Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Italyan tili pinned «Online italyan tili darslari - Boshlang'ich va o'rta daraja Italyan tilini online o'rganishni xohlaysizmi? Men sizga yordam bera olaman! 🟢 O'quvchilar uchun individual darslar 🟢 Tillarni tez va samarali o'rganish uchun soddalashtirilgan metodikalar 🟢 Tezkor…»
#Contratto_a_tempo_determinato_va_indeterminato_haqida_malumot

Contratto a tempo determinato va contratto a tempo indeterminato – bu Italiyadagi mehnat shartnomalarining ikkita asosiy turi.

Determinato - muayyan muddatga 1-2 yilgacha tuziladi.

Indeterminato - muddati noma'lum

Determinato shartnomani yangilash mumkin, Indeterminato shartnoma tugash muddati yo'q

Determinatoda oylik va maoshlar biroz pastroq bo'ladi
Indeterminato oylik kattaroq ko'proq kafolatlangan bonuslar va imtiyozlarga ega bo'ladi.

Determinatoda shartnoma tugasa ishchi ishsiz qolishi mumkin
Indeterminatoda ish beruvchi ogohlantirish berishi va kompensatsiya to'lashi kerak bo'ladi

Agar siz barqaror ish va kafolatlangan kelajak istasangiz, tempo indeterminato foydaliroq. Bu sizga uzoq muddatli ish bilan ta’minlanish, kredit olish yoki boshqa moliyaviy rejalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Tempo determinato haqida qo‘shimcha ma’lumotlar

Maksimal davomiylik:
Italiyada contratto a tempo determinato maksimal 24 oy (2 yil) davom etishi mumkin. Agar bu muddatdan oshsa, shartnoma avtomatik ravishda tempo indeterminato ga aylanadi.

Yangilanish imkoniyati:
Ba’zan ish beruvchilar shartnomani bir necha marta uzaytirishi mumkin. Biroq, bir ishchi bilan maksimal 4 marta yangilash mumkin.

Contribuzioni INPS (pensiya badallari):
Har ikkala shartnoma turi bo‘yicha INPS (Italiya davlat pensiya instituti) ga to‘lovlar amalga oshiriladi, lekin vaqtinchalik shartnomalarda qo‘shimcha 1.4% soliq to‘lanadi.

Tempo indeterminato haqida qo‘shimcha ma’lumotlar

Ishdan bo‘shatish qoidalari:
Ish beruvchi sabab ko‘rsatmasdan ishchini ishdan bo‘shata olmaydi. Bo‘shatish faqat quyidagi hollarda mumkin:

Xodimning intizomiy xatosi (masalan, ishga kelmaslik, firibgarlik)

Kompaniya moliyaviy muammoga duch kelsa va shtat qisqartirilsa

Ishchining ishlash qobiliyati pasaysa (masalan, jiddiy sog‘liq muammolari sabab)

Tashabbus bilan ishdan bo‘shash:
Agar xodim o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shasa, u ogohlantirish muddati bilan chiqishi kerak (odatda 15-30 kun).

Sinov muddati davri (Periodo di prova)

Har ikkala shartnoma turi uchun sinov muddati (periodo di prova) bo‘lishi mumkin. Odatda:

Oddiy ishchilar uchun: 1-3 oy

Rahbarlar yoki maxsus malaka talab qiladigan ishlar uchun: 6 oy
Shartnoma buzilganda kompensatsiya
Tempo determinato shartnomasi muddati tugashidan oldin bekor qilinsa, ishchi kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Tempo indeterminato shartnomasi bekor qilinganda, agar bo‘shatish noqonuniy deb topilsa, ishchi qayta ishga tiklanish yoki tovon puli olish huquqiga ega.
5. Qaysi biri yaxshi?
Agar siz Italiyada uzoq muddat qolish, uy yoki mashina kreditiga ariza berish, barqaror ish izlayotgan bo‘lsangiz – tempo indeterminato eng yaxshi variant.
Agar siz tajriba orttirish, turli kompaniyalarda ishlash yoki vaqtinchalik daromad topish niyatida bo‘lsangiz – tempo determinato ham yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.
Agar xodim shartnomasi tugaganidan keyin yangi ish topa olmasa, u NASpI (Nuova Assicurazione Sociale per l'Impiego) ya’ni ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Shartlari: Oxirgi 4 yilda kamida 13 hafta ishlagan bo‘lishi
So‘nggi 12 oy ichida kamida 30 kun ishlagan bo‘lishi
Ishdan o‘z xohishi bilan bo‘shaganlarga NASpI to‘lanmaydi (istisnolar bor)


