaning joylashuvi
🇮🇹 litica - 🇺🇿 tosh asboblar
🇮🇹 punzone - 🇺🇿 burg’u asbobi
🇮🇹 frammento scheggiato - 🇺🇿 shikastlangan bo’lak
🇮🇹 ipogeo - 🇺🇿 yer osti inshooti
🇮🇹 canale - 🇺🇿kanal ya’ni yer osti yo’li
🇮🇹 rilievo planimetrico-🇺🇿 yer yuzasini aniqlash
🇮🇹 campionamento geotecnico -🇺🇿 yer texnik namunasini olish
🇮🇹 sedimentologia-🇺🇿 qatlamlarni o’rganish
🇮🇹 casi funerali - 🇺🇿 dafn holatlari
🇮🇹 resti organici - 🇺🇿 organik qoldiqlar



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
9🥰4
#Documentazione


IVA

IVA (Imposta sul valore aggiunto) bu qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘lib, har bir bosqichda mahsulot yoki xizmatga qo‘shiladigan qiymat uchun olinadigan soliqdir. Bu soliq Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng qo‘llaniladi va Italiya ham bunga kiradi.
Hozirda Italiyada IVAning asosiy stavkasi 22%.
Ammo imtiyozli stavkalar ham mavjud bular :
10% – turizm, oziq-ovqat mahsulotlari, restoran xizmatlari, ba’zi dori vositalari va hokazolar.
5% – sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar uchun ba’zi maxsus holatlarda.
4% – zarur mahsulotlar: asosiy oziq-ovqatlar, nogironlar uchun jihozlar, ba’zi turdagi kitoblar va nashrlar.

Kimlarga tegishli?
Italiyada ishlayotgan yoki mahsulot/xizmat sotayotgan har qanday biznes yoki yakka tartibdagi tadbirkor IVAni hisobga olib ish yuritishi kerak.
Chet el kompaniyalari ham Italiyada xizmat ko‘rsatsa yoki mahsulot sotsa, ko‘pincha IVA ro‘yxatidan o‘tishi talab etiladi.

4. iVA raqami (Partita IVA)
Har bir tadbirkor yoki kompaniya o‘zining yagona Partita IVA (soliq identifikatsion raqami)ga ega bo‘ladi.

IVA qanday bosqichlarda undiriladi?
Ishlab chiqaruvchi → O’rtakash
Mahsulot ishlab chiqariladi va o’rtakashga sotiladi (IVA bilan).

O’rtakash→ Chakana sotuvchi
o’rtakash mahsulotni chakana sotuvchiga sotadi (yana IVA qo‘shiladi).

Chakana sotuvchi → Mijoz
Oxirgi iste’molchiga mahsulot sotiladi (IVA bilan). Mijoz narxga qo‘shilgan iVAni to‘laydi.

Soliqni aslida oxirgi mijoz to‘laydi, lekin har bir bosqichda qatnashgan kompaniya soliqdan qisman ozod bo‘lishi yoki chegirib olish huquqiga ega bo‘ladi (bu “input IVA” deb ataladi)

Kim IVA to‘lashi kerak?

Agar siz:
Italiyada kompaniya ochsangiz, yoki
xizmatlar/yetkazib berish bilan shug‘ullansangiz, yoki
internet orqali savdo qilsangiz, yoki
frilanser bo‘lsangiz

…sizga Partita IVA olish majburiy bo‘ladi.

IVAni qanday to‘lash kerak?
Partita IVA raqamini oling – bu Italiyadagi soliq xizmatida ro‘yxatdan o‘tgach beriladi.
Fattura (hisob-faktura) chiqariladi – har bir sotuvda mijozga IVA qo‘shib hisob-faktura beriladi.
oylik hisobot topshirasiz – daromad va xarajatlar bo‘yicha.
IVAni to‘laysiz yoki qaytarib olasiz – xarajatlaringiz uchun to‘langan IVA miqdori daromadingizdagi iVAdan kamaytiriladi.

Mahsulotni 100 € ga sotsangiz
VAT stavkasi 22% bo‘lsa

Unda mijozdan olasiz:
100 € + 22% = 122 €
Siz esa davlatga 22 € VATni topshirasiz



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥61👏1
👍5
Italyan tili
Photo
🔥31😁1
Aynan Marko Polo Yevropaga qog‘oz pul yaratish g‘oyasini kiritgan.

Mo‘g‘ul imperiyasini tadqiq qilish paytida u birinchi marta qog‘oz pullarni ko‘rgan. O‘sha paytda Yevropada ular bunday narsani tasavvur ham qila olishmasdi. Marko osiyoliklar qog‘oz parchalariga qanday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishganiga va ularni oltin yoki kumush kabi haqiqiy marvarid deb hisoblashlaridan hayron qoladi.

U Yevropaga kelganidan so‘ng, qog‘oz pul tushunchasini to‘liq tushuntirib berdi va qog‘oz pullarni qalbakilashtirishning oldini olish bo‘yicha metodologiyani ham tavsiflab berdi. Marko Polo 1271–1295-yillarda Xitoyga mo‘g‘ul xoni Xubilay saroyiga borgan va mamlakat bo‘ylab o‘z sayohatini amalga oshirgan. Ko‘plab yangiliklar bilan Yevropani tanishtirgan.

“Million” so‘zi muallifi ham Marko Polo hisoblanadi. Bungacha eng katta raqam ming bo‘lgan. Savdogar Xitoyning barcha boyliklarini ko‘rganidan keyin u bularni tasvirlash uchun “ming” kamlik qilishini tushungan va shu bois yozgan asariga aynan “ Million “ deb nom qo’ygan.



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥85👍2🥰2
Italyan tili
Aynan Marko Polo Yevropaga qog‘oz pul yaratish g‘oyasini kiritgan. Mo‘g‘ul imperiyasini tadqiq qilish paytida u birinchi marta qog‘oz pullarni ko‘rgan. O‘sha paytda Yevropada ular bunday narsani tasavvur ham qila olishmasdi. Marko osiyoliklar qog‘oz parchalariga…
Italyan tilida million “ millione” deb yoziladi “mille” (ming) so’zidan kelib chiqgan va shu bilan bir qatorda “-one-“ qo’shimchasi katta ,ulkan ma’nolari beradi . “Millionekatta ming yoki ming marta ming deb tushunilgan.

1000x1000=1.000.000 (million)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥7👍43