Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Italiya_Qurolli_Kuchlari

Nomlanishi : Forze Armate Italiane

Tashkil topgan yil : 1861-yil, 4-may

Italiya Qurolli Kuchlari quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi :

1️⃣ Esercito Italiano (Italiya armiyasi)

2️⃣ Marina Militare (Italiya dengiz floti)

3️⃣ Aeronautica Militare ( Italiya havo kuchlari)

4️⃣ Carabinieri ( fuqarolik politsiyasi)

5️⃣ Guardia di Finanza ( Moliya politsiyasi)

Yuqorida nomlari keltirilgan barcha 5 ta bo'linmada umumiy 340.885 erkak va ayol harbiylar xizmat qiladi, va ularning naqd 167.057 nafari Italiya Armiyasi, Dengiz floti va havo kuchlarida xizmat qiladi.

165.500 askar shay holatda
18.300 zahiradagi askarlar


Italiya Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlarni Italiya Konstitutsiyasining 87-moddasida binoan Mudofaa Kengashi Prezidenti hisoblanadi. 78-moddaga binoan esa, parlament urush holatini va hukumatda urushni boshqarish vakolatlarini e'lon qilish vakolatiga ega.

Italiya mudofasi yillik byudjeti :32 milliard $(dunyoda 11-o'rin), Yalpi Ichki Mahsulotning naqd 1.5%.

Yillik qurol importi :326 million$
Yillik qurol eksporti :886 million$

Asosiy qurol savdosidagi hamkorlar :

🇺🇸AQSh,
🇮🇱Isroil,
🇩🇪 Germaniya,
🇨🇵 Fransiya,
🇨🇦 Kanada

Italiya Qurolli Kuchlari dunyoning ko'plab burchaklarida o'z harbiy istehkomlariga ega va Birlashgan Millatlar Tashkiloti, NATO, YI qoshidagi bir qancha harbiy operatsiyalarda keng qatnashgan. Qo'shni Afg'onistonda ham NATO tarkibidagi davlat sifatida tinchlikparvar kuchlarini kiritib keyinchalik olib chiqib ketgan.
👍4👏3🔥1
#Qonuniy_va_Noqonuniy_italiyaga_kelish

O'zbekistonda ko'pchilik Amerika Qo'shma shtatlariga borishni orzu qilishadi va bu orzu yo'lida insonlar qonuniy va noqonuniy yo'llar orqali sehrli o'lkaga talpinishadi. Bilamizki, Yevropa qit'asi sanoatlashgan qit'a hisoblanib dunyoning har bir burchagidan minglab insonlar qonuniy va noqonuniy yo'llar orqali Italiya hududiga kirib kelishmoqda.
Agar siz Yevropaga borishga harakat qilmoqchi bo'lsangiz, bilishingiz kerak bo'lgan bir nechta foydali ma'lumotlar bor.

Italiyaga borishning yuridik va xavfsiz variantlari nisbatan cheklangan ya'ni siz Italiyaga Italiyada qonuniy yashab turgan qarindoshingizni ko'rish uchun qonuniy kirib kelishingiz mumkin. Siyosiy qochqin bo'la turib ham hamma hujjatlaringiz a'lo darajada bo'lsa yaqin qarindoshingizni chaqirib olishingiz mumkin. Shuningdek, sizda Permesso per Motivi di Lavoro(ishlash va yashash uchun ruxsatnoma) ,Permesso per motivi di Studio (o'qish va yashash uchun ruxsatnoma), Permesso per Motivi di familiari ( oilaviy qarindoshchilik uchun yashash ruxsatnoma), Permesso di Lungo Periodo( Uzoq muddatlik yashash uchun ruxsatnoma) bo'lsa quyidagi qarindoshlaringizni olib kelish mumkin :

-18 yoshdan oshgan er yoki xotin

- 18 yoshdan kichik ota-onasining qaramog'ida bo'lgan farzand

-18 yoshdan oshgan sog'liqida muammo mavjud bo'lgan va nogiron farzand

- 65 yoshdan kichik O'zbekistonda qaramog'ida hech qanday farzand bo'lmagan ota-ona

-65 yoshdan oshgan sog'liqida muammosi borligi uchun farzandlari tomonidan boqishga qurbi yetmaydigan ota-ona

- agar siz 18 yoshdan kichik bo'lsangiz ota-onangizni olib kelish uchun so'rovnoma jo'natishingiz mumkin


Kimni olib kelib bo'lmaydi?