Miqdori:

Oxirgi 4 oy ichida olingan maoshning 75% gacha miqdorda bo‘lishi mumkin

To‘lov 24 oy (2 yil) davomida berilishi mumkin

Ish vaqti va ta’tillar

To‘liq stavka (full-time): Haftasiga 40 soat

Yarim stavka (part-time): Ish soatlari shartnomaga qarab belgilanadi

Ortiqcha ish (straordinario): 100% gacha qo‘shimcha to‘lanishi mumkin


Yillik ta’til huquqlari:

Ishchilarga har yili kamida 4 hafta (28 kun) yillik pullik ta’til (ferie) berilishi shart

Ta’tildan foydalanilmagan taqdirda, ish beruvchi ta’til pulini kompensatsiya sifatida to‘lashi lozim

Agar talaba 1 yil davomida haftasiga 20 soatdan ishlagan bo'lsa va oyligi tahminan 800 euro bo'lsa ishdan ketgandan so'ng kompensatsiya olish huquqiga ega bo'ladi, bu tahminan 3600-4200 euro atrofida bo'ladi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍121🎉1
#Italiyada_Sigaret_Sotish_va_istemoli

Italiyada sigaret savdosi, mamlakatning sog'liqni saqlash siyosatiga va xalqaro tamoyillarga mos ravishda, qat'iy tartibga solingan. Italiya Yevropadagi sigaret iste'moli eng yuqori bo'lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, biroq so'nggi yillarda sigaret iste'molini kamaytirish bo'yicha bir qator choralar ko'rilgan.


Italiyada sigaretlar faqat rasmiy davlat do'konlarida, ya'ni Tabaccheria (davlat tomonidan litsenziyalanadigan sigaret do'konlari) orqali sotiladi. Tabaccheria ( o'qilishi Tabakkeriya) (Tabacchi emas) Ushbu do'konlar davlat tomonidan belgilangan qoidalar asosida ishlaydi. Sigaret sotish faqatgina 18 yoshdan katta bo'lgan shaxslar uchun ruxsat etilgan.

Sigaretlar narxi Italiyada soliq siyosatiga qarab o'zgaradi. Italiya hukumati tamaki mahsulotlaridan katta miqdorda soliqlar oladi. Bu soliq, sigaret narxlarini oshiradi, ammo bu, shuningdek, mamlakatda sigaret iste'molining kamayishiga yordam beradi. Narxlar davlat tomonidan tartibga solinadi va asosan aktsiz solig'i va Qo'shimcha qiymat solig'i 22% (IVA) ni o'z ichiga oladi.

Elektron sigaretlar va boshqa alternativ tamaki mahsulotlarining savdosi ham rasmiy ravishda tartibga solinadi. Elektron sigaretlar Italiyada qonuniy hisoblanadi, ammo ularning sotilishi ham tartibga solingan va ba'zi cheklovlar mavjud, masalan, yoshi kichiklar uchun sotish taqiqlangan.

Italiyada sigaret paketlarining dizayni va brendlarni reklama qilish juda cheklangan. Yevropa Ittifoqining standartlariga mos ravishda, barcha tamaki mahsulotlari bir xil ko'rinishda bo'lishi kerak: paketlar katta sog'liqni saqlash ogohlantirishlari bilan to'ldirilgan, brend nomlari esa kichikroq va kamroq ko'zga tashlanadigan bo'lishi kerak. Bunday paketlar "yashirin" tamaki marketingi sifatida qaraladi, bu esa chekishni rag'batlantirishni kamaytiradi.

Italiyada 18 yoshdan kichik bo'lgan shaxsga sigaret sotish qat'iyan man etilgan. Agar biror do'kon yoki sotuvchi 18 yoshga to'lmagan shaxsga sigaret sotsa, ular katta jarimaga tortilishi mumkin. Bu jarima 1000 yevrodan 3000 yevrogacha bo'lishi mumkin.

Italiyada ko'plab jamoat joylarida, jumladan, restoranlarda, kafe va ofislarda, yopiq joylarda chekish taqiqlanadi. Agar kimdir taqiqlangan joyda cheksa, ular 250 yevrodan 500 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin

Sigaretlarni litsenziyasiz sotish yoki noqonuniy savdo qilish jiddiy jinoiy huquqbuzarlik hisoblanadi. Agar kimdir noqonuniy sigaret savdosi bilan shug'ullansa, ular katta jarima yoki hatto qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Sigaret brendlarini targ'ib qilish yoki reklama qilish uchun qonun buzilgan holda, jiddiy jarimalar belgilangan. Bunday holatlarda 3000 yevrodan 10 000 yevrogacha jarima solinishi mumkin, shuningdek, reklama kompaniyasi yoki do'konning litsenziyasini yo'qotishi ham mumkin.

Italiyada dunyoga mashxur bir quti MARLBORO , CAMEL , LUCKY STRIKE 20 dona sigaret narxlari 5.2 eurodan 6.5 eurogacha

MS va REGINA sigaretlari eng arzon sigaretlardan bo'lib narxlari 4.5 euro atrofida bo'ladi .

DUN HILL , PALL MALL va GOLD LEAF sigaretlari esa 7 eurodan yuqori narxlarda sotiladi .

Elektron sigaret kartuslari 3 eurodan 10 eurogacha bo'lgan narxlarda sotiladi .


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥5👍31
#I_PRONOMI_RELATIVI
#NISBIY_OLMOSHLAR


• Nisbiy olmoshlar – umumiy bir elementga ega gaplarni bog’lash uchun ishlatiladigan so’zlar bo’lib ular gapdagi ikkinchi so’zni o’rnida qo’llanilib almashib keladi .

• Italyan tilida umumiy hisobda 4 ta nisbiy olmoshlar mavjud .

#CHE (qaysiki ,ya’ni )

• CHE (qaysiki ,ya’ni ) ega va to’ldiruvchidan tashkil topgan bo’lib , o’zgarmas hisoblanadi .

Masalan : il ragazzo che lavora al ristorante e’ simpatico – Restoranda ishlaydigan bola kelishgan ekan . ( Bola , qaysiki restoranda ishlaydigan , kelishgan ekan .

Il ragazzo lavora al ristorante . il ragazzo e’ simpatico – Bola restoranda ishlaydi . Bola kelishgan ekan .


La ragazza che hai conosciuto si chiama Aziza – Tanishgan qizingni ismi Aziza ( qizning ismi Aziza qaysiki sen tanishgan )

Hai conosciuto una ragazza . La ragazza si chiama Aziza . – Sen bir qiz bola bilan tanishding . Qizning ismi Aziza


• CHE (qaysiki ,ya’ni ) nisbiy olmoshi - il – artikli bilan kelganda “ il fatto di - sababli , natijasida “ deb tarjima qilinadi .

Ho litigato con mia moglie , il che mi rende nervoso – Meni asabimni chiqargani sababli , rafiqam bilan tortishdim .

Ho litigato con mia moglie , il fatto di aver litigato con mia moglie mi rende nervoso – Xotinim bilan tortishdim , xotinim asabimni chiqarganligi sababli tortishdim .


#CUI ( qaysiki , ya'ni )

Cui – o’zi bilan keladigan har qanday to’ldiruvchini almashtirib keladi va shuning uchun har doim gapda ishlatilgan fe’lga asoslanib predlog bilan ergashib keladi .

Guli è la persona a cui penso sempre - Men har doim o’ylaydigan inson bu Zilola ( Pensare a qualcuno – biror kim haqida o’ylamoq )


Ho comprato il libro di cui mi hai parlato – Menga gapirgan kitobingni sotib oldim . ( Parlare di qaulcosa – biror narsa haqida gapirmoq )


L’azienda per cui lavoro sta investendo in Cina – Men ishlaydigan firma Xitoyga investitsiya kiritmoqda . ( Lavorare per qualcuno - biror kimga \uchun ishlamoq )


La città in cui vivo è fantastica ! – Men yashaydigan shahar ajoyib !
(Vivere in un luogo – biror joyda yashamoq )


La ragazza con cui sono uscito è uzbeca – Men qaysiki bilan chiqib ketgan qiz –O’zbek qizidir . ( uscire con qualcuno – biror kim bilan chiqib ketmoq )

• Aniq artikl CUI bilan ergashib kelganda “ egalik” ni ifodalab keladi .

Samandar , il cui cane è grande , è francese – ( Samandar è francese . Il suo cane è grande . – Samandar , qaysikim katta iti bor , fransuzdir .

• Mio cugino , la cui moglie l’ha tradito, è depresso ( Mio cugino è depresso . Sua moglie l’ha tradito ) – Mening amakivachacham , qaysikim uning rafiqasi xiyonat qilgan , depressiyada .