- 18 yoshdan oshgan sog'liqida muammo bo'lsada ammo majruh bo'lmagan farzand

- aka-uka, opa-singil nechchi yosh bo'lishidan qat'iy nazar olib kelib bo'lmaydi



Ta'lim orqali ham Italiya kelsa bo'ladi. Italyan tilini bilish darajasini aniqlovchi( CILS, Celi, AIL, PLIDA, IT2, CEDILS), Ingliz tilidagi darajangizni aniqlovchi xalqaro sertifikatlar ( IELTS, TOEFL, DUOLINGO) va xalqaro talabalar almashinuvi dasturlari imtihonlaridan o'tgan holda ham Italiyaga kelsa bo'ladi.


Noqonuniy migratsiya Italiyada yildan-yilga o'sib bormoqda. Ayni damda Italiyaning 8.7% aholisi ya'ni 5.2 million muhojirlardan tashkil topgan va har yili Italiyaga 300 ming atrofida noqonuniy muhojirlar asosan O'rta Yer dengizi orqali kirib keladi. O'rta Yer dengizi Yevropaga noqonuniy immigratsiya uchun eng faol nuqta hisoblanib uning 3 ta asosiy nuqtalari bor.

1) Turkiya-Gretsiya-Italiya suv havzalari
2) Liviya-Italiya, Tunis-Italiya(asosiy)
3) Marokash-Italiya


Yiliga o'rta Yer dengizi orqali Italiyaga kirib keladigan muhojirlarning naqd 11%i tahminan 30 ming odam dengizda halokatga uchraydi. Rumin-Alban-Arab mafiyasi bu biznesga boshchilik qilishadi. Har bir kichik kemaga 50-55 nafar insonlarni joylashtirishadi. Hattoki qarzga ham insonlarni olib o'tishadi ammo kontrabanda orqali qarz bilan kelganlar soatiga 2.5 Euro evaziga erkaklar og'ir ishlarni bajarishadi, ayollar esa asosan foxishalik(80%) qilib pul topishga majburlanadi. Qarz odatda 2 yilda uziladi. Noqonuniy olib o'tish narxlari 7000-13.000 Euro. Immigrantlarni 6000-8000 nafarga yetqizgandan so'ng odatda guruh-guruh qilib Liviya va Tunisda to'plab olib o'tishadi.

Janubiy Italiya noqonuniy immigratsiyaning o'chog'i hisoblanadi, zero Janubiy Italiya hanuzgacha Mafiya ta'siri doirasida va og'ir sanoat asosan shu hududga to'g'ri kelganligi uchun barcha muhojirlar dastlab Sitsiliya orolida ishlashadi va 2 yildan keyin Shimol tarafga ko'chib ketishadi. Janubiy Italiyada naqd 27% muhojirlar bor va ular asosan erkinligi cheklangan va yangilardir, 73% muhojirlar esa Markaziy va Shimoliy Italiyada yashab kelishmoqda


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍18
1
Italyan tili
Photo
Come si chiama in italiano?
Anonymous Quiz
20%
Vento
31%
Pellicola
23%
Resistenza
26%
Gru
👍11🔥2
🎉6
Italyan tili
Photo
Come si dice " shlagbaun" in italiano?
Anonymous Quiz
20%
Sacerdote
40%
Starnuto
34%
Sbarra
6%
San-Siro
5🎉3
#Passaporto_Italiano

Italiya pasportiga ega bo'lgan fuqarolar dunyoning 194 mamlakatiga Visasiz kirishlari mumkin hisoblanadi va shu bois Italiya passporti dunyodagi TOP 5 ro'yxatiga kiritilgan.