#IL_QUALE ( QAYSIKI , YA’NI )

CHE va CUI kabi bir xil ma’nong anglatadigan “ il quale “ nisbiy olmoshi ega va qo’shimchalarni o’zgartirish orqali gapda ishlatilib kelib bu asosan yozma tilga xosdir .U o’zi ta’riflab kelgan rodda songa moslashib kelganligi bois uning 4 xil shakli mavjud . IL QUALE , LA QUALE , I QUALI , LE QUALI

Masalan :
il ragazzo il quale lavora al supermercato è simpatico = il ragazzo che lavora al supermercato è simpatico . - Bola , qaysiki supermarketda ishlaydigan , kelishgan ekan .

La ragazza con la quale sono uscito è uzbeca = La ragazza con cui sono uscito è uzbeca – qiz , qaysikim men bilan chiqib ketgan , o’zbekdir .

• Agar biz “ egalik” ni ifodalash uchun “ qaysi(ki) “ nisbiy olmoshidan foydalanmoqchi bo’lsak , “ qaysiki “ nisbiy olmoshi ishlatganimizga nisbatan jumlaning tuzilishi biroz o’zgaradi .

• “ IL QUALE “ nisbiy olmoshi egasi ma’lum bo’lgan ot bilan rod va sonda moslashib keladi . Aksincha , “ Cui “ nisbiy olmoshi egalik bilan ergashib kelganda to’ldiruvchi va shaxs bilan rodi va soni bo’yicha moslashib keladi .

Masalan :
Mio cugino , la moglie del quale l’ha tradito , è depresso = Mio cugino , la cui moglie l’ha tradito , è depresso . – Amikivachcham , qaysiki xotini unga xiyonat qilgan , depressiyada


#CHI ( KIMKI , KIMDIR , ...INSON , .....INSONLAR )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍73
#Statistika

Demografik ko'rsatkichlar:

Tug'ilishlar: 2023-yilda 379,890 chaqaloq tug'ilgan, bu 2022-yilga nisbatan 3,4% kamayishni va 2008-yildagi ko'rsatkichdan 34,1% pasayishni anglatadi. Fertillik darajasi 1,2 bo'lib, bu almashtirish darajasidan (2,1) ancha past

Ishsizlik darajasi:
Noyabr 2024: 5,7% (2004-yildan beri eng past ko'rsatkich).
Dekabr 2024: 6,2%

Inflyatsiya:

2022-yil: Energiya narxlari sentabr oyida 44,5% oshganidan keyin oktabr oyida yillik 71,1% ga yetdi; oziq-ovqat narxlari esa 13,1% ga oshdi.

Tug'ilish ko'rsatkichi:

2024-yil: Italiya 1861-yildagi birlashuvidan beri eng past tug'ilish darajasini ko'rishi kutilmoqda.


Iqtisodiy ko'rsatkichlar:

2024-yil yalpi ichki mahsulot (YaIM) o'sishi: Italiya iqtisodiyoti 2024-yilda 0,7% o'sdi, bu hukumatning 1% o'sish prognozidan pastroqdir


Byudjet defitsiti: 2024-yil yakunida byudjet defitsiti YaIMning 3,4% ni tashkil etdi, bu 2023-yildagi 7,2% ga nisbatan sezilarli yaxshilanishni ko'rsatadi.

Jamoat qarzi: Jamoat qarzi 2024-yil oxirida YaIMning 135,3% ga yetdi, bu oldingi yillarga qaraganda oshganini bildiradi. Italiya davlat tashqi qarzi 2,762 trillion dollar

Sanoat ishlab chiqarishi: Fevral oyida Italiyaning ishlab chiqarish sektori o'n birinchi oydan beri qisqarishda davom etdi, PMI indeksi 47,4 ga ko'tarildi, ammo bu hali ham o'sish hududidan past.

Biznes va iste'molchilar ishonchi: Fevral oyida biznes ishonchi indeksi 95,7 dan 94,8 ga tushdi, iste'molchilar ishonchi indeksi esa 98,2 dan 98,8 ga ko'tarildi.

Aholi soni: 2024-yil 31-iyul holatiga ko'ra, Italiyada 58,974,433 kishi yashagan.

Tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari: 2022-yilda tug'ilishlar 1 000 kishiga 6,7, o'limlar esa 1 000 kishiga 12,1 ni tashkil etdi.

Hayot davomiyligi: umumiy hayot davomiyligi 82 yilni tashkil etdi, erkaklar uchun 79,7 yil, ayollar uchun esa 84,4 yil.

Aholining yosh tarkibi: 2024-yil holatiga ko'ra, aholining 12,89% i 0-14 yoshdagi bolalar, 63,57% i 15-64 yoshdagilar, 23,54% i esa 65 yosh va undan katta kishilardan iborat.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
7👍2
#Mafiyalar_haqida

Yuqoridagi postda mafiyaning ta'siri haqida ma'lumotga ega bo'ldik va endi bo'lsa Italiyadagi mafiyalar guruhi haqida biroz ma'lumotga ega bo'lamiz.

Italiyada uyushgan jinoyatchilik (MAFIYA) va uning jinoiy tashkilotlari Italiyada, ayniqsa Janubiy Italiyada asrlar davomida keng tarqalgan va kamida 19-asrdan beri ko'plab Italiya mintaqalarining ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ta'sir ko'rsatib kelmoqda.

Italiyada mahalliy mafiyaga o'xshash oltita yirik tashkilot mavjud. 1500-1800 yillarda rivojlana boshlagan ushbu tashkilotlarning eng qadimgi va hozirda eng kuchlilari Sitsiliyadagi " COSA NOSTRA " Kalabriyadagi " NDRANGXETA " (Ular Yevropadagi eng yirik kokain kontrabandachilaridan hisoblanadi) va " CAMORRA " Kampaniya, shuningdek, Neapolitan mafiyasi deb ataladi. Ushbu uchta uzoq vaqtdan beri tashkil etilgan tashkilotlardan tashqari, 20-asrda tashkil etilgan yana uchta faol uyushgan jinoyatchilik tuzilmalari mavjud:

Sitsiliyada" STIDDA " ,

Puglia viloyatidagi 2 Mafiya

" SACRA CORONA UNITA "

va " SOCIETÀ FOGGIANA ".

Shuningdek , tovlamachilik va bezorilik bo'lib shug'ullanadigan guruhlar mavjud bo'lib bular quyidagilar :

BANDA DELLA MAGLIANA — Rimda

MALA DEL BRENTA —Venetsiyada

BANDA DELLA COMASINA —Milanda

TURATELLO CRAW — Milanda

Lekin yuqoridagi guruhlar u qadar katta ta'sirga ega emas va Italiya huquqtartibot xodimlari va qonunlari jihatidan zaiflashgan va faol emas ko'p vaqtdan beri.

Shuningdek ," BASILISCHI " (Basilikata , ya'ni Kalabriya ) guruhi ham mavjud biroq u o'zidan kattaroq va nomdorroq hisoblanmish " NDRANGXETA " ta'siri ostida hisoblanadi. Qo'shimcha tarzda , " CASAMONICA " nomli kichik jinoiy guruh mavjud bo'lib u asosan RIM va Latsio viloyatining sohil bo'yi hududlarida faol ya'ni shu hududlardagi jinoyatchiliklar shu guruh zimmasiga to'g'ri keladi.

So'nggi Mafiya tashkilotlaridan biri bu " MAFIA CAPITALE " Rim ( ya'ni BANDA DELLA MAGLIANA ning saboq a'zolaridan tashkil topgan guruh deb e'tirof etiladi) .

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍4🔥2👏1
#italiya_telekanallari

Italiyada bir qancha mashhur va turli xil telekanallar mavjud. Ular davlat, xususiy va regional kanallarga bo’linadi.

1. RAI (Radiotelevisione Italiana)
🟢RAI — Italiya davlat televideniyesi bo’lib, bu mamlakatning eng yirik telekanali tarmog’ini tashkil etadi.
RAI bir nechta kanallarga ega, ular orasida:
🟢RAI 1: Umumiy ko’rsatuvlar, drama, film va yangiliklar.
🟢RAI 2: Yangi va ommabop ko’rsatuvlar, sport va komediya.
🟢RAI 3: Madaniyat, san’at, jamoatchilik va siyosatga oid ko’rsatuvlar.
🟢RAI News 24: Doimiy yangiliklar tarmog’i.
🟢RAI 4, RAI 5, RAI Movie: Kino, madaniyat va filmlar.

2. Mediaset
🟢Mediaset — Italiyada xususiy televideniye tarmog’i bo’lib, eng yirik raqobatchilardan biridir. Uning asosiy kanallari quyidagilar:
🟢Canale 5: Eng mashhur xususiy telekanal bo’lib, umumiy ko’rsatuvlar, shoular, drama va realiti-shoularni namoyish etadi.
🟢Italia 1: Ko’proq yoshlar va sportga oid ko’rsatuvlar.
🟢Rete 4: Ko’proq drama va ko’rsatuvlar.

3. Sky Italia
🟢Sky Italia — Italiyadagi to’lovli telekanal tarmog’i bo’lib, sport, film, drama va hujjatli ko’rsatuvlarni taqdim etadi.
🟢Sky Italia ko’rsatuvlari asosan ingliz tilida bo’lib, Italiyadagi sport voqealariga katta e’tibor qaratadi.