Ammo italyanlar quyidagi davlatlarga kirish uchun Visa talab etiladi :

1. Afg'oniston 🇦🇫
2. Jazoir 🇩🇿
3. Markaziy Afrika Respublikasi🇨🇫
4. Chad🇹🇩
5. Kongo 🇨🇬
6. Kuba 🇨🇺
7. Eritrea🇪🇷
8. Gana 🇬🇭
9. Liberiya🇱🇷
10.Mali 🇲🇱
11. Nauru🇳🇷
12. Niger 🇳🇪
13. Shimoliy Koreya 🇰🇵
14. Somali🇸🇴
15. Sudan🇸🇩
16. Suriya 🇸🇾
17. Turkmaniston 🇹🇲
18. Yaman🇾🇪

Italyanlarga qaysi davlatlarlar uchun Visa so'ralishi siz uchun kutilmagan hol bo'ldi? Izohda yozib qoldiring. Men uchun Jazoir va Somali.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍151🥰1
Corriere della Sera - 29 Agosto 2024.pdf
11.9 MB
Gazeta va jurnallarni mutolaa qiluvchilar uchun
🥰6👍42
👍7
#Italiyada_Islom_Dini
#Masjid

Italiyada umumiy 1.6 million musulmonlar bor.

Umumiy hisobda 8 ta rasmiy Masjid, 4906 ta namozxona va 341 ta Islom assotsiatsiyasi mavjud.

Italiyadagi eng katta masjid Rimda joylashgan bo'lib naqd 12.000 inson bir vaqtning o'zida namoz o'qishi mumkin.

Italiyada bir masjid qurish uchun tahminan 40-50 million euro kerak bo'ladi.

Italiyada dastlabki masjid 1984 yildan qurila boshlangan, dastlab 1974-yil Rim shahrida musulmonlarga yer ajratilgan va masjid 1994-yil qurib bitkazilgan. Masjid qurilishini moliyalashtirishda Saudiya Arabistoni qiroli Saud Faysal va Bangladesh Prezidenti Muhammad Ershod yordam berishgan. Masjid qurilishi loyihasi va g'oyasi Afg'onistondan surgun qilingan shahzoda Muhammad Hasan va uning rafiqasi Roziya tomonidan o'ylab topilgan.

Italiya qamoqxonalarida umumiy 64.760 maxbus bor va ularning 13.500 nafari ya'ni 20.8% Islom mamlakatlaridan(asosan Marokash va Tunis) kelgan muhojirlardir. Ular terakt va diniy ekstremizmda ayblangan.

2008 yilgacha Musulmonlar istalgan joyda namoz o'qishlari mumkin bo'lgan qaror yakun topgan va ular faqat belgilangan hududlarda ya'ni katta masjid va namozxonalarda ibodat qilish huquqiga ega bo'lgan.

Italiyada yashovchi musulmonlarning katta qismi quyidagi davlatlardan :

🇲🇦 Marokash 417 ming
🇦🇱 Albaniya 157 ming
🇧🇩 Bangladesh 135 ming
🇵🇰 Pokiston 129 ming
🇸🇳 Senegal 109 ming
🇪🇬 Misr 102 ming
🇹🇳 Tunis 101 ming



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍26🔥4
Italyancha-o'zbekcha 20.000 so'z A-Z lug'at kitobini sotib olmoqchi bo'lganlar bor bo'lsa menga @Shokhrukhdinho99 profiliga yozishingiz mumkin.

Kitob narxi 75 ming so'm.

Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Buxoro va Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar uchun ma'lum bir hududlargacha yetkazib berish pullik xizmati mavjud
👍11
CILS.pdf
342.8 KB
#Diqqat

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti “Ispan va italyan filologiyasi, italyan tili va madaniyati markazi”da 2024-yil 5-dekabr kuni CILS imtihonlari (imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng xalqaro sertifikat beriladi) bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Darajalar: A1, A2, B1, B2 (standart), B1 cittadinanza.
Ro‘yxatdan o‘tish: 2024-yil 26-oktabrgacha
Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998979123445, +998915589287
🔥8👍32
Ornella Vanoni - La musica è finita {SANREMO 1967} (testo)
SanRemo Fan
La musica é finita
Sanremo 1967
👍8
#IDIOMA_ITALIANO

— A caval donato non si guarda in bocca

👁‍🗨 So'zma-so'z tarjimasi : Sizga sovg'a qilingan otning og'ziga qarashingiz shart emas !

🟢 Asl ma'nosi : boriga shukr qilish , sovg'aning katta kichigi bo'lmaydi


#Misol

🇮🇹 “Mamma, non mi piace la bambola che mi ha regalato la zia!” “Non lamentarti, a
caval donato non si guarda in bocca!”


🇺🇿 " Oyijon , xolam sovg'a qilgan qo'g'irchoq menga yoqmaydi !" " Noliyverma , sovg'aning katta kichigi bo'lmaydi ( boriga shukr qil )

Iboraning kelib chiqish tarixi :
Avliyo GIrolamo ya'ni Sofronio Eusebio Girolamo tarjimon , xristian cherkovi monarxi va teolog o'zining lotin tilidagi Commentariorum In Epistolam Beati Pauli Ad Ephesios (Muborak Pavlusning Efesliklarga yozgan maktubiga sharhlar ) asarida Noli equi dentes inspicere donati (iqtidorli otning tishiga qaramang ) iborasini qo'llaydi va aynan nega ot 🐎 hayvoniga nisbatan bu ibora qo'llanishi sabablaridan biri esa bu qadimdan ot hayvoni bebaho sovg'a salom sifatida ko'rilgan bo'lib bu davlat hukmdorlari orasida ishonch va tinchlik ramzini ham ifodalab kelgan . Ilgari otning bahosi yoshiga qarab belgilangan bo'lib unda yosh ot bu boylik ramzini ifodalagan va yosh ot keksa otdan ko'ra biroz qimmatroq bo'lgan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍10🔥5
#ITALIYADA_SOLIQ_TIZIMI


Italiyaning soliq tizimi (sistema fiscale italiano) murakkab va turli darajalarni o‘z ichiga oladi. Quyida Italiya soliq tizimining asosiy xususiyatlarI bilan tanishib chiqishingiz mumkin .

1 . Soliq turlari 🟢
Italiyada soliq 3 asosiy darajada olinadi: milliy, mintaqaviy va mahalliy.

Milliy soliqlar:

IRPEF (Imposta sul Reddito delle Persone Fisiche):
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i. Progressiv tizim bo‘lib, daromad qanchalik yuqori bo‘lsa, soliq stavkasi shunchalik yuqori bo‘ladi.

0 – 15,000 €: 23%
15,001 – 28,000 €: 25%
28,001 – 50,000 €: 35%
50,001 € va undan yuqori: 43%

IRES (Imposta sul Reddito delle Società):
Korporatsiya daromad solig‘i (yuridik shaxslar uchun). Standart stavka 24%.


Mintaqaviy soliqlar:


IRAP (Imposta Regionale sulle Attività Produttive):
Biznes faoliyati uchun mintaqaviy soliq. Stavkasi odatda 3,9% atrofida, lekin hududga qarab o‘zgarishi mumkin.


Mahalliy soliqlar:

IMU (Imposta Municipale Unica):
Ko‘chmas mulk solig‘i. Bu soliqlar ko‘pincha ikkinchi darajali mulk yoki tijorat obyektlariga nisbatan qo‘llaniladi.

TARI (Tassa sui Rifiuti):
Mahalliy chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish uchun to‘lov. yillik 150-500 eurogacha

TASI (Tassa sui Servizi Indivisibili):
Mahalliy xizmatlar uchun soliq (masalan, ko‘chalarning yoritilishi). Uy kadastr qiymatining 0.76% dan 1.14% gacha bo'lgan qiymati , tahminan o'rtacha yiliga 168 euro

2. Soliq to‘lash tartibi 🟢

Italiyada soliq to‘lash ishlari odatda quyidagicha amalga oshiriladi:

Ish beruvchi orqali: Yollangan ishchilar uchun ish beruvchi soliqni darhol ushlab qoladi va to‘laydi.

Mustaqil tadbirkorlar va yuridik shaxslar: O‘zlari hisob-kitob qilib, soliqlarni deklaratsiya orqali to‘laydi.

Deklaratsiya topshirish muddati: Odatda har yili 30-iyunga qadar.

3. Soliq imtiyozlari va chegirmalar 🟢
Italiya hukumati turli chegirmalar (detrazioni) va imtiyozlarni taklif qiladi, jumladan:

Oila va farzandlar uchun: Farzandlar soniga qarab daromad solig‘idan chegirma. tahminan 950-1220 euro yiliga

Uy-joyni ta'mirlash: Uy-joy ta'miri va energiyani tejaydigan texnologiyalarni o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari.Xarajatlarning 50% soliqdan chegirmalab beriladi. Maksimal xarajat limiti 96.000 euro

Talabalar: O‘qish uchun to‘lov va boshqa xarajatlar bo‘yicha chegirmalar.