4. La7
🟢La7 — Xususiy telekanal bo’lib, siyosat, yangiliklar va hujjatli filmlarga ixtisoslashgan. Uning ko’rsatuvlarida siyosatdagi dolzarb mavzularni yoritish katta o’rin egallaydi.

5. TV8
🟢TV8 — Mediaset tomonidan ishlab chiqarilgan va ko’proq filmlar, musiqiy ko’rsatuvlar, shoular va sportni taqdim etadigan telekanal.

6. Sport telekanallari:
🟢Eurosport: Italiyada sport tarmog’ida keng tarqalgan bo’lib, turli sport turlari, jumladan, tennis, velosiped, futboldan yangiliklar beradi.
🟢RAI Sport: RAI-ning sportga ixtisoslashgan kanali.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍63
Bugun tungi soat 02:00 da italiya va yevropada soat millari 1 soat oldinga suriladi va O’zbekiston bilan 4 soatlik farq 3 soatga o’zgaradi
👏13👍10🔥63
Samarqandda Rim ko’chasi bo’lsa italiyada Samarqand ko’chasi bor
🔥3115😁7🎉6👏2
#Storia
Rim imperiyasi va Kushonlar o‘rtasida bevosita diplomatik aloqalar bo‘lgan


Kushonlar davlati (bugungi O‘zbekistonning bir qismi) Rim bilan elchilar almashgan. Bu tarixiy fakt ko‘pchilik tomonidan bilinmaydi. Rim tarixchilari (masalan, Publius Cornelius Tacitus va Plinius) yozishicha, Markaziy Osiyodan Rimga elchilar kelgani haqida ma’lumotlar bor.

127-yilda Rim imperatori Hadrianus davrida Seres (xitoyliklar) va Bactriani(Baqtriya – Kushonlar hududi) vakillari Rimga kelgani qayd etilgan.Rimliklar bu elchilarga katta e’tibor bilan qaragan, bu Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ilk rasmiy aloqalardan biri hisoblanadi.

Rimga zanjabil, ipak, bahoriy ziravorlar, tilla va gemstone (qimmatbaho toshlar)lar Kushonlar orqali kelgan.
Rim tangalari Surxondaryo, Balx (Afg‘oniston), va Qashqadaryo hududlaridan topilgan.
Rim imperiyasi (ayniqsa imperator Trajan va Antonin Piy davrida) tangalari Markaziy Osiyo hududidan topilgan.

Rimda zardushtiylik haqida ma’lumotlar paydo bo‘lishi aynan Sharqdan kelgan elchiliklar Kushonlar va diniy g‘oyalar orqali bo‘lgan.
Kushon haykaltaroshligi (Gandxara san’ati) yunon-rim uslubidan ilhomlangan bo‘lib, bu madaniy ta’sirlar o‘zaro aloqani yana bir bor isbotlaydi.

Rim imperiyasi har doim Parfiya imperiyasi (hozirgi Eron) bilan raqobatlashgan.
Kushonlar esa Parfiyaga nisbatan muqobil hamkor sifatida ko‘rilgan.
Rim elchilari Kushonlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatib, Parfiyani aylanib o‘tuvchi savdo yo‘llarini izlashgan.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
7👍2
“Online italyan tili kurslari qachon yana yo‘lga qo‘yiladi?” — deb yozishmoqda.

Ayni damda O’zbekistondaman va nasib bo’lsa oktabr oyining ikkinchi haftasida Rim shahriga qaytib boraman va kurs bo’yicha e’lon beraman.

Yaqinlashib kelayotgan D visa suhbatlarida barchaga omad tilayman.


Agar orangizda italyan tilidan dars bermoqchi bo’lgan ustoz va talabalar bo’lsa shu yerga e’lon berishingiz mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍151
👍5
Italyan tili
Voice message
#OAVga_doir_lugat

media-ommaviy axborot vositalari

giornale- gazeta

rivista-jurnal

telegiornale- teletayyor (yangiliklar dasturi)

radio-radio

televisione-televizor / televideniye

giornalista-jurnalist

reporter-muxbir

notizia-yangilik

intervista-intervyu

cronaca-xronika

articolo-maqola

redazione-tahririyat

stampare-chop etmoq

trasmissione-eshittirish / ko‘rsatuv

comunicato stampa-matbuot bayonoti

pubblicità- reklama

audience-tinglovchilar / tomoshabinlar soni

mezzi di comunicazione- aloqa vositalari

diretta-jonli efir

registrazione-yozuv / yozib olingan

conduttore (TV/radio)-boshlovchi (TV/radio)

editoriale-tahririy maqola

libertà di stampa-matbuot erkinligi

censura-senzura

diffusione- tarqatish (masalan, nashr miqdori)

fake news- yolg‘on yangiliklar

social media- ijtimoiy tarmoqlar

canale televisivo- telekanal

notiziario- yangiliklar dasturi

emittente-efir uzatuvchi (kompaniya, kanal)

frequenza-chastota (radio/TV)

palinsesto-efir jadvali

copertura mediatica-OAV yoritilishi (biror voqea bo‘yicha)

fonte-manba (axborot manbasi)

testata giornalistica-nashriyot/jurnalistika organi

titolo-sarlavha

sottotitolo-tag sarlavha

ufficio stampa-matbuot xizmati

cronista-yangiliklar muxbiri / xronikachi

fotoreporter-fotosurat muxbiri

video giornalismo-video jurnalistika

inchiesta-surishtiruv (jurnalistik)

diffamazione- tuhmat

etica giornalistica-jurnalistik etika

obiettività-xolislik

parzialità-tarafkashlik

manipolazione dell’informazione-axborotni manipulyatsiya qilish

abbonamento-obuna

copertina-muqova

tiratura-nashr miqdori

bozza-qora nusxa / loyihaviy matn

correzione di bozze-matn tahriri / xatolarni tuzatish

linguaggio giornalistico-jurnalistik til
👍71🔥1👏1
Italyan tili
Photo
3
#Modo_di_dire


‘’ Fare il francese ‘’

So’zma so’z tarjimasi : Fransuz bo’lmoq

Asl ma’nosi : yuz ko’rsatmaslik , ishtirok etmaslik , jim turmoq , bilmaganlikka olmoq



#Esempio


🇮🇹 Quando gli ho chiesto di aiutarmi , ha fatto il francese - 🇺🇿Undan yordam so’raganinda u o’zini bilmaganlikka oldi ya’ni jim turdi



🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹
👍92
Italyan tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirishni maqsad qilganlar uchun suhbatlashuv guruhi “ Linea Italiana “ ni ochdim. Italyan tilida suhbatlasha oladigan darajasi borlar darajasi nisbatan pastroq bo’lganlarga yordam berishlari mumkin. Guruh barcha uchun

Link

https://t.me/+SYGQaNQfwHIwYWY0
👍5
#Vocabolario

🇮🇹 Scavo - 🇺🇿 qazish
🇮🇹 sito archeologico - 🇺🇿 arxeologik joy
🇮🇹 reperto - 🇺🇿 yodgorlik
🇮🇹 datazione - 🇺🇿 sana aniqlash
🇮🇹 restauro - 🇺🇿 restavratsiya
🇮🇹 superficie - 🇺🇿 sirt
🇮🇹 frammento - 🇺🇿 bo’lak
🇮🇹 ceramica - 🇺🇿 keramika
🇮🇹 tumulo - 🇺🇿 qabrtosh
🇮🇹eseguire il restauro-🇺🇿 restavratsiya qilish
🇮🇹 conservazione dei reperti - 🇺🇿yodgorliklarni saqlash
🇮🇹 insula - 🇺🇿 blok
🇮🇹 necropoli -🇺🇿 katta qabriston(Shohizinda), o’liklar shahri
🇮🇹 sepoltura - 🇺🇿 dafn etish
🇮🇹 tempio - 🇺🇿 ibodatxona
🇮🇹 pavimento - 🇺🇿 pol , tosh yo’l
🇮🇹 crollo - 🇺🇿 qulash
🇮🇹 reperto numismatico - 🇺🇿 tangalar bilan bog’liq topilmalar
🇮🇹 reperto funerario - 🇺🇿 qabr topilma
🇮🇹 datazione relativa - 🇺🇿 nisbiy sana aniqlash
🇮🇹 datazione assoluta - 🇺🇿 aniq sana aniqlash
🇮🇹 sondaggio archeologico- 🇺🇿 test sifatida arxeologik qazishma
🇮🇹 ispezione visiva del sito -🇺🇿 hududni ko’zdan kechirish
🇮🇹 prelievo di campioni - 🇺🇿 namunalar olish
🇮🇹 analisi petrografica - 🇺🇿 tosh tahlili
🇮🇹 ricostruzione dell’apparato murario - 🇺🇿 devor tizimini tiklash
🇮🇹 catalogazione dei reperti - 🇺🇿 topilmalarni ro’yxatga olish
🇮🇹 scavo stratigrafico in sezioni - 🇺🇿 qatlam bo’yicha bosqichli qazish ishlari
🇮🇹 lapidario - 🇺🇿 tosh yodgorliklar jamlanmasi
🇮🇹 iconografia - 🇺🇿 tasvirchilik tahlili
🇮🇹 epigrafia - 🇺🇿 yozuvlar tadqiqoti
🇮🇹 contesto - 🇺🇿 topilmaning joylashuvi
🇮🇹 litica - 🇺🇿 tosh asboblar
🇮🇹 punzone - 🇺🇿 burg’u asbobi
🇮🇹 frammento scheggiato - 🇺🇿 shikastlangan bo’lak
🇮🇹 ipogeo - 🇺🇿 yer osti inshooti
🇮🇹 canale - 🇺🇿kanal ya’ni yer osti yo’li
🇮🇹 rilievo planimetrico-🇺🇿 yer yuzasini aniqlash
🇮🇹 campionamento geotecnico -🇺🇿 yer texnik namunasini olish
🇮🇹 sedimentologia-🇺🇿 qatlamlarni o’rganish
🇮🇹 casi funerali - 🇺🇿 dafn holatlari
🇮🇹 resti organici - 🇺🇿 organik qoldiqlar