4. Soliq idoralari va tizimlari🟢
Italiyada soliqlarni nazorat qilish va yig‘ish uchun asosiy organlar :

Agenzia delle Entrate: Soliq agentligi.
INPS(Istituto Nazionale della Previdenza Sociale) : Ijtimoiy sug‘urta uchun mas’ul organ.

5. Jazo va kechiktirish🟢
Agar soliq o‘z vaqtida to‘lanmasa, kechiktirilgan har bir kun uchun foizlar hisoblanadi. Soliqni vaqtida to‘lash juda muhim.Yillik 4,5% lik foiz 365 kun bo‘lishi sababli kunlik foiz 0,0123% bo‘ladi.

Soliqni kechiktirib to‘lash uchun jazolar ham mavjud, va ular quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin:

Past kechikish (1-14 kun): Soliqning 0,1% dan 1,5% gacha jazolar qo‘llanilishi mumkin.

O‘rtacha kechikish (15-30 kun): Jazolar 1,5% dan 3% gacha bo‘lishi mumkin.

Katta kechikish (30 kundan ortiq): Jazolar 3% dan 5% gacha bo‘ladi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👏10👍5🔥21
#Italyan_shevalari

Italiyada "bambini" (bolalar) so‘zi hududiy shevalarga ko‘ra turli xil shakllarda talaffuz qilinadi yoki yoziladi. Quyida Italiyadagi 20 ta viloyat bo‘yicha bu so‘zning variantlari keltirilgan:

1. Lombardiya: Bambì yoki Bagaj


2. Veneto: Fiòi yoki Putèi


3. Piyemont: Bambin yoki Gagiòt


4. Emiliya-Romanya: Bambén yoki Pütléin


5. Toskana: Bimbi


6. Latsio: Bambini (standart shakl, lekin talaffuz kuchliroq urg‘uli)


7. Kampaniya: Creatur yoki Criaturi


8. Apuliya: Criature yoki Figghi


9. Basilikata: Criature yoki Guagliune


10. Kalabriya: Carusi yoki Criaturi


11. Sitsiliya: Picciriddi


12. Sardiniya: Pitzinnos yoki Pizzinnu


13. Abrutso: Bambinie yoki Criature


14. Molize: Criature yoki Figlie


15. Umbria: Bambocci


16. Marke: Creatùre yoki Bambocci


17. Liguriya: Bambin yoki Figgeu


18. Friuli-Venetsiya : Fruts yoki Frutins


19. Trentino-Alto Adije: Pützer (Germaniyaga yaqin hududlarda) yoki Bambini


20. Valle d'Aosta: Enfants (fransuz ta’siri) yoki Bamben



E’tiborli jihatlar:

Janubiy Italiyada (masalan, Kampaniya, Kalabriya, va Sitsiliya) so‘z ko‘pincha criaturi yoki picciriddi kabi shakllarga ega bo‘ladi.

Shimoliy hududlarda (masalan, Veneto va Friuli) mahalliy lahjalarda fiòi yoki fruts kabi shakllar qo‘llaniladi.

Toskana va Latsioda standart italyancha talaffuz yaqinroq saqlanadi.


⚠️ Savol

Quyidagi gap qaysi shevada yozilgan deb o'ylaysiz?

"U nostru paisi è assai beddu."
( Bizning mamlakat - juda chiroyli)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍65😁2
Online italyan tili darslari - Boshlang'ich va o'rta daraja

Italyan tilini online o'rganishni xohlaysizmi? Men sizga yordam bera olaman!

🟢 O'quvchilar uchun individual darslar
🟢 Tillarni tez va samarali o'rganish uchun soddalashtirilgan metodikalar
🟢 Tezkor natijalar
🟢 Qulay vaqt
🟢 Quiz savollar
🟢 Suhbatlashish bo'yicha individual va guruh darslari
🟢 Real hayotda ishlatiladigan so'zlar va iboralar
🟢O'qib tushunish ko'nikmasini rivojlantirish
🟢 Tinglab tushunish
🟢 Zoom va Telegram online darslar

Darslar :

📅 Haftasiga 2 marta

Oylik to'lov :

👨 uchun To'lov 69€ (guruh)
👩 uchun To'lov 49€ ( guruh)

Individual darslar uchun 1 oylik to'lov 139€

Batafsil ma'lumot olish va kursga yozilish uchun @Samarcanda_99 ga murojaat qiling.

Ro'yxatdan o'tish 31-yanvar kuni yakunlanadi.
7👍3
#Ibora


<< Daje >>


"Daje" — bu butun Italiyada mashhur bo‘lib ketgan Rim shevasiga oid ibora. Uning ma'nosi kontekstga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin asosan bu norasmiy ibora bo‘lib, energiya, hissiyot yoki urg‘uni ifodalaydi.

Tafsilotlari :

🟢 1. Ruhlantirish va motivatsiya

Qani, bo'la qol!

🇮🇹 Daje, che ce la fai! - 🇺🇿 Qani, bo'la qol, buni uddalay olasan


🟢 2. Hayajon yoki ishtiyoq

Ha-aa! Ajoyib!

🇮🇹 Abbiamo vinto! Daje! - 🇺🇿Biz yutdik! Ha-aa!🥳


🟢 3. Sarosima va sabrsizlik

Bo'la qol(sangchi), shoshil

🇮🇹 Daje, muoviti! - 🇺🇿 Bo'la qol, harakatlansangchi!


🟢 4. Rozilik va Tayyorlik

(qani) ketdik!

🇮🇹 " Andiamo al concerto"? -Daje - 🇺🇿 "konsertga boramizmi?" - " ketdik"


" Daje " so'zining tarixiy kelib chiqishi

"Daje" so‘zi Rim shevasi (Rimning mahalliy dialekti)dan kelib chiqqan. U "da" (italyan tilida "ber" yoki "davom et" degan ma'noni bildiruvchi fe’l) va "je" (adabiy italyan tilidagi "gli" olmoshidan kelib chiqqan bo‘lib, "unga/ularga" degan ma’noni anglatadi) so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. Birgalikda u "Ularga bering!" yoki "Harakat qil!" degan tarjimani bildiradi.

Tarixan, bu ibora Rim madaniyati va nutqining jonli, ifodali tabiatini aks ettirgan bo‘lib, kundalik suhbatlarda, sport shiorlarida yoki ko‘cha muloqotlarida tez-tez ishlatilgan.

Vaqt o‘tishi bilan "daje" Rim shevasining madaniy ramziga aylangan, Rim filmlari, musiqasi va ayniqsa O'zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov to'p suradigan AS Roma futbol jamoasi muxlislarining shiorlarida tez-tez uchraydi.



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🔥12👍31
Italyan tili pinned «Online italyan tili darslari - Boshlang'ich va o'rta daraja Italyan tilini online o'rganishni xohlaysizmi? Men sizga yordam bera olaman! 🟢 O'quvchilar uchun individual darslar 🟢 Tillarni tez va samarali o'rganish uchun soddalashtirilgan metodikalar 🟢 Tezkor…»
#Contratto_a_tempo_determinato_va_indeterminato_haqida_malumot

Contratto a tempo determinato va contratto a tempo indeterminato – bu Italiyadagi mehnat shartnomalarining ikkita asosiy turi.

Determinato - muayyan muddatga 1-2 yilgacha tuziladi.

Indeterminato - muddati noma'lum

Determinato shartnomani yangilash mumkin, Indeterminato shartnoma tugash muddati yo'q

Determinatoda oylik va maoshlar biroz pastroq bo'ladi
Indeterminato oylik kattaroq ko'proq kafolatlangan bonuslar va imtiyozlarga ega bo'ladi.

Determinatoda shartnoma tugasa ishchi ishsiz qolishi mumkin
Indeterminatoda ish beruvchi ogohlantirish berishi va kompensatsiya to'lashi kerak bo'ladi

Agar siz barqaror ish va kafolatlangan kelajak istasangiz, tempo indeterminato foydaliroq. Bu sizga uzoq muddatli ish bilan ta’minlanish, kredit olish yoki boshqa moliyaviy rejalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Tempo determinato haqida qo‘shimcha ma’lumotlar

Maksimal davomiylik:
Italiyada contratto a tempo determinato maksimal 24 oy (2 yil) davom etishi mumkin. Agar bu muddatdan oshsa, shartnoma avtomatik ravishda tempo indeterminato ga aylanadi.