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
9🥰4
#Documentazione


IVA

IVA (Imposta sul valore aggiunto) bu qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘lib, har bir bosqichda mahsulot yoki xizmatga qo‘shiladigan qiymat uchun olinadigan soliqdir. Bu soliq Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng qo‘llaniladi va Italiya ham bunga kiradi.
Hozirda Italiyada IVAning asosiy stavkasi 22%.
Ammo imtiyozli stavkalar ham mavjud bular :
10% – turizm, oziq-ovqat mahsulotlari, restoran xizmatlari, ba’zi dori vositalari va hokazolar.
5% – sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar uchun ba’zi maxsus holatlarda.
4% – zarur mahsulotlar: asosiy oziq-ovqatlar, nogironlar uchun jihozlar, ba’zi turdagi kitoblar va nashrlar.

Kimlarga tegishli?
Italiyada ishlayotgan yoki mahsulot/xizmat sotayotgan har qanday biznes yoki yakka tartibdagi tadbirkor IVAni hisobga olib ish yuritishi kerak.
Chet el kompaniyalari ham Italiyada xizmat ko‘rsatsa yoki mahsulot sotsa, ko‘pincha IVA ro‘yxatidan o‘tishi talab etiladi.

4. iVA raqami (Partita IVA)
Har bir tadbirkor yoki kompaniya o‘zining yagona Partita IVA (soliq identifikatsion raqami)ga ega bo‘ladi.

IVA qanday bosqichlarda undiriladi?
Ishlab chiqaruvchi → O’rtakash
Mahsulot ishlab chiqariladi va o’rtakashga sotiladi (IVA bilan).

O’rtakash→ Chakana sotuvchi
o’rtakash mahsulotni chakana sotuvchiga sotadi (yana IVA qo‘shiladi).

Chakana sotuvchi → Mijoz
Oxirgi iste’molchiga mahsulot sotiladi (IVA bilan). Mijoz narxga qo‘shilgan iVAni to‘laydi.

Soliqni aslida oxirgi mijoz to‘laydi, lekin har bir bosqichda qatnashgan kompaniya soliqdan qisman ozod bo‘lishi yoki chegirib olish huquqiga ega bo‘ladi (bu “input IVA” deb ataladi)

Kim IVA to‘lashi kerak?

Agar siz:
Italiyada kompaniya ochsangiz, yoki
xizmatlar/yetkazib berish bilan shug‘ullansangiz, yoki
internet orqali savdo qilsangiz, yoki
frilanser bo‘lsangiz

…sizga Partita IVA olish majburiy bo‘ladi.

IVAni qanday to‘lash kerak?
Partita IVA raqamini oling – bu Italiyadagi soliq xizmatida ro‘yxatdan o‘tgach beriladi.
Fattura (hisob-faktura) chiqariladi – har bir sotuvda mijozga IVA qo‘shib hisob-faktura beriladi.
oylik hisobot topshirasiz – daromad va xarajatlar bo‘yicha.
IVAni to‘laysiz yoki qaytarib olasiz – xarajatlaringiz uchun to‘langan IVA miqdori daromadingizdagi iVAdan kamaytiriladi.

Mahsulotni 100 € ga sotsangiz
VAT stavkasi 22% bo‘lsa

Unda mijozdan olasiz:
100 € + 22% = 122 €
Siz esa davlatga 22 € VATni topshirasiz



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥61👏1