Yangilanish imkoniyati:
Ba’zan ish beruvchilar shartnomani bir necha marta uzaytirishi mumkin. Biroq, bir ishchi bilan maksimal 4 marta yangilash mumkin.

Contribuzioni INPS (pensiya badallari):
Har ikkala shartnoma turi bo‘yicha INPS (Italiya davlat pensiya instituti) ga to‘lovlar amalga oshiriladi, lekin vaqtinchalik shartnomalarda qo‘shimcha 1.4% soliq to‘lanadi.

Tempo indeterminato haqida qo‘shimcha ma’lumotlar

Ishdan bo‘shatish qoidalari:
Ish beruvchi sabab ko‘rsatmasdan ishchini ishdan bo‘shata olmaydi. Bo‘shatish faqat quyidagi hollarda mumkin:

Xodimning intizomiy xatosi (masalan, ishga kelmaslik, firibgarlik)

Kompaniya moliyaviy muammoga duch kelsa va shtat qisqartirilsa

Ishchining ishlash qobiliyati pasaysa (masalan, jiddiy sog‘liq muammolari sabab)

Tashabbus bilan ishdan bo‘shash:
Agar xodim o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shasa, u ogohlantirish muddati bilan chiqishi kerak (odatda 15-30 kun).

Sinov muddati davri (Periodo di prova)

Har ikkala shartnoma turi uchun sinov muddati (periodo di prova) bo‘lishi mumkin. Odatda:

Oddiy ishchilar uchun: 1-3 oy

Rahbarlar yoki maxsus malaka talab qiladigan ishlar uchun: 6 oy
Shartnoma buzilganda kompensatsiya
Tempo determinato shartnomasi muddati tugashidan oldin bekor qilinsa, ishchi kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Tempo indeterminato shartnomasi bekor qilinganda, agar bo‘shatish noqonuniy deb topilsa, ishchi qayta ishga tiklanish yoki tovon puli olish huquqiga ega.
5. Qaysi biri yaxshi?
Agar siz Italiyada uzoq muddat qolish, uy yoki mashina kreditiga ariza berish, barqaror ish izlayotgan bo‘lsangiz – tempo indeterminato eng yaxshi variant.
Agar siz tajriba orttirish, turli kompaniyalarda ishlash yoki vaqtinchalik daromad topish niyatida bo‘lsangiz – tempo determinato ham yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.
Agar xodim shartnomasi tugaganidan keyin yangi ish topa olmasa, u NASpI (Nuova Assicurazione Sociale per l'Impiego) ya’ni ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Shartlari: Oxirgi 4 yilda kamida 13 hafta ishlagan bo‘lishi
So‘nggi 12 oy ichida kamida 30 kun ishlagan bo‘lishi
Ishdan o‘z xohishi bilan bo‘shaganlarga NASpI to‘lanmaydi (istisnolar bor)


Miqdori:

Oxirgi 4 oy ichida olingan maoshning 75% gacha miqdorda bo‘lishi mumkin

To‘lov 24 oy (2 yil) davomida berilishi mumkin

Ish vaqti va ta’tillar

To‘liq stavka (full-time): Haftasiga 40 soat

Yarim stavka (part-time): Ish soatlari shartnomaga qarab belgilanadi

Ortiqcha ish (straordinario): 100% gacha qo‘shimcha to‘lanishi mumkin


Yillik ta’til huquqlari:

Ishchilarga har yili kamida 4 hafta (28 kun) yillik pullik ta’til (ferie) berilishi shart

Ta’tildan foydalanilmagan taqdirda, ish beruvchi ta’til pulini kompensatsiya sifatida to‘lashi lozim

Agar talaba 1 yil davomida haftasiga 20 soatdan ishlagan bo'lsa va oyligi tahminan 800 euro bo'lsa ishdan ketgandan so'ng kompensatsiya olish huquqiga ega bo'ladi, bu tahminan 3600-4200 euro atrofida bo'ladi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍121🎉